1009
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
SHASHMAQOMGA OID MA’LUMOTLARNING SHARHI
Komila Bo’riyeva
Maqom xonandaligi kafedrasi dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15062232
Annotatsiya. Mazkur maqolada internet tarmoqlarida maqom san’atiga oid ilmiy
maqolalar va shashmaqomga oid ma’lumotlar sharhi haqida fikr yuritilgan. Maqola davomida
internet tarmoqlaridagi Shashmaqom kuylari va video yozuvlariga ham alohida to’xtalib
o’tilgan.
Kalit so’zlar: maqom san’atiga oid ilmiy maqolalar, Shashmaqom kuylari,
Shashmaqomga oid ma’lumotlar.
REVIEW OF INFORMATION ON SHASHMAQOM
Abstract. This article discusses the review of scientific articles on the art of maqom and
information on shashmaqom on the Internet. The article also specifically addresses Shashmaqom
melodies and video recordings on the Internet.
Keywords: scientific articles on the art of maqom, Shashmaqom melodies, information on
Shashmaqom.
ОБЗОР ИНФОРМАЦИИ О ШАШМАКОМЕ
Аннотация. В статье рассматривается обзор научных статей по искусству
макома и информации о шашмакоме в Интернете. В статье также рассматриваются
мелодии и видеозаписи Шашмакома в Интернете.
Ключевые слова: научные статьи по искусству макома, мелодии шашмакома,
информация о шашмакоме.
Kirish
Shashmaqom bizga qadar, o’rta asrlarda O’n ikki maqom sifatida shakllanib kelgan. XIII
asr Buxoro amrligida O’n ikki maqom faqatgina bayramlarda, katta tadbirlarda, saroylarda ijro
etilgan. Shashmaqom O’n ikki maqom ko’rinishida XIX asr birinchi yarmiga qadar kelgan.
Ko’plab san’atshunos olimlar, hofizlar, sozandalar tomonidan ijro etilgan kuylar mahsulidir.
1936-yil Toshkent Davlat Konservatoriyasi ochildi. 1972 yilda Sharqshunoslikfakulteti
ichida“An’anaviy ijrochilik” kafedrasi ochildi, ushbu kafedra ichida yetuk mohir sozanda, chang
va dutor ustasi Faxriddin Sodiqov boshchiligida maqomchilar ansambli tuzildi va shu yili
Olmota shahrida bo’lib o’tgan III-Xalqaro simpoziumda “Shashmaqom” cholg’u yo’llaridan
“Tarje’ Buzruk” ko’plab olqishlarga sazovor bo’ldi.
XX asr ikkinchi yarmida Akademik Yunus Rajabiy sa’yi harakati bilan “Shashmaqom”
to’plami kitob shakliga keltirilgan. Bugunga kelib esa, bu “Shashmaqom” haqida ko’plab
1010
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
ma’lumotlar olishimiz mumkin. Xususan, Is’hoq Rajabovning ko’plab maqomga doir ilmiy
maqolalari, ilmiy ishlari va kitoblari chop ettirilgan. Misol qilib aytadigan bo’lsak, “Maqomlar”
kitobi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Is’hoq Rajabov Namudlarni ko’plab ko’rinishlarini kitob
qilib chop ettirgan. Bugungi kunga kelib, ko’plab olimlarimiz maqomga doir ilmiy ma’ruzalar
matni,hamda kitoblar yozishgan. Misol qilib aytadigan bo’lsak,Is’hoq Rajabov yozib qoldirgan
“Maqomlar”qo’lyozmasi, O.Ibrohimov vaboshqa san’atshunos olimlar sa’yi harakati bilan kitob
shakliga keltirilgan. R.Yunusov “Maqom asoslari”,“Faxriddin Sodiqov”hayoti va ijodi kabi
kitoblarini yozilishiga o’z hissasini qo‘shgan.
Internet tarmoqlaridamaqomga oid ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, maqom oqshomlari,
maqomchilar ansambllari hamda Shashmaqom haqida san’atshunos professorlarimiz tomonidan
ko’plab ma’lumotlar muntazam yoritib kelinmoqda.
Shashmaqom
(fors tilida — ,,shash” olti va “maqom” lad ) — o’zbek va tojik xalqlari
musiqiy merosida markaziy o’rin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang , usul, shakl, uslub
kabi vositalar bilan o’zaro uzviy bog’langan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan
shart-sharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yo’nalishlarida orttirilgan ko’p asrlik
ilmiy-ijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda
mintaqaviy mumtoz musiqa an’analarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator
bastakorlar avlodi san’atining qomusiy mahsulidir.
O’rta asr Yaqin va O’rta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari
tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan kuy va ashulalarni ifodalaydi. Maqomlar
dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, XIIIasrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni o’n ikki
asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. XVIIasrdan so’ng O’n ikki maqom
tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va
mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, XVIIIasrning o’rtalarida O’rta Osiyoning
yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari
ijodiyijrochilik faoliyatida Shashmaqom uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro
Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. O’zbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Farg’ona-
Toshkent maqom yo’llari, shuningdek, yovvoyi (erkin ko’rinishdagi) maqomlar, surnay, dutor
yo’llari va boshqalar Shashmaqom ta’sirida rivojlandi. O’tgan zamon bastakorligida keng
qo’llanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari
Shashmaqom tarkibidabizgacha yetib keldi.Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va
Iroq maqomlaridan tashkil topgan bo’lib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula
namunalaridan iborat. Shu kunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yo’llarining
ko’plab ijroviy talqinlarini kashf etdilar.Ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqa maqom yo’llarida
bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.
1011
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Shashmaqomni tashkil etgan maqomlarning har biri ikki — cholg’u (mushkilot) va ashula (nasr)
yirik bo’limlaridan iborat.
Cholg’u bo’limlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholg’u qismlari mavjud bo’lib,
ohanglari o’zlari mansub bo’lgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan
asosiylari Tasnif, Tarje’, Gardun, Muhammas va Saqil deb ataladi. Bu qismlar maqom nomlariga
qo’shib (masalan, Tasnifi Buzruk, Tarje’ Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar
nomi bilan birga (masalan, Muhammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi.
Ba’zi cholg’u qismlari alohida nomga ega (masalan, Nag’mai Orazi Navo), Dugoh va
Segohda esa maqom nomi bilan qo’shib aytiladi (masalan, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Hafifi
Segoh). Shashmaqomning cholg’u qismlari xona va bozgo’y kuy tuzilmalaridan tashkil topadi.
Bunda muntazam ravishda o’zgaruvchi xonalarning rivojlanishi uchun qo’llanadigan peshrav
uslubi alohida ahamiyat kasb etadi. Tasnif, Tarje’, Nag’mai Oraz, Samoi, Hafif kabi cholg’u
qismlari bir-biriga o’xshash, kichik hajmli; Gardun va Peshrav birmuncha rivojlangan;
Muhammas va Saqil yo’llari uzun va murakkab doira usullari negizida ijod etilgan.
Shashmaqom cholg’u yo’llarining ichki tuzilishi murakkab bo’lsada, o’zining ravon
ohangdorligi va rang-barangligi bilan shu maqom kuy mavzulari bilan bevosita bog’liqdir. Bu
asarlar teran falsafiy va turfa lirik kayfiyatlarni ifodalaydi, tinglovchilardan esa eshitish
ko’nikmalariga ega bo’lishni talab etadi. Shashmaqom ashula bo’limining birinchi guruh
sho’balari turkumli tarzda yaxlit ijro etilganida, Saraxbor bilan boshlanib, so’ng uning taronalari
(6 tagacha) ijro etiladi. Taronalarning ohirgisi talqin doira usulida aytiladigan suporish qismi
vositasi bilan Talqin sho’basiga silliq ulanib boradi. Talqin taronasi ijro etilib, nasr doira
usulidagi suporish orqali Nasr sho’basi va uning taronalariga o’tiladi (Nasr sho’ba namunalari
bitta maqomda 2—3 tagacha yetadi). Oxirgi Nasr sho’basi, odatda, taronasiz o’qilib, bevosita
Ufar ashula yo’llariga qo’shiladi va ohirgi suporish bilan turkum yakunlanadi.
Shashmaqom ashula bo’limining ikkinchi guruhidagi sho’balar o’zaro bog’lanmagan
tarzda mustaqil ashula yo’llari hisoblanib, ularning har biri, asosan, 5 qismli turkumni tashkil
etadi. Masalan, asosiy Savt yoki Mo’g’ulcha ashula yo’lidan keyin unga ushbu kuy mavzuning
yangicha vaznusulli (Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar) namunalari navbatma-navbat
ulanadi. Shashmaqomni ilk bor V.A.Uspenskiy Ota Jalol va Ota G’iyos ijrolaridan hozirgi nota
yozuviga olib nashr ettirdi ("Шашмаком,Шестьмузикальныхпоэм", Maqom. — Buxoro, 1924-
yil). Mulla Bekjon Rahmon o’g’li va Muhammad Yusuf Devonzodaning "Xorazm musiqiy
tarixchasi" (Maqom., 1925-yil), Fitratning "O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi" (Samarqand
— Toshkent, 1927-yil) risolalari XXasr maqomshunosligining dastlabki namunalari bo’lib,
qimmatli ma’lumotlarga ega. Shashmaqomni o’rganishga, ayniqsa, 1950-yillardan ko’proq
ahamiyat berila boshlandi. I.Rajabov qalamiga mansub "Maqomlar masalasiga doir"
1012
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
(Toshkent.1963yil) tadqiqoti o’zbek maqomshunosligi rivojlanishini yangi bosqichga ko’tardi.
Tojikistonda B.Fayzullayev, Sh.Sohibov va F.Shahobovlar o’z ijrolarida notaga olib,
V.M.Belyayev tahriri ostida Shashmaqomning 5 jildini nashr ettirdilar ("Shashmaqom",
Maqom., 1950—1967 y). O’zbekistonda Shashmaqomni Yunus Rajabiy o’zi va boshqa sozanda
va xonandalar ijrosidan yozib olib, ikki marta — "O’zbek xalq musiqasi" (V.jild.Toshkent, 1959)
va "Shashmaqom" (I—VI jildlar, Toshkent., 1966—75) nomi bilan nashr ettirdi. Toshkent
konservatoriyasida "Sharq musiqasi" kafedrasi (1972 yil), u asosida "Musiqiy sharqshunoslik" va
"An’anaviy ijrochilik" (1992-yildan) kafedralari orqali Shashmaqomni ilmiy o’rganish va amaliy
o’zlashtirish oliy, o’rta maxsus hamda boshlang’ich ta’lim bosqichlarida yo’lga qo’yildi. 1983-
yildan boshlab maqom ijrochilarining respublika tanlovi (1991-yildan Yunus Rajabiy nomida)
muntazam o’tkazib kelinmoqda. Olmota shahrida 1973- yili bo’lib o’tgan III “Osiyo minbari”
xalqaro musiqashunoslikforumida Osiyo mamlakatlaridan yuborilgan 220 dan ortiq asardan 19
tasigayuqoribahoberildi.
Bularorasida F.Sodiqov rahbarlik qilgan maqomchi talabalar ansambli ijro etgan
“Tarje’Buzruk” ham bor. “Tarje’Buzruk” butun dunyo mamlakatlarining radio eshittirish
koorporatsiyalariga yuksak saviyadagi ijro sifatida yuborildi. Kezikelganda, qo’shiqchilik
san’atida o’ziga xos o’rin egallagan O’zbekiston SSSR xalq artistlari Kommuna Ismoilova, Orif
Alimahsumov, O’zbekiston SSRda xizmat ko’rsatgan artist Hadiya Yusupova, Buxoro musiqa
bilim yurtining o’qituvchisi, birinchi respublika maqomchilar tanlovining g’olibi g’ijjakchi
O’lmas Rasulov, Xorazm filarmoniyasining solisti, qo’shnaychi Yo’ldoshvoy Tojiyev,
O’zbekiston radiosining solisti, Respublikada xizmatko’rsatgan artist Abduhoshim Ismoilov,
changchi sozandalar, Tuyg’un Otaboyev, Abdurahmon Xoltojiyev kabi ajoyib shogirdlari ijodida
ustozni ruhi, san’ati hamon yashayotganini ham alohida takidlash joizdir.
1
Maqom nima?
Maqom arabcha «joy», «o’rin», «makon», musiqa tushunchasida esa
cholg’u asboblarida tovush hosil etiladigan joy, ya’ni aslida parda ma’nosini bildiradi. Maqom
muayyan pardadan boshlanadigan lad-tonallikni, hamda ularga mos keladigan kuy va ashulalar
majmuasini ham ifodalaydi."G’iyosul-lug’at" qomusining muallifi G’iyosuddin o’tmish
olimlarining mulohazalariga tayanib, maqom iborasini quyidagicha ta’riflaydi:
"Maqom – parda
i surudrogo’yand"
–
«Maqom deb kuy va ashulalar pardasiga aytiladi»
. Bu yerda kuy va
ashulalar boshlanadigan parda hamda ular harakat etadigan lad tovush qatorlari hisobga olingan
albatta.
Musiqaga doir eski manbalardan ma’lumki, maqomlarning tarixiy – nazariy va amaliy
tomonlari bor. Ularning nazariy masalalari IX-XV asrlarda yashab ijod etgan Kindiy, Farobiy,
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shashmaqom
Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir. Toshkent. 1963yil.
1013
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Xorazmiy, Ibn Sino, Urmaviy, Sheroziy, Marog’iy, Jomiy va Husayniy kabi buyuk olimlarning
risolalarida chuqur ilmiy asosda sharhlab berilgan.
«Maqomlar» risolasida maqomlar haqida uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy-
tadqiqot ishlarining eng muhim xulosalari o’z ifodasini topgan. Kitob orqali konservatoriyada
ta’lim oluvchi talaba O’rta Osiyoda, xususan, O’zbekistonda musiqa madaniyati,
ajdodlarimizning musiqaga bo’lgan munosabati, xalq kuylarining shakllanishi va rivojlanish
bosqichlari tarixi haqida chuqur ilmiy ma’lumotlar bilan tanishishi mumkin. Shuningdek, asrlar
davomida ota-bobolarimizning quvonchli damlarida ham, turmush tashvishlaridan bezovta
bo’lgan paytlarida ham ularga ruhiy quvvat bergan Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg’ona-
Toshkent, Samarqand-Buxoro maqom yo’llari yuzasidan zarur tushunchalar bayon etilganiga
guvoh bo’lamiz. «Maqomlar»ning o’zbek musiqashunosligi sohasiga qo’shgan hissasini alohida
moddalar bilan birma-bir ko’rsatish o’ta mushkul vazifa bo’lsa kerak. Chunki Is’hoq Rajabov o’z
tadqiqoti bilan musiqashunosligimiz ko’lamini juda keng miqyosda tasavvur qilgan va har bir
yo’nalishning shakllanishi, rivojlanish bosqichlarini chuqur ilmiy asosda o’rganish maqsadini
o’z oldiga qo’ygan. Masalaning muhim tomoni shundaki, olim bu maqsadni yirik mutaxassis
sifatida muvaffaqiyatli bajargan. Bizning nazarimizda, «Maqomlar»da ilgari surilgan
muammolarni asosan quyidagicha ko’rsatish mumkin: «Maqomlar» muallifi avvalo, musiqa
san’atining o’tmishda aniq fanlar silsilasida o’rganilganligiga urg’u beradi.An’anaga binoan
musiqa matematika fanining tarkibiy qismi hisoblangan.Xususan, Farobiy, Ibn Sino o’zlarining
falsafa, matematika, tibbiyot ilmiga bag’ishlangan asarlarining ayrim boblarini musiqaga
bag’ishlaganlar.Bugungi kunda ham musiqa nazariyasi bilan shug’ullangan mutaxassis uchun
tovushlar munosabatini tahlil etish matematik tenglamalar muammolarini hal etish darajasida
murakkab ekanligi ma’lum.
Is’hoq Rajabov o’z tadqiqotida Ibn Sinoning matematika ilmini to’rtga bo’lganini qayd
etadi. Ular — arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa edi. O’ylaymizki, bu mulohazalar
bilan olim risolaning dastlabki sahifalaridanoq musiqa ilmining oddiy tovushlar tizimidan iborat
emasligini ta’kidlamoqchi, bu ilm bilan shug’ullanish mas’uliyati bilan tanishtirmoqchi edi.
O’rta Osiyoda musiqa xazinasining tarkibini maqomlar tashkil etgan. Dastavval (XIII-XV
asrlarda) O’n ikki maqom tizimi hosil bo’lgan. Muallif har bir maqomning nomlanishi quyidagi
tartibda ekanini ko’rsatadi. «Ular — Ushshoq, Navo, Busalik (Abu Salik), Rost, Husayniy,
Hijoz, Rahoviy (Rahuviy), Zangula, Iroq, Isfaxon, Zirofkand (yoki Kuchak) va Buzurg (Buzruk)
maqomlaridir». Keyinchalik mazkur musiqa majmualaridan XIV-XIX asrlarga kelib
Shashmaqom tizimi hosil bo‘lgan.
Shashmaqomga Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlari kiradi». «Hozirda
nashr etilgan kitoblarda maqomlarning cholg’u va ashula qismlari 208 dan 250 gacha boradi».
1014
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Ma’lum bo’ladiki, Is’hoq Rajabovning risolasi Sharq musiqa qadriyati mohiyatini ifodalovchi
«Maqomlar»ning shakllanishidan tortib tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi sho’balarigacha
sharhlab berish vazifasini to’la amalga oshira olgan.
2
Internet tarmoqlarida Shashmaqom kuylari va video yozuvlari
•
Maqom ansambli
- DUGOH HUSAYNIY VII (ufari)
•
Maqomansambli
- DUGOH HUSAYNIY VI (soqiynoma)
•
Maqomansambli
- DUGOH HUSAYNIY V (qashqarcha)
•
Maqomansambli
- DUGOH HUSAYNIY IV (tarona)
•
Maqomansambli
- DUGOH HUSAYNIY III (tarona)
•
Maqomansambli
- DUGOH HUSAYNIY II (tarona)
•
Maqomansambli
- DUGOH HUSAYNIY I
•
Maqom ansambli
– Ufari IroqiBuxoro.
Farhod Qori Halimov
Buxoro to’lqini
– Zebuniso g’azaliga G’oziy Muhammasi
- N.Hiraviy g’azaliga Zohiriy muhammasi, Shashmaqom. (Navo).
- Yodgor baxshi so’zi, bastakor B.Bakirov.
- Turobiy so’zi, Farg’ona-Toshkent maqom yo’llaridan.
Erdingiz
- Navoiy g’azali, F.Halimov musiqasi.
- Shavkat g’azaliga Hislat muhammasi, F.Halimov musiqasi.
- Mashrab g’azali, F.Halimov musiqasi.
- Ahmad Jomiy g’azali, Shashmaqom (Rost).
Mashrab g’azali, Xalq kuyi
.
- B.Berdiev so’zi, F.Halimov musiqasi.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Shashmaqom
Hamidov
ilmiy maqolasi.mtrk.uzdan.
1015
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
https//www.classic music.uz
MUMTOZ MUSIQA OQSHOMI
Navbatdagi
"Mumtoz
Musiqa
Oqshomi"
musiqiy
kechamiz
qahramoni:
Ziyodjon Changiy– chang va qonun cholg’ularining mahoratli ijrochisi. O‘zbekiston badiiy
jamoalar dereksiyasi tasarrufidagi Maqomchilar ansamblining yetakchi sozandasi. Yigirmaga
yaqin xorijiy davlatlarda konsert va festivallarda o‘zbek mumtoz va xalq musiqalaridan ijro etib
milliy musiqa rivojiga katta hissa qo’shgan.
Ilyos Arabov va Farangiz Ziyayeva - "Muhammasi Husayniy"
1016
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Xulosa
Bugungi kunga kelib Shashmaqom ustida olib borilayotgan ko’plab olimlarning
izlanishlari natijasida Shashmaqom an’analari davom etib kelmoqda. Shu bois, Shashmaqom
oqshomlari va boshqa turli tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Davlat
Konservatoriyasida o’tkazilayotgan turli tadbirlar bugungi kun yoshlari ya’ni, bo’lajak
maqomchilarda katta taassurotlar qoldirmoqda.Bu jarayonda bevosita maqomdon ustoz va
professorlarningijodiy yondashuvlari ijobiy natijalar bermoqda.
Internet tarmoqlaridagi ma’lumotlar va turli ilmiy maqolalarni joylashtirish orqali
san’atshunos olimlarimiz maqom san’atiga o’zlarini katta hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, maqomga katta yo’lning ochilishi bugungi kun yoshlariga
o’z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zamin yaratib kelmoqda.
REFERENCES
1.
Rajabov I. “Maqomlar masalasiga doir”. Toshkent. 1963-y.
2.
Matyoqubov O. “Maqomot”. Toshkent. 2004-y.
3.
Abdurahim Hamidov ilmiymaqolasi. 13 mtrk.uzdan.
4.
Matyoqubov O.“Og’zaki an’anadagi professional muzika asoslariga kirish”. Toshkent.
1983-y. 7-bet.
5.
Fitrat. “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi”. Toshkent. Fanlar Akademiyasi, 1993-y.
39-40 bet.
6.
Ibrohimov O.“Maqom va makon”, Toshkent. 1996-y.
7.
RavshanYunusov “O’zbekxalqmusiqaijodi” (ilmiy-uslubiytavsiyalar) II-qism.Toshkent.
2000-y. 24-bet.
8.
mtrk.uz.dan.
“Mumtoz musiqa”.
