Authors

  • Azamat Allaxanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73555

Keywords:

Dars zichligini yuqoriligi Jismoniy madaniyat darsining Tashkil qilish texnologiyasining xarakteriga. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tashkiliy-metodik asoslari.

Abstract

Jismoniy tarbiya darslari o’zining mazmunida o’quv dasturi tarkibidagi bir necha bo’limning o’quv materialini aralash o’qitishni nazarda tutadi. Tashkil qilish texnologiyasining xarakteriga ko’ra darslarning bunday xili gimnastika materiali, yengil atletika materiali, o’yinlar yoki boshqa o’quv materialini o’z mazmunida mujassamlashtiradi. Bunday darslarni, asosan, o’quv dasturidagi shu sinf uchun yangi material tarzida o’qitib ulgurilgandan so’ngi darslar qilib rejalashtirish va tashkillash maqsadga muvofiq.

background image

1263

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTLARINING TASHKILIY-METODIK

ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATIGA HARAKTERESTIKA

Azamat Allaxanov

Ajiniyaz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti.

Sport panlari kafedrasi asistent o’qituvchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15081626

Annotatsiya.

Jismoniy tarbiya darslari o’zining mazmunida o’quv dasturi tarkibidagi bir

necha bo’limning o’quv materialini aralash o’qitishni nazarda tutadi. Tashkil qilish

texnologiyasining xarakteriga ko’ra darslarning bunday xili gimnastika materiali, yengil atletika

materiali, o’yinlar yoki boshqa o’quv materialini o’z mazmunida mujassamlashtiradi. Bunday

darslarni, asosan, o’quv dasturidagi shu sinf uchun yangi material tarzida o’qitib ulgurilgandan

so’ngi darslar qilib rejalashtirish va tashkillash maqsadga muvofiq.

Kalit sózlar:

Dars zichligini yuqoriligi, Jismoniy madaniyat darsining, Tashkil qilish

texnologiyasining xarakteriga.

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tashkiliy-metodik asoslari.

CHARACTERISTICS OF THE METHODOLOGY FOR IMPROVING THE

ORGANIZATIONAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF PHYSICAL

EDUCATION CLASSES

Abstract.

Mixed lessons, in their content, imply the mixed teaching of educational

material from several sections within the curriculum. By the nature of the organizational

technology, this type of lesson combines in its content gymnastic material, track and field

material, games, or other educational material. It is advisable to plan and organize such lessons

mainly as lessons that have already been taught in the form of new material for this class in the

curriculum.

Keywords:

High class density, Character of the physical education lesson, Organization

technology. Organizational and methodological foundations of physical education classes.

ХАРАКТЕРИСТИКА МЕТОДИКИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

ОРГАНИЗАЦИОННО-МЕТОДИЧЕСКИХ ОСНОВ ЗАНЯТИЙ ПО ФИЗИЧЕСКОМУ

ВОСПИТАНИЮ

Аннотация.

Уроки физического воспитания по своему содержанию предполагают

смешанное преподавание учебного материала из нескольких разделов учебной программы.

В зависимости от характера организационной технологии данный тип урока

включает в свое содержание гимнастический материал, легкоатлетический материал,

игры или другой образовательный материал. Целесообразно планировать и

организовывать такие уроки как уроки, которые в основном преподаются в форме нового

для данного класса материала учебной программы.


background image

1264

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Ключевые слова:

Высокая интенсивность урока, Урок физической культуры,

Характер организационной технологии. Организационно-методические основы занятий

по физическому воспитанию.

Jismoniy madaniyat darsining samaradorligiga ta’sir etuvchi yetakchi omillaridan biri

uning tashkillash jarayoni bo’lib, xarakteriga ko’ra ular aktsentli, aralash, kompleksli darslar deb

nomlanadi. Odatda jismoniy madaniyat darslarining tashkillanishini qayd qilingan

klassifikatsiyasi o’rta, katta maktab yoshidagi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan darslarni,

boshlang’ich sinflarda esa o’quv dasturining gimnastika bo’limini o’qitish rejlashtirilgan

darslarini tashkillashda foydalaniladi.

Aktsentli darslar o’z mazmuniga ko’ra o’quv dasturining alohida ajratilgan

bo’limlarining: gimnastika, yengil atletika, voleybol, basketbol, suzish, kurash va x.k.larning

materialini maxsus, shu bo’lim materialiga aktsent berib uyushtiriladigan darslardir. Darsdagi

o’qitish jarayonida faqat shu bo’lim o’quv materialini o’zlashtirish, mustaxkamlash,

takomillashtirish amalga oshiriladi. Dars qismlarining tarkibiy elementlari ham shu bo’lim

materiali yoki ularni o’zlashtirishni osonlashtiruvchi aynan o’quv dasturining aktsent berilgan

materiali (mashqlari)dan iborat bo’lishi ta’lim jarayoni samarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Tashkil etish texnologiyasiga ko’ra o’quv materialigagina aktsent berib o’qitiladigan

darslar. Bunday darslar talab darajada jihozlangan sport maydonlari (zallar)ni, shu sport turi

uchun zarur bo’lgan sport anjomlari va jihozlarini yetarli bo’lishini taqazo etadi. Masalan, o’quv

dasturining voleybol bo’limiga aktsent berilgan dars tashkillansa - kamida har 2-3 o’quvchiga bir

donadan voleybol to’pi, to’ldirma to’plar, qizlar, o’g’il bolalar uchun alohida voleybol

maydonlarining bo’lishi aktsentli dars samaradorligini, ayniqa, uning zichligini yuqori bo’lishi

bilan kuzatiladi. O’yinlarning musobaqa qoidalarini, ularning xujjatlarini yuritish, o’yinda

hakamlik 45 qilishga oid amaliy malakalar va ko’nikmalarni egallash uchun qayd qilingan

o’quv-instruktiv (o’rgatish, tavsiyalar berish bilan) darslarni tashkillashning hayotiy-amaliy

ahamiyati o’ta muhimdir.

Tashkil qilish xarakteriga ko’ra Aralash darslar o’zining mazmunida o’quv dasturi

tarkibidagi bir necha bo’limning o’quv materialini aralash o’qitishni nazarda tutadi. Tashkil

qilish texnologiyasining xarakteriga ko’ra darslarning bunday xili gimnastika materiali, yengil

atletika materiali, o’yinlar yoki boshqa o’quv materialini o’z mazmunida mujassamlashtiradi.

Bunday darslarni, asosan, o’quv dasturidagi shu sinf uchun yangi material tarzida o’qitib

ulgurilgandan so’ngi darslar qilib rejalashtirish va tashkillash maqsadga muvofiq. Bunday

klassifikatsiyaga kiruvchi darslar odatda o’quv choraklarining ikkinchi yarmidagi yoki o’quv

yilining oxirgi choragidagi darslar bo’lishi yaxshi natija beradi.


background image

1265

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Qayd qilingan darslar xilining tashkillanishi va o’tkazilishini ijobiy samarasi uslubchilar,

tajribali o’qituvchilar tomonidan ijobiy baholanayotganligi bejiz emas. Tahlil qilish

texnologiyasi. O’quvchilar bir necha guruhlarga ajratilib, chorak darslari davomida o’zlashtirib

ulgurmagan o’quv materiali, mavzulari ustida ishlash imkoniyati yuzaga keltiriladi. Tashkil etish

xarakteriga ko’ra aralash darslarda o’quvchilar faoliyatini tashkillashning «guruxchalarga

ajratish» metodidan foydalaniladi. O’z navbatida bu xar bir guruhcha uchun dasturning turli

bo’limlaridan o’qitish jarayonida yaxshi o’zlashtirilib ulgurilmagan mavzularni ajratib o’qitish

imkonini beradi. Masalan, bir darsning o’zida yengil atletika, sport o’yinilari, gimnastikaga oid

mavzularni o’qitish mumkin bo’ladi.

Salbiy tomoni - yengil atletika yoki gimnastika mavzusini takrorlashi lozim bo’lgan

o’quvchilarning o’yinlar mavzusidagi mavzuning takrorlash ishtiyoqining yuqori bo’lishidir.

Agar darsda o’qitishga ongli munosabat talab darajasida tashkillangan bo’lsa qayd

qilingan sabab ta’lim jarayonida salbiy oqibatlarni oldini olishga imkon berib o’qitishda biz

kutgan samarani berishi isbotlangan. Tashkil qilish texnologiyasining xarakteriga ko’ra

Kompleksli darslarning mazmunida o’quv dasturining turli xil bo’limlarining materialidan

foydalanish, u yoki bu jismoniy sifatlarni rivojlantirish, tarbiyalash, pedagogik vazifalariga ko’ra

tanishtirish, o’zlashtirish, mustahkamlash, takomillashtirish va boshqalarni maqsad qilib qo’yib

ularni hal qilishni nazarda tutadigan darslar tushiniladi. Boshqachasiga ayttanda bir darsning

o’zida ham ta’limiy, ham tarbiyaviy, ham sog’lomlashtirish vazifalarini hal qiluvchi darslarni

«kompleksli» darslar deb atash ham qabul qilingan. Kompleksli darslar asosan 1-3 chorak

darslari hisobida tashkil etilishining samarasi yuqori. Bunday darslar o’zining emotsionalligini

yuqoriligi bilan xarakteriga ko’ra boshqa darslardan ajralib turadi.

Jismoniy madaniyat darsini tashkil etish texnologiyasining xarakteriga ko’ra

o’qituvchidan tashkilotchilik nuqtai nazaridan boy tajribaga ega bo’lishni talab qiladi. Bir

guruhchasida jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun mashqlar yana boshqa birida harakat

texnikasini o’zlashtirish maqsadidagi mashqlar yoki trenirovka tarzidagi mashqlarni takrorlash,

bajartirishdek vazifalar xal qilinadi. Qayd qilingan texnologiya qo’llanilsa eng avvalo jismoniy

sifatlarni rivojlantirish mashqlarini takrorlash nazarda tutilishi lozim. Dars zichligini yuqoriligi,

katga dozadagi jismoniy yuklamalar bunday darslar uchun odatdagi xoldek. Qayd qilingan

texnologik xarakterdagi darslar o’rta, katta maktab yoshidagi o’quvchilarning, kasb-hunar

kollejlari hamda oliy o’quv yurtlarining o’quvchi talaba yoshlarining jismoniy tarbiyasi

jarayonida qo’llanishi ijobiy natijalarga olib kelmoqda. Aniq maqsadli, o’quvchilarning faolligi

darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadigan, ularga differentsial yondoshish bilan

tashkillangan, o’qituvchining doimiy nazorati yo’lga qo’yilgan jismoniy madaniyat darslarini

tashkillash, texnologiyasining xarakteriga ko’ra sifatli darslar deb baholanadi.


background image

1266

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Ular jismoniy madaniyat darslarining an’anaviy shakllaridan o’zining nostandartligi,

mazmunan boyligi va emotsionalligi bilan farqlanadi. Jismoniy madaniyat darslarining xususiy

didaktik vazifalariga ko’ra klassifikatsiyasi 46 Jismoniy madaniyat darsining xususiy didaktik

vazifalariga kiruvchi darslarni klassifikatsiyalashda qator adabiyotlarning mualliflari

(V.V.Tepfer, 1971; V. G. Podolskiy, 1975; A.A.Ter-Ovanesyan, 1978; N.G. Koltsova, 1979;

AAbdullaev, Sh.Xonkeldiyev, 2005; Yu.M. Yunusova, 2005; va boshqalar) turlicha - «o’qitish

vazifalariga ko’ra», «ta’limiy vazifalariga ko’ra»,» pedagogik vazifalariga ko’ra» degan

atamalarni qo’llash orqali nomladilar. Biz «didaktik vazifalari» atamasini qo’llashni maqsadga

muvofiq deb topdik. Tadqiqotlar hozirgi kun ta’lim-tarbiyasi jaryonining amaliyotida umumiy

ta’lim maktablarida jismoniy madaniyat darslarining xususiy didaktik vazifalariga ko’ra

klassifikatsiyasiga kiruvchi darslardan nisbatan kengroq foydalanilayotganligini ko’rsatmoqda.

Chunki, ta’limiy darslar klassifikatsiyasi tarkibidagi qator dars turkumlari tizimli ravishda

o’quv jaryonida uzoq muddat davom etmay davriyligi bilan boshqa turkumga kiruvchi

darslardan farqlanadi. Ular o’quv yili yoki o’quv choragining barcha darslarini band etmay

o’qitilayotgan mavzuning yangiligi yoki oldingi sinflarda o’qitilganligiga qarab turkum darslarda

davom etishi bilan farqlanadi. Qayd qilingan turkumdagi darslar orqali DTS tavsiya qilgan

jismoniy madaniyat dasturi o’quv materiallarini o’zlashtirish qulay bo’lib, ular orqali o’qitilishi

zaruriy bo’lgan mavzular (hayotay - zaruriy harakat malakalar)ni egallash oson kechadi. Xususiy

didaktik vazifalariga ko’ra jismoniy madaniyat darslari: «Kirish», «Yangi materialni

o’zlashtirish», «Aralash», «Mustahkamlash va takomillashtrish», «Yakuniy darslar» deb

turkumlanadi. a) kirish darslari o’quv yilining, o’quv choraklarining boshlanishida (odatda

birinchi dars), shuningdek, o’quv choragining birinchi darsida, rejalashtirilgan jismoniy tarbiya

dasturning yangi bo’limining mavzularini o’qitishni boshlashdan oldingi darslarida tashkillanadi.

Ular o’zining mazmuni va tuzilishiga ko’ra, an’anaviy darslardan biroz farqlanadi.

Boshqachasiga bunday darslar instruktiv, komunikativlik asosida, suxbat, ma’ruza,

tavsiya, ko’rsatma va boshqalar tarzida tashkillanishi mumkin. Bunday darslar turkumi o’quv yili

davomida miqdoriga ko’ra sanoqli bo’ladi. Jismoniy madaniyat darsi o’qituvchisi o’quvchilarga

o’quv yili, o’quv choraklari uchun jismoniy tarbiyadan Davlat standarti dasturi bo’limlari

bo’yicha xal qilinadigan umumiy vazifalarni va ulardan kelib chiqib, sinfning har bir

o’quvchisining individual xususiyatlarini xisobga olgan holda individual vazifalar qo’yib, ularni

hal qilish uchun o’tkaziladigan mashg’ulotlarning mazmuni bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

Qatorasiga dasturning alohida bo’limlari materialini o’qitish uchun tashkil qilinadigan

kirish darslari, o’quv choraklarining boshlanishidagi alohida darslar, kerak bo’lsa o’quv yilining

boshlanishidagi kirish darslari aniq vazifalarni rejalashtirishi va uni o’quvchilarga tushintirish

bilan tashkillanadi.


background image

1267

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Ulardagini maqsadni hal qilish uchun aniq ko’rsatmalar, lozim bo’lgan talablar e’lon

qilinadi. Kirish darslari aynan shu sinf uchun yangi o’quv materialini tanishtirish vazifasini ham

hal qiladi.

Kirish darslari tuzilishiga ko’ra xillanishidan tashqari mazmuniga ko’ra quyidagilarni o’z

ichiga oladi: 1. O’quvchilar diqqatini o’quv yili, o’quv choragi davomida o’zlarining jismoniy

rivojlanganligi va tayyorgarlidagi individul vazifalarni hal qilishga jalb qilish. 2. O’quv yili,

choragi, uning ayrim qismlari uchun o’quv ishlarining vazifalari va ularning mazmuni bilan

tanishtirish. 3. Sinf jismoniy madaniyat tashkilotchilarini (qizlar va o’g’il bolalar uchun) saylash,

o’tgan o’quv yilidagi faoliyatlari uchun xisobotlar berishini tashkillash. 4. Uyga beriladigan

vazifalarni hal qilish uchun o’z uyidagi jismoniy tarbiya burchagida o’qitaladigan mavzularga

moslab lozim bo’lgan o’zgarishlarni qilishdek vazifalarni qo’yadi.

Kirish darslarining qayd qilingan mazmunining elementlari turli yoshdagi o’quvchilar

bilan turlicha tashkillanadi va hal qilinadi. b) Yangi materialni o’zlashtirish darslarining

mazmuni aynan uning atalishiga mos tushib, didaktik vazifalariga ko’ra aynan shu darsda

dasturning yangi mavzularinigina o’qtishni 47 maqsad qilib, mazmunida faqat yangi

materiallarni mujassamlashtiradi. Oldingi turkum darslarning nihoyasidagi o’qitilgan mavzular

bilan bog’lanadi va tarkibida aynan shu dars uchun mo’ljallanganlari bilan uzviylik o’rnatadi.

Ular: 1. O’quvchilarning diqqatini yangi materialni o’qitish uchun yo’naltirish. 2.

Ularning organizmni jismoniy yuklamalarga funktsional tayyorlash (umumiy razminka). 3.

Qoidalar, harakat faoliyatlarining texnikasi va taktikasini o’zlashtirish. 4. Yuklamani pasaytirish.

5. Darsni yakunlash va uyga vazifa yoki topshiriqlar berish. Qayd qilingan klassifikatsiyadagi

darslarning mazmunida yuqoridagilardan tashqari boshqa elementlar ham mavjud, lekin, ular

yangi materialni o’zlashtirish darslarining texnologik tuzilishi va mazmuniga aytarli darajada

ta’sir ko’rsatmaydi. Darsning ushbu klassifikatsiyasining asosiy xususiyati faqat yangi materialni

o’qitilishi bilan bog’liq bo’lib, o’qituvchi va o’quvchilar uchun belgilangan talablarni qo’yadi.

Ular: - darsning amaliy ahamiyatga molik hayotiy-zaruriy harakat malakalari bilan

boyligi; - oldingi darsda xosil bo’lgan harakat zaxiralaridan foydalanishi; - materialning

o’zlashtirishdagi motivlar; - o’qituvchini o’quvchilarda yangi harakat faoliyati (harakat akti)ni

o’zlashtirish uchun qiziqishlarini yuzaga keltira olishi; - darsda o’quvchilarning faolligini oshira

olish qobiliyati va boshqa talablar tarzida namoyon bo’ladi (11-chizmaga qaralsin). v) aralash

darslar, pedagogik vazifasiga ko’ra jismoniy madaniyat darsining qayd qilingan xilidan boshqa

xillariga nisbatan o’qituvchilar ko’proq foydalanadilar. Bunday darslar o’z mazmuniga ko’ra

ta’lim jarayonini tanishtirish, o’zlashtirish, mustahkamlash va takomillashtirish etaplarining

tuzilishi va mazmunini o’zida mujassamlashtiradi va xar bir dars (yoki mashg’ulot)da ham yangi

o’zlashtirilmagan yoki oldin o’zlashtirilgan, mustaxkamlangan, takomillashtirilgan o’quv


background image

1268

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

materialni o’qitishni nazarda tutadi. Amaliyotda didaktik vazifasiga ko’ra aralash darslarni

(oldingi mavzudagi «aralash dars»ni) «tashkillash xarakteriga ko’ra aralash darslar» bilan

almashtirib qo’yish xolatiga duch kelmoqdamiz. Darsning didaktik vazifasiga ko’ra

klassifikatsiyalashdagi aralash darslar mavzularni, ularning o’qitish etaplari (tanishtirish,

o’zlashtirish va x.k.lar)ni aralashtirib o’qitishni nazarda tutadi.

Shunga ko’ra tashkillash xarakteriga ko’ra klassifikatsiyalanadigan darslar alohida dars

xili ekanligini farqlashimiz lozim. 48 Yangi material bilan oldin o’rganilganlarni qo’shib

o’qitish, o’zlashtirish uchun ilk bor bajarish bilan takomillashtirish vazifalari qo’shib birga hal

qilinishi ham o’qitishda aralash dars deb qaralishi e’tibordan chetda qolmasligi lozim.

Boshqachasiga ayttanda didaktik vazifasiga ko’ra darsning turkumlanishida mavzular

bo’yicha, xususiy vazifalar aralashtirilib qo’yiladi. Faqat «o’zlashtirish» yoki faqat

«mustahkamlash» va boshqalardek bir xil vazifalar hal qilinmay «aralash vazifalar» hal qilinishi

jismoniy tarbiya darslarining bu turkumini asosiy mazmunini tashkil etadi. Darsning asosiy

qismiga mashqlarning qaysidir bir turidan yangi materialni kiritish va uni o’qitish uchun nisbatan

ko’proq vaqt ajratilishi darsning shu turkumida samaradorlikning oshishiga xizmat qiladi.

Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darsi mazmunining elementlarini o’zaro

munosabati o’rta maktab yoshdagilar, ayniqsa, katta maktab yoshidagilardagiga nisbatan

maromliroq - sokinroq kechadi desak to’g’riroq bo’ladi. Chunki «diqqatni yig’ish», «yuklamani

pasaytirish», «darsni yakuni va uyga vazifa berish» kichik maktab yoshidagilarda kattalarga

nisbatan ko’proq vaqtni oladi. Kuzatishlarning natijalari bu yoshdagilar safda, jixozlar bilan ijro

etiladigan mashqlarni bajarish uchun ko’p vaqt sarflashlarini (7-10 daqiqa) ko’rsatdi. Beshinchi

sinflarga borib dars elementlarining munosabati nisbatan tenglashadi, 7 va ayniqsa, 9-sinflarda

dars elementlari uchun ajratilgan vaqtning munosabati keskin farqlanadi. Ayrim elementlarga

juda qisqa vaqt ketsa, ayrimlariga esa nisbatan ko’p vaqt sarflanadi.

Darsning klassifikatsiyasiga qarab bir-biri bilan o’zaro bog’langan turli xildagi dars

elementlaridan foydalanish yangi materialni o’zlashtirish darslarning samaradorligiga ta’sirini

ko’rsatishi amaliyotchilar tomonidan isbotlangan. g) jismoniy madaniyat darslarining didaktik

vazifasiga ko’ra mustahkamlash va takomillashtirish darslari – kirish, yangimaterialni

o’zlashtirish darslaridan so’ng, o’qitilayotgan harakat faoliyati yoki harakat akti texnikasining

zvenosi o’zlashtirilgandan so’ng, bu harakatlarni bajarishda mukammallikka erishishni maqsad

qilib tashkillanadi.

Soddaroq qilib aytganda o’zlashtirilgan harakat faoliyatini erkin, ravon, yanada chiroyli

qilib bajarishni maqsad qilib qo’yadi.


background image

1269

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

REFERENCES

1.

Ашмарин Б.А. Теория и методика физического воспитания. – М., 1990.-234 с.

2.

Аулик И.В. Как определит тренированного спортсмена. – М .: ФиС., 1977.

3.

Вайсеховский С.М. Книга тренера. – М.: ФиС., 1971. - 312 с.

4.

Годик Н.А. Контрол тренировочных и соревнователных нагрузок. – М.: ФиС., 1980.

– 136 с.

5.

Гужаловский А.А. Основы теории и методики физической културы. – М .: ФиС.,

1986.

6.

J.Turdımuratov. Dene mádeniyati teoriyasы hám metodikasы. Tashkent 2022.

7.

Евсеев Ю.И. Физическая култура. – Ростов-на-Дону: Феникс, 2002. – с. 381.

8.

Затсиорский М.Я. Физические качества спортсмена. – М., 1980. – 200 с.

9.

Коршунов А.М. Секреты долгой молодости профессора Никитина. – М.: Советский

спорт, 1990.

10.

Ленчеков И.С. Физкултурно-оздоровителная и спортивно-массовая работа в

образователных учреждениях. – Уст-Каменогорск: ВКГУ, 2003.

11.

R.Dadaboyev - NamDU Jismoniy madaniyat kafedrasi katta o’qituvchisi, (PhD)

JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI” fanidan O’ Q U V – U

S L U B I Y M A J M U ASI

References

Ашмарин Б.А. Теория и методика физического воспитания. – М., 1990.-234 с.

Аулик И.В. Как определит тренированного спортсмена. – М .: ФиС., 1977.

Вайсеховский С.М. Книга тренера. – М.: ФиС., 1971. - 312 с.

Годик Н.А. Контрол тренировочных и соревнователных нагрузок. – М.: ФиС., 1980. – 136 с.

Гужаловский А.А. Основы теории и методики физической културы. – М .: ФиС., 1986.

J.Turdımuratov. Dene mádeniyati teoriyasы hám metodikasы. Tashkent 2022.

Евсеев Ю.И. Физическая култура. – Ростов-на-Дону: Феникс, 2002. – с. 381.

Затсиорский М.Я. Физические качества спортсмена. – М., 1980. – 200 с.

Коршунов А.М. Секреты долгой молодости профессора Никитина. – М.: Советский спорт, 1990.

Ленчеков И.С. Физкултурно-оздоровителная и спортивно-массовая работа в образователных учреждениях. – Уст-Каменогорск: ВКГУ, 2003.

R.Dadaboyev - NamDU Jismoniy madaniyat kafedrasi katta o’qituvchisi, (PhD) JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI” fanidan O’ Q U V – U S L U B I Y M A J M U ASI