Authors

  • Qahhor Umarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73126

Keywords:

Ijtimoiy yondashuv sport faoliyati sport turlari.

Abstract

Jismoniy tarbiya nafaqat organizmning sog‘lom va mustahkam bo‘lishi, balki ijtimoiy, psixologik va ma'naviy rivojlanish uchun ham muhimdir. Jismoniy tarbiya jarayonida ijtimoiy yondashuvlar jismoniy faollikni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jamiyatda jismoniy madaniyatni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

background image

1022

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

UO‘K: 796.835

YAKKAKURASH SPORT FAOLIYATI BO‘YICHA IJTIMOIY YONDASHUVNING

O‘RNI VA AHAMIYATI

Umarov Qahhor Abbosovich

P.f.b.f.d. (PhD), доtsеnt. Oriental universitet.

O‘zbekiston, Toshkent shahri

E-mail:

koхa.umarov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15070332

Annotatsiya.

Jismoniy tarbiya nafaqat organizmning sog‘lom va mustahkam bo‘lishi,

balki ijtimoiy, psixologik va ma'naviy rivojlanish uchun ham muhimdir. Jismoniy tarbiya

jarayonida ijtimoiy yondashuvlar jismoniy faollikni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini

shakllantirish va jamiyatda jismoniy madaniyatni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar:

Ijtimoiy yondashuv, sport faoliyati, sport turlari.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ СОЦИАЛЬНОГО ПОДХОДА К СПОРТИВНОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПО ЕДИНАБОРСТВЕ

Аннотация.

Физическое воспитание важно не только для поддержания здоровья

и укрепления организма, но и для социального, психологического и духовного развития. В

процессе физического воспитания социальные подходы играют важную роль в

продвижении физической активности, формировании здорового образа жизни и

развитии физической культуры в обществе.

Ключевые слова:

Социальный подход, спортивная деятельность, виды спорта.

ROLE AND IMPORTANCE OF SOCIAL APPROACH TO SPORTS ACTIVITIES IN

FIGHTING

Abstract.

Physical education is important not only for maintaining a healthy and strong

div but also for social, psychological, and spiritual development. In the process of physical

education, social approaches play a significant role in promoting physical activity, shaping a

healthy lifestyle, and developing physical culture in society.

Key words:

Social approach, sports activity, types of sports.

Dolzarbligi.

Jismoniy tarbiya va sport faolligi, odamlarning bir-biri bilan o‘zaro

munosabatlarini mustahkamlash, ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish va umumiy jamoa ruhini

shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy yondashuv orqali, jismoniy tarbiya faqat shaxsiy

foyda keltirmasdan, balki butun jamiyatning salomatligini va rivojlanishini ta'minlaydi. Prezident

Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport faoliyatini ommalashtirishga alohida e'tibor

qaratmoqda.


background image

1023

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Uning fikricha, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish orqali aholining sog'lig'ini

mustahkamlash, yoshlarni sog'lom turmush tarziga jalb etish va mamlakatning xalqaro sport

maydonlarida nufuzini oshirish mumkin. Prezidentimizning 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli

qarorida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlangan. Ushbu

dastur doirasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy

tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan

sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish kabi vazifalar belgilangan.

Shuningdek, 2017-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmonda jismoniy tarbiya va

ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida qaror qabul qilingan. Mazkur

qaror bilan jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, unga muvofiq

keng ko'lamli, aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Prezidentimizning 2017-yil

3-iyundagi PQ-3031-sonli qarorida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish

dasturi tasdiqlangan. Ushbu dastur doirasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi,

ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish,

mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish

kabi vazifalar belgilangan. Prezidentimizning 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli qarorida

jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlangan. Ushbu dastur

doirasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya

va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan

sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish kabi vazifalar belgilangan. 2019-yil

24-yanvardagi PF-5635-sonli Farmon – sportni ommalashtirish to‘g‘risida va 2020-yil 30-

oktabrdagi PQ-4860-sonli Qaror bilan bolalar sportini rivojlantirish. Prezident Shavkat

Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport faoliyatini ommalashtirishga alohida e'tibor qaratmoqda

va ijobiy yodashib dasturiy loyihalarni targ‘ib qilish to‘g‘risida 2022-yil 4-martdagi PQ-157-

sonli Qaror – sport infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ishning maqsadi:

jismoniy tarbiya va sport faoliyatining ijtimoiy jihatlari, uning

jamiyatda qanday ahamiyatga ega ekanligini tahlil qilishdir. Bu orqali jismoniy tarbiya va

sportning nafaqat individual, balki jamiyat darajasidagi foydalari va ahamiyati haqida tushuncha

ega bo‘lish kerak.

Ishning yangiligi:

Ijtimoiy himoya asosida, jismoniy tarbiya jarayonida ijtimoiy

yondashuvlar jismoniy faollikni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va

jamiyatda jismoniy madaniyatni rivojlantirish tizimining avzaliklari zarur deb hisoblanilgan.

Tadqiqot vazifalari:

Jismoniy tarbiya va sportdagi ijtimoiy yondashuvning vazifalari va

sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kerak. Jismoniy faollikni kundalik hayotga kiritish va

jismoniy tarbiyani jamiyatda keng ommalashtirish kerak.


background image

1024

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Ijtimoiy tenglikni yaratish: Jismoniy tarbiya va sport orqali jamiyatdagi barcha

qatlamlarga teng imkoniyatlar yaratish maqul hisoblash mumkin. Jismoniy madaniyatni

rivojlantirish esa jamiyatda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyatini keng targ‘ib qilish va bu

sohada ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirish kerak.Jismoniy faollikning ruhiy va jismoniy

salomatlikka bo‘lgan ta'sirini o‘rganish va jamiyatda stress, depressiya va boshqa salbiy

holatlarni kamaytirish esa odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashdir. Sport va

jismoniy tarbiya orqali odamlar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik va hamjihatlikni rivojlantirish.

Tadqiqot obekti:

Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, sport

maktablarini sifat nazoratidan o‘tqazish kerak.

Tadqiqot peredmeti:

Ijtimoiy yondashuv – sportni rivojlantirishda barcha ijtimoiy

guruhlarning ishtirokini ta’minlash, inklyuziv sport dasturlarini joriy etish va sport

infratuzilmasini kengaytirishdir.

Tadqiqotning ilmiy amaliy ahamiyati:

Sport boshqaruvi davlat, jamoatchilik va xususiy

sektor o‘rtasidagi hamkorlik asosida amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor sport infratuzilmasi,

ommaviy sport va professional sportni rivojlantirishga qaratiladi.

Ta'lim Muassasalari (100% Erkinlik huquqi)-

Ta'lim muassasalari, o'zining asosiy

vazifasi bo'yicha, o'quvchilarga ta'lim olishda erkinlik va teng imkoniyatlar yaratish bilan ajralib

turadi. Bu muassasalarda o'quvchilar faqat bilim olish bilan cheklanmay, balki o'z qiziqishlariga

qarab sport, san'at, ilmiy faoliyat kabi sohalarda ham erkin ravishda ishtirok etishlari mumkin.

Maktab va boshqa ta'lim muassasalarida sport sohasida ham shunday erkinliklar mavjud.

Masalan, o'quvchilar o'zlari qiziqqan sport turlarini tanlab, futbol, basketbol, voleybol, yoki

yengil atletika kabi sport musobaqalarida qatnashishlari mumkin.

O'qish jarayonida jismoniy tarbiya darslari, o'quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga

qaratilgan bo'lib, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.


background image

1025

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Ta'lim muassasalarida sportning muhim o'rni o'quvchilarga o'z salohiyatlarini to'liq ochish

imkonini beradi.

Sport maktablari

– bu o'zida sportni professional darajada o'rganish imkoniyatini

taqdim etuvchi muassasalardir. Bu yerda o'quvchilar sportni faqat o'yin sifatida emas, balki

jismoniy va intellektual rivojlanishning ajralmas qismi sifatida o'rganadilar. Sport maktablari

70% erkin huquqni taqdim etadi, ammo shu bilan birga, ularning faoliyatida ijtimoiy ehtiyojlar

va holatlar ham muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, sport maktablarida futbol, basketbol,

tennis kabi sport turlariga bo'lgan ehtiyojlar va talablarga qarab, o'quvchilarni tanlashda ijtimoiy

holatlar (masalan, viloyat yoki mamlakat miqyosidagi jamoaviy ehtiyojlar) inobatga olinishi

mumkin. Sport maktablarida ishtirokchilar sportni o'rganish jarayonida o'z qobiliyatlarini

professional darajaga ko'tarish uchun hamma imkoniyatga ega bo'lishadi.

O'quvchilar sport musobaqalarida ishtirok etish orqali jismoniy va ruhiy holatini

yaxshilaydi, bir vaqtning o'zida maqsadlariga erishish uchun qat'iyat va intizomni rivojlantiradi.

Maktab To'garaklari -

o'quvchilarga ta'lim muassasasida o'z qiziqishlariga mos

faoliyatlarga qatnashish imkonini beradi. Maktab to'garaklarida o'quvchilar o'z qobiliyatlarini

rivojlantirish uchun sport va san'at kabi turli sohalarda erkin ishtirok etishadi. Biroq, ba'zi

hollarda, to'garaklar tashkil etilishida ijtimoiy ehtiyojlar va maktabning jamiyatdagi o'rni hisobga

olinadi. Masalan, sport to'garaklari, o'quvchilarning sportga bo'lgan qiziqishini inobatga olib

tashkil qilinadi. Agar sport musobaqalari yaqinlashib qolgan bo'lsa, maktabda o'quvchilarni

tayyorlash jarayoni yanada kuchaytiriladi. Bunday holatda, to'garaklar o'quvchilarning ijtimoiy

holatiga va sport musobaqalarida muvaffaqiyatga erishish ehtiyojlariga asoslanadi. Misol uchun,

futbol to'garagi, jamoaviy musobaqalarda ishtirok etish uchun o'quvchilarga jismoniy

tayyorgarlik beradi, shuningdek, ular sportning strategik va taktik jihatlarini o'rganadilar.

Xususiy sport klublari

– bu yuqori darajada sportni o'rgatish va o'z salohiyatini

namoyon qilishga intilayotganlar uchun mo'ljallangan muassasalardir. Bu klublarda ishtirokchilar

o'z istaklari va maqsadlariga ko'ra sportni o'rganadilar, ularning har biriga to'liq erkinlik taqdim

etiladi. Xususiy sport klublarida o'qish jarayonida o'quvchilarni tanlashda ijtimoiy ehtiyojlar va

holatlar inobatga olinmaydi. Har bir sportchi o'z qobiliyatini oshirish va muvaffaqiyatlarga

erishish uchun eng yuqori darajadagi sport o'quvchilari bilan ishlash imkoniyatiga ega. Xususiy

sport klublarida, misol uchun, tennis, suzish, voleybol, yoki karate kabi sport turlarida yuqori

malakali murabbiylar yordamida individual darslar tashkil etiladi. Bunday klublarda

sportchilarga zamonaviy trenajyorlar, sport zalidagi jihozlar va shaxsiy mashqlar yordamida

jismoniy holatni yaxshilash imkoniyatlari taqdim etiladi.

Shu bilan birga, xususiy sport klublarida o'quvchilarni muvaffaqiyatga erishish yo'lida

motivatsiya qilish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan (1-sexema).


background image

1026

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

1-sexe

Xulosa

: Jismoniy tarbiya va sport faoliyati bo‘yicha ijtimoiy yondashuvning o‘rni va

ahamiyati juda katta. Sport va jismoniy tarbiya faqat shaxsiy sog‘likni yaxshilashga xizmat

qilibgina qolmay, balki jamiyatning ijtimoiy, psixologik va madaniy rivojlanishiga ham bevosita

ta’sir ko‘rsatadi.

Birinchidan, sport va jismoniy tarbiya orqali jismoniy salomatlikni oshirish orqali

sog‘lom avlodni tarbiyalash mumkin. Bu o‘z navbatida, jamiyatda umumiy salomatlik darajasini

yaxshilaydi va turli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, sport orqali

yoshlar orasida jamoaviy ish, rahbarlik va mas'uliyatni o‘rgatish mumkin. Bu ijtimoiy

qadriyatlarni rivojlantirishga va jamiyatning ijtimoiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat

qiladi.

Ikkinchidan, ijtimoiy yondashuv sportni faqat individual faollik sifatida emas, balki

ijtimoiy jarayon sifatida ko‘rib, uning barcha qatlamlarga tarqalishiga erishishni maqsad qilgan.

Jamiyatning har bir a’zosining sportga bo‘lgan qiziqishi, sportning ijtimoiy ahamiyatini

oshiradi va insonlar o‘rtasidagi hamjihatlikni kuchaytiradi. Bu o‘zgarishlarni shahar va

qishloqlarda, ayniqsa, yoshi kattalar va ijtimoiy faoliyatga kamroq jalb qilingan guruhlar orasida

amalga oshirish mumkin.

Uchinchidan, sport va jismoniy tarbiya orqali ijtimoiy jihatdan zaif guruhlarni qo‘llab-

quvvatlash va ularning hayot sifatini yaxshilash mumkin. Misol uchun, nogironlar, yoshlar yoki

Dasturlarni sifatli

baholash kerak.

Dastur Faoliyatlari

va Mashg'ulotlarni

ishlab chiqish

kerak.

Dastur loyihasi va

natijalari bilan

muvaffaqiyatga

erishish kerak.

Dastur yaratishdan oldin

maqsadi va Vazifalari

bo`lishi kerak.

Dastur loyihasi

bo`yicha tashkiloti

bilar shartnoma

tuzilishi kerak.


background image

1027

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

kam ta’minlangan oilalarning sportga bo‘lgan qiziqishi ularning jamiyatdagi o‘rni va rolini

mustahkamlashga yordam beradi.

Umuman olganda, jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga ijtimoiy yondashuv jamiyatning

sog‘lom, barkamol va faol fuqarolarini shakllantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Uning

ahamiyati shundaki, sport va jismoniy tarbiya nafaqat shaxsiy yutuqlarni, balki umumiy ijtimoiy

rivojlanishni ham ta’minlaydi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni

yanada rivojlantirish" (2020). Lex.uz.

2.

Salimov O. I. "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning jamiyatdagi o‘rni va

ahamiyati" (2015).

3.

Hayitov O.E. "Sport faoliyati psixologiyasi" (2012). Toshkent: O‘zbekiston Milliy ilmiy

nashriyoti.

4.

G‘ulomov Z.T., Nabiullin R.X., Kamilova G.Z. "Jismoniy tarbiya va sport menejmenti"

(2015). Renessans nashriyoti.

5.

Umarov U.O. "Jismoniy tarbiya va sportning global rivojlanish holati tahlili" (2020).

6.

В.К. Шитов КИКБОКСИНГ тренировки для начинающих 1 по 36. Учебное

пособие. ФКиС, М. 2004.- 244 с.

7.

Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). O‘quv qo‘llanma.

Toshkent-2024 y.-150 bet.


References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish" (2020). Lex.uz.

Salimov O. I. "Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati" (2015).

Hayitov O.E. "Sport faoliyati psixologiyasi" (2012). Toshkent: O‘zbekiston Milliy ilmiy nashriyoti.

G‘ulomov Z.T., Nabiullin R.X., Kamilova G.Z. "Jismoniy tarbiya va sport menejmenti" (2015). Renessans nashriyoti.

Umarov U.O. "Jismoniy tarbiya va sportning global rivojlanish holati tahlili" (2020).

В.К. Шитов КИКБОКСИНГ тренировки для начинающих 1 по 36. Учебное пособие. ФКиС, М. 2004.- 244 с.

Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2024 y.-150 bet.