ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1103
BIZNESDAGI MURAKKAB QARORLARNI QABUL QILISHDA QO'LLANILADIGAN
USULLAR VA TAHLILLAR
Nargiza Eshqobilova Mengnarovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti,
“Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi.
E-mail:
Usmonova Adiba Azim qizi
Denov tadbirkorlik va pedogogika institute,
Biznesni boshqarish 3-bosqich talabasi.
Tel: 88-225-02-10
E-mail:
usmonovaadiba0@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14940601
Annotatsiya.
Ushbu maqolada biznesdagi murakkab qarorlarni qabul qilishda
foydalaniladigan asosiy usullarni tahlil qilingan. Qarorlarni qabul qilishda ko'plab usullar
mavjud bo'lib, ularning har biri o'ziga xos yondashuvlar va metodlarni taqdim etadi. Shuningdek,
maqolada qarorlarni qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan risklar, qarorlar samaradorligini
baholash mezonlari, va qarorlar joriy etilishidan oldin amalga oshirilishi zarur bo'lgan tahlillar
ko'rib chiqiladi.
Kalit so’zlar:
Qaror qabul qilish usullari, boshqaruv qarorlari, murakkab qarorlar,
boshqaruv samaradorligi, zamonaviy qaror qabul qilish metodlari, tashkiliy samaradorlik,
iqtisodiy samaradorlik.
METHODS AND ANALYSES USED IN MAKING COMPLEX DECISIONS IN
BUSINESS
Abstract.
This article analyzes the main methods used in making complex decisions in
business. There are many methods for making decisions, each of which presents its own
approaches and techniques. The article also considers the risks that arise in the decision-making
process, the criteria for assessing the effectiveness of decisions, and the analyzes that must be
carried out before implementing decisions.
Keywords:
Decision-making methods, management decisions, complex decisions,
management effectiveness, modern decision-making methods, organizational effectiveness,
economic effectiveness.
МЕТОДЫ И АНАЛИЗЫ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ ПРИ ПРИНЯТИИ СЛОЖНЫХ
БИЗНЕС-РЕШЕНИЙ
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1104
Аннотация.
В статье анализируются основные методы, используемые при
принятии сложных бизнес-решений. Существует множество методов принятия решений,
каждый из которых предлагает свои уникальные подходы и приемы. В статье также
рассматриваются риски, возникающие в процессе принятия решений, критерии оценки
эффективности решений и анализы, которые необходимо провести перед реализацией
решений.
Ключевые слова:
Методы принятия решений, управленческие решения, сложные
решения, эффективность управления, современные методы принятия решений,
организационная эффективность, экономическая эффективность.
Kirish
Texnologiyalar davrining tezlikda rivojlanishi va axborotlarning ko'pligi, shuningdek,
noaniqlik darajasining ortishi, korxonalarni bozorda uzoq muddat davomida raqobatbardosh
bo'lishi uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarini yanada takomillashtirish zaruratini
tug'dirmoqda.
Boshqaruv qarorlari samaradorligi korxona rahbari yoki menejeri ish faoliyati jabhalarida
ko‘rinadi: maqsadni to‘g‘ri belgilash, noaniqlik sharoitidagi muammolarga yechim topish, ishni
to‘g‘ri rejalashtirish, ularni o‘z ixtisosligi bo‘yicha taqsimlash, tashkil qilish, muvofiqlashtirish va
nazoratni amalga oshirish va boshqalar. Boshqaruv qarorlari samaradorligini belgilashda eng
asosiy mezon aholining turmush darajasi va sifatidagi o‘zgarishlar, hududning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi hisoblanadi. Biznesda tog’ri qaror qabul qilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ko'p tadbirkorlik subyektlari 3yildan ortiq faoliyat olib borisha olmaydi chunki biznesda
bazi bir qabul qilingan qarorlar biznesni halokat cho’qqisiga yetaklaydi. Tadbirkorlik faoliyati
shug’ullanish bu inson o’z yelkasiga butun masuliyatni olishi hamda har qanday risklarga tayyor
turishi lozim. Biznesmenlar har doim riskga tayanib ish qilishadi. Aynan shuning uchun biznesda
yuridik va jismoniy shaxslar o’z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashga ikkilanishadi. Zamonaviy
biznes muhitida muvaffaqiyatga erishish uchun murakkab qarorlarni tez va samarali qabul qilish
muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir qaror strategik rejalashtirish, moliyaviy barqarorlik va
operatsion samaradorlikka bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada qaror qabul qilishda
qo‘llaniladigan asosiy usullar va tahlillar haqida so‘z boradi. Biznesda qaror qabul qilish jarayoni
ko'pincha murakkab bo'lib, har xil omillarni hisobga olishni talab qiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1105
Ushbu jarayonni yengillashtirish va optimal natijaga erishish uchun turli xil usullar va tahlil
metodikalaridan foydalaniladi. Quyida ushbu usullar batafsil bayon etiladi.
Qaror - bu bajarilishi lozim bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir, u yoki bu yo’lni
tanlab olishda bir to’xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir
kunda o’nlab-yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Qaror qabul qilish
zaruriyati mavjud holatning bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga
keladi. Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo’llari bo’lganda vujudga keladi va rahbar
ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar
"yetti o’lchab bir kes" maqoliga rioya qilishi darkor. Menejmentning asosiy tamoyillari bir odam
boshqaruvi. Bu degani, qaror, hokimiyat, munosabatlar va jarayonlarni boshqarish qobiliyati,
tashkilotdagi mas'uliyat doimo ma'lum bir amaldorga beriladi. Ammo u jismonan bularning
barchasini to'liq amalga oshira olmaydi, shuning uchun u ba'zi bir vakolatlarini unga
bo'ysinuvchilarga topshiradi. Tashkiliy muammolar juda ko'p, ammo boshqaruv qarorlarini qabul
qilish metodikasi juda muhimdir. Shuning uchun uning faoliyati turli xil boshqaruv qarorlarini
tayyorlash va amalga oshirish bilan bog'liq. Boshqaruv qarorlarining iqtisodiy samaradorligi
umumiy boshqaruv samaradorligini belgilaydi. Boshqaruv qarorlar odatda tashkilotdagi turli
o'zgarishlar bilan bog'liq va ularning tashabbuskori amalga oshiriladigan va boshqariladigan
qarorlarning barcha mumkin bo'lgan oqibatlari uchun to'la javobgar bo'lgan tegishli organ yoki
shaxsdir.
Boshqaruv qarori - menejerning muayyan faoliyati natijasidir. Har qanday darajadagi
yetakchilarning faoliyatida bu ijodiy jarayon. Maqsadlarni ishlab chiqish va belgilash bilan
boshlanadi, so'ngra muammoni turli xil usullarda olingan ma'lumotlar asosida o'rganiladi. Bundan
tashqari, samaradorlik mezonlari, ushbu qarorlarning mumkin bo'lgan oqibatlari tanlanadi va
oqlanadi. Keyinchalik, muammoni yoki vazifani mutaxassislar bilan hal qilishning turli
variantlarini muhokama qilish bosqichi keladi. Bu jarayonda maqbul qaror qabul qilinadi va
shakllantiriladi, ijrochilar uchun qabul qilinadi va ko'rsatiladi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari har doim mo'ljallangan maqsadlarga erishishga
qaratilgan. Turli xil bo'lishi mumkin.
1.
faqat menejerning sezgisi asosida tuzilgan usul, uning o'zida muayyan, aniq faoliyat
sohasidagi tajriba va bilimlar miqdori mavjud.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1106
2.
boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari "sog'lom fikr" degan tushunchaga asoslangan
uslubsiz tasavvur qilinmaydi. Bu holatda boshqaruvchi qarorlarni qabul qiladi va ularni juda izchil
dalillar bilan oqlaydi.
3.
ilmiy va amaliy yondoshuvga asoslangan usul. U juda ko'p miqdordagi axborotni qayta
ishlash va u asosida optimal yechimni tanlashni taklif qiladi. Ushbu usul zamonaviy
texnologiyalardan majburiy foydalanishni talab qiladi.
Rahbariyat oldida, har holda, ertami-kechmi, tegishli yechimni tanlash muammosi paydo
bo'ladi. Rahbar o'ziga o'zi ma'lum bir vaziyatni har tomonlama baholashi, boshqaruv qarorlarini
qabul qilishning tegishli usullarini tanlashi kerak. U ularning keyingi ijrosi uchun mas'uldir.
Qarorlarning bir necha turlari mavjud:
1.
Muvozanatli qaror turi — insonlarga xos bo‘lib, muammoning holatiga va masalaga
bo‘lgan talabni boshlang‘ich tahlilida hosil bo‘lgan, dastlabki mulohaza bilan yondashish. Qaror
qabul qilishning bunday taktikasi mahsuldordir.
2.
Impulsiv qarorlar — insonlarga xos. Bunday inson fikrlarni oson boshqaradi. Ammo ular
baholashga kam e’tibor qaratadi. Qarorning impulsivligi rahbarni hayotga to‘liq o‘ylanmagan va
asoslanmagan qarorni tadbiq etishiga olib kelishi mumkin.
3.
Inert qarorlar — uzoq va ishonchli bo‘lmagan qidiruv natijasidir. Dastlabki gipoteza hosil
bo‘lgach, uni aniqlash juda sekin boradi. Baholash giperkritik, har bir qadamni inson bir necha bor
tekshiradi. Bu esa qaror qabul qilish jarayonini sekinlashuviga olib keladi.
4.
Tavakkal qarorlar — impulsiv qarorlar kabi, ammo ulardan individual taktikasiga ko‘ra
farqlanadi. Impulsiv qaror asoslangan gipoteza bosqichidan sakrab o‘tsa, tavakkal qaror ularni
bosib o‘tadi. Ammo odam faqat anglashilmovchilik vujudga kelganda baholaydi.
5.
Ehtiyot turidagi qaror — gipotezani aniq baholash bilan aniqlanadi. Inson bir xulosaga
kelishdan avval turli tayyorlov ishlarini amalga oshiradi. Ehtiyotkor insonlar o‘zlarining ijobiy
ishlariga nisbatan salbiy ishlariga ta’sirchandirlar. Ular yutuqlardan xursand bo‘lishdan ko‘ra
ko‘proq xatoliklardan cho‘chiydilar. Shuning uchun ham ehtiyotkorlarning taktik usullari
xatolarga yo‘l qo‘ymaslikdir.
G.V.Gutman tomonidan olib borilgan tadqiqotlardja aniqlanishicha, muvaffaqqiyatli
rahbar tomonidan qabul qilingan qarorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: – Maqsadli –
ya’ni qaror aniq mazmunda shakllantirilishi, qo‘l ostidagi xodimlar va ishchilar o‘rtasida noaniq
fikr va shubha tug‘dirmasligi kerak; – Oqilona va izchil – ya’ni ichki va tashqi vaziyatlarga,
shuningdek, avvalgi va kelgusidagi qarorlarga to‘liq mos kelishi shart; – Vakolatlilik – ya’ni
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1107
qonunlar rahbarning ko‘rsatmalari va buyruqlari talablariga tayanib, rahbar va bo‘ysunuvchining
vazifalari va huquqlarini hisobga olishi; – Istiqbolli – muddati, nimaga, kimga, qanday, qachon,
qaerda va qaysi sanaga qadar bo‘lganligi haqidagi savollarga javob bera olishi; – O‘z vaqtida va
samarali – xarajatlarga nisbatan, kutilgan natijaga nisbatan imkon qadar yaxshiroq bo‘lishi va
hokazo. Yuqoridagi tasnifdan farqli o‘laroq, ba’zi tadqiqotlarda qaror qabul qilish jarayoni uchun
muhim bo‘lgan yondashuvlar haqidagi fikr-mulohazalarni ham ko‘rish mumkin. Tadqiqotchi
K.V.Baldinning aytishicha, qarorlarni tayyorlash jarayoni murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon
sanalib, unda uch xil yondoshuv ajratiladi: – Intuitiv yondoshuv – ushbu yondoshuvga muvofiq,
qarorning ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilmasdan, uning to‘g‘riligini his etish asosida qabul
qilish tushuniladi; – Tajribaga asoslangan yondoshuv – bu bilim yoki to‘plangan hayotiy, kasbiy
tajribalarga asoslangan jarayondir. Mazkur yondoshuvga muvofiq, qarorlarni qabul qilishda
alternativ qarorlar va o‘tmish qarorlari hisobga olinadi. Bu yondoshuvning kamchiliklaridan biri
shuki, u o‘tmish tajribada mos o‘xshash bo‘lmagan vaziyatlarda yaxshi samara bermaydi; –
Analitik yondoshuvga asoslangan qarorlar, ya’ni bunday qarorlar avvalgisidan farqli o‘laroq,
o‘tgan tajribaga bog‘liq bo‘lmaydi, balki u analitik fikrlashga asoslanadi. Ushbu tasniflardan shuni
xulosa qilish mumkinki, zamonaviy rahbar faqat o‘tmish tajribasiga tayanib emas, balki u kreativ
fikrlash va tanqidiy tafakkur qilish asosida ham samarali qarorlarni ishlab chiqish imkoniyatiga
egadir.
Zamonaviy qaror qabul qilish metodlari texnologiya, ma'lumotlar tahlili va ilg‘or
boshqaruv yondashuvlariga asoslanadi. Quyida ushbu metodlarning asosiy turlari va ular haqida
batafsil ma'lumot keltirilgan:
Ma'lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish (Data-Driven Decision-Making) Bu usul katta
hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish orqali qaror qabul qilishni o'z ichiga oladi. Afzalliklari:
Qarorlarni faktlarga asoslanib qabul qilish; bashorat qilish imkoniyati vizualizatsiyasi dasturlari
kabi vositalardan foydalaniladi.
2. Sun'iy intellekt va mashinaviy o‘qitish - Sun'iy intellekt (AI) va mashinaviy o'qitish
(ML) algoritmlari murakkab ma'lumotlarni tahlil qilib, qarorlar qabul qilish uchun muhim
tavsiyalar beradi. Foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilish, sotuvlarni prognoz qilish,
xavflarni aniqlash va boshqarish kabi ilovalari mavjud. Afzalliklari: Tezkor va aniq qarorlar,
moslashtirilgan strategiyalarni yaratish.
3. Blokcheyn asosidagi qaror qabul qilish - Blokcheyn texnologiyasi orqali ma'lumotlar
shaffofligi va xavfsizligini ta'minlaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1108
Ta'minot zanjirini boshqarish, moliyaviy tranzaksiyalarni kuzatish, loyihalar shaffofligini
oshirishda qo’llash mumkin. Afzalliklari: O'sib borayotgan ishonchlilik, firibgarlikning oldini
olish.
4. Agile qaror qabul qilish - Agile metodologiyasi tezkorlik va moslashuvchanlikni talab
qiladigan muhitda samarali hisoblanadi. Iterativ rejalashtirish va qayta ko'rib chiqish, mijozlar
fikr-mulohazalariga e'tibor qaratish, jamoaviy hamkorlik kabi asosiy tamoyillari mavjud. IT va
dasturiy ta'minot loyihalarida, mahsulotni rivojlantirish jarayonlarida qo'llaniladi.
5. IoT (Internet of Things) asosidagi qarorlar - IoT qurilmalari orqali to'plangan
ma'lumotlar tahlili real vaqt rejimida qaror qabul qilishni ta'minlaydi. Qo'llanilishi: Ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish, resurslarni samarali boshqarish, xavfsizlik tizimlarini rivojlantirish.
Afzalliklari: Real vaqt rejimidagi kuzatuv va javob berish, o'ta yuqori samaradorlik.
6. Gamifikatsiya - O‘yin tamoyillarini qo‘llash orqali murakkab masalalarni hal qilishni
rag‘batlantiradi. Afzalliklari: Jamoaviy qarorlarni rag'batlantirish, xodimlarning motivatsiyasini
oshirish. Xodimlarni boshqarish, yangi mahsulotlarni sinash kabi ilovalari mavjud.
7. Simulyatsiya modellaridan foydalanish - Simulyatsiya metodlari turli ssenariylarni
yaratish va natijalarni bashorat qilish imkonini beradi. Afzalliklari:
Risklarni minimallashtirish, muqobil variantlarni sinovdan o'tkazish. Qo'llanilishi: Sanoat
ishlab chiqarishi, moliyaviy rejalashtirish.
8. Blended Decision-Making (Gibrid yondashuv) - Bu yondashuv inson intuitsiyasini
texnologik vositalar bilan birlashtiradi. Texnologiya va insoniy tajribani birgalikda qo‘llash,
optimal qarorlar qabul qilish kabi afzalliklari bor. Strategik rejalashtirish, marketing
kampaniyalarini boshqarishda qo'llaniladi.
9. Cloud Computing asosidagi qaror qabul qilish - Bulutli hisoblash texnologiyalari orqali
katta hajmdagi ma'lumotlarga tezkor kirish imkoniyati yaratiladi. Afzalliklari: Ma'lumotlarni
tezkor qayta ishlash, xarajatlarni kamaytirish. Qo'llanilishi: Tahliliy tizimlarni boshqarish,
mijozlarga xizmat ko'rsatish.
Zamonaviy qaror qabul qilish metodlari tashkilotlarga raqobatbardosh bo'lish, tezkor va
aniq qarorlar qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Ushbu metodlardan to'g'ri foydalanish biznes
muvaffaqiyatiga sezilarli hissa qo'shadi.
Tashkiliy samaradorlik – bu tashkilot resurslarini (moliya, kadrlar, vaqt va boshqalar)
maqsadli va optimal tarzda ishlatish orqali belgilangan maqsadga erishish darajasidir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1109
Bu tushuncha tashkilotning muvaffaqiyati va barqarorligini baholashda muhim omil
hisoblanadi. Quyida uning asosiy jihatlari, baholash usullari va rivojlantirish usullari keltirilgan.
Tashkiliy Samaradorlikning Asosiy Tamoyillari
1.
Maqsadga muvofiqlik: Tashkilotning barcha faoliyati strategik maqsadlarga
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
2.
Resurslardan oqilona foydalanish: Kadrlar, moliya va texnologiya kabi resurslarni
optimal darajada boshqarish.
3.
Natijaga yo‘naltirilganlik: Faoliyatning asosiy mezoni natijalardir – bu moliyaviy foyda,
bozor ulushi, mijozlar qoniqishi kabi ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanadi.
4.
Barqarorlik: Tashkilot o‘z faoliyatini tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga
moslashgan holda davom ettira olishi.
Tashkiliy samaradorlik tashkilotning umumiy muvaffaqiyati va barqarorligini ta'minlovchi
muhim mezon hisoblanadi.
Zamonaviy boshqaruv vositalari, innovatsion texnologiyalar va samarali strategiyalar
yordamida samaradorlikni oshirish nafaqat tashkilotning raqobatbardoshligini kuchaytiradi, balki
uning bozor sharoitida barqarorligini ham ta'minlaydi.
Iqtisodiy samaradorlik – resurslardan foydalanish natijasida olingan natijalarning ularni
ishlatishga ketgan xarajatlarga nisbati. Bu tushuncha biznes va tashkilotlar uchun asosiy moliyaviy
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, ularning faoliyati qanchalik foydali va oqilona tashkil etilganligini
o‘lchashga imkon beradi.
Iqtisodiy Samaradorlikning Asosiy Unsurlari
1.
Resurslardan foydalanish samaradorligi:
o
Tabiiy, moliyaviy va insoniy resurslarning oqilona taqsimlanishi.
o
Resurslar yo‘qotilishini minimallashtirish.
2.
Natijadorlik:
o
Faoliyatning iqtisodiy va moliyaviy maqsadlari amalga oshirilishi.
o
Sotish hajmi, foyda, ishlab chiqarish samaradorligi kabi ko‘rsatkichlar.
3.
Xarajatlarning samaradorligi:
o
Tovar va xizmat ishlab chiqarish xarajatlarining optimalligi.
o
Tashkilotning umumiy xarajatlarini kamaytirish orqali foydani oshirish.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1110
Bu taklif etayotgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarida asosiy e’tibor
korxonalarni kelgusi faoliyatini barqarorlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini yanada
oshirish hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari alohida amalga oshiriligi asoslangan.
Ushbu modelda tadqiqotchilarning ilmiy qarashlarini hisobga olgan holda boshqaruv
qarorlarini qabul qilish usullarini inglizcha “C” harfi bilan boshlanuvchi so‘zlar bilan ifodalab,
“3C modeli” deb yuritish va ular quyidagicha:
Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan “3C”ni tarkibi quyidagicha ma’nolardan iborat: 1. C–
creative, ya’ni evristik yoki ijodiy yondashuvga asoslangan usullar; 2. C- collective, ya’ni jamoali
kelishuvga asoslangan usullar; 3. C- count, ya’ni miqdoriy usullar bo‘lib, bunda ilmiy tajribaga
asoslangan tizimli tahlil, matematik hisob kitoblar orqali boshqaruv qarorlari qabul qilish usullari
ko‘riladi. Hozirgi kunda qaror qabul qilishning eng keng tarqalgan “Aqliy hujum” usulining
quyidagicha zamonaviy turlari ham mavjud: 1. “Narvon texnologiyasi” - ishtirokchilar bir-birining
g‘oyalarini avval 2 ta ishtirokchi xonada qolib, bir birini g‘oyasini eshitadi, keyin navbatma navbat
ishtirokchilar xonaga chaqirilib, g‘oyalari eshitiladi; 2. “Rol hujumi” – ishtirokchilarga
korxonadagi rollari yoki boshqaruvdagi funksiyalari taqsimlanadi va aniq javoblar eshitiladi; 3.
“Onlayn aqliy hujum”- bu usul uyatchan ishtirokchilarga qo‘l kelsada, unda yozma javoblarni
yig‘ish uchun ko‘p vaqt sarflanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarining har birida bir
necha takomillashtirish usullari mavjudki, biz ham ushbu usullarga o‘z o‘rganishlarimiz asosida
har bir usulga murakkab bo‘lmagan o‘z takliflarimizni berdik. Qaror qabul qilishning noaniqlik
sharoitida yoki qaror variantlarini ko‘paytirish maqsadida ekspertlarni jalb qilgan holda
rahbarlarda kreativ fikrlashni shakllantirish usulini taklif qildik.
Rahbar nafaqat o‘zida kreativ ko‘nikmalarni shakllantirishi zarur, balki “qutichadan
tashqarida fikrlovchi” xodimlarni ham qaror qabul qilish jarayoniga jalb etishi zarur.
Boshqaruv
qarorlarini qabul
qilish usullarining 3C
modeli
Creative - Kreativ
fikrlash
ko'nikmalarini
shakllantirish
Collective - tajribali
hodimlar bilan
maslahatlashish
Count - qiyosiy tahlil
yoki hisob-kitoblarni
taqqoslash
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1111
Chunki hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda korxonalarda barcha turdagi
qarorlarda yangilik ufirib turishi kerak, noodatiy reklamalar shular jumlasidandir.
Xulosa
Qaror qabul qilishning jamoaviylikka asoslangan yondashuvida biz tajribali xodimlar bilan
kengashishni afzal ko‘rdik. Negaki xalqimizdagi “qari bilganni pari bilmas” degan naqlga
suyangan holda ish tajribasi katta bo‘lgan xodimlar bilan kengashish to‘g‘ri qaror qabul
qilishimizga zamin bo‘ladi. Chunki boshqaruvda vaziyatli yondashuv mavjud bo‘lib, bunda ko‘zda
tutilmagan vaziyatga duch kelganda tajribali xodimlarning tajribalari bilan kelishish kerak bo‘ladi.
Yuqoridagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarining har birini korxonada qo‘llash
ijobiy natijaga olib keladi. Aniqlik sharoitida hisob kitobga asoslangan qaror qabul qilish usulidan,
noaniqlik sharoitida ijodiy yondashuvga asoslangan qaror qabul qilish usullaridan va vaqt omili
uzoq sarf bo‘lsa ham jamoa tarzda qabul qilingan qarorlarning har biri o‘z vaziyati nuqtai
nazaridan ijobiy natija bera oladi.
REFERENCES
1.
Қосимов Ғ.М. Менежмент. 2002 254 b.
2.
Литвак Б. Г. Разработка управленческого решения: Учебник. — 3-е изд., испр. — М.:
Дело, 2002. — 392 с.
3.
Асаул А.Н., Грахов В.П. Коваль О.С., Рыбнов Е И.; Теория и практика разработки
принятия и реализации управленче ских решений в предпринимательстве / монография
под ред. заслуженного деятеля науки РФ, д-ра экон. наук, профессора А. Н. Асаула. —
СПб.: АНО «ИПЭВ», 2014. 68 с
4.
Тебекин А.В., Мантусов В.Б. Управление организацией: теоретико-методологические
основы, функциональные задачи, технологии, прикладные аспекты применения
Монография / M.: РИО Российской таможенной академии, 2016. 124- ст.
5.
Шарифхўжаев М., Абдуллаев Ю. Менежмент. 2001 372 b.
6.
Юлдошев Н.К., Юсупов С.Ш. Захидов Г.Э. Менежмент асослари ва бизнес режа. 2017-
224 b.
7.
Eshqobilova N. M. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini va raqobatbardoshligini
oshirishda soliq imtiyozlarining ahamiyati
Boshqaruv va etika qoidalari onlayn ilmiy jurnali.
– 2024. – Т. 4. – №. 6. – С. 12-18.
