ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
630
AMYOBIAZ – XAVFLI PARAZITAR KASALLIK
Komilova Dildora Alimardon qizi
Farg‘ona tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tibbiyot texnikumi
“Terapiyada hamshiralik ishi” kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15072449
Annotatsiya. Amyobiaz dunyodagi uchinchi eng xavfli parazitar kasallikdir. Dunyo
aholisining 10% ga yaqini parazit amyobalar bilan kasallangan deb ishoniladi. Ko‘pincha
asemptomatik bo‘lsa-da, infektsiya ko‘plab asoratlarga olib kelishi mumkin. Uni qanday aniqlash
va davolash mumkin? Amyobiaz - bu ichakda joylashgan mikroskopik parazit keltirib
chiqaradigan infektsiya bilan bog'liq holat. Ushbu kasallik global sog‘liqni saqlash muammosi
bo‘lib qolmoqda, chunki u sanitariya va suv gigienasi yo'qligi sababli butun dunyo bo‘ylab 50
milliondan ortiq bemorga ta’sir qiladi. Amyobalar butun dunyoda uchraydi, lekin tropik
mamlakatlarda, shuningdek, gigiena standartlari yomon bo'lgan issiq va nam hududlarda ko'proq
tarqalgan. Mazkur maqola orqali ushbu parazitar kasallikning umumiy tushunchalari,
etiologiyasi, epidimiologiyasi, patogenezi va davolanish usullarigacha o‘rganib chiqiladi.
Kalit soʻzlar: Yuqish yoʻli fekal-oral, kasallik manbayi tsistalar ajratuvchi odam
hisoblanadi. Amyobiaz bilan uy hayvonlari ham zararlanishi mumkin, amyoba, etiologiya,
epidimiologiya.
AMYOBIAS – A DANGEROUS PARASITIC DISEASE
Abstract. Amebiasis is the third most dangerous parasitic disease in the world. It is
believed that about 10% of the world's population is infected with parasitic amoebae. Although
often asymptomatic, the infection can lead to many complications. How can it be diagnosed and
treated? Amebiasis is a condition associated with infection caused by a microscopic parasite that
lives in the intestine. This disease remains a global health problem, as it affects more than 50
million patients worldwide due to lack of sanitation and water hygiene. Amoebas are found
worldwide, but are more common in tropical countries, as well as in hot and humid areas with
poor hygiene standards. This article reviews the general concepts, etiology, epidemiology,
pathogenesis and treatment of this parasitic disease.
Keywords: The route of transmission is fecal-oral, the source of the disease is a person
excreting cysts. Pets can also be infected with amoebiasis, amoeba, etiology, epidemiology.
АМИОБИАЗ – ОПАСНОЕ ПАРАЗИТАРНОЕ ЗАБОЛЕВАНИЕ
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
631
Аннотация. Амебиаз — третье по опасности паразитарное заболевание в мире.
Считается, что около 10% населения мира заражено паразитическими амебами. Хотя
инфекция часто протекает бессимптомно, она может привести ко многим осложнениям.
Как его можно диагностировать и лечить? Амебиаз — это заболевание, связанное с
инфекцией, вызываемой микроскопическим паразитом, живущим в кишечнике. Это
заболевание остается глобальной проблемой здравоохранения, поражая более 50
миллионов пациентов по всему миру из-за отсутствия санитарии и гигиены воды. Амебы
распространены по всему миру, но чаще встречаются в тропических странах, а также в
жарких и влажных районах с низкими стандартами гигиены. В статье рассматриваются
общие понятия, этиология, эпидемиология, патогенез и методы лечения этого
паразитарного заболевания.
Ключевые слова: Путь передачи — фекально-оральный, источник заболевания —
человек, выделяющий цисты. Домашние животные также могут быть инфицированы
амебиазом, амебной этиологией, эпидемиологией.
AMYOBIAZ.
Amyobiaz parazitar kasallik boʻlib, dizenteriya amyobasi chaqiradi va amyobali kolit
(dizenteriya), ichakdan tashqari amyobiaz yoki belgisiz tashuvchilik turida kechadi. Amyoba 1875
yil F.A.Lesh tomonidan topilgan, 1903 yil Shaudin amyobani toʻliq oʻrganib, unga Entamoeba
histolytica nomini berdi.
Etiologiyasi.
Amyobalar 3 xil shaklda uchraydi:
1) sista;
2) ichakda yashovchi minuta shakli;
3) bemor axlatida topiladigan katta vegetativ shakli (magna shakli).
Abtsess yaralar devorida amyobaning toʻqima shakli topiladi. Bir shakldan ikkinchi
shaklga oʻtish mikroorganizmning yashash sharoitiga bog‘liq.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
632
Kichik shakli katta shaklga organizmda stress va immunodepressiv holatlarda kuchaysi,
organizm kuchi oshganda aksincha holat yuz beradi. TSistalar yumaloq shaklda, 1-4 ta yadroli,
12-15 mkm oʻlchamda, kichik shakli esa invaziv emas, 12-20 mkm, notoʻg‘ri yumaloq
shaklda boʻladi. Yoʻg‘on ichak pastki qismida kichik shakllari tsistaga aylanadi, katta
vegetativ shakli invaziv, 20-25 mkm oʻlchamli, harakatchan boʻladi. Kichik va katta vegetativ
shakllari axlat bilan chiqqanda yarim soat mobaynida nobud boʻladi. TSistalar esa tashqi muhitda
1 oygacha saqlanishi mumkin.
Epidemiologiyasi.
Yuqish yoʻli fekal-oral, kasallik manbayi tsistalar ajratuvchi odam
hisoblanadi. Amyobiazbilan uy hayvonlari ham zararlanishi mumkin.
Patogenezi.
Amyobiazda
patologik jarayon amyobalar metabolitlarini bevosita tsitopatik ta’siri va ular tomonidan endogen
yallig‘lanish omillarini faollashtirishi oqibatida yuzaga keladi. Biofaol moddalar ichak shilliq
qavatida giperemiya, shish, koʻp shilliq ajralishiga olib keladi. Yallig‘lanish jarayoni
amyobalar
invaziyasi, oʻsishi va koʻpayishi uchun qulay sharoit tug‘diradi. Vegetativ shakllari
hayoti temir moddasini oʻzlashtirish – eritrofagiya – muhimdir. Eritrofagiya darajsi parazit
virulentligiga bog‘liq.
Klinikasi.
Koʻp bemorlarda amyobiaz oʻtkir kolit (dizenteriya) koʻrinishida kechadi.
Ichakdan tashqi amyobiaz kolitni boshdan kechirgan bemorlarning 30-40% da
uchraydi. Qolganlarda esa invaziyaning birlamchi koʻrinishi jigar, oʻpka va boshqa a’zolarning
abstsessi koʻrinishida yuzaga chiqadi. Amyobali kolitda yashirin davri 1 haftadan 3 va undan ortiq
oy davom etadi. Bemorlarda odatda notoʻg‘ri tipdagi isitmalash, ba’zan subfebrilitet, umumiy
zaharlanish belgilari, oʻng, ba’zan chap chov sohasida og‘riq, 5-10 martagacha suyuq shilliq
va onli axlat kuzatiladi. «Malinali jele» koʻrinishidagi shilliq kam uchraydi. Teri turgor va tana
vazni pasayishi, holsizlik, uyqu buzilishi, bosh
og‘rig‘i, ba’zida talvasalar kuzatiladi. Allergik fonli bolalarda yuqori isitmalash, terida
toshmalar, eozinofiliya (7-15%), leykotsitoz (12-15x10
9
/l), ECHT ortishi (20-25 mm/soat)
aniqlanadi. Oʻtkir davri 2-3hafta davom etib, asta-sekin surunkali shaklga oʻtadi va bemorlarda
kolit qoʻzg‘atishi oʻqtin-oʻqtin, kam ifodalangan koʻrinishga oʻtadi. Ichakdan tashqari amebiazda
koʻproq jigar zararlanadi. Bunda
og‘riq oʻng qovurg‘a ostida boʻlib, oʻng elka va umrov suyagiga tarqaladi, ayniqsa
abstsess subkapsulyar va diafragma osti sohasida joylashsa og‘riq kuchli boʻladi. Jigar biroz
kattalashgan, og‘riqli, taloq kattalashmaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
633
Qonda neytrofilli leykotsitoz (20-30x109/l), eozinofiliya, ECHT ortishi kuzatiladi.
Gipoproteinemiya, gipoalbuminemiya, gipergammaglobulinemiya aniqlanadi, fermentlar
va ishqoriy fosfataza me’yorida qoladi. Abstsess qorin boʻshlig‘iga yorilsa peritonit
rivojlanadi. Oʻpka abstsessi isitmalash, koʻkrak sohasida og‘riq, yoʻtal bilan kechadi. Abstsesslar
bronxlar orqali toʻkiladi va bunda jigarrang balg‘am chiqadi. Eng og‘ir shakllaridan biri
fulminant amyobiazdir. Koʻproq erta yoshdagi bolalarda uchraydi va ukchli isitmalash,
zaharlanish, suyuq ich ketish, suvsizlanish, tezda ozib ketish, arterial gipotoniya, kollaps holati,
alaxsirashlar bilan kechadi. Ichakda chuqur yaralarning tez hosil boʻlishi va tez yorilib ketishi
peritonitga olib keladi. Amyobali kolit fonida ba’zida amyobali appenditsit rivojlanadi. Bunda
oʻrtacha isitmalash, chov sohasida xurujli og‘riqlar kuzatiladi. Asoratlari ichakdagi yaralarning
yorilib peritonitga oʻtishi, abstsesslarni atrofdagi a’zo va toʻqimalarga yorilib peritonit,
empiemaga olib kelishi kiradi.
Chaqaloqlar va oʻrta yoshdagi bolalar amyobiaz bilan juda kam holatlarda kasal boʻladi.
Bunga sabab ona suti bilan oʻtuvchi secretor immunoglobulinlardir.
Tashxisoti.
Amyobiaz tashxisoti oʻtkir gemokolit klinikasi yoki jigar, oʻpkadagi oʻchoqli
oʻzgarishlar borligi, hamda epidemiologik anamneziga tayanadi. Tashxisni axlat oddiy
surtmalarida amyobalarning vegetativ shakllari, ayniqsa eritrofaglar topilishi tasdiqlaydi. Kichik
vegetativ shakllari, ayniqsa, tsistalar topilishi, ichak disfunktsiyasini etiologiyasi amyobalar
ekanini toʻliq tasdiqlayvermaydi. Faqat tsistalar topilishi esa hatto amyobiaz tashxisini inkor
etadi. Ichak amyobiazida toʻqima shakllari yaralar devoridan yoki shilliq qavatdan bopsiya
olish yoʻli bilan topiladi. Ichakdan tashqi shakllari esa abstsesslardan, balg‘amdan topiladi.
Bunda abstsesslarda quyuq, jigarrang (shokoladsimon) modda boʻladi. Kolonoskopiyada
chuqur eroziyalar yoki chuqur yaralar topiladi. Koʻproq koʻr ichak va koʻtariliuvchi yoʻg‘on
ichak,
tushuvchi va sigmasimon ichak zararlanadi. Jigar, oʻpka abstsesslari ultratovush
tekshiruvida topiladi. Oʻpka rentenogrammasida gorizontal sathli boʻshliqlar aniqlanadi.
Qiyosiy tashxisoti.
Oʻtkir ichak infektsiyalarida birdaniga koʻplar kasallanadi, kuchli
abdominal og‘riqlar, koʻngil aynishi, qusish, suvdek ich ketishi kuzatiladi. Nospetsifik yarali
kolitdan farqi amyobiazda yoʻg‘on ichakda oʻchoqli oʻzgarishlar boʻlib, tarqoq shish,
giperemiya, nuqtali gemorragiyalar boʻlmaydi. Oʻpka bacterial abstsesslari asosan zotiljamdan
soʻng, oʻchoqli infektsiyalardan soʻng rivojlanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
634
Davosi.
Etiotrop vosita sifatida trixopol, tinidazol, ornidazol, hamda tetratsiklin,
oleandomitsin qoʻllaniladi. Trixopol va tinidazol 2-5 yoshgacha bolalarda 0,25 g kuniga, 6-10
yoshda 0,375 g kuniga, 11-15 yoshda 0,5 g kuniga 7-10 kun davomida beriladi. Tetratsiklin 2
yoshgacha 25 mg/kg/kuniga, 3-4 yoshda 0,3 g kuniga, 5-6 yoshda 0,4 g kuniga, 7-9 yoshhda 0,5
g kuniga 7-10 kun davomida tayinlanadi.Bu preparatlar parazitning ham toʻqima, ham
ichakdan tashqi shakllarida ta’sir koʻrsatadi. Ichak shakllariga xiniofan (Yatren) 1-2 yoshgacha
0,1 g kuniga, 2-3 yoshda 0,15 g kuniga, 4-5 yoshda 0,25 g kuniga, 6-8 yoshda 0,3 g kuniga, 9-12
yoshda 0,6 g kuniga, 12-15 yoshda 1 g kuniga ikkiga boʻlib 8-10 kun davomida beriladi.
Intestopan 14 tab/kg/sut 2 yoshgacha, 2 yoshda kattalarga 1-2 tabletkadan 2-4 mahal 7-10 kun
beriladi. Ichakdan tashqi shakellarida flagil (klion, trixopol, metrogil), hamda tetratsiklin
preparatlari beriladi. Amyobiaz davosi 2-3 kursdan iborat boʻlib, har kursda etiotrop vosita
oʻzgartiriladi. Bundan tashqari aksincha, vitaminlarga boy parxez tayinlanadi.
Oldini olishda shaxsiy gigena qoidalariga qat’iy rioya qilish, atrof-muhitni toza tutish
tavsiya etiladi. Suvni xlorlash tsistalarni oʻldirmaydi, shuning uchun suv qaynatiladi.
REFERENCES
1.
M . D . AXMEDOVA, A. R. OBLOQULOV, S. N . BOBOXOMAYEV “YUQUMLI
KASALLIKLARDA HAMSHIRALIK ISHI” Toshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2008
2.
2. Ahmedova M. D., Boboxoʻjayev S.N. “Oʻzbekiston tibbiyot jurnali” 2005 № 1:67-68.
3.
Ахмедова М .Д., Нарэнев И. А. “Инфекция, иммунитет и фармакология”. Ташкент,
2004.-№2.71 -75.
4.
Ахмедова М. Д., Муминов У.А. “Инфекция, иммунитет и фармакология”. Ташкент,
2004.-№2.31-33.
5.
Ahmedova M. J. va boshqalar. Yuqumli kasalliklar va bemorlar parvarishi. Toshkent, 2002.
6.
Boboxoʻjaev S. N., Doʻstjonov B. O. Qorin tifi — paratif kasalliklari va bu xastaliklarda
parhez masalalari. Toshkent, 1997.
7.
Valiev A.G. va boshqalar. Polirezistent shtammlar chaqirgan salmonellyoz xastaligida erta
yoshdagi bolalarda jadal davolash usullari . Toshkent, 2003.
8.
Daminov T.A., Azimov Sh.T., Rahmatullayev M.A. “Oʻzbekiston tibbiyot jurnali. 2005, №
1:34-36.
9.
Даминов Т А, Мавлянов И. Р., Шукуров Б. З. “Инфекция, иммунитет и фармакология.
Ташкент, 2004, -№2.10-15.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
635
10.
Iskandarov T.I., Jalilov K.J., Boboxoʻjaev S.N., Shovahobov Sh.Sh. О‘tа xavfli bakterial
va vims kasalliklari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1996.
11.
Majidov V.M. “Yuqumli kasalliklar”. Toshkent, 1993.
12.
Mirzayev K. М., Yulchiboyev M. R. “Oʻzbekiston tibbiyot jurnali”. 2000, 1-2:26-28.
13.
Mirtazayev O. M.. Xodjaev N .I.. Norov G. X. Oʻzbekiston tibbiyot jurnali. 2000, № 3:14-
15.
14.
Mirtazayev O.M., Norov G. X. Oʻzbekiston Respublikasi gigienistlar, sanitariya vrachlari,
epidemiologlar va infeksionistlarning VIII-s’yezd materiallari toʻplami. Toshkent, 2005,
56.
15.
Ahmadaliyeva G. H. et al. YARIMO ‘TKAZGICH MODDALAR VA ULARNING
XARAKTERISTIKALARI //Евразийский журнал академических исследований. –
2022. – Т. 2. – №. 1. – С. 91-93.
16.
Yusubjanovna A. M. BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING AHAMIYATI VA UNI
BAJARISHNING UMUMIY QOIDAIARI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC
RESEARCH AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 1.
17.
Abdusubxon o’g’li U. S. et al. YURAK ISHEMIK KASALLIKLARI VA ULARNI OLDINI
OLISHNING ZAMONAVIY USULLARI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC
RESEARCH AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 6.
18.
Abdusubxon o’g’li U. S. et al. BUYRAK TOSH KASALLIKLARINI HOSIL BO'LISHIDA
GIPODINAMIYANING TA'SIRI //PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH
AND MODERN EDUCATION. – 2023. – Т. 2. – №. 6.
19.
Usmonov S., Alisherjonova F. INSON TANASIDA BO’LADIGAN ELEKTR
HODISALARI //Евразийский журнал академических исследований. – 2023. – Т. 3. –
№. 4 Part 2. – С. 200-203.
20.
Usmonov S., Isroilov S. CHAQALOQLARDA QORIN DAM BO’LISHINING
SABABLARI, DAVOLASH USULLARI //Евразийский журнал академических
исследований. – 2023. – Т. 3. – №. 4 Part 2. – С. 196-199.
21.
Isroil o'g'li X. M., Abdusubxon o’g’li U. S. GIPERTONIYA KELIB CHIQISHI
SABABLARI //INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ON"
MODERN EDUCATION: PROBLEMS AND SOLUTIONS". – 2023. – Т. 2. – №. 5.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
636
22.
Abdusubxon o’g’li U. S. et al. BOLALARDA GASTROENTRITNING NAMOYON
BO’LISHI //INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ON"
MODERN EDUCATION: PROBLEMS AND SOLUTIONS". – 2023. – Т. 2. – №. 5.
23.
Abdusubxon o’g’li U. S. et al. KAM HARAKATLIK NATIJASIDA KELIB
CHIQADIGAN KASALLIKLARNI XALQ TABOBATI BILAN DAVOLASHNING TOP
10 TA USULI //SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS
AND SOLUTIONS. – 2023. – Т. 1. – №. 3.
24.
Abdusubxon o’g’li U. S. et al. GIPERTONIYA KASALLIGINI RIVOJLANISHINI
OLDINI OLISHNING ENG YAXSHI USULLARI //SCIENCE AND PEDAGOGY IN
THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND SOLUTIONS. – 2023. – Т. 1. – №. 3.
25.
Abdusubxon o’g’li U. S. et al. QONNI SUYULTIRADIGAN TOP-10 MAHSULOT
//SCIENCE AND PEDAGOGY IN THE MODERN WORLD: PROBLEMS AND
SOLUTIONS. – 2023. – Т. 1. – №. 3.
