Authors

  • Feruza Habibova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73124

Keywords:

ona adib axloq sharq ayoli zamon qissa hikoya.

Abstract

Ona siymosi dunyodagi barcha xalqlar uchun mo‘tabardir. Ushbu maqolada o‘zbek va jahon adabiyotida “ona” obrazining badiiy talqini ifoda etilgan.

background image

905

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

ADABIYOTDA “ONA” OBRAZINING BADIIY TALQINI

Habibova Feruza Hafiz qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15070322

Annotatsiya.

Ona siymosi dunyodagi barcha xalqlar uchun mo‘tabardir. Ushbu

maqolada o‘zbek va jahon adabiyotida “ona” obrazining badiiy talqini ifoda etilgan.

Kalit so‘zlar:

ona, adib, axloq, ona, sharq ayoli, zamon, qissa, hikoya.

ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРАЗА «МАТЕРИ» В ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация.

Образ матери важен для всех народов мира. В статье представлена

художественная интерпретация образа «матери» в узбекской и мировой литературе.

Ключевые слова:

мать, писатель, мораль, мать, восточная женщина, время,

история, повествование.

ARTISTIC INTERPRETATION OF THE IMAGE OF "MOTHER" IN LITERATURE

Abstract.

The image of the mother is important for all peoples of the world. This article

presents the artistic interpretation of the image of “mother” in Uzbek and world literature.

Keywords:

mother, writer, morality, mother, oriental woman, time, story, narrative.

Go‘dak dunyoga kelibdiki, uning vujudi ilk bor ona mehrini his qiladi. Bizni yuvib-

o‘stirgan, issiqni issiq demasdan, sovuqni sovuq demasdan, bizning manfaatimiz, boshqalardan

ortda qolmasligimiz uchun tun-u kun mehnat qilgan, faqat bolam deb yashagan inson bu bizning

ota-onamizdir. Biz dunyoda yashar ekanmiz, avvalo, shu narsani anglashimiz lozim. Ona

farzandi betobligida unga malham bo‘luvchi dori, zerikkanida dildosh, yig‘laganida esa quvonch

baxsh etuvchi yagona zot. Faqatgina ushbu inson farzandi uchun kechalarni bedor va uyqusiz

o‘tkazadi. Farzand kamoli uchun yelib yuguradi, farzandi uchun har qanday ishga qo‘l uradi.

Beminnat mehr berguvchi inson. Ona-bu so‘z negizida olam-olam ma‘no mujassam.Ona

haqida qancha ta‘rif bersak shuncha kam. “Odamning qalbida qanday oliyjanob tuyg‘ular

mavjud bo‘lsa,ularning barchasi avvalo onadandir”.Darhaqiqat,ta‘lim va tarbiyani birinchi bor

farzand ona qornidaligidayoq olishni boshlaydi. Ko‘plab shoirlar va yozuvchilar madhini kuylab

she‘rlar,dostonlar va romanlar yozgan va hali ham yozib kelishmoqda. Buning sababi esa

hayotimizdagi takrorlanib bo‘lmas bo‘lgan shaxs –onadir!

O‘zbek adabiyot tarixida yaratilgan har bir asarning tub zamirida ona obrazini ko‘ramiz.

Ona obrazining yaratilishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Tarixga nazar solar ekanmiz,

jasoratli ona obrazining yaqqol timsoli sifatida “To‘maris” , “Kuntug‘mish”, “Alpomish”,

“Rustamxon” kabi xalq og‘zaki ijodiga mansub dostonlarimizdagi ona obrazlarini misol qilib


background image

906

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

olishimiz mumkin. Masalan: To‘maris – masagget xalqining jasoratli onasi. U o‘glining asir

tushib, o‘z joniga qasd qilganiga ham qaramay ayol bo‘la turib, xalqini dushmanlardan himoya

qiladi. O‘g‘lining va bir umr dushman tomidan ezilgan xalqining o‘chini olish maqsadida jangga

otlanadi. Qonga to‘ymagan dushman Kir II ning boshini qon to‘ldirilgan mesh ichiga solib,

yovuzlik taqdiri naqadar ayanchli yakun topishini yana bir karra isbot qiladi. U har tamonlama

jasur va mard ayoldir. O‘z o‘g‘lini yo‘qotish qanchalik og‘ir qismat ekanligini dushmanlariga

ko‘rsatmaydi. Keyinchalik To‘marisning qilgan ishlari to‘g‘risida xalq dostonlari, rivoyatlar

to‘qildi.

Hatto, o‘zbek yozuvchisi Mirkarim Osim “To‘maris” qissasida uni ulug‘laydi. Ibroyim

Yusupov ham “To‘maris” (1974) dostonini yozgan. Ikkala yozuvchi ham yaratgan asarlarida

To‘marisning qanchalik buyuk va jonkuyar ona ekanligini ochib berishgan. “Kuntug‘mish”

dostonida esa Xolbeka – ona obrazi talqinida gavdalanadi. U ikki o‘g‘li dorga osilish arafasida

turganda, ularning hayotlarini saqlab qolish uchun, hattoki og‘ochga nola qilishdan ham

toymaydi. Bu esa o‘zbek onalarining naqadar fidokor va jonkuyar ekanligidan dalolat beradi.

Nafaqat “Kuntug‘mish” dostonidagi Xolbeka obrazi balki, yana bir xalq og‘zaki ijodi

namunalarimizdan biri bo‘lgan “Rustamxon” dostonidagi Huroyim ham muhim ahamiyat kasb

etadi. O‘zbek onalarimiz uchun janglarda g‘alaba qozonish, turli xil qahramonliklar

ko‘rsatishdan tashqari, o‘z farzandini el-yurtga nafi tegadigan, xalq dardi bilan yashashga

o‘rgatish ham ulkan jasoratlar sirasiga kiradi. Onalarga xos bo‘lgan bu ajoyib hislat bir

erkakning jangda qozongan g‘alabasidan buyukroqdir. Yuqoridagi so‘zlarimizning isbotini

Huroyim obrazida ko‘rishimiz mumkin.

Obraz yaratalish jarayonida badiiy to‘qima muhim ahamiyat kasb etadi. U asarni

ta`sirchangligini oshirib, badiiy – estetik bo‘yoqdorligini oshiradi. “Zotan, butun adabiyot badiiy

to‘qimalardan iborat, chunki turmush hodisalarini zamon va makon ichida sochilib yotadi”. Bu

fikrlarga misol qilib O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridan quyidagi parchani

keltirishimiz mumkin. “Oyi men keldim… eshityapsizmi oyi, men yana keldim. Qabringizni

silab qo‘ysam orom olasizmi?... Mana oyijon, mana Yo‘q, yo‘q, yig‘laganim yo‘q. Hozir, hozir

o‘tib ketadi…” Balki bu parchani alohida o‘qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas. Biroq,

“Dunyoning ishlari”ni bir boshdan o‘qib , onani qattiq sevib qolgan kitobxon bu satrlarni

o‘qiganda larzaga tushmay qolmaydi. Shu parchaning o‘zigina insonning qalbiga kirib, uning tub

– tubida yashiringan hissiyotlarini jumbushga keltiradi. Yozuvchining “Dunyoning ishlari”

qissasi hisoblanadi. Bu qissa to‘liq ravishda muhtaram onalarimizga bag‘ishlangan. Yozuvchi bu

qissani turli xil hikoyalar bilan boyitgan. Qissa ichidagi har bir hikoya o‘qishga arzirli va

hikmatli. Shu qissadagi “Oq, oydin kechalar” hikoyasini tahlil qiladigan bo‘lsak, yozuvchi shu

mo‘jazgina hikoya orqali ham butun bir qissa mavzusini ochib bergan desak, adashmaymiz.


background image

907

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Xuddi shu hikoyani o‘qishimiz davomida onaning qanchalar ehtiromga sazovor

ekanligini birgina yulduz timsolida talqin qilish mumkin. Asardagi kattaroq yulduz senga, menga

esa kichkinasi ham bo‘laveradi degan jumla taqsinga sazovordir. Yozuvchi bu jumla orqali ona

farzandidan yeb turgan luqmasini ham, hatto jonini ham ayamasligini tasvirlab bergan. “Tush”

hikoyasiga to‘xtalib o‘tsak: onamiz bizga bilmasdan xato gapirib qo‘ysa, arazlaymiz, baqirib-

chaqiramiz, hurmatlarini joyiga qo‘ymaymiz, oddiy shirin so‘zimizni, mehr-e'tiborimizni onamiz

uchun ko‘p ko‘ramiz, gohida. Shunaqa vaziyatlar bo‘ladiki, hatto, onamizga telefon qilib hol-

ahvol so‘rayolmay qolamiz. Xuddi shunaqa paytda mushtipar onalarimiz butun vujudlarini

telefonga qaratadilar. O‘g‘lim yoki qizimdan telefon bo‘lsamikin deb. Lekin farzand onaning bu

xavotirlanishlarini his qilmaydi. Farzand onadan yiroqda bo‘lsa-yu, uning qo‘liga oddiygina

tikan suqilsa birinchi bo‘lib shu mehribon onalarimizning qalbi sezadi. Farzand bilan onaning

qalbi orasida masofa bo‘lmaydi. Ona uchun masofalar ahamiyatsiz. Yozuvchi yuqoridagi

hikoyada farzandlarning xatolarini, so‘ngida esa pushaymonliklarini tasvirlagan. Asarda farzand

ikki kunlab kech kelganida onaizor uni qarshi oladi. Buni ko‘rgan farzand onaga jahl qiladi.

Shunda ham ona farzandidan o‘ksimaydi. Oradan vaqt o‘tgach ona vafot etadi. Shu

kundan boshlab hech kim boladan xavotir olmas va kech kelganida ham uni u bu kim kutib

olmas edi. Bu hikoya ota-onalarimizni borida qadrlashni, xizmatlarini qilib duolarini olishni

o‘rgatadi. Bu qissadagi hikoyalar, hattoki, yig‘lab o‘qiladi. Bunga "Iltijo‘' hikoyasini misol

qilsak bo‘ladi. Bu hikoyani o‘qishni boshlar ekansiz ko‘zlaringizga bexosdan yosh kela

boshlaydi. Bu hikoyaning qanchalar ta' sirli va yozuvchining qanchalar mahoratliligini ko‘rsatib

beradi. Hatto, bu qismni yozuvchining o‘zi ham yig‘lab yozgan bo‘lsa ajab emas.

Shuningdek, “ona ” obrazi jahon adabiyot durdonalaridan qirg‘iz xalq yozuvchisi

Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asarida ham beqiyos aks ettirilgan. Yozuvchi bu

asarida romanning bosh qahramoni Nayman ona siymosini shunday tasvirlaydiki, onaning

farzandiga bo‘lgan mehr – muhabbatini hech narsa bilan taqqoslab bo‘lmasligini isbotlab beradi.

U farzandining vafotiga ishonmay, uning kelishini bir umr kutadi. Bir necha vaqtdan

so‘ng esa, o‘g‘li Jo‘lomonning tirikligi, uni manqurtga aylanib qolganini eshitadi va o‘z bolasini

ko‘rgani yoniga boradi. U o‘glining hayot ekanligini bilib, shu darajada quvonib, lekin uning

tanimaganidan alam va daxshatdan lablari dirrilab, shuncha urinsa ham o‘zini qo‘lga ololmaydi.

Ona bo‘zlab yig‘lab, farzandining osha tanish nigohlariga boqib, balki meni tanib qolar

degan umid bilan ko‘zini uzmay turadi. Qayta – qayta ozini tanishtiradi. Vaholanki, Jo‘lamon

hattoki o‘z ismini ham unitgan edi. Unga uning ismi Jo‘lamon otasining ismi Do‘nanboy

ekanligini Nayman ona uqtirishga harakat qiladi. Farzandining boshidagi tuyaning terisidan

yasalgan qalpoq o‘zligini hatto o‘z tuqqan onasini ham unittirishga sabab bo‘ladi. Va u shu tariqa

manqurtga aylanib qoladi.


background image

908

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Shu manqurtligi tufayli o‘z onasining qotiliga aylanishdan ham hayiqmaydi. Chingiz

Aytmatovning ushbu asarida farzandi o‘z onasining umriga zomin bo‘lishini ajoyib chizgilar

orqali yoritib beradiki, buni o‘qigan har bir insonning qalbi jumbushga keladi. Bu esa, inson

sifatida o‘z – o‘zini anglash g‘oyat murakkab jarayon ekanini va insoniyat ming yillardan beri

ma`naviy ulg‘aydimi yoki yo‘qmi, degan muammo to‘g‘risida mushohada yuritishga undaydi.

Zero, onaizor qalbi xoh ming yil oldin bo‘lsin, xoh hozirgi adabiy jarayon bo‘lsin hech

qachon o‘zgarmaydi. Bu hislat onalarimizga Alloh taollo tomonidan berilgan buyuk fazilatdir.

REFERENCES

1.

Shodiyevna,

N.

S.

(2024).

IN

MODERN

UZBEK

POETRY

POETIC

INTERPRETATION IMAGES WATER AND FIRE.

MODERN SCIENCE

,

2181

, 3906.

2.

Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern

poetry.

Интернаука

, (35), 75-76.

3.

Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February). THE SIGNIFICANCE OF THE

MAIN ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE

PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION. In

INTERNATIONAL SCIENTIFIC

AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL

EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL

PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 1-5).

4.

Nizomova, S. S., & Jumayeva, M. H. (2024). REPRESENTATION OF THE IMAGE OF

WATER IN MODERN UZBEK POETRY.

YOUTH, SCIENCE, EDUCATION:

TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS

,

3

(1), 70-75.

5.

Shodiyevna, N. S. (2022). The Symbolism of Fire and Water in Poetic Context.

European

Journal of Innovation in Nonformal Education

,

2

(2), 170-174.

6.

Sultonovich, A. U. M., & Ramazonovna, S. S. (2023). Elbek–bolalar adabiyotini o ‘qitish

metodikasining asoschisi.

Ayniy vorislari

.

7.

Sultonovich, A. U. (2016). Folklore in the works of Abdurauf Fitrat.

International

scientific journal «Theoretical & Applied Science», USA

, 12-15.

8.

Амонов, У. С. (2022). JADIDCHILIK HARAKATI VA «BUXOROYI SHARIF»

RO‘ZNOMASI: Amonov Ulug ‘murod Sultonovich, BuxDUPI dotsenti, filologiya

fanlari bo ‘yicha falsafa doktori.

Образование и инновационные исследования

международный научно-методический журнал

,

5

, 62-67.

9.

Amonov, U. S. (2020). Новые грани творческого наследия Элбека.“.

Til va adabiyot

ta’limi” jurnali

.

10.

Amonov, U. S.

Eshonqulova MZ Buxoroning ikki farzandi haqida mulohazalar

.


background image

909

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

11.

MAQOL, A. U. O. Q. D., & AHAMIYATI, J. F. U. V. DOI: 10.53885/edinres. 2021.53.

34.124 US Amonov, BuxDU filologiya fanlari bo ‘yicha falsafa doktori (PhD) MQ

Salohiddinova, BuxDU boshlang ‘ich ta’lim 2-bosqich talabasi. In

Научно-

практическая конференция.–2022

.

12.

Sultonovich, A. U. (2020). Новые грани творческого наследия Элбека.“.

Til va

adabiyot ta’limi” журнали

.

13.

Amanov, U. (2018). XX asr boshlarida o ‘zbek folklorining o ‘rganilishi tarixi (abdurauf

fitrat, g‘ozi olim yunusov va elbek faoliyati misolida). filologiya fanlari bo ‘yicha falsafa

doktori (phd) dissertatsiyasi avtoreferati.

14.

Amonov, U. (2018). History of the study of Uzbek folklore in the early twentieth century

(on the example of Abduraf Fitrat, Ghazi Olim Yunusov and Elbek. Philosophy in

Philosophy (PhD)... diss. auto.

15.

Amonov, U. (2024). SADRIDDIN AINI'S CRITICAL VIEWS (BASED ON THE

TAZKIRAH “SAMPLE TAJIK LITERATURE”).

European International Journal of

Pedagogics

,

4

(11), 200-207.

16.

Sultonovich,

A.

U.

(2016).

Научный

подход

А.

Фитрата

к

пословицам.«Современные тендеции развития науки и технологий

, (8-3), 5-9.

17.

Amonov, U. (2024). SADRIDDIN AINI'S CRITICAL VIEWS (BASED ON THE

TAZKIRAH “SAMPLE TAJIK LITERATURE”).

European International Journal of

Pedagogics

,

4

(11), 200-207.

18.

Amonov, U. M., Risolat, T., & Sabina, S. (2024, May). Hadislarda Barkamol, Ma’rifatli

Farzandni Tarbiyalash Masalasi. In

International Conference on Linguistics, Literature

And Translation (London)

(Vol. 3, pp. 54-57).

19.

Sultonovich, A. U. M., & Ramazonovna, S. S. (2024). THE METHODOLOGICAL

SIGNIFICANCE OF SADRIDDIN AYNIY’S AUTOBIOGRAPHICAL TALE “ESKI

MAKTAB” IN TEACHING CHILDREN’S LITERATURE.

MATERIALLARI

, 579.

20.

Amonov, U. (2023). ABOUT SADRIDDIN AINIY’S TAZKIRAH “NAMUNAYI

ADABIYOTI TOJIK”.

International Journal of Advance Scientific Research

,

3

(06), 196-

199.

21.

Amonov, U. (2023). ABOUT SADRIDDIN AINIY’S TAZKIRAH “NAMUNAYI

ADABIYOTI TOJIK”.

International Journal of Advance Scientific Research

,

3

(06), 196-

199.

22.

Амонов, У. (2022). Размышления о научно-теоретических и практических

направлениях узбекской фольклористики.

Общество и инновации

,

3

(2), 18-23.

23.

Amonov, U. M. ONA TILI (MORFOLOGIYA).


background image

910

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

24.

Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI

DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA

TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

(Ilmiy maqolalar to’plami): ABDUNAZAR POYONOVNING KUYLAGAN

“ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI.

Buxoro davlat

pedagogika instituti jurnali

,

4

(4).

25.

Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI

ORQALI

TALABALAR

MA'NAVIYATINI

YUKSALTIRISHNING

ILMIY-

NAZARIY ASOSLARI.

26.

Sharipova,

M.,

&

Jabborova,

D.

(2024).

COMMONALITIES

IN

THE

RELATIONSHIPS OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE.

Modern Science

and Research

,

3

(9), 170-177.

27.

Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF

IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY

CULTURE.

Modern Science and Research

,

3

(9), 148-155.

28.

Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT

IN ABDULLA QAHHOR'S STORIES.

Modern Science and Research

,

3

(9), 156-162.

29.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL

AGE.

In

INTERNATIONAL

CONFERENCE:

PROBLEMS

AND

SCIENTIFIC

SOLUTIONS.

(Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

30.

Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical

analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In

E3S

Web of Conferences

(Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.

31.

Sharipova,

M.

(2023).

“ALPOMISH”

EPOSINING

QADIMIYLIGI

VA

AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

32.

Sharipova,

M.

(2024).

EPOS

HAMDA

MAROSIM

MUNOSABATINING

QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

46

(46).

33.

Sharipova,

M.

(2024).

EPOS

HAMDA

MAROSIM

MUNOSABATINING

QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

46

(46).

34.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING

ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

44

(44).


background image

911

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

35.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA

MAROSIMLARNING O ‘RNI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

30

(30).

36.

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

1

(1).

37.

Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING

IN THE CLASSROOM.

УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА

, (11), 69.

38.

Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY

BARKAMOL ASAR.

39.

Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR

O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

40.

Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish".

MIDDLE

EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN

.

References

Shodiyevna, N. S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION IMAGES WATER AND FIRE. MODERN SCIENCE, 2181, 3906.

Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern poetry. Интернаука, (35), 75-76.

Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February). THE SIGNIFICANCE OF THE MAIN ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 1-5).

Nizomova, S. S., & Jumayeva, M. H. (2024). REPRESENTATION OF THE IMAGE OF WATER IN MODERN UZBEK POETRY. YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS, 3(1), 70-75.

Shodiyevna, N. S. (2022). The Symbolism of Fire and Water in Poetic Context. European Journal of Innovation in Nonformal Education, 2(2), 170-174.

Sultonovich, A. U. M., & Ramazonovna, S. S. (2023). Elbek–bolalar adabiyotini o ‘qitish metodikasining asoschisi. Ayniy vorislari.

Sultonovich, A. U. (2016). Folklore in the works of Abdurauf Fitrat. International scientific journal «Theoretical & Applied Science», USA, 12-15.

Амонов, У. С. (2022). JADIDCHILIK HARAKATI VA «BUXOROYI SHARIF» RO‘ZNOMASI: Amonov Ulug ‘murod Sultonovich, BuxDUPI dotsenti, filologiya fanlari bo ‘yicha falsafa doktori. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, 5, 62-67.

Amonov, U. S. (2020). Новые грани творческого наследия Элбека.“. Til va adabiyot ta’limi” jurnali.

Amonov, U. S. Eshonqulova MZ Buxoroning ikki farzandi haqida mulohazalar.

MAQOL, A. U. O. Q. D., & AHAMIYATI, J. F. U. V. DOI: 10.53885/edinres. 2021.53. 34.124 US Amonov, BuxDU filologiya fanlari bo ‘yicha falsafa doktori (PhD) MQ Salohiddinova, BuxDU boshlang ‘ich ta’lim 2-bosqich talabasi. In Научно-практическая конференция.–2022.

Sultonovich, A. U. (2020). Новые грани творческого наследия Элбека.“. Til va adabiyot ta’limi” журнали.

Amanov, U. (2018). XX asr boshlarida o ‘zbek folklorining o ‘rganilishi tarixi (abdurauf fitrat, g‘ozi olim yunusov va elbek faoliyati misolida). filologiya fanlari bo ‘yicha falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi avtoreferati.

Amonov, U. (2018). History of the study of Uzbek folklore in the early twentieth century (on the example of Abduraf Fitrat, Ghazi Olim Yunusov and Elbek. Philosophy in Philosophy (PhD)... diss. auto.

Amonov, U. (2024). SADRIDDIN AINI'S CRITICAL VIEWS (BASED ON THE TAZKIRAH “SAMPLE TAJIK LITERATURE”). European International Journal of Pedagogics, 4(11), 200-207.

Sultonovich, A. U. (2016). Научный подход А. Фитрата к пословицам.«Современные тендеции развития науки и технологий, (8-3), 5-9.

Amonov, U. (2024). SADRIDDIN AINI'S CRITICAL VIEWS (BASED ON THE TAZKIRAH “SAMPLE TAJIK LITERATURE”). European International Journal of Pedagogics, 4(11), 200-207.

Amonov, U. M., Risolat, T., & Sabina, S. (2024, May). Hadislarda Barkamol, Ma’rifatli Farzandni Tarbiyalash Masalasi. In International Conference on Linguistics, Literature And Translation (London) (Vol. 3, pp. 54-57).

Sultonovich, A. U. M., & Ramazonovna, S. S. (2024). THE METHODOLOGICAL SIGNIFICANCE OF SADRIDDIN AYNIY’S AUTOBIOGRAPHICAL TALE “ESKI MAKTAB” IN TEACHING CHILDREN’S LITERATURE. MATERIALLARI, 579.

Amonov, U. (2023). ABOUT SADRIDDIN AINIY’S TAZKIRAH “NAMUNAYI ADABIYOTI TOJIK”. International Journal of Advance Scientific Research, 3(06), 196-199.

Amonov, U. (2023). ABOUT SADRIDDIN AINIY’S TAZKIRAH “NAMUNAYI ADABIYOTI TOJIK”. International Journal of Advance Scientific Research, 3(06), 196-199.

Амонов, У. (2022). Размышления о научно-теоретических и практических направлениях узбекской фольклористики. Общество и инновации, 3(2), 18-23.

Amonov, U. M. ONA TILI (MORFOLOGIYA).

Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA (Ilmiy maqolalar to’plami): ABDUNAZAR POYONOVNING KUYLAGAN “ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 4(4).

Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.

Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE. Modern Science and Research, 3(9), 170-177.

Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY CULTURE. Modern Science and Research, 3(9), 148-155.

Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN ABDULLA QAHHOR'S STORIES. Modern Science and Research, 3(9), 156-162.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In E3S Web of Conferences (Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” EPOSINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA MAROSIMLARNING O ‘RNI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30).

Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN THE CLASSROOM. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА, (11), 69.

Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY BARKAMOL ASAR.

Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish". MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN.