Authors

  • Gulchehra Karimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73035

Keywords:

psixologik xizmat ta’lim muassasasi ijobiy psixologiya psixologik xizmat samaradorligi psixodiagnostika psixologik trening psixologik metodlar ta’lim tizimi psixologik maslahat psixokorrektsiya.

Abstract

Maqolada kasbiy ta’limdagi psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlari va faoliyatlari, shuningdek, psixologik xizmatlarni tashkil etishning muhim jihatlari ko’rib chiqiladi. Psixologik o’qituv ishlari, psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixokorrektsiya, psixologik maslahat, psixologik trening kabi muhim faoliyat turlari tafsilotlari bilan bayon etilgan. Shuningdek, psixologik tadqiqot metodlarining, masalan, kuzatish, eksperiment, suhbat va anketa metodlarining ahamiyati va amaliyotdagi qo’llanilishi muhokama qilinadi. Ta’lim tizimida psixologik xizmatni samarali tashkil etish orqali o’quvchilarning psixik va shaxsiy rivojlanishiga yordam berish mumkinligi ta’kidlanadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

612

TA’LIM MUASSASALARIDA PSIXOLOGIK XIZMAT SAMARADORLIGINI

OSHIRISH, IJOBIY PSIXOLOGIYA VA POZITIV KAYFIYAT- SALOMATLIK OMILI

Karimova Gulchehra Bobomurod qizi

Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi psixologi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15072416

Annotatsiya. Maqolada kasbiy ta’limdagi psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlari va

faoliyatlari, shuningdek, psixologik xizmatlarni tashkil etishning muhim jihatlari ko’rib chiqiladi.

Psixologik o’qituv ishlari, psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixokorrektsiya,

psixologik maslahat, psixologik trening kabi muhim faoliyat turlari tafsilotlari bilan bayon etilgan.

Shuningdek, psixologik tadqiqot metodlarining, masalan, kuzatish, eksperiment, suhbat va anketa

metodlarining ahamiyati va amaliyotdagi qo’llanilishi muhokama qilinadi. Ta’lim tizimida

psixologik xizmatni samarali tashkil etish orqali o’quvchilarning psixik va shaxsiy rivojlanishiga

yordam berish mumkinligi ta’kidlanadi.

Kalit so’zlar: psixologik xizmat, ta’lim muassasasi, ijobiy psixologiya, psixologik xizmat

samaradorligi, psixodiagnostika, psixologik trening, psixologik metodlar, ta’lim tizimi, psixologik

maslahat, psixokorrektsiya.

IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF PSYCHOLOGICAL SERVICES IN

EDUCATIONAL INSTITUTIONS, POSITIVE PSYCHOLOGY AND POSITIVE MOOD

AS A HEALTH FACTOR

Abstract. The article considers the main directions and activities of psychological service

in professional education, as well as important aspects of the organization of psychological

services. Important types of activities such as psychological educational work, psychoprophylaxis,

psychodiagnostics, psychocorrection, psychological counseling, psychological training are

described in detail. The importance and practical application of psychological research methods,

such as observation, experiment, interview and questionnaire methods, are also discussed. It is

emphasized that the effective organization of psychological service in the education system can

help students in their mental and personal development.

Keywords: psychological service, educational institution, positive psychology,

effectiveness of psychological service, psychodiagnostics, psychological training, psychological

methods, educational system, psychological counseling, psychocorrection.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

613

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ СЛУЖБЫ В

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ, ПОЗИТИВНАЯ ПСИХОЛОГИЯ И

ПОЗИТИВНЫЙ НАСТРОЙ КАК ФАКТОР ЗДОРОВЬЯ

Аннотация. В статье рассматриваются основные направления и направления

деятельности психологических служб в профессиональное образование, а также важные

аспекты организации психологической службы. Подробно описаны такие важные виды

деятельности, как психологическое просвещение, психопрофилактика, психодиагностика,

психокоррекция, психологическое консультирование, психологическое обучение. Также

будут обсуждаться важность и практическое применение методов психологического

исследования, таких как наблюдение, эксперимент, интервью и анкетирование.

Подчеркивается, что эффективная организация психологической службы в системе

образования может способствовать психологическому и личностному развитию

учащихся.

Ключевые слова: психологическая служба, образовательное учреждение,

позитивная психология, эффективность психологической службы, психодиагностика,

психологический тренинг, психологические методы, образовательная система,

психологическое консультирование, психокоррекция.

KIRISH

Kasbiy ta’limdagi psixologik xizmat respublika xalq ta’limi tizimidagi ixtisoslashtirilgan

bo’lim bo’lib, uning asosiy vazifasi professional ta’limdagi psixologik xizmat konstepstiyasi va

psixologik xizmat to’g’risidagi nizomga binoan har bir bolaning psixik va shaxsiy tomondan to’la

rivojlanishiga yordam beradigan sharoitlarni ta’minlashdan iboratdir. Bunday sharoitlarni

yaratmaslik o’quvchilarning yosh va individual imkoniyatlarini o’z vaqtida ishga solishga halaqit

beradi va psixologik-pedagogik korrekstiya zarurligiga olib keladi.

Kasbiy ta’limdagi xizmat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini quyidagicha ko’rsatish

mumkin:

a) psixologik o’qituv ishlari;

b) psixoprofilaktika;

v) psixodiagnostika;

g) psixik rivojlanish va psixokorrekstiya;

d) psixologik maslahat;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

614

e) psixologik trening.

a) Psixologik o’qituv ishlari

-kasbiy ta’limning pedagogik jamoasini, o’quvchilarini va

ota-onalarini psixologik bilimlarini egallashga jalb etishdan, o’quvchilar va ota-onalarning

psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli ma’ruzalarni uyushtirish lozimdir.

b) Psixoprofilaktika

-pedagog va ota-onalarda bolalarning har bir yosh davridagi psixik

taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirishga va bu bilimlarni

bola shaxsining kamol topishi hamda aqliy taraqqiyotida izdan chiqishi mumkin bo’lgan har

qanday imkoniyatlarning o’z vaqtida oldini olishga qaratilishi lozim.

v) Psixodiagnostika

- psixologik-pedagogik tomondan chuqur o’rganib, ularning yakka

psixologik xususiyatlarini ko’rsatib, mashg’ulot, o’qish hamda xulq-atvoridagi nuqsonlarning

sabablarini aniqlab berishga qaratilishi lozim.

g) Psixik rivojlanish va psixokorrekstiya;

d) Psixologik maslahat

-ishlari o’qituvchilar, ota-onalar, o’quvchilarning shaxsiy ishlari,

kasbi va shu kabi boshqa aniq hayotiy muammolariga yordam berishga qaratiladi. Kasbiy

ta’limdagi psixologik xizmatning asosiy vazifalari-tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot

ishlaridan iborat o’nta vazifadan tashkil topadi.

e) Psixologik trening:

Trening boshlanishidan avval trening qatnashuvchilari tomonidan o’zining chaqiruv

(karton qog’ozcha)lari to’ldiriladi, ya’ni treningda foydalaniladigan ismini yozadi.

Qatnashuvchi o’zini xohlagan ismini, do’stini yoki tanishlaridan birini ismini, taniqli

siyosatchi yoki taniqli san’atkorimi, yoki bo’lmasa sizga yoqqan mashhur insonning ismimi, kim

bo’lishidan qat’iy nazar tanlashda erkinlik mavjud. Ismi katta harflar bilan aniq qilib yoziladi,

chaqiruvchi kiyimi ustiga to’g’nag’ich bilan shunday qistiriladiki, uni hamma ko’ra olishi va oson

o’qiy olishi kerak.

Shu paytdan boshlab, treningda qatnashuvchilar trening davomida bir-birlariga shu ism

bilan murojaat qiladilar. Qatnashuvchilar bir-birlari bilan tanishib olishlari uchun, rahbar yoki

o’yinni olib boruvchi, trener, 3-5 daqiqa vaqt ajratishi lozim.

Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazi psixologik xizmatini tashkil

etish va boshqarishga muvofiqlashgan markaz tariqasida xizmat qiladi. bu markaz tarkibida

psixologlar, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3-5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlar

bo’lishi zarurdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

615

Viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, Qoraqalpog’iston xalq ta’limi Vazirligi va Toshkent

shahar xalq ta’limi boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bo’limlari o’z hududlaridagi

psixologik xizmatlarni tashkil etish va ularni nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Bu bo’limlar 2-3

kishilik xizmat xodimlariga ega bo’lishi kerak.

Tuman, shahar xalq ta’limi qoshidagi psixologik xizmat xonalari tajriba almashish, o’z

hududidagi psixologik xizmatlarni birlashtirish vazifalarini bajaradi. Bunday xonalar 2 kishilik

xizmat xodimiga ega bo’lishi zarur.

Bu tizimni amaliy ravishda joriy etish maktablaridagi ta’lim-tarbiya jarayonini tubdan

takomillashtirish imkoniyatini beradi, bu esa mustaqil O’zbekiston Respublikasining xalq ta’limi

haqidagi konstepstiyasi, yangi qonun, milliy maktablar haqidagi qonuni amalga oshirishni, yanada

yaxshiroq ta’minlagan bo’lur edi.

KUZATISH METODI:

bu metod yordamida shaxs va jamoaning turli xil hayot va

faoliyat sharoitida bolaning his-tuyg’usi, hatti-harakat va xulqini tashqi ifodasi o’rganiladi.

Sinchiklab va har tomonlama kuzatish yo’li bilan to’plangan materiallarni analiz qilish orqali

bevosita idrok etish mumkin bo’lmagan turli psixik komponentlar, tafakkur va tuyg’ular,

munosabatlar va motilar aniqlanadi. Bular bola shaxsi va jamoa psixologiyasining rivojlanishiga

oid bo’lgan xarakterli tendenstiyalarni bilib olishgi, ularni boshqarish yo’llarini belgilashga, bola

shaxsida estetik, axloqiy va psixologik sifatlarni shakllantirishga yordam beradi.

Kuzatishlar predmetlari psixikaning turli ko’rinishlari: psixik jarayonlar, psixik holatlar,

shaxsning psixik xususiyatlari bo’lishi mumkin. Bu metod darsni psixologik analiz qilishda,

o’quvchiga psixologik-pedagogik xarakteristika tuzish uchun asosiy materialini olishda yordam

beradi. Kuzatish ma’lum dasturda olib borsagina samarali bo’ladi. Kuzatish hodisalarni yoppasiga

kuzatish va tanlab kuzatish turlariga bo’linadi.

Yoppasiga kuzatganda, ma’lum vaqt ichida hamma psixik jarayonlarning ifodalanishi qayd

qilinadi (darsda, uy vazifasini bajarishda, biror to’garakda qatnashishda va hokazo).

Tanlab kuzatganda, o’rganilayotgan maqsadga taaluqli narsalargina qayd qilinadi.

Kuzatilganda hodisalarni yozib olish bilan bir qatorda, uni suratga olish, kinoga olish, ovozni yozib

olishdan ham foydalaniladi. Yuqorida aytilganidek, o’rganilayotgan kishilarning xatti-harakatini

tabiiy holda qayd qilish uchun kuzatilayotganlarga kuzatishni sezdirmaslik kerak.

Kuzatish natijalarini aniq, ob’ektiv miqdor va sifat ko’rsatkichlarida ifodalab bo’lmaydi.

hozirgi zamon psixologik tadqiqotlarda kuzatish yo’li (bilan o’zidagi psixik) tabiiy eksperiment

metodi bilan birlashib ketmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

616

Psixologiyada o’z-o’zini kuzatish metodidan ham foydalanishadi. Tadqiqotchi o’z-o’zini

kuzatish (metodidan ham foydalaniladi) yo’li bilan o’zidagi psixik hodisalarni tekshiradi. O’z-

o’zini kuzatish metodida kishining ko’rgan va eshitgani, xis qilayotgani, nimaga qiziqayotgani,

nimani xohlayotgani va boshqalar haqida og’zaki gapirib berish formasidan foydalanish mumkin.

O’z-o’zini kuzatish metodidan odamning psixik xususiyatlarini o’rganish maqsadida

qilinadigan suhbatning tarkibiy qismi sifatida foydalaniladi.

EKSPERIMENT METODI

: Bu metod boshqa fanlardagi kabi, psixologiyada ham asosiy

metod bo’lib hisoblanadi. Tadqiqotchi eksperimentini qo’llash natijasida o’ziga zarur bo’lgan

psixik jarayonni ataylab vujudga keltirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Psixik jarayonlar tashqi

stimullarning ko’p sonli xususiyatlari bilan aniqlanadi. Ma’lum qonuniyatni aniqlab olish uchun

bir emas, bir qancha tekshiriluvchilar bilan eksperiment o’tkazish kerak. Agar tekshiriluvchilar oz

bo’lsa, eksperiment natijalari ishonchli bo’lmaydi. Bundan tashqari. Eksperimentni tashkil

qilishda tekshiriluvchilarni tanlash muhim ahamiyat egadir. Tekshiriluvchilarni tanlashda eng

oldin ularning yoshini, psixologik xususiyatlarini va eksperiment natijalariga ta’sir qilishi mumkin

bo’lgan tomoni o’quvchining ilgari shu eksperimentda qatnashgan yoki qatnashmaganligini

hisobga olish zarur.

Eksperiment o’tkazganda, tekshiruvchi tajriba bayonini tuzishi kerak. Bayonnomada

tekshiriluvchi haqida umumiy ma’lumot, eksperimentni boshlash va tamomlash vaqti,

eksperimentning nomi, eksperiment ma’lumotlari, eksperiment vaqtida tekshiriluvchining holati,

tekshiruvchining qo’shimcha ogohlantirishi, tekshiruvchining familiyasi aks ettirilishi kerak.

Yuqorida bayon qilingan tarzda o’tkaziladigan eksperiment laboratoriya eksperimenti

bo’ladi. Laboratoriya eksperimenti ba’zi kamchiliklardan xoli emasdir. Bu kamchiliklar asosan

tekshiriluvchiga tabiiy sharoitdan farq qiladigan laboratoriya-xonaning, priborlarning, tajriba

o’tkazuvchining g’ayri tabiiy ta’sir ko’rsatishidir. Laboratoriyada o’tkaziladigan eksperimentning

kamchiligi yana shundaki, xamma psixik jarayonlarning ifodalanishini laboratoriya eksperimenti

sharoitida modellashtirib bo’lmaydi. Bunday holat shaxsning turli xususiyatlariga, ayniqsa,

xarakter xususiyatlariga taalluqlidir.

Laboratoriya eksperimentining kamchiliklari tabiiy eksperiment yordami bilan bartaraf

qilinadi. Tabiiy laboratoriya eksperimentidan tajribalarning tabiiy sharoitda o’tkazilishi bilan farq

qiladi (o’yin, dars, mehnat faoliyati va hokazo). Tabiiy eksperimentning asosiy tomoni

tekshiriluvchilarga beriladigan vazifalardir. Vazifalar faoliyat samaralarini o’rganish va kuzatish

jarayonida xal qilinadigan taxminiy o’rganish natijasida paydo bo’ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

617

Har holda, chegaralangan bo’lsa ham, laboratoriya eksperimentida texnika vositalari ham

qo’llaniladi. Tabiiy eksperimentning alohida ko’rinishi psixologik-pedagogik eksperimentdir. Bu

metodning eng asosiy xususiyati tekshiruvchiga maxsus tayyorlangan o’qitish va tarbiyaning

ta’siri natijasidir. Oldin shaxsning ma’lum xususiyatlarining psixik jarayonlar tomonidan

rivojlantirishning darajasi qayd qilinadi. So’ngra o’rganilgan shaxs xususiyatini o’zgartiradigan,

ularga tarbiyaviy ta’sir qiladigan o’qitish jarayoni amalga oshiriladi.

Pedagogik eksperimentning oxirgi bosqichi shaxs xususiyatining yangi darajasini

aniqlashdir (diagnostik eksperiment). Shunday qilib, psixologik-pedagogik eksperiment o’tkazish,

o’qitish va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlarida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni aniqlash

imkoniyatini beradi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakka, psixologik-pedagogik eksperimentning mohiyati

o’quvchilarni shaxsan hamda bevosita o’qitish va tarbiyalash jarayonida tekshirish predmeti

bo’lgan psixik xususiyati aktiv tarkib toptirish jarayonida o’rganishdan iboratdir.

SUHBAT METODI

: Suhbat metodi psixologiyada yordamchi metod hisoblansa ham,

uning ahamiyati kattadir. Suhbat metodi yordami bilan boshqa metodlar vositasida chiqarilgan

xulosalarni chuqurroq bilish va aniqlab olish uchun turli bosqichlarda, tekshirishning boshida

masalani aniqlab olish va uni oydinlashtirish uchun ishlatiladi. Suhbat metodi savol-javob

formasida o’tkaziladi. Bunda tekshiruvchi savol beradi, tekshiriluvchi esa javob beradi. Savolning

mazmuni tekshirishning konkret vazifalariga qarab belgilanadi.

Suhbatga tayyorlanishda savollarni ifodalashga alohida diqqat qilish kerak. Agar

tekshiriluvchi bilan yaxshi munosabat o’rnata olmasa, o’quvchidan ishonchli axborot ololmasligi

mumkin.

Suhbat shaxsining individual xususiyatlarini o’rganishda keng qo’llaniladi. Suhbat metodi

o’qitish va tarbiyalashning psixologik asoslarini tekshirganda, qiziqishlari va mayillarini,

ideallarini, esda qoldirish xususiyatlarini va hayolini, shuningdek, qobiliyatini o’rganishda

qo’llaniladi.

ANKETA METODI

: Bu metod, suhbat metodiga o’xshash, psixologiyadan yordamchi

metod hisoblanadi. Lekin ba’zi paytlarda juda qimmatli natijalar beradi. Masalan, bu metodni

kuzatish bilan birga qo’llanilganda muhim materiallar olish mumkin.

Odatda anketa savollariga yozma ravishda javob berishni ifodalovchi metoddir. O’quvchi

savollarga shaxsan yoki pochta orqali javob berish mumkin. Bu metoddan foydalanganda, savollar

mazmunini aniq ifodalash va to’g’ri ta’riflash katta ahamiyatga egadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

618

Bundan tashqari, anketani to’g’ri to’ldirish uchun zarur tushuntirishlar berilishi, to’plangan

materiallarni son va sifat jihatidan sinchiklab o’rganish, bu materiallarni statistik ishlar muhimdir.

Anketa metodining ijobiy tomonini o’z hajmiga ko’ra ko’p materiallar olish mumkinligi

va shu asosda chiqarilgan xulosalarning to’g’riligidadir. Bu metodning asosiy kamchiligi olingan

javoblarni real borlik bilan va javob beruvchining xatti-harakati bilan bog’liqligini aniqlashning

mumkin emasligidir.

MATEMATIK-STATISTIK METOD

: Keyingi yillarda psixologiyada olingan

materiallar matematik-statistik miqdoriy analiz qilish metodidan foydalanish qo’llanilmoqda. Bu

metod psixologiyadan matematik-apparatni qo’llashni taqozo qiladi. Matematik apparatni qo’llash

deganda, birinchi marta qabul qilingan gipotezani tasdiqlash imkoniyatini beradigan, hosil

qilingan xulosalarning inobatda ekanligiga ishonch tug’diradigan turli statistik usullarni qo’llash

va ehtimollik nazariyasi qoidalarini qo’llashni tushunamiz.

Shuni esda tutish kerakki, o’qitish va tarbiyalashning psixologik vazifalarini hal qilishda

yuqoridagi metodlardan birgalikda foydalanishgandagina to’liq va ishonchli natijaga erishish

mumkindir.

Hozirgi vaqtda pedagogik-psixologiyaning aniq ilmiy tekshirish vazifasiga ega bo’lgan

sohalari bor. Bularga, birinchi navbatda, maktabda predmetlarni o’qitishning psixologik asoslarini

kiritish mumkin.

Masalan: o’qitishning psixologik asoslaridan quyidagilarni ajratish mumkin;

1. Ona-tilini o’qitishning psixologiyasi

. Pedagogik psixologiyaning bu bo’limi ona tilidan

bilim, iqtidor, malakalar hosil qilishning eng samarali usullarini topish masalalarini hal qiladi. Bu

soha va yozish o’qitishga o’rgatishning orfografiya va grammatika o’rganishning psixologik

asoslari masalalari ham kiradi.

2. Chet tili o’qitishning psixologiyasi.

Bu bilim chet tilidan og’zaki gapirishga, yozma

nutqqa, o’qishga o’rganish va tarjima qilish masalalarini o’z ichiga oladi.

XULOSA

Bundan tashqari, bu bo’limning vazifasiga chet tilini o’qitish jarayonida o’quvchilarning

individual ongini o’rganish va shu asosda tushunchalar sistemasini tuzish, bu sistemalar yordami

bilan o’qituvchi chet tilini o’qitish jarayonini anglab olishi zarur bo’lgan psixologik masalalarini

o’rganish ham kiradi. Chet tilini o’rganishning psixologik asosini o’rganish, chet tili darslarining

materiallarini o’zlashtirishni osonlashtirishni va fikr almashtirish quroli, kommunikativ aloqa

quroli bo’lgan tilni yaxshiroq tushunish imkoniyatini beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

619

Bundan tashqari test metodi, egzaklar metodi, geografik metodi, sostiometrik metodi,

tematik proektiv metodi kabi metodlar mavjud, lekin psixologiyada asosan ko’pincha kuzatish va

tajriba metodidan foydalaniladi. Suhbat va anketa metodi, ularga qo’shimcha ravishda psixologik

test metodlaridan foydalaniladi.

REFERENCES

1.

“O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat to’g’risida”gi

muvaqqat Nizom –Toshkent, 2002 yil 1 avgust

2.

O’zbekston Respublikasining “qadrlar tayyorlash milliy dasturida” gi qonuni. T., 1997.

3.

Asadov Y.M, Burxanov Yu. Olti yoshli bolalarning maktabga psixologik moslashuvi va

rivojlanish dinamikasini o’rganish bo’yicha tavsiyalar “Ma’rifat”, 2001 yil 1 dekabr

4.

Abdurasulov.R. Maktabda psixologik xizmat. - Jizzax. 1999y

5.

Xurvalieva T. Maktabda psixologik xizmatni tashkil etish.-A.Avloniy nomidagi

XTHQTMOMI, 2006y

6.

Davletshin. M. Psixologiyadan asosiy tushunchalar. -T., 1997.

7.

Umumiy psixologiya. Petrovskiy A.V. tahriri ostida. -T., 1992.

8.

Umumiy psixologiya, Dastur.-T., 1999.

9.

Umumiy psixologiya. M.G.Davletshin., S.M.To’ychieva.-T., 2002.

10.

O’qituvchilarga psixologik yordam beruvchi o’yin va mashqlar. Matmuratova. N.B.

(o’quv.met.qo’l. T., 2006.)

11.

G’oziev.E./ Psixologiya. 1994.

References

“O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat to’g’risida”gi muvaqqat Nizom –Toshkent, 2002 yil 1 avgust

O’zbekston Respublikasining “qadrlar tayyorlash milliy dasturida” gi qonuni. T., 1997.

Asadov Y.M, Burxanov Yu. Olti yoshli bolalarning maktabga psixologik moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o’rganish bo’yicha tavsiyalar “Ma’rifat”, 2001 yil 1 dekabr

Abdurasulov.R. Maktabda psixologik xizmat. - Jizzax. 1999y

Xurvalieva T. Maktabda psixologik xizmatni tashkil etish.-A.Avloniy nomidagi XTHQTMOMI, 2006y

Davletshin. M. Psixologiyadan asosiy tushunchalar. -T., 1997.

Umumiy psixologiya. Petrovskiy A.V. tahriri ostida. -T., 1992.

Umumiy psixologiya, Dastur.-T., 1999.

Umumiy psixologiya. M.G.Davletshin., S.M.To’ychieva.-T., 2002.

O’qituvchilarga psixologik yordam beruvchi o’yin va mashqlar. Matmuratova. N.B. (o’quv.met.qo’l. T., 2006.)

G’oziev.E./ Psixologiya. 1994.