ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
681
BOSHLANG‘ICH SINFLARGA KELISHIK SHAKLLARINI TUSHUNTIRISH
USULLARI
A’zamjonova Farangiz Akmaljon qizi
Namangan davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15082456
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi kelishik shakllarini boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga qay tarzda tushuntirish usullari o‘rgatiladi. Kelishik shakllari qaysi bo‘limda
o‘rganilishi, so‘roqlari, gapda qanday vazifalarda kelishi o‘rganiladi. Kelishik qo‘shimchalari,
ulardagi jihatlar va til vositalarining ahamiyati haqida so‘z boradi. Yangi metodlar va usullar
bilan tanishtiriladi.
Kalit so‘zlar:
Kelishik qo‘shimchalari, turlanish, so‘z turkumi, gap bo‘lagi, metod, usul,
qaratqich kelishigi, ma’nodosh so‘z, ma’nodosh qo‘shimcha.
METHODS FOR EXPLAINING CONJUGATIONS TO PRIMARY GRADES
Abstract.
This article teaches how to explain the forms of agreement in the Uzbek language
to primary school students. It studies in which section the forms of agreement are studied, their
questions, and what functions they perform in a sentence. It discusses the importance of agreement
suffixes, their aspects, and language tools. It introduces new methods and techniques.
Keywords:
Coordinative suffixes, variation, word class, part of speech, method, method,
accusative case, synonym, synonym suffix.
МЕТОДЫ ОБЪЯСНЕНИЯ СПРЯЖЕНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Аннотация.
Данная статья учит объяснять узбекские спряжения учащимся
начальной школы. Изучается, в каком разделе изучаются формы согласия, вопросы и какие
функции они имеют в предложении. Рассказывается о значении наречий, их аспектах и
языковых средствах. Внедряются новые методы и технологии.
Ключевые слова:
Наречия спряжения, классификация, группа слов, придаточное,
прием, прием, указательное согласие, осмысленное слово, осмысленное наречие.
Boshlang‘ich sinflarda har bir mavzu alohida ahamiyat kasb etadi. Gap bo‘laklari, tinish
belgilar, so‘z turkumlari ona tilining turli xil bo‘limlarida o‘rganiladi. Masalan: tinish belgilari –
punktuatsiyada o‘rganilsa, so‘z turkumlari – morfologiyada o‘rganiladi va bu mavzularni
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tez va oson tushuntirish uchun turli xil metodlar kerak boladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
682
Ushbu maqolada esa kelishik shakllarini boshlang‘ich sinflarga qay tarzda, qaysi metodlar
yordamida oson o‘rgatishni tushuntirib o‘tamiz.
Kelishik
— ot yoki otlashgan soʻzning boshqa soʻzlar bilan aloqasini koʻrsatuvchi
grammatik shakl. U ot shakli ekanligi holda, birikma yoki gap tarkibida uning boshqa
soʻzga tobelanishini koʻrsatadi. Bu sintaktik munosabat kelishik qoʻshimchasining oʻzi
bilan, koʻmakchi yoki koʻmakchi vazifasidagi soʻz bilan birga ifoda topishi ham mumkin.
Kelishiklar soni turli tillarda har xildir. Oʻzbek tilida 6 ta kelishik boʻlib, ular bosh
(qoʻshimchasiz), qaratqich (qoʻshimchasi: ning), tushum (qoʻshimchasi: -ni), joʻnalish
(qoʻshimchasi: -ga, -ka, -qa), oʻrin-payt (qoʻshimchasi: -da), chiqish (qoʻshimchasi: -dan)
kelishiklaridan iborat. Shulardan qaratqich kelishigi ot tomonidan boshqarilib, hokim soʻz egalik
qoʻshimchasini olib keladi: kitobning varagʻi. Qolgan tushum, joʻnalish, oʻrin, chiqish kelishikli
otlar feʼl yoki sifat tomonidan boshqariladi: kitobni varaqladi, kitobga qaradi, kitobda yozilgan,
kitobdan olindi.
Ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo‘shimchalari bilan
o‘zgarishi turlanish deyiladi.
Kelishiklar jadvali:
T/R
Kelishik nomi
Qo‘shimchasi
So‘rog‘i
1
Bosh kelishik
Kim? Nima?
2
Qaratqich kelishigi
-ning
Kimning?
Nimaning?
3
Tushum kelishigi
-ni
Kimni? Nimani?
4
Jo‘nalish kelishigi
-ga -ka -qa
Kimga (-qa,-ka)?
Nimaga (-qa, -ka)?
5
O‘rin-payt kelishigi
-da
Kimda? Nimada?
6
Chiqish kelishigi
-dan
Kimdan?
Nimadan?
Bosh kelishik shakli. Ismlarning bosh kelishik shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas.
Bu shakl kim?, nima?, qayer? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi va gapda ko‘pincha ega,
ot, kesim, undalma vazifalarida keladi. Masalan: Men oddiy bir qizchaman.
Qaratqich kelishigi shakli. Qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z qaratqich, qaratqichga
bog‘lanib kelgan so‘z esa qaralmish deyiladi.
Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga tobelashtirib bog‘lab keladi va qaralmishda
ifodalangan narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarning qaratqich shaklidagi ismlarga
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
683
qarashli ekanini bildiradi. Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda ko‘p hollarda qaratqich
kelishigi tushib qolishi mumkin. Lekin qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z qo‘llansa,
qaratqich qo‘shimchasi tiklanadi. Shuningdek, qaratqich kelishigi atoqli otlar, olmoshlar,
sifatdoshlarga qo‘shilganda tushib qolmaydi.
Tushum kelishigi shakli. Tushum kelishigi shaklini olgan so‘z doimo o‘timli fe’lga
bog‘lanadi. Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l yonma-yon turganda, ko‘pincha tushum
kelishigi qo‘shimchasi tushib qoladi. Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l o‘rtasida boshqa
bir so‘z ishlatilsa, tushum kelishigidagi so‘z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh bo‘lsa, tushum
kelishigi qo‘shimchasi tushib qolmaydi. Tushum kelishigidagi so‘z gapda doimo to‘ldiruvchi
vazifasida keladi
Egalik qo‘shimchasini olgan ismlarga bog‘lanuvchi so‘z qaratqich kelishigi shaklida,
o‘timli fe’llarga bog‘lanuvchi so‘z tushum kelishigi shaklida keladi.
Jo‘nalish kelishigi shakli. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib,
qayerga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda o‘rin holi vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib,
qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi. Shaxs va narsa otlariga
qo‘shilib, kimga? nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanadi.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi k va q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, -
ka, -qa shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
O‘rin-payt kelishigi shakli. O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib,
qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning o‘rnini bildiradi.
Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi.
Chiqish kelishigi shakli. Chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib,
qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi vazifasini bajaradi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon
so‘rog‘iga javob bo‘ladi va payt holi vazifasida keladi.
Ba’zan tushum kelishigi o‘rnida chiqish kelishigi shakli ishlatilishi mumkin. Lekin
ularning ma’nosida ma’lum farq bor. Tushum kelishigidagi so‘z butunni, chiqish kelishigidagi
so‘z qismni bildiradi. Masalan: uzumni (tushum kelishigida) oling – butunni, uzumdan (chiqish
kelishigida) oling – qismni ifodalaydi.
Kelishik shakllarini boshlang‘ich sinflarga o‘rgatayotganda turli xil usullar va metodlardan
foydalanib tushuntirilsa, o‘quvchilar mavzuni tez va to‘liq holda o‘zlashtiradilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mashq va ularning bajarilish usullari, turli xil
metodlar bilan:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
684
4-sinf ona tili darsligidan
“So‘zdan so‘z yasang” metodi asosidagi topshiriq. Berilgan so‘zda ishtirok etgan
harflardan foydalanib, yangi so‘zlar hosil qiling. Tuzgan so‘zlaringizdan ikkita gap tuzing. Bosh
bo‘laklarning tagiga chizing.
Namuna: Konstitutsiya
“Sinkveyn” metodi.
Quyosh soziga “sinkveyn” tuzing.
1.
Quyosh –…………………………………
2.
Qanday ? –……………………………….
3.
Nima qiladi? – …………………………
4.
Gap – …………………………………….
5.
Ma’nodosh soz – ……………………………
Mashq. Maqollarni ko‘chiring. Tushum kelishigidagi so‘zlarni belgilang.
1.
Bilmaganni bildim, dema,
Qilmaganni qildim, dema.
2.
To‘g‘ri oshini, egri boshini yer.
3.
Haqni nohaq etma,
Nohaqni haq etma.
4.
Vatanni sotgan – er bolmas.
Konsti
tutsiya
Kon
In
soya
tut
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
685
Jadvalni namunadagidek to‘ldiring.
Diyora
bugun
maktabga
bordi
-ga
-ka
-ka
-qa
-ga
Mashq. Nuqtalar o‘rniga –ga, -ka, -qa qo‘shimchalaridan mosini qo‘ying.
1.
Bizni bag‘ring... olganing uchun rahmat.
2.
Feruza ekkan nihollarning ko‘k… bo‘y cho‘zib yashnab turganini ko‘rdi.
3.
Ravshan kaptarlarni osmon… uchirib yubordi.
4.
Jasur qo‘zichoq…, buzoq… o‘t berdi.
5.
Kema qirg‘oq… yaqinlashdi.
6.
Singlim tovuq… don berdi.
“Tahlil qolipi” jadvali. Kelishik qo‘shimchasini olgan so‘zlarni quyida keltirilgan
jadvalga yozib, so‘zlarda ishtirok etgan egalik va kelishik qo‘shimchalarini belgilab, tahlil qiling.
So‘zlar
O‘rmonda
Bolalarini
Yelkasiga
Qirlarda
1-shaxs birlik
2-sh birl
3-sh birl
+
1-sh ko‘plik
2-sh ko‘pl
3-sh ko‘pl
Bosh kelishik
Qaratqich k
Tushum k
Jo‘nalish k
O‘rin-payt k
+
Chiqish k
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
686
Xulosa. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili darslarida kelishik qo‘shimchalarini
o‘rgatish bo‘yicha metodlar natijasida bir qancha yutuqlarga ega bo‘ldik va shu qatorda
muhokamaga ham o‘rinli savollar tug‘ildi. Metodlar doirasida kelishik qo‘shimchalarini o‘qitish
o‘quvchilar uchun qay darajada muhim degan savolga to‘xtalsak. Tushum kelishigi
qo‘shimchasini belgi va belgisiz qo‘llanilishi haqida muommolar, jo‘nalish kelishigi –ga (-ka, -qa)
qo‘shimchalarida imlo qoidalarga amal qilgan holda yozish ko‘nikmasini to‘g‘ri shakllantirish bir
qancha muommolarni keltirib chiqardi. Bundan ko‘rinib turibdiki, nazariy bilimlarni amaliyotda
metodlar orqali o‘rgatish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun birmuncha qulaydir. Yuqoridagi
metodlardan foydalangan holda 4-sinf ona tili darslarida berilgan mavzularni tez va to‘liq
tushuntirish imkoniyati mavjud. Darsda interaktiv usullar qo‘llashni shunday tashkil etish kerakki,
ya’ni dars o‘tish jarayonida o‘quv materiallarining ma’lum bir qismi o‘quvchilar tomonidan
mustaqil o‘rganilsin. Bundan kelib chiqadiki, mavzu qachonki to‘liq va tez tushuntiriladi, yangi
metod va usullardan foydalanilgandagina.
REFERENCES
1.
I. Ziyoyev. Kelishik formalarining funksional almashinuviga doir O‘A.1996
2.
Nargiza Erkaboyeva “O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami” 2012
3.
D. Hamroyev, D. Muhammedova, D. Shodmonqulov, X. G‘ulomova “Ona tili” Toshkent
“Iqtisod-moliya” 2007
4.
Y. Tojiyev. “Fe’llarda o‘timli-o‘timsizlik haqida” 1957
5.
Ona tili darslik 4-sinf.
