24-03-2025
1035-1043
37
23
AN’ANAVIY IJROCHILIKDA XONANDA TALABALAR OVOZLARIDAGI O‘RTA VA YUQORI REGISTRLAR KAMCHILIKLARINI BARTARAF QILISHNING BA’ZI USLUBIY MUAMMOLARI
Ushbu maqolada an’anaviy ijrochilikda xonanda talabalar ovozlarining o‘rta va yuqori registrlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish masalalari ilmiy-uslubiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Xonandalik san’atida ushbu registrlarning rivojlanishi ijro sifati va ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda muhim omil hisoblanadi. Biroq, talabalarning ovoz texnikasida noto‘g‘ri nafas olish, rezonatorlardan unumli foydalanmaslik, ovoz bosimi va siqilishi, yuqori notalarga chiqishda qiyinchiliklar kabi muammolar uchraydi.
Maqolada ushbu muammolarning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, ularni bartaraf etish usullari taklif etiladi. Xususan, diafragmatik nafas olish texnikasi, ovozni rezonatorlarga yo‘naltirish, vibrato va legato texnikalarini qo‘llash, aralash ovozdan foydalanish kabi metodlar tahlil qilinadi. Shuningdek, xonanda talabalar uchun maxsus mashqlar tizimi ishlab chiqish, sahna ishonchini mustahkamlash va individual vokal yondashuvlar muhimligi ko‘rsatilgan.
Maqola musiqa ta’limi, an’anaviy xonandalik va vokal pedagogikasi bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar, o‘qituvchilar hamda ijrochilar uchun foydali uslubiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.