1002
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
SHASHMAQOM CHOLG’U QISMLARINING IJROCHILIGI
Karimova Mahfuza Vaxabovna
Yunus Rajabiy nomli O’zbek milliy musiqa san’ati instituti Maqom xonandaligi kafedrasi
professor v.b.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15062222
Annotatsiya. Mazkur maqolada maqom cholg’u qismlarining ijrochiligi haqida so’z
boradi. Shuningdek, maqola davomida maqom tarixi, badiiy ahamiyatiga alohida to’xtalib
o’tilgan va Shashmaqom cholg’u ijrochiligi mohiyati yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: maqom cholg’u qismlarining ijrochiligi, maqom tarixi, Shashmaqom, milliy
qadriyatlar.
PERFORMANCE OF SHASHMAQOM INSTRUMENT PARTS
Annotation. This article discusses the performance of maqom instrument parts. Also, the
article specifically touches on the history and artistic significance of maqom, and highlights the
essence of Shashmaqom instrument performance.
Keywords: performance of maqom instrument parts, maqom history, Shashmaqom,
national values.
ИСПОЛНЕНИЕ МУЗЫКАЛЬНЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ШАШМАКОМА
Аннотация. В данной статье рассматривается исполнение инструментальных
партий макома. В статье также уделяется внимание истории и художественному
значению макома, а также подчеркивается суть игры на инструменте шашмаком.
Ключевые слова: исполнение инструментальных партий макома, история макома,
Шашмаком, национальные ценности.
Kirish
Har bir xalq va millatning o’z tarixi, milliy qadriyatlari hamda an’analari qatorida
mumtoz musiqiy me’rosi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, o’zbek xalqining musiqa
merosi ham o’ziga xos, serqirra, sermazmun va nihoyatda rang-barangdir. Xalqimizning ko’hna
va boy musiqa madaniyati ko’p asrlik tarixga ega bo’lib, bunda maqom turkumi milliy musiqa
merosimizning chinakam gultojidir.
Maqomlar Sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud bo’lgan musiqa janridir.
Ular bu xalqlarning o’ziga xos musiqa boyliklari asosida kasbiy sozanda va xonandalar
tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri
sifatida yuzaga kelgan.
Maqomlar Sharq xalqlari musiqasining asosini tashkil etadi. Shu sababli maqomlarni
atroflicha o’rganilishi musiqa madaniyatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega.
1003
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Maqomlarning nazariy ham amaliy tomonlari bor. Ularning nazariy jihatlari Sharq
musiqasiga bag’ishlangan risolalarda o’z ifodasini topgan. O’zbek-tojik xalqlaridagi
maqomlarning amaliy tomonlari esa, ustoz sozanda va xonandadan shogirdga og’zaki tarzda
o’tib, bizgacha yetib kelgan maqomlar turkumidagi birdan-bir janr – Shashmaqom ko’rinishini
tasavvur etish mumkin.
Shashmaqom ikki yuz ellikka yaqin kuy va ashulalardan iborat hamda o’zbek-tojik
xalqlari musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqomlar, shu jumladan,
Shashmaqom masalasi musiqa madaniyatimiz tarixida juda kam o’rganilgan sohalaridandir.
Shashmaqom O’rta Osiyoda yashab kelgan maqom turkumlarining eng so’nngi shaklidir va
bundan taxminan ikki asr ilgari (XVIII a.) shakllangan.
1
Shashmaqom cholg’u yo’llari xalq musiqasidagi kabi rang-barangligi, jozibadorligi va
boy mazmunga ega bo’lganligi ularning qiymatini yanada oshiradi. Maqomlarning cholg’u
yo’llari tinglab ko’rilsa, ular ham mungli, ham muloyim, ham orombaxsh, ham kishiga shijoat
baxsh etuvchi kuylardan iborat ekani aniq seziladi.
2
“Shashmaqom cholg’u ashula bo’limidagi kuy va ashula yo’llarining eshituvchilarga
to’g’ri yetib borishi ularga zavq va lazzat bag’ishlay olishi ularni boshqa muzika asarlari kabi
yaxshi ijro etilishiga bog’liq “
3
.
“Maqom ijrochiligida qochirim va nolish qilish vositalaridan foydalana olish masalasiga
ham alohida ahamiyat bermoq lozim. Bu siz maqom yo’llarining badiiy-estetik ta’sir kuchi
sezilmay qoladi”
4
.
Maqomlarning ijrochiligi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maqomlarning ijro etilishida
musiqa cholg’ularidan tanbur va doyra yetakchi sozlardan hisoblangan. Professor Fitrat
domlaning aytishicha, maqomlar ijrosida: ikkita tanbur, bitta dutor, bitta qo’biz yoki sato, bitta
doyra va ikkita-uchta hamnafaslik hofizlar jo’r bo’ladi. Tanbur uch torli (setor) va to’rt torli
(chortor) bo’lgan. Uch torli tanbur, ayniqsa, Xorazmda keng qo’llangan. O’n ikki maqomning
ijro etilishida XV asrgacha ud qanday o’rin tutgan bo’lsa, Shashmaqomda ham tanbur shunday
ahamiyatga ega bo’lgan.
5
Yunus Rajabiy rahbarligida respublika radiosi huzurida 1927-yilda oʻzbek xalq
cholgʻulari ansambli tashkil etildi. Bu jamoa ijrosida Shashmaqom turkumidagi asarlar bilan bir
qatorda Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllari va ularning cholg’u qismlari, jumladan “Buzruk”,
“Navo”, “Segoh”, “Surnay Irog’i” kabi cholg’u kuylari magnit tasmasi hamda grammofon
1
И. Ражабов. Мақомлар. Тошкент, 2006-йил, 11-12-бетлар.
2
И. Ражабов. Мақомлар. Тошкент, 2006-йил, 181-бет.
3
И.Ражабов, “Мақомлар масаласига доир” Тошкент, 1963-йил 268-бет.
4
Шашмақом VI жилд. Ёзиб олувчи Ю.Ражабий Тошкент,1975-йил 187-бет.
5
И. Ражабов. Мақомлар. Тошкент, 2006-йил, 151-бет.
1004
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
plastinkalarga yozib olingan. Bu cholg’u kuylaridan, ayniqsa, “Segoh” - orkestr jo’rligida o’ziga
xos qiyofada eshituvchiga o’zgacha kayfiyat bag’ishlaydi.
O’zbekiston xalq artisti, taniqli sozanda va yetuk san’atkor Turg’un Alimatov ham
maqom ijrochiligida o’z ijro maktabini yaratgan. T. Alimatov ijrosida Fargʻona—Toshkent
maqom yoʻllariga mansub bo’lgan “Buzruk”, “Segoh”, “Navro’zi Ajam” kabi asarlar o’zgacha
ijro talqinida gavdalanadi.
F. Sodiqov rahbarlik qilgan Toshkent davlat konservatoriyasining talabalar ansambli
ijrosida Fargʻona—Toshkent mumtoz cholg’u yoʻllaridan Nasrulloyi kuyi Toshkent grammofon
yozuv studiyasida magnit tasmaga yozib olindi.
6
Keyinchalik 1985-1980-yillarda Abdurahim Hamidov rahbarligidagi talabalar ansambli
ijrosida Shashmaqom cholg’u qismlaridan tashqari yana 6 ta Mushkiloti Dugoh, Talqinchai
Mushkiloti Dugoh, Ufari Mushkiloti Dugoh, Samarqand Ushshog’i, Cho’li Iroq va Surnay Irog’i
kuylari magnit tasmalarga tushirildi. Ushbu audio yozuvlar “Shashmaqom cholg’u yo’llari”
turkumi sifatida katta grammofon lappaklaridan iborat albom shaklida ko’paytirilib sotuvga
chiqarildi.
7
1990-yillarda Xorazm teleradiosi qoshida tuzilgan Ro’zmat Jumaniyozov rahbarlik qilgan
maqom ansamblida Xorazm maqomlarining aytim yo’llari bilan bir qatorda, cholg’u
qismlarining ham ba’zilari yozib olingan. Bunga Saqili Navo kuyini misol qilib keltirishimiz
mumkin. Lekin, hozirgi kungacha Xorazm maqomlarining cholg’u qismlari to’liq holda yozib
olinmagani achinarli holat, albatta. Bu esa Xorazm maqomlarini targ’ib qilishda, cholg’u
qismlarini o’r ganishda bir muncha qiyinchiliklarga sabab bo’ladi.
Shashmaqom cholg’u ijrochiligi haqida gapirar ekanmiz, bunda bevosita Shashmaqom
turkumining cholg’u, ya’ni Mushkilot bo’limining tarkibiy qismlari nazarda tutiladi.
Shashmaqom cholg’u qismlarining ijrochiligi bo’yicha qilingan ishlar, avvalo, Toshkent davlat
konservatoriyasida 1972-yilda Sharq musiqasi kafedrasining ochilishi bilan uzviy bog’liq. Bu
kafedra san’atshunoslik fanlari doktori, professor Fayzulla Karomatov tashabbusi bilan tashkil
etilgan. Vaqt o’tishi bilan Sharq musiqasi kafedrasi sertarmoq, mohiyatan fakultetlararo
bo’linmaga aylandi. San’atshunoslik fanlari doktori Ishoq Rajabov, cholg’u ijrochiligi bo’yicha
Yunus Rajabiyning maslahati va tavsiyasiga ko’ra O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at
arbobi, sozanda va bastakor Faxriddin Sodiqov, tanburdan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan
artist Rizqi Rajabiylar ishni boshlab yubordilar.
8
6
Р.Юнусов, Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005-йил 183-bet.
7
“Jannatmakon” jurnali. 2013-yil mart soni, 34-bet.
8
Р.Юнусов, Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005-йил 180-181-betlar.
1005
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Maqom ijrochiligi bo’yicha akademik Yunus Rajabiyning izdoshi va yaqin safdoshi,
atoqli ustoz-murabbiy Faxriddin Sodiqov talabalar cholg’u ansambli fanini o’z zimmasiga olar
ekan, o’quv vazifalari o’rnida ayrim mezonlari avvallari sinovdan o’tkazilgan yangi ijodiy
maqsadlarni ko’zlaydi.
9
F.Sodiqov rahbarlik qilgan talabalar maqom ansambli dastlabki, ya’ni 1972-1973-o’quv
yilida quvonarli natijalarga erishganini alohida e’tirof etmay bo’lmaydi. Maqom ansambli sinfi
bo’yicha yozgi imtihon sinovi mazmunan ajoyib konsertga aylanib ketgani rost. Namoyish
etilgan o’quv-ijro dasturi an’anaviy musiqamizni ijroviy o’zlashtirish darajasining sinovi
shaklida hozirgi zamon maqom cholg’u ijrochiligi sohasida chinakam katta ijodiy yutuq qo’lga
kiritilgani ko’pchilikka ayon bo’ldi.
Ustoz atigi bir o’quv yili mobaynida shogirglarining kasbiy ulg’ayishini sezdi, cholg’u
jo’rnavozligi mezonlarini har bir ishtirokchi ozmi-ko’pmi anglab yetganidan mamnun bo’ldi.
Tez orada uning say’i-harakatlari bilan yoshlar ansambli ijrosidagi Shashmaqom turkumidan
Tasnifi Buzruk, Tarjei Buzruk, Garduni Buzruk, Muxammasi Nasrulloyi qismlari Toshkent
grammofon yozuv studiyasida magnit tasmaga yozib olindi va Д—035327/28 belgisi ostida
alohida katta lappak tarzida ko’paytirilib, erkin sotuvga chiqarildi.
10
Sharq musiqasi kafedrasi o’qituvchi va talabalari. 1974-yil
9
Шашмақом сабоқлари (мақола ва маърузаларнинг иккинчи тўплами). 2007-йил 46-bet.
10
Р.Юнусов, Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005-йил 182-183-betlar.
1006
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
«Mono» sifatli audio yozuvda chiqarilgan grammofon lappaklar endilikda ma’lum
ma’noda tarixiy yodgorlik. Biroq, qat’iy ishonch bilan aytsa bo’ladiki, unda bitilgan ayrim
asarlarning ijrosi barkamollik oily mezonlari bo’yicha ham tanhodir. Bulardan yolg’iz “Tarjei
Buzruk” u paytlarda tanqis bo’lgan stereo vositasida qayta yozib olingan bo’lib, Olmatida
o’tkazilgan “Osiyo mamlakatlari III xalqaro musiqa minbari” tadbirida tanlangan asarlar qatoriga
kiritilishi natijasida shu nomli albom /ГОСТ 5289-73 //С30 07496/ lappagiga ko’chirilib
shinavandalarga tortiq qilindi.
11
Darhaqiqat, Toshkent grammofon yozuvi studiyasida ikkala texnikaviy sifat—« mono»
va «stereo» yozuvi yordamida hujjatlashtirilgan lappak-disk qilib, «Shashmaqom cholg’u
yo’llari» nomida berilgan Tarjei Buzruk hozirgi kunga qadar barcha talaba va sozandalar uchun
ixtisoslik bo’yicha dasturulamal vazifasini bajarib kelayotir. U hamon respublikamiz radiosi
orqali bot-bot yangrab turadi, bundan esa ko’p sonli tinglovchilarimiz bahramand bo’lishi
mumkin.
12
Vaqti soati kelib bu an’analarni Faxriddin Sodiqovning ishongan shogirdi, ustozona dutor
ijrochiligi maktabining taniqli vakili Abdurahim Hamidov davom ettiradi. Uning boshchiligida
1985—1990-yillarda birin-ketin bitilgan grammafon yozuvlar alohida qimmatga ega bo’ldi.
Zero, olti yil davomida jami 52 ta cholg’u maqom asarlari yoddan ijro etilib, Toshkent ovoz
yozish studiyadasida magnit tasmalariga tushirildi. Bulardan 46 tasi bevosita Shashmaqom
Mushkilotlarini to’liq tashkil etgan holda yana 6 tasi quyidagilar ; Mushkiloti Dugoh, Talqinchai
Mushkiloti Dugoh, Ufari Mushkiloti Dugoh, Samarqand Ushshog’i, Cho’li Iroq va Surnay Irog’i.
Ushbu audio yozuvlar “Shashmaqom cholg’u yo’llari” turkumi sifatida jami 11 dona
katta grammofon lappaklaridan iborat beshta alohida albom shaklida ko’paytirilib sotuvga
chiqarildi. Bular «Melodiya» firmasi tamg’asi ostida ko’paytirildi:
- “Shashmaqom cholg’u yo’llari. Navo va Dugoh maqomlari”. 1984-yil yozuvlari, 1986-
yil nashri, 2 lappak, adadi 2000 dona;
- “Shashmaqom cholg’u yo’llari. Dugoh va Segoh maqomlari”. 1988-yil yozuvlari va
nashri, 3 lappak, adadi 1500 dona;
- “Shashmaqom cholg’u yo’llari. Buzruk va Rost maqomlari”. 1988-yil yozuvlari, 1989-
yil nashri, 2 lappak, adadi 1500 dona;
- “Shashmaqom cholg’u yo’llari. Rost va Iroq maqomlari”. 1989-yil yozuvlari va nashri,
2 lappak, adadi 3100 dona;
- “Shashmaqom cholg’u yo’llari. Iroq maqomi”. 1990-yil yozuvlari va nashri, 2 lappak,
adadi 2000 dona.
11
Шашмақом сабоқлари (мақола ва маърузаларнинг иккинчи тўплами). 2007-йил 47-bet.
12
Р.Юнусов, Фахриддин Содиқов. Тошкент, 2005-йил 186-bet.
1007
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Tezkorlik bilan amalga oshirilgan ushbu loyihaning ilmiy va amaliy ahamiyati hanuz
saqlanib kelmoqda. Zero, yaxlit yondashuv bilan, namunali andozada, ta’bir joiz bo’lsa,
“akademik” uslubda Shashmaqom cholg’u yo’llari o’sha vaqtgacha to’liq holda ijro etilmagan
edi. Cholg’u qismlarining talayginasi jo’rnavozlikda ishlatilmasligi, ayrimlarining esa faqat nota
matnlari borligi mutasaddi rahbar ishini ancha mushkillashtirdi.
13
Abdurahim Hamidov
Darvoqe, shu kunga qadar bu asarlar yaxlit hamda bir xil ijroviy uslubda talqin etilgan
yagona yondashuvning akademik ko’rinishi sanalanadi. Zotan, bir muddat to’xtab qolgan
ibratomuz ijodiy ishni ustoz martabasiga erishgan Abdurahim Hamidov shunchaki davom
ettirmadi. U maqom cholg’u qismlarini akademik Yunus Rajabiy yozib olgan nota to’plamlari
bo’yicha birma-bir o’qib, tahlil qilib ijroviy vositalarini topishga muvaffaq bo’ldi. Kuy-
ohanglarga yangicha sayqal berdi. Asarlarning badiiy-ijodiy hamda texnikaviy sifati barkamol
bo’lishida mohir ovoz rejissori, marhum Anvar Tojiyevning ham hissasi katta bo’di. Mazkur
ijrolarning ilmiy, amaliy, ijodiy, ma’rifiy ahamiyati hanuz kamaygani yo’q.
14
13
Шашмақом сабоқлари (мақола ва маърузаларнинг иккинчи тўплами). 2007-йил 47-48-betlar.
14
“Jannatmakon” jurnali. 2013-yil mart soni, 34-bet.
1008
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Xulosa
Shashmaqom cholg’u qismlarining ijrochiligi borasida qilingan ishlar maqom
ijrochiligida o’ziga xos ilmiy-tarixiy ahamiyatga egadir. Shashmaqom cholg’u qismlarining ilk
marta to’liq holda yozib olinishi bu yuksak kasbiy jasorat deb aytsak, hech mubolag’a bo’lmas,
nazarimizda. Ansanbl ijrosida yozilgan asarlar niyohatda betakror musiqiy did, yuksak ijodiy
barkamollikka egadir. Bu ijro talqinlari maqom cholg’u qismlarini o’rganayotgan talabalar uchun
muhim ijro manbasi, shinavandalar uchun esa yetuk ijro namunalari sifatida xizmat qilib
kelayotir. Shashmaqom cholg’u qismlarining yangi ijro talqinlarini yaratishda bu ijro uslubi
muhim tayanch manbadir.
REFERENCES
1.
В.Успенский, Шестъ музикалных поем. Москва-Бухара, 1924-год .
2.
Ўзбек халқ музикаси VI жилд, ёзиб олувчи М.Юсупов. Тошкент, 1958-йил.
3.
Ўзбек халқ музикаси V жилд, ёзиб олувчи Ю.Ражабий “Тошкент, 1959-йил.
4.
И.Ражабов, Мақомлар масаласига доир. Тошкент, 1963-йил.
5.
Шашмақом I-VI жилд, ёзиб олувчи Ю.Ражабий “Тошкент, 1966-1975-йиллар.
6.
Ю.Ражабий, Мусиқа меросимизга бир назар. Тошкент, 1978-йил.
7.
Хоразм мақомлари I-III жилд, ёзиб олувчи М.Юсупов. Тошкент, 1980-1986-йиллар.
8.
А.Фитрат, Ўзбек классик мусиқаси ва унинг тарихи. Тошкент, 1993-йил.
9.
И.Ражабов, Мақом асослари. Тошкент,1994-йил.
10.
Р.Юнусов. Ўзбек халқ мусиқа ижодиёти (II-қисм). Тошкент, 2000-йил.
