Authors

  • Dilmurod Ortiqov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73348

Keywords:

Xalqaro audit standartlari bank auditi moliyaviy hisobot audit jarayoni ichki nazorat moliyaviy barqarorlik xavflarni baholash auditorlik xulosasi audit sifati xalqaro tajriba.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada xalqaro audit standartlari (XAS) asosida bank auditini tashkil etishning nazariy asoslari, amaliy yondashuvlari va dolzarb masalalari chuqur tahlil qilinadi. Hozirgi global moliyaviy tizimda banklar faoliyatining shaffofligi, ishonchliligi va barqarorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jihatlarni ta’minlashda mustaqil auditorlar tomonidan xalqaro standartlarga asoslangan audit o‘tkazilishi muhim rol o‘ynaydi. Maqolada XASning asosiy prinsiplari, ularning bank auditidagi qo‘llanilishi, banklarning moliyaviy hisobotlarini baholashdagi o‘rni, shuningdek, audit jarayonining bosqichlari keng yoritilgan. Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan O‘zbekiston misolida xalqaro standartlarni joriy qilishdagi mavjud muammolar, jumladan, auditorlar malakasi, texnologik infratuzilma, axborot tizimlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi va ichki nazorat tizimining zaifligi kabi masalalarga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot davomida xalqaro tajriba asosida takliflar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bank auditining sifatini oshirish, auditorlik jarayonini samarali tashkil etish va XASni milliy amaliyotga integratsiyalashga xizmat qiladi. Ushbu maqola bank sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, auditorlar hamda moliyaviy nazorat va tartibga solish organlari uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali bo‘lishi mumkin.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

669

XALQARO AUDIT STANDARTLARI ASOSIDA BANK AUDITINI TASHKIL QILISH

Ortiqov Dilmurod Sobir o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

dilmurod210394@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15082365

Annotatsiya.

Ushbu ilmiy maqolada xalqaro audit standartlari (XAS) asosida bank

auditini tashkil etishning nazariy asoslari, amaliy yondashuvlari va dolzarb masalalari chuqur

tahlil qilinadi. Hozirgi global moliyaviy tizimda banklar faoliyatining shaffofligi, ishonchliligi va

barqarorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jihatlarni ta’minlashda mustaqil auditorlar

tomonidan xalqaro standartlarga asoslangan audit o‘tkazilishi muhim rol o‘ynaydi. Maqolada

XASning asosiy prinsiplari, ularning bank auditidagi qo‘llanilishi, banklarning moliyaviy

hisobotlarini baholashdagi o‘rni, shuningdek, audit jarayonining bosqichlari keng yoritilgan.

Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan O‘zbekiston misolida xalqaro

standartlarni joriy qilishdagi mavjud muammolar, jumladan, auditorlar malakasi, texnologik

infratuzilma, axborot tizimlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi va ichki nazorat tizimining

zaifligi kabi masalalarga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot davomida xalqaro tajriba asosida takliflar

ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bank auditining sifatini oshirish, auditorlik jarayonini samarali

tashkil etish va XASni milliy amaliyotga integratsiyalashga xizmat qiladi. Ushbu maqola bank

sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, auditorlar hamda moliyaviy nazorat va tartibga

solish organlari uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar:

Xalqaro audit standartlari, bank auditi, moliyaviy hisobot, audit jarayoni,

ichki nazorat, moliyaviy barqarorlik, xavflarni baholash, auditorlik xulosasi, audit sifati, xalqaro

tajriba.

ORGANIZATION OF A BANK AUDIT BASED ON INTERNATIONAL AUDITING

STANDARDS

Abstract.

This scientific article provides an in-depth analysis of the theoretical

foundations, practical approaches and current issues of organizing a bank audit based on

international auditing standards (IAS). In the current global financial system, transparency,

reliability and stability of bank activities are of great importance. Auditing by independent

auditors based on international standards plays an important role in ensuring these aspects. The

article extensively covers the basic principles of IAS, their application in bank audits, their role in

assessing the financial statements of banks, as well as the stages of the audit process.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

670

Also, attention is paid to the existing problems in the implementation of international

standards in developing countries, in particular, in the case of Uzbekistan, including the

qualifications of auditors, insufficient development of technological infrastructure, information

systems and the weakness of the internal control system. During the study, proposals were

developed based on international experience, which will serve to improve the quality of bank

audits, effectively organize the audit process and integrate IAS into national practice. This article

may be theoretically and practically useful for specialists working in the banking sector, auditors,

and financial supervision and regulatory authorities.

Keywords:

International auditing standards, bank audit, financial reporting, audit process,

internal control, financial stability, risk assessment, audit opinion, audit quality, international

experience.

ОРГАНИЗАЦИЯ БАНКОВСКОГО АУДИТА НА ОСНОВЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ

СТАНДАРТОВ АУДИТА

Аннотация.

В данной научной статье глубоко анализируются теоретические

основы, практические подходы и актуальные проблемы организации банковского аудита

на основе международных стандартов аудита (IAS). В современной мировой финансовой

системе все большее значение приобретают прозрачность, надежность и стабильность

деятельности банков. Аудит, основанный на международных стандартах независимыми

аудиторами, играет важную роль в обеспечении этих аспектов. В статье широко

освещены основные принципы HAS, их применение при банковском аудите, их роль в оценке

финансовой отчетности банков, а также этапы аудиторского процесса.

Также в случае развивающихся стран, особенно Узбекистана, уделяется внимание

существующим

проблемам

внедрения

международных

стандартов,

включая

квалификацию аудиторов, технологическую инфраструктуру, недостаточное развитие

информационных систем, слабость системы внутреннего контроля. В ходе исследования

на основе международного опыта были разработаны предложения, которые послужат

повышению качества банковских проверок, эффективной организации аудиторского

процесса, интеграции ВАС в национальную практику. Данная статья может быть

теоретически и практически полезна специалистам, работающим в банковской сфере,

аудиторам и органам финансового контроля и регулирования.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

671

Ключевые слова:

Международные стандарты аудита, банковский аудит,

финансовая отчетность, процесс аудита, внутренний контроль, финансовая

устойчивость, оценка рисков, аудиторское заключение, качество аудита, международный

опыт.

Kirish:

Hozirgi globallashuv davrida bank-moliya tizimi har qanday davlat

iqtisodiyotining barqaror va izchil rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Banklar faoliyatining shaffofligi, ishonchliligi va qonunchilik talablariga muvofiqligini

ta’minlashda auditning roli nihoyatda muhimdir. Ayniqsa, xalqaro tajribada keng qo‘llanilayotgan

va tan olingan Xalqaro audit standartlari (XAS) asosida auditni tashkil qilish orqali bank faoliyati

ustidan samarali nazorat o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Xalqaro audit standartlari — bu audit

jarayonining barcha bosqichlarini tartibga soluvchi, auditorlik faoliyatida yagona metodologiyani

joriy etishga xizmat qiluvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar to‘plamidir. Ushbu standartlar

auditorning mustaqilligini, xolisligini va professionallik darajasini oshirish, audit natijalarining

ishonchliligi va moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlashda asosiy vosita bo‘lib xizmat

qiladi.

Bank auditi o‘zining murakkab tuzilmasi, moliyaviy operatsiyalar hajmi va xavflilik

darajasining yuqoriligi bilan boshqa sohalardan ajralib turadi. Shu sababli, bank auditini XAS

asosida tashkil etish nafaqat auditorlik nazoratining sifatini oshiradi, balki xalqaro moliyaviy

institutlar bilan hamkorlikda ishonchli va barqaror munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ushbu maqolada xalqaro audit standartlarining mohiyati, bank auditiga bo‘lgan ta’siri,

amaliy jihatlari va O‘zbekiston bank tizimida XAS asosida auditni tashkil qilish imkoniyatlari va

mavjud muammolar tahlil qilinadi.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

Bank tizimi har qanday millat iqtisodiyotining asosi,

pul muomalasining qon tomiri, investitsion muhitning yuragi hisoblanadi. Bunday muhim institut

faoliyatining shaffofligi, qonuniyligi va samaradorligini ta’minlashda auditorlik nazorati muhim

o‘rin tutadi. Ayniqsa, bu nazorat xalqaro miqyosda tan olingan va yagonalashtirilgan standartlar

— ya’ni Xalqaro audit standartlari (XAS) asosida olib borilsa, auditning natijalari nafaqat

mahalliy, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham ishonchli bo‘ladi. 2017–2024-yillar mobaynida

dunyoning turli hududlarida — O‘zbekiston, Rossiya, Yevropa va AQSHda — bank auditini XAS

asosida tashkil etish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ana shu yo‘nalishdagi intellektual

harakatning kuchayganini ko‘rsatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

672

O‘zbekistonlik tadqiqotchilar bu boradagi tadqiqotlarni asosan milliy auditorlik

amaliyotini XAS bilan uyg‘unlashtirish, bank sektoridagi maxsus xususiyatlarni hisobga olish va

xalqaro tajribani moslashtirish yo‘nalishlarida olib borishdi. Jumladan, Karimov B. va

Axmedjanov K.B. tomonidan 2019-yilda tayyorlangan “Auditorlik faoliyatining milliy

standartlari” asarida O‘zbekistondagi audit tizimining milliy qiyofasi XAS doirasida qanday

takomillashtirilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xodjayeva D.A. esa 2020-yildagi maqolasida bank auditida XASni joriy etishning

dastlabki tajribalari va ularning natijalarini tahlil qiladi. Shu bilan birga, Raximov S.M. (2021)

tomonidan olib borilgan tadqiqotlar milliy bank audit tizimining istiqbollari, raqamli audit va

yangi xavf turlariga XAS doirasida qanday javob qaytarish mumkinligi borasida qimmatli

xulosalar beradi.

Rossiyalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ko‘proq XASni Rossiya

qonunchilik tizimi va moliyaviy institutlariga integratsiya qilishdagi muammolar va amaliy

yechimlar o‘rganilgan. Ivanov A.A. (2018) ushbu integratsiya jarayonining bosqichma-bosqich

tahlilini beradi. Petrova E.V. (2019) XAS asosida ishlayotgan bank auditining huquqiy, texnik va

metodologik qiyinchiliklarini o‘rganadi. Sidorov M.N. (2020) esa ichki auditni XAS mezonlariga

moslashtirish orqali Rossiya banklarining raqamli transformatsiyasiga tayyorligini baholaydi.

Yevropa olimlarining ishlari, ayniqsa, so‘nggi yillarda XASning global qiymatini

o‘rganishga, ularni turli iqtisodiy tizimlarga tatbiq etish imkoniyatlarini aniqlashga qaratildi. Mbuh

Vincent Sunday (2024) XASning xalqaro miqyosdagi universal tamoyillarini nazariy asoslaydi va

ularni rivojlanayotgan mamlakatlarda joriy etishdagi muammolarni tahlil qiladi.

Bundan tashqari, Hazaea S.A. va hamkorlari (2024) banklarning ichki audit tizimining

XASga asoslangan samaradorlik darajasini statistik usullarda o‘rgangan. Kadhim L.T. va Bougatef

K. (2024) esa xalqaro standartlar asosida yuritilgan moliyaviy hisobotlarning sifatiga doir amaliy

dalillarni tahlil qiladi. Xalqaro audit va tasdiqlash standartlari kengashi — IAASB (2020)

tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli tadqiqot esa bank auditida XASning qo‘llanilishidagi real

mexanizmlar va takomillashtirish yo‘llarini aniq ko‘rsatib bergan.

AQSHda bank auditini XAS asosida tashkil etish borasida chuqur nazariy va normativ

tahlillar amalga oshirildi. PCAOB (2024) — Jamoatchilik kompaniyalari buxgalteriya nazorati

kengashi — audit standartlarini yangilab, bank sektoridagi axborot shaffofligi va hisobot sifati

uchun asos yaratdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

673

IIA — Ichki auditorlar instituti — 2024-yilda e’lon qilgan yangi ichki audit standartlari

orqali nazorat tizimlarining xalqaro standartlarga mosligini kuchaytirishga qaratilgan

yondashuvlar taklif etdi.

Ilmiy doirada faol bo‘lgan olimlar — Knechel W.R. (2019), DeFond M.L. va Zhang J.

(2019), Christensen B.E. va boshqalar (2020) — audit sifatining iqtisodiy oqibatlari, auditorlik

hisobotidagi o‘zgarishlar, audit qo‘mitasi faoliyati va investorlar ishonchiga ta’siri kabi chuqur

masalalarni tadqiq qilish orqali XASning nazariy va amaliy jihatlarini boyitdilar.

Xalqaro audit standartlari asosida bank auditini tashkil etish yo‘nalishida olib borilgan

tadqiqotlar chuqur va ko‘p qirrali bo‘lib, ularning geografik ko‘lami va metodologik

yondashuvlarining xilma-xilligi ushbu mavzuning naqadar dolzarb va strategik ahamiyatga ega

ekanini ko‘rsatadi. O‘zbekistonlik tadqiqotchilar milliy amaliyotga moslashga, Rossiyaliklar

integratsiya muammolariga, Yevropaliklar nazariy-amaliy uyg‘unlikka, AQSHliklar esa auditorlik

sifatining iqtisodiy oqibatlariga chuqur e’tibor qaratishdi. Natijada, xalqaro hamjamiyat XAS

asosida samarali, shaffof va ishonchli bank audit tizimiga yaqinlashmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqotda bank auditini Xalqaro audit standartlari

(XAS) asosida tashkil etish bo‘yicha 2017–2024-yillar oralig‘ida o‘zbek, rus, yevropalik va AQSH

olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarga adabiyotlar tahlili asosida yondashildi. Mazkur

metodologik yondashuvda sifatli kontent tahlili (content analysis) usuli qo‘llanilib, har bir

muallifning asosiy ilmiy g‘oyalari, tadqiqot predmeti va nazariy asoslari o‘rganildi. Tahlil qilingan

manbalar asosan ilmiy maqolalar, rasmiy hisobotlar, xalqaro audit tashkilotlari tavsiyalari va

akademik nashrlardan iborat bo‘ldi.

Tadqiqotda mavzuni chuqur yoritish maqsadida komparativ (solishtirma) metoddan ham

keng foydalanildi. Har bir geografik mintaqada (O‘zbekiston, Rossiya, Yevropa, AQSH) XASning

qo‘llanishi, metodologik yondashuvlari, amaliy tajribalari va muammolari solishtirilib, ularning

o‘zaro farqli va o‘xshash jihatlari aniqlashtirildi. Bu esa XAS asosida bank auditini tashkil etishda

turli davlatlar yondashuvlarining ustun va zaif tomonlarini aniqlashga xizmat qildi.

Bundan tashqari, tadqiqot jarayonida tizimli tahlil (systematic review) yondashuvi orqali

har bir olimning tadqiqot obyekti, ishlatilgan metodlari va xulosalari ketma-ketlikda

umumlashtirildi. Ushbu yondashuv natijasida xalqaro va milliy miqyosda audit amaliyotining

qanday rivojlanib borayotgani, XASning real amaliyotga tatbiq etilish darajasi va unga qarshi

yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish imkoniyati yaratildi. Tadqiqot metodologiyasi

nazariy va empirik jihatlarni uyg‘unlashtirish orqali mavzuni kompleks yoritishga xizmat qildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

674

Tahlil va natijalar.

O‘zbekistonning moliyaviy sektorini rivojlantirish va uni xalqaro

talablarga moslashtirish jarayonida Xalqaro audit standartlari (XAS) muhim ahamiyat kasb

etmoqda. Bugungi kunda banklar va yirik moliyaviy tashkilotlar faoliyatida XAS talablarini joriy

etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki zamonaviy biznes muhitida moliyaviy

hisoboting aniqligi, shaffofligi va ishonchliligi nafaqat mahalliy, balki xalqaro investorlar uchun

ham katta ahamiyatga ega.

XAS asosida auditorlik faoliyatini rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiy barqarorligiga ham

ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu standartlarning joriy etilishi bir necha muhim afzalliklarni beradi.

Birinchidan, xalqaro investorlar bilan ishlash imkoniyati kengayadi. Chunki xalqaro

auditorlik standartlariga javob beradigan kompaniyalar moliyaviy shaffofligi tufayli xorijiy

investorlar uchun jozibador bo‘ladi. XAS asosida ishlaydigan auditorlik kompaniyalari moliya

bozorlari uchun ishonchli axborot taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa bank tizimidagi

ishonchni oshirishga xizmat qiladi.

XAS bo‘yicha auditorlik jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.

1-jadval: XAS asosida auditorlik jarayoni bosqichlari

Bosqich

Mazmuni

1. Rejalashtirish

Auditor tekshiruv doirasini belgilaydi va reja tuzadi.

2. Dalillarni to‘plash

Moliyaviy hujjatlar tahlil qilinadi, faktlar yig‘iladi.

3. Baholash

Tekshiruv natijalari umumlashtiriladi va xulosalar chiqariladi.

4. Hisobot tuzish

Auditor natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlaydi.

5. Tavsiyalar berish

Auditor mijozga moliyaviy boshqaruv bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Manba: Knechel, W. R., & Salterio, S. E. 2018.

Bank tizimida moliyaviy shaffoflik kuchayadi. Xalqaro standartlarga mos auditorlik

jarayonlari natijasida moliyaviy hujjatlarning aniqligi ta’minlanadi, bu esa firibgarlik va

korrupsiya xavfini kamaytirishga yordam beradi. To‘rtinchidan, XAS joriy etilishi bilan milliy

audit tizimi xalqaro amaliyotlarga mos keladigan normativ-huquqiy baza bilan mustahkamlanadi.

Natijada, xalqaro standartlarga mos keladigan tartib-qoidalar va qonunchilik tizimi shakllanadi,

bu esa iqtisodiyotning yanada barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Bank tizimida samarali audit olib borish moliyaviy barqarorlik va shaffoflikni ta’minlashda

muhim omillardan biridir. Ipoteka-bankda xalqaro audit standartlariga mos ravishda amalga

oshirilayotgan auditorlik jarayonlari bank aktivlarining xavfsizligini ta’minlash va risklarni

minimallashtirishga qaratilgan. Ushbu qismda Ipoteka bank auditining samaradorligi bo‘yicha

o‘tkazilgan baholash natijalari statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

675

Audit samaradorligini aniqlash uchun asosiy mezonlar – audit sifati, ichki nazorat

samaradorligi, moliyaviy shaffoflik, auditorlik tekshiruvi qamrovi va natijalarining haqqoniyligi

hisoblanadi. Quyidagi jadvalda ushbu ko‘rsatkichlarning so‘nggi uch yildagi o‘zgarishlari

berilgan.

2-jadval: Ipoteka bank auditining samaradorligi ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkichlar

2021 (%)

2022 (%)

2023 (%)

Audit sifati indeksi

65

72

78

Ichki nazorat

samaradorligi

70

75

82

Moliyaviy shaffoflik

darajasi

68

73

80

Auditorlik tekshiruvi

qamrovi

60

68

75

Audit natijalarining

haqqoniyligi

66

71

78

Manba: https://ipotekabank.uz ma’lumotlari muallif tomonidan tuzildi.

Audit sifati va ichki nazorat samaradorligi sezilarli darajada oshgan.

Auditorlik tekshiruvi qamrovi kengayib, bank faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab

olish darajasi oshgan.

Audit natijalarining haqqoniyligi oshishi bankning ishonchliligini kuchaytiradi.

Audit jarayonlari uchun yetarli moliyaviy resurs ajratilishi uning samaradorligini

ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Quyidagi jadvalda Ipoteka bank tomonidan auditorlik

jarayonlariga ajratilgan mablag‘lar ko‘rsatilgan.

3-jadval: Ipoteka bankda auditorlik tekshiruviga ajratilgan mablag‘lar

Yil

Ajratilgan mablag‘

(mlrd so‘m)

Audit xarajatlarining

umumiy aktivlarga

nisbati (%)

Auditorlik

kompaniyalari bilan

hamkorlik darajasi (%)

2021

150

1.2

60

2022

175

1.4

70

2023

200

1.6

80

Manba: https://ipotekabank.uz ma’lumotlari muallif tomonidan tuzildi.

Bank auditi moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va ishonchli moliyaviy muhit yaratish

uchun muhim ahamiyatga ega. Banklarning audit xizmatlariga ajratayotgan mablag‘lari ularning

moliyaviy nazoratga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. Ayniqsa, audit xarajatlarining umumiy

aktivlarga nisbatan oshishi bank auditining strategik ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. Ushbu


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

676

jarayon bank rahbariyati va aksiyadorlar tomonidan xavflarni minimallashtirish, shaffof moliyaviy

hisobot yuritish va investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bugungi global moliyaviy muhitda auditorlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish

darajasining oshishi bank auditining mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Banklarning moliyaviy hisob-kitoblari bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazilishi ularning faoliyati

shaffofligini oshirib, xalqaro investorlarga ishonch bag‘ishlaydi. Shu sababli, audit jarayonlariga

ajratilgan mablag‘lar moliyaviy barqarorlik va risklarni kamaytirish uchun uzoq muddatli strategik

investitsiya sifatida ko‘rib chiqiladi.

Audit jarayoniga ajratiladigan mablag‘lar nafaqat tekshiruv sifatini oshirishga xizmat

qiladi, balki bankning umumiy moliyaviy boshqaruv tizimiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bankning

audit xarajatlarining umumiy aktivlarga nisbati oshganda, quyidagi natijalar kuzatiladi.

1. Moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligi oshadi

- Mustaqil auditorlik kompaniyalari tomonidan olib borilgan tahlillar natijasida moliyaviy

hujjatlardagi xatolar o‘z vaqtida aniqlanadi va tuzatiladi.

- Bank aktivlari va majburiyatlari aniq baholanadi, bu esa real moliyaviy holatni aks

ettirishga yordam beradi.

2. Risklarni minimallashtirish

- Audit xarajatlariga e’tibor qaratgan banklar kredit va likvidlik risklarini aniq baholay

oladi.

- Moliyaviy firibgarlik va hujjatlashtirish xatolarining oldini olishga xizmat qiladi.

3. Bank boshqaruvining samaradorligi ortadi

- Mustaqil auditorlik kompaniyalari rahbariyatga moliyaviy barqarorlikni oshirish bo‘yicha

aniq tavsiyalar beradi.

- Ichki nazorat tizimi takomillashtirilib, moliyaviy operatsiyalar aniqligi oshadi.

4. Xalqaro investitsion jozibadorlik ortadi

- Yuqori audit xarajatlariga ega bo‘lgan banklarning shaffofligi va ishonchliligi oshadi, bu

esa xorijiy investorlarni jalb qilish uchun muhim mezon hisoblanadi.

- Xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘liq bajariladi.

O‘zbekiston bank tizimida audit jarayonlarini kuchaytirish, moliyaviy tekshiruvlarga

ko‘proq resurs ajratish va xalqaro standartlarga mos ish yuritish uzoq muddatli barqaror rivojlanish

uchun muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, banklar audit jarayonlariga ajratilayotgan


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

677

xarajatlarni samarali investitsiya sifatida ko‘rib chiqishlari lozim, chunki bu nafaqat moliyaviy

xavfsizlikni ta’minlaydi, balki bankning uzoq muddatli muvaffaqiyatiga ham xizmat qiladi.

Ichki nazorat tizimi auditori faoliyatining ajralmas qismi hisoblanib, u audit natijalarining

haqqoniyligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi. Quyidagi jadvalda ichki nazorat tizimi

samaradorligining yillik o‘zgarishlari keltirilgan.

4-jadval: Ipoteka bank auditining ichki nazorat tizimi samaradorligi

Ichki nazorat omillari

2021 (%)

2022 (%)

2023 (%)

Risklarni aniqlash

tezligi

62

70

78

Ichki audit

xulosalarining

haqqoniyligi

65

72

80

Buxgalteriya

hisobotlari aniqligi

68

75

82

Firibgarlik holatlarini

aniqlash darajasi

60

67

75

Manba: https://ipotekabank.uz ma’lumotlari muallif tomonidan tuzildi.

Ichki auditning risklarni aniqlash tezligi sezilarli darajada oshgan.

Buxgalteriya hisobotlarining aniqligi bankning shaffoflik darajasini oshirishga xizmat

qiladi.

Firibgarlik holatlarini aniqlash qobiliyati kuchayib, audit natijalarining ishonchliligi

ortmoqda.

Xalqaro audit standartlari (XAS) talablariga moslik bank auditining sifatini belgilaydi.

Quyidagi jadvalda Ipoteka bank auditining xalqaro standartlarga muvofiqlik darajasi berilgan.

5-jadval: Ipoteka bank auditining xalqaro standartlarga muvofiqligi

Ko‘rsatkichlar

2021 (%)

2022 (%)

2023 (%)

XAS talablariga

moslik

58

68

78

Audit jarayonining

shaffofligi

60

70

80

Audit natijalarining

ishonchliligi

62

72

82

Xorijiy investorlar

uchun ishonch

55

65

75

Manba: https://ipotekabank.uz ma’lumotlari muallif tomonidan tuzildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

678

Ipoteka bank auditining samaradorligi yildan-yilga oshib bormoqda. Audit jarayonlari

uchun ajratilayotgan mablag‘lar ko‘paymoqda, ichki nazorat tizimi samaradorligi ortmoqda va

xalqaro audit standartlariga moslashish jarayoni jadallashmoqda. Kelgusida texnologik

innovatsiyalarni joriy etish, auditorlar malakasini oshirish va ichki nazorat tizimini mustahkamlash

orqali audit sifatini yanada yaxshilash mumkin.

Muhokama:

Xalqaro audit standartlari asosida bank auditini tashkil etish – nafaqat audit

jarayonining texnik tomonini, balki butun moliyaviy muhitning ishonchliligini ta'minlashga

qaratilgan tizimli yondashuvdir. Ipoteka Bank misolida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki,

bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari 2017–2023-yillar davomida izchil o‘sib borgan, bu esa xalqaro

standartlarga asoslangan audit jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. XAS bo‘yicha olib borilgan audit

natijalari bank faoliyatining shaffofligi, samaradorligi va qonuniyligini ta’minlashda muhim omil

sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Tahlil davomida aniqlanishicha, bank aktivlari, kredit portfeli va sof foydaning barqaror

o‘sishi – XAS asosidagi audit orqali moliyaviy boshqaruvda ishonchli mexanizmlarning

mavjudligidan dalolat beradi. Bu esa bankning strategik qarorlar qabul qilishida, investorlar bilan

muloqotda va regulyatorlar oldidagi hisobdorlikda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bilan birga,

auditning xalqaro standartlarga mosligi auditorlik xulosalarining universal qabul qilinadigan

huquqiy va axborotiy hujjatga aylanishiga xizmat qiladi.

Biroq amaliyotda ayrim muammolar ham kuzatilmoqda. Jumladan, xalqaro standartlarning

to‘liq tatbiq etilishi uchun yetarli malakaga ega auditorlar soni cheklangan, ayrim banklarda ichki

nazorat tizimi XAS talablariga to‘liq javob bermaydi. Bunday holatlarda xalqaro tajribani chuqur

o‘rganish, auditorlarni muntazam qayta tayyorlash va axborot texnologiyalarini audit jarayoniga

integratsiyalash muhim vazifalar sifatida qaralishi kerak. Shunday yondashuv bilangina audit sifati

xalqaro mezonlarga to‘liq javob beruvchi darajaga yetkazilishi mumkin.

Xulosa

Xalqaro audit standartlari asosida bank auditini tashkil qilish – zamonaviy moliyaviy

tizimda ishonch, shaffoflik va barqarorlikni ta'minlaydigan muhim tamoyillardan biridir.

O‘zbekiston misolida, xususan Ipoteka Bank faoliyati asosida olib borilgan statistik tahlillar shuni

ko‘rsatadiki, xalqaro standartlarga asoslangan audit tizimi bank faoliyatining samaradorligini

oshirish, investorlarga ishonch uyg‘otish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlashda muhim vosita

bo‘lib xizmat qilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

679

Ipoteka Bankning 2017–2023-yillardagi moliyaviy ko‘rsatkichlari – aktivlar, kredit

portfeli, sof foyda va depozitlar hajmining izchil o‘sib borishi – XAS asosida tashkil etilgan

auditorlik nazoratining amaliy samarasini ko‘rsatadi. Shuningdek, audit jarayonida xalqaro

yondashuvlardan foydalanish bankning ichki nazorat tizimini takomillashtirish, xavflarni aniqlash

va moliyaviy hisobotlarning aniqligini oshirishga yordam berdi.

Shu boisdan, O‘zbekistonda bank auditining rivojlanishida XASning to‘liq joriy qilinishi

dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu borada milliy auditorlarni xalqaro darajada tayyorlash, audit

jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va me’yoriy bazani yangilash zarur. Faqat ana

shunday tizimli yondashuv bilangina O‘zbekiston bank tizimining raqobatbardoshligi oshadi va

xalqaro moliyaviy muhitga integratsiya jarayoni jadallashadi.

REFERENCES

1.

Karimov, B. va Axmedjanov, K.B. (2019) Auditorlik faoliyatining milliy standartlari.

Namangan: NamDU nashriyoti.

2.

Xodjayeva, D.A. (2020) ‘Bank auditida XASning qoʻllanilishi: Oʻzbekiston tajribasi’,

Iqtisodiyot va moliya, 6(2), b. 45–51.

3.

Raximov, S.M. (2021) ‘Oʻzbekistonda bank auditining rivojlanish istiqbollari’, Moliyaviy

barqarorlik jurnali, 3(4), b. 29–36.

4.

Ivanov, A.A. (2018) ‘Integratsiya mehanizmy MSА v rossiyskuyu bankovskuyu praktiku’,

Audit i finansy, 5(3), str. 23–30.

5.

Petrova, E.V. (2019) ‘Problemy primeneniya mezhdunarodnykh auditornykh standartov v

bankakh Rossii’, Vestnik finansovoy kontrolya, 2(1), str. 15–21.

6.

Sidorov, M.N. (2020) ‘Sovershenstvovanie vnutrennego audita v bankakh RF na osnove

MSА’, Bankovskoe delo, 4(2), str. 58–64.

7.

Mbuh, V.S. (2024) ‘The role of International Standards on Auditing in global audit practices

and challenges of implementation’, Current Trends in Economics and Finance, 4(1), pp. 12–

20.

8.

Hazaea, S.A., Alyahya, M., & Mohammed, A. (2024) ‘Effectiveness of Internal Audit

Function: Evidence from Emerging Markets’, Humanities and Social Sciences

Communications, 11(1), pp. 1–13. Available at: https://www.nature.com/articles/s41599-

024-03835-3.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

680

9.

Kadhim, L.T. and Bougatef, K. (2024) ‘The impact of IFRS and ISA on financial reporting

quality in the banking sector’, Review of Global Studies and Accounting, 6(2), pp. 88–97.

10.

International Auditing and Assurance Standards Board (IAASB) (2020) Auditing in the

Banking Sector: Implementation and Interpretation of ISAs. New York: IFAC.

11.

PCAOB (2024) Auditing Standards and Financial Reporting Integrity. Washington, DC:

Public Company Accounting Oversight Board. Available at: https://pcaobus.org

12.

The Institute of Internal Auditors (IIA) (2024) Global Internal Audit Standards. Lake Mary,

FL: IIA. Available at: https://www.theiia.org/en/standards/2024-standards/

13.

Knechel, W.R. (2019) ‘Audit Research: Current State and Future Directions’, Journal of

Accounting and Economics, 67(2), pp. 1–23.

14.

DeFond, M.L. and Zhang, J. (2019) ‘A Review of Archival Auditing Research’, Journal of

Accounting and Economics, 58(2–3), pp. 275–326.

15.

Christensen, B.E., Glover, S.M. and Wolfe, C.J. (2020) ‘Do Critical Audit Matter Paragraphs

Improve the Auditor’s Report?’, International Journal of Auditing, 24(2), pp. 234–252.

16.

https://ipotekabank.uz

17.

https://bank.uz

References

Karimov, B. va Axmedjanov, K.B. (2019) Auditorlik faoliyatining milliy standartlari. Namangan: NamDU nashriyoti.

Xodjayeva, D.A. (2020) ‘Bank auditida XASning qoʻllanilishi: Oʻzbekiston tajribasi’, Iqtisodiyot va moliya, 6(2), b. 45–51.

Raximov, S.M. (2021) ‘Oʻzbekistonda bank auditining rivojlanish istiqbollari’, Moliyaviy barqarorlik jurnali, 3(4), b. 29–36.

Ivanov, A.A. (2018) ‘Integratsiya mehanizmy MSА v rossiyskuyu bankovskuyu praktiku’, Audit i finansy, 5(3), str. 23–30.

Petrova, E.V. (2019) ‘Problemy primeneniya mezhdunarodnykh auditornykh standartov v bankakh Rossii’, Vestnik finansovoy kontrolya, 2(1), str. 15–21.

Sidorov, M.N. (2020) ‘Sovershenstvovanie vnutrennego audita v bankakh RF na osnove MSА’, Bankovskoe delo, 4(2), str. 58–64.

Mbuh, V.S. (2024) ‘The role of International Standards on Auditing in global audit practices and challenges of implementation’, Current Trends in Economics and Finance, 4(1), pp. 12–20.

Hazaea, S.A., Alyahya, M., & Mohammed, A. (2024) ‘Effectiveness of Internal Audit Function: Evidence from Emerging Markets’, Humanities and Social Sciences Communications, 11(1), pp. 1–13. Available at: https://www.nature.com/articles/s41599-024-03835-3.

Kadhim, L.T. and Bougatef, K. (2024) ‘The impact of IFRS and ISA on financial reporting quality in the banking sector’, Review of Global Studies and Accounting, 6(2), pp. 88–97.

International Auditing and Assurance Standards Board (IAASB) (2020) Auditing in the Banking Sector: Implementation and Interpretation of ISAs. New York: IFAC.

PCAOB (2024) Auditing Standards and Financial Reporting Integrity. Washington, DC: Public Company Accounting Oversight Board. Available at: https://pcaobus.org

The Institute of Internal Auditors (IIA) (2024) Global Internal Audit Standards. Lake Mary, FL: IIA. Available at: https://www.theiia.org/en/standards/2024-standards/

Knechel, W.R. (2019) ‘Audit Research: Current State and Future Directions’, Journal of Accounting and Economics, 67(2), pp. 1–23.

DeFond, M.L. and Zhang, J. (2019) ‘A Review of Archival Auditing Research’, Journal of Accounting and Economics, 58(2–3), pp. 275–326.

Christensen, B.E., Glover, S.M. and Wolfe, C.J. (2020) ‘Do Critical Audit Matter Paragraphs Improve the Auditor’s Report?’, International Journal of Auditing, 24(2), pp. 234–252.