Authors

  • Moʼtabar Namozova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73017

Keywords:

Semurgʼ toʼrt olam nazmiy tahlil odam jinsi asar tarixi qushlar uzri Hudhud donishmandligi yetti vodiy talqini.

Abstract

Ushbu maqolada asar yaratilish tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyati, qushlar orqali tasvir etilgan insoniy sifatlar, asarning yosh avlod tarbiyasida tutgan oʼrni, didaktik gʼoyalari, olam haqiqati va unsurlari, motivlar va badiyy tahlil vositalari haqida maʼlumotlar jamlangan.

background image

984

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

OʼZBEK ADABIYOTI TARIXIDA ALISHER NAVOIYNING „LISON UT-TAYR”

ASARINING OʼRNI, BOSH GʼOYASI VA BADIIY AHAMIYATI

Namozova Moʼtabar Sayriddin qizi

Termiz davlat pedagogika instituti oʼzbek tili va adabiyoti yoʼnalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15059771

Annotatsiya.

Ushbu maqolada asar yaratilish tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyati,

qushlar orqali tasvir etilgan insoniy sifatlar, asarning yosh avlod tarbiyasida tutgan oʼrni,

didaktik gʼoyalari, olam haqiqati va unsurlari, motivlar va badiyy tahlil vositalari haqida

maʼlumotlar jamlangan.

Kalit soʻzlar:

Semurgʼ, toʼrt olam, nazmiy tahlil, odam jinsi, asar tarixi, qushlar uzri,

Hudhud donishmandligi, yetti vodiy talqini.

THE PLACE, MAIN IDEA AND ARTISTIC SIGNIFICANCE OF ALISHER NAVOI'S

WORK "LISON UT-TAYR" IN THE HISTORY OF UZBEK LITERATURE

Abstract.

This article summarizes information about the history of the creation of the

work and its significance today, the human qualities depicted through birds, the role of the work

in the upbringing of the younger generation, its didactic ideas, the reality and elements of the

world, motifs, and means of artistic analysis.

Keywords:

Semurg, four worlds, poetic analysis, human gender, history of the work,

excuses for birds, Hudhud wisdom, interpretation of the seven valleys.

МЕСТО, ОСНОВНАЯ ИДЕЯ И ХУДОЖЕСТВЕННОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПОЭМЫ

АЛИШЕРА НАВОИ «ЛИСОН УТ-ТАЙР» В ИСТОРИИ УЗБЕКСКОЙ

ЛИТЕРАТУРЫ

Аннотация.

В статье содержатся сведения об истории создания произведения и

его значении в наши дни, о человеческих качествах, изображенных через птиц, о роли

произведения в воспитании подрастающего поколения, о его дидактических идеях, о

реальности и элементах окружающего мира, о мотивах и средствах художественного

анализа.

Ключевые слова:

Семург, четыре мира, поэтический анализ, человеческий пол,

история произведения, оправдания птиц, мудрость Худхуда, толкование семи долин.

Har bir asar yaralibdiki, voqealik unda mujassam boʼladi. Alisher Navoiy qalamiga

mansub ushbu asar necha yillardirki kitobxonlar qoʼlidan-qoʼliga oʼtib keladi. 1498 -1499

yillarda yaratilgan boʼlib umumiy jihatdan eng yetuk inson kamolotini qushlar orqali ochib

beradi. Asar muqaddimasida tasavvufiy qarashlar uchraydi. Navoiy ulugʼ maqsadda ish

boshlagani Farididdin Attor asaridek jahongashta asar yozishni orzu qiladi va bu istak amalga


background image

985

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

oshadi. Asar bosh gʼoyasida vujud yagonaligi baralla kuylanadi. Asarda aytilganidek, bolalarga

yaqin olam bu qushlar olamidir. Navoiy asarda Foniy taxallusi bilan ijod etdi Buning sababini

esa asar maqtasida shunday bayon etadi: Foniy boʼlmasdan turib ish nihoyasiga yetmaydi.va

ikkinchi sababi, qushlarni Fano vodiysiga qoʼndirgani. Asarda toʼrt Xalifani tasvir etish bilan

birga beshinchi etib oʼz ustozi Farididdin Attorni ham tilga oldi. Har bir hikoyati oʼzgacha maroq

va maʼrifat baxsh etgan bu asarda toʼti, kabutar, qimri, shunqor, bulbul, tovus, kaklik , tazarv,

kabutar, shohboz uzrlari aks etgan.Asar keng koʼlamli didaktik gʼoyani ilgari suradi toʼti faqat

nozaninlar qoʼlidan taom yeyishga oʼrgangan boʼlib, bu fazilat insonlarga xos yalqovlikni

ifodalaydi desak notoʼgʼri boʼlmaydi.Bir kuni guliston, boʻston, oʻrmon, dengiz va biyobon

qushlari majlis tuzadilar. Majlisda qushlar oʻrin topolmay, parokanda boʻlishadi. Shunda Hudhud

ularga bir yoʻlboshchi kerak ekanligi, uning nomi Semurgʻ ekanligi haqida xabar qiladi. Barcha

qushlar Semurgʻ huzuriga yoʻl olishadi. Hudhud donishmand inson obrazini yaratadi turli

hikoyatlar bilan qishlarni toʼgʼri yoʼlga chorlaydi. Yoʼl boʼyi qushlar savol bilan hudhudga

murojaat etadi. Qushlardan biri nega sen bizdek bir jinsdansan, lekin koʼp narsalarni bilasan

deganda, hudhud menga Sulaymonning koʼzi tushgan deb javob beradi.Turli xil falsafiy

rivoyatlar qiladi.Inson kamoloti yorqin aks etgan eng yirik asardir.Insoniyat umrini toʼgʼri

yumishlar ila oʼtkazishi, nafsni yengish, yomon odatlardan yiroq boʼlish, oʼtkinchi aysh-

ishratlarga berilmaslik kabilarni eng chiroyli zarhal harflar bilan bitgan. Insonlarga qarata nafs

sizni eshak qilib minishiga yoʼl qoʼymang deya nasihat qiladi.Semurgʼ agsonaviy qush timsoli

shu qadar aks ettirilganki, uning oltin patlari va bir pari Chin yurtiga tushgani haqida ham

keltirilgan . Qushlar Semurgʼga yetishishni orzu etadi yoʼl qiyinchiliklarga toʼla boʼladi safarga

chiqqn qushlardan atiga oʼttiztasi tirik qoladi va Semurgʼ nomini oladi. Alisher Navoiy oʼzini

chumolig oʼxshatgani, qushlarning savollariga hudhud javobi orqali dunyo haqiqatlari aks

ettirilgan falsafiy va badiiy asardir. Yetti vodiyning Birinchisi Talab. Bu vodiyda fil kelsa,

pashshadek, Arslon chumoliga aylanadi, ishq vodiysida ishqqa shunday taʼrif beriladi, "ishqni

shuʼla dema mashaʼala degil“. Keyingi vodiy maʼrifat bunda inson bilimlarni egallab, turli

yoʼllar kesib oʼtadi. Istigʼno vodiysida jannat mevalari va u yerning sidra va toʼbi daraxtlari

borligi aytiladi.Tavhid vodiysida inson butun yoʼlni yakka oʼzi bosib oʼtadi. Hayrat vodiysida

esa inson tili gung oʼzi lol boʼladi. Faqru Fano yoʼqlik vodiysidur unda inson umri madh etiladi.

Hayotning toʼrt unsuri: suv, havo, tuproq, olovdan iborat ekanligi, olti tomon va yetti

koʼkni nomlarri keltiriladi. Xotima qismida yoshlikni gullagan chogʼlarini behuda oʼtkazmaslik

hqadida aytib oʼtadi va oʼzining besh yoshlik chogʼidagi kitobga muhabbati haqida keltirib oʼtadi

va oʼzoni Choʼloq chumoli sifatida nisbatlaydi. Asar tom maʼnoda haqiqiy maʼnolar xazinasi

sirli hikoyatlar va mavjudotlar tarixiy shaxslar qalamga olinadi, bu esa asar koʼrkiga jilo

baxshida etadi.


background image

986

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Xususn, musiqa fani yaralishini qaqnus qushi bilan bogʼlaydi, u bor alamlari bilan

kuylaydi tumshuqlarida teshiklari borligi uchun uning alamli xonishi insonlarga kuy boʼlib

eshitiladi va bu qushni kuyi Pifagor qulogʼiga chalinadi, Natijada musiq fani kashf etiladi. Har

bir hikoyatda Navoiy sirli bir moʼjozani yashirin etadi, asarni oʼqigan kitobxon zavqi yanada

oshadi. Vodiy sirlari u yerdagi voqealar, qushlarni boshidan oʼtkazgan sinovlar, afsonaviy

hikoyatlar, ishq maslasi, tasavvuf gʼoyalari yorqin didaktik uslublar orqali bayon etiladi.

Xulosa qilib aytganda, qushlar olami nafaqat bolalarga yaqin olam balki barcha olamlar

bir-biriga yaqindir. Insoniyat maqsadi bu dunyo yaralishi, uning tarkibiy qismlari haqida qushlar

orqali yorqin tasvirlangan. Har bir qalamga olingan mavzular esa bugungi kun uchun ham ibrat

maktabi boʼlib xizmat qiladi. Asar yakuniga yetgan oʼquvchi yomon odatlarini tashlab yaxshi

xulq egasiga aylanadi. Zeroki asarda barcha badfeʼl xususiyatlar oxiri yaxshilik bilan tugamaydi.

Falsafiy jihatdan yetuk shaxsni tarbiyalaydigan falsafiy ruhdagi bebaho, shoh asardir.

REFERENCES

1.

Alisher Navoiy „Lison ut-tayr“, Toshkent 1991

2.

Lison ut-tayr " Alisher Navoiyning 20 jildli Mukammal asarlar toʻplami 12-j. (T., 1996)

dan oʻrin olgan.

3.

Sharipov Sh., Alisher Navoiy „Lison ut-tayr“ dostonining genezisi va gʻoyaviy-badiiy

xususiyatlari, T., 1982;

4.

Sultonmurod O., Naqshband va Navoiy, T., 1996.[2]

References

Alisher Navoiy „Lison ut-tayr“, Toshkent 1991

Lison ut-tayr " Alisher Navoiyning 20 jildli Mukammal asarlar toʻplami 12-j. (T., 1996) dan oʻrin olgan.

Sharipov Sh., Alisher Navoiy „Lison ut-tayr“ dostonining genezisi va gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari, T., 1982;

Sultonmurod O., Naqshband va Navoiy, T., 1996.[2]