937
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
TALABALARNING INTUITIV QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH ZARURATI
M.X. Baxrinova
Qarshi Davlat Universiteti doktaranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15059653
Annotatsiya.
Talabalar intuitsiyasi — bu bilimlarni tez va samarali o‘zlashtirish,
murakkab vaziyatlarni tushunish va qarorlar qabul qilishda yordam beradigan muhim
qobiliyatdir. Bugungi kunda ta'lim tizimida talabalar faqat ilmiy bilimlar bilan emas, balki
intuitiv fikrlash va muammolarni yangi usullar bilan hal qilish qobiliyatini ham rivojlantirish
zarur. Intuitiv qobiliyat talabalarni tashqi dunyoda, ish joylarida va hayotda muvaffaqiyatli
qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur mavzu o‘qituvchilarga talabalarning intuitiv
qobiliyatini qanday rivojlantirish va ularga yordam berish yo‘llari haqida ma'lumotlar beradi.
Bu orqali ta'lim jarayonining sifatini oshirish va talabalarni nafaqat bilim bilan, balki
yaratgan g‘oyalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatga erishishga tayyorlashga yordam beradi.
Kalit so’zlar:
Talaba, intuitiv qobiliyat, rivojlantirish, pedagogika, alloma, bilim olish.
THE NEED TO DEVELOP STUDENTS' INTUITIVE ABILITY
Abstract.
Students' intuition is an important ability that helps them quickly and effectively
acquire knowledge, understand complex situations, and make decisions. Today, in the education
system, it is necessary to develop students not only with scientific knowledge, but also with the
ability to think intuitively and solve problems in new ways. Intuitive ability is important for
students to be successful in the outside world, at work, and in life. This topic provides teachers
with information on how to develop and help students' intuitive ability. This will help improve
the quality of the educational process and prepare students to achieve success not only with
knowledge, but also in the implementation of their ideas.
Keywords:
Student, intuitive ability, development, pedagogy, scientist, knowledge
acquisition.
НЕОБХОДИМОСТЬ РАЗВИТИЯ ИНТУИТИВНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ
УЧАЩИХСЯ
Аннотация.
Интуиция учащихся — важная способность, которая помогает
учащимся быстро и эффективно усваивать знания, понимать сложные ситуации и
принимать решения. Современная система образования требует от учащихся развивать
не только научные знания, но и способность мыслить интуитивно и решать проблемы
новыми способами. Интуитивные способности необходимы учащимся для достижения
успеха во внешнем мире, на работе и в жизни. В этой теме учителям предоставляется
информация о том, как развивать и поддерживать интуитивные способности учащихся.
938
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Это помогает повысить качество образовательного процесса и подготовить
студентов к успеху не только в получении знаний, но и в реализации своих идей.
Ключевые слова:
Студент, интуитивная способность, развитие, педагогика,
ученый, приобретение знаний.
Pedagogik faoliyatda asosiy e’tibor tom ma’noda erkin shaxsni tarbiyalash, mustaqil
fikrlay olish, mustaqil bilim olish va uni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, qarorlar qabul
qilishdan oldin uni har tomonlama o‘ylab ko‘rish, harakatlarini aniq rejalashtirish, turli
guruhlarda ishlay olish, ular bilan samarali hamkorlik qila olish, yangi kontaktlar va madaniy-
ma’rifiy aloqalarga qodir etib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bu borada intuitiv qobiliyatni o‘rni
ahamiyatli.
Intuitiv qobiliyat (lot. intuitio - sinchiklab qarayman) - haqiqatni dalil bilan
isbotlamasdan, bevosita fahm-farosat bilan anglab olish qobiliyati, fikran ilgʻab olish (“aqliga
kelish”) yoʻli bilan tajriba doirasidan chiqish, shaxsiy qobiliyati yoki bilib olinmagan aloqalar,
qonuniyatlarni jonli shaklda umumlashtirish qobiliyati. Ushbu muammoni tadqiq qilish uchun
mashhur qarashlarni o‘rganish muhim hisoblanadi. Ushbu muammo yechimini hal etishda
ajdodlarimiz merosini o‘rganish hamda ulardan pedagogik jarayonda rejalashtirilgan
maqsadlarda samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ajdodlarimiz merosida komil
inson tarbiyasi yetakchi g‘oyalardan biri hisoblanadi. Jumladan, qobiliyat tushunchasi ham komil
insonning serqirra aqliy faoliyatlaridan biri sifatida talqin etiladi [1].
Masalan, Forobiy insonni mavjudotning eng buyuk va yetuk mahsuli deb ataydi. U
o‘zining ongi, aqli, sezish organlari orqali olamni har tomonlama o‘rganish qobiliyatiga egadir.
Inson aqli yordamida butun mavjudotning mohiyatini tushunadi. “Aql, - deydi u, -
jismlarni bunday xislatlardan holi holda tekshirganda u faqat jismlarning mohiyati nimadan
iborat ekanligini va sezgilardan nimalar mavhumlashtirganini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi.
Jismni u bilan bog‘liq bo‘lgan belgilardan ajratib oluvchi aql faoliyati shu jismning faqat
mohiyatini tekshirish uchun amalga oshiriladi” [3].
Allomaning fikricha, insonning tanasi, miyasi, sezgi organlari tug‘ilishda mavjud, lekin
aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhi, intellektual va axloqiy xislatlari, xarakteri, urf-odatlari,
ma’lumoti tashqi muhit va boshqalar bilan muloqotda vujudga keladi. Insonning aqli, fikri ruhiy
yuksalishning eng yetuk mahsuli bo‘ladi.
Forobiy “Aql to‘g‘risida”gi risolasida axloqli kishining “o‘n ikki tug‘ma xislati”ni
ta’riflar ekan, insonning fikrlash xususiyatiga alohida ahamiyat beradi. Olim, aql-zakovatli inson
barcha masala yuzasidan o‘tkaziladigan muhokama va mulohazani tez va to‘g‘ri tushunadigan,
uning ma’nosini anglab so‘zlovchining maqsadi va aytilgan fikrining chinligini tezda payqay
939
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
oladigan, xotirasi juda baquvvat bo‘lib, ko‘rgan, eshitgan, sezgan narsalarining birontasini ham
esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan, zehni biror narsaning alomatini sezishi bilan, bu
alomat nimani anglatishini tezda bilib oladigan, fikri va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon
bayon eta oladigan, bilimlarni osonlik bilan o‘zlashtira oladigan bo‘lishini alohida ta’kidlaydi.
Nafaqat tibbiyot olamidagi kashfiyotlari, balki ta’lim va tarbiya sohasidagi asarlari bilan
ham milliy pedagogika tarixida muhim o‘rin tutgan buyuk Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino
“Tadbiri manozil” asarida insonning fikrlash qobiliyatiga, xayol-xotirasi va iroda sifatlariga
yuqori baho beradi. Uning yordamida voqea va hodisalarni bir-biriga chog‘ishtirib,
abstraksiyalash bilan haqiqatni yolg‘ondan ajratish mumkin, xotira yordamida esa idrok qilingan
narsa va hodisalar kishi ongida mustahkam saqlanib qoladi va idrok qilingan bir obyektni
ikkinchisidan ajratishga yordam beradi. Xayol kishi ongida obyektiv voqelikning aks
ettirilishidir, deb biladi. [2].
Buyuk qomusiy olim, faylasuf va pedagog Abu Rayhon Beruniy ham bilimlarning hosil
bo‘lishida aql, fikr, sezgilarining o‘rni haqida so‘z yuritar ekan, shunday deb yozadi: “Faqat
sezgi orqali, sezgi organlari yordamida o‘zlashtirilgan bilimlar xatolarga olib kelishi mumkin.
Agar inson sezgilardan fikrlash va xulosa chiqarish yordamida foydalansa, ana shu
sezgilar yordamida idrok qilinadigan narsalarni o‘rganishda juda katta yutuqlarga erishmog‘i
mumkin... Istaklarga mehnat tufayli erishiladi”. Olimning fikricha, faqat eshitilgan, ko‘rilgan
yoki umuman sezgi organlari orqali qabul qilingan ma’lumotlar shundayligicha idrok
qilinmasdan, balki aql chig‘irig‘idan o‘tkazilsa va tegishli xulosalar chiqarilsa, ana shu bilimgina
haqiqiy va mustahkam bo‘ladi.
Jaloliddin Davoniy insoniy fazilatlardan donolikni tahlil etar ekan, inson aqliy qobiliyati,
iste’dodi shakllanishi uchun quyidagi sifatlar muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi:
birinchisi, zukkolik-zehn o‘tkirligi. Bu kishining har bir masalani tezda hal qila olish,
unda o‘zi istagan natijani ola bilishida deb ko‘rsatadi;
ikkinchisi, fahmlilik. Bunda kishining keraksiz va ikkinchi darajali masalalarga ortiqcha
to‘xtalmasdan, butun diqqatni muhim va zarur masalalarga tez qarata bilish qobiliyati;
uchinchisi, zehn ravshanligi deb ko‘rsatiladi. Bu biror masalani hech qanday
qiyinchiliksiz, oson yo‘l bilan hal qilish iste’dodi;
to‘rtinchisi, bilimni tez egallash qobiliyati. Kishi ma’lum masalaga butun diqqat-
e’tiborini qarata olish va uni hech qanday qarama-qarshiliksiz o‘zlashtirishi;
beshinchisi, qo‘yilgan muammoni tezda anglashi;
oltinchisi, yodlash qobiliyati. Insonning ilgari his etgani va tasavvur qilganlarini esda
saqlash qobiliyati;
940
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
yettinchisi, xotira. Yod olingan, his qilingan narsalarni kerak bo‘lganda eslash
qobiliyatini tezda ishga solishi lozim, deb ko‘rsatadi [4].
Demak, Jaloliddin Davoniy kishi yoshlikdan o‘z qobiliyatini o‘stirishi, rivojlantirishi
lozimligi, agar u haqiqiy baxt-saodatga erishmoqchi bo‘lsa, yuqoridagi aqliy qobiliyatni
rivojlantirishga yordam beruvchi fazilatlarni egallashga harakat qilmog‘i lozim, deydi.
REFERENCES
1.
Falsafa: qomusiy lug‘at. – Toshkent: Sharq, 2004.
2.
Abu Ali ibn Sino. SHe’rlar va tibbiy doston. –Toshkent: 1981.
3.
Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt – saodat va kamolot haqida. – Toshkent: Yozuvchi, 2002.
4.
Komilov N. Komil inson – millat kelajagi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001.
5.
G‘oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob
