Authors

  • Asadbek Raxmonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73563

Keywords:

manfaatlar toʻqnashuvi

Abstract

Hozirda kundalik hayotimizda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida koʻp eshitamiz va baʼzida bunday holatlarga duch ham kelganmiz. Bu jamiyat va davlatga katta zarar keltiradigan illatlardan biri hisoblanib, u bor joyda mavjud sohalar rivojlanishi oʻrniga, orqaga ketadi, adolatsizlik, korrupsiyaviy holatlar koʻpayadi, fuqarolarning davlat organlari va hokimyat organlariga boʻlgan oʻzaro ishonchi soʻnadi, mutaxassis xodimlar salohiyati roʻyobga chiqmaydi. Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar davlat xizmatchilari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlashib jamiyat va davlat rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu borada davlat organi va tashkiloti xodimlarining manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar haqida xabar berish amaliyoti qilinmaganligi, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, ularni aniqlash va tartibga solish boʻyicha samarali huquqiy mexanizm yaratilmagani bu borada qonunchilikni takomillashtirishni taqozo etdi . Shu sababli, muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yilning 5-iyun kuni “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning imzolanishi manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish, xususan, uni oldini olish va tartibga solishning aniq tartibi belgilab berdi.

background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

323

MANFAATLAR TOʻQNASHUVI TOʻGʻRISIDAGI QONUNNING MAZMUN-

MOHIYATI HAMDA UNING JAMIYAT VA DAVLAT BOSHQARUVIDAGI OʻRNI VA

AHAMIYATI

Raxmonov Asadbek Abdulaxat o‘g‘li

Bektemir tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15093648

Hozirda kundalik hayotimizda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida koʻp eshitamiz va

baʼzida bunday holatlarga duch ham kelganmiz. Bu jamiyat va davlatga katta zarar keltiradigan

illatlardan biri hisoblanib, u bor joyda mavjud sohalar rivojlanishi oʻrniga, orqaga ketadi,

adolatsizlik, korrupsiyaviy holatlar koʻpayadi, fuqarolarning davlat organlari va hokimyat

organlariga boʻlgan oʻzaro ishonchi soʻnadi, mutaxassis xodimlar salohiyati roʻyobga chiqmaydi.

Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar davlat xizmatchilari, nodavlat tashkilotlar va

fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlashib jamiyat va davlat rivojlanishiga salbiy ta’sir

etishi mumkin. Bu borada davlat organi va tashkiloti xodimlarining manfaatlariga zid keladigan

yoki zid kelishi mumkin boʻlgan manfaatlar haqida xabar berish amaliyoti qilinmaganligi,

manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, ularni aniqlash va tartibga solish boʻyicha samarali

huquqiy mexanizm yaratilmagani bu borada qonunchilikni takomillashtirishni taqozo etdi

1

. Shu

sababli, muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yilning 5-iyun kuni

“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning imzolanishi manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha

kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish, xususan, uni oldini olish va tartibga solishning aniq

tartibi belgilab berdi.

Ushbu qonun bilan qanday munosabatlar manfaatlar toʻqnashuvi deb topilishi va mazkur

qonun aynan qaysi subyektlarga va qanday munosabatlarga nisbatan tatbiq etilishi aniq belgilab

qoʻyilgan boʻlib, unga koʻra:

manfaatlar toʻqnashuvi

-

shaxsning shaxsiy

(bevosita yoki bilvosita)

manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir

koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan

fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari

oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan

(mavjud manfaatlar toʻqnashuvi)

yoki yuzaga

kelishi mumkin boʻlgan

(ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi)

vaziyat

2

hisoblanadi. Mazkur Qonun

davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar

korxonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida

(ustav kapitalida)

1

https://parliament.gov.uz/articles/2084

2

https://lex.uz/uz/docs/-6952742


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

324

davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq

etiladi. Qonunning amal qilishi quyidagi:

oʻz ustav fondida

(ustav kapitalida)

davlat organlarining yoki boshqa

tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan;

oʻz ustav fondida

(ustav kapitalida)

davlat organlarining yoki boshqa

tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan

faqat ularning davlat xaridlari sohasidagi munosabatlariga tatbiq etiladi

3

.

Taʼkidlash joizki, mazkur Qonun bilan manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish

boʻyicha cheklovlar ham belgilab qoʻyildi.

Xususan, qonunda:

xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish orqali shaxsiy naf olishga;

manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi axborotni oshkor etish chogʻida maʼlumotlarni

yashirishga yoxud bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot taqdim etishga;

biri boshqasiga boʻysunuvchi yoki biri boshqasining nazoratidagi tashkilotlarda

oʻrindoshlik boʻyicha ishlashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

tijorat tashkilotlarining taʼsischisi

(aksiyadori, ishtirokchisi)

boʻlishga, bundan

aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada boʻlgan aksiyalarining oʻn foizigacha egalik qilish

hollari mustasno;

oʻzi mehnat

(xizmat)

faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa

tashkilotning nazoratida boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektining aksiyalariga yoki ustav

fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilishga, shuningdek ushbu tadbirkorlik faoliyati

subyektlarining boshqaruv organi aʼzosi boʻlishga, bundan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida

hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan yoki bu faoliyat

qonunchilikka muvofiq lavozim majburiyatlari hisoblanadigan hollar mustasno. Bunda davlat

organi yoki boshqa tashkilot nazoratida boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining aksiyalariga

yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilgan yoxud mazkur tadbirkorlik

faoliyati subyektlarining boshqaruv organlari aʼzosi boʻlgan shaxs mazkur davlat organida yoki

boshqa tashkilotda xodim lavozimini egallagan hollarda, u qonunchilikda belgilangan tartibda

ushbu aksiyalarni yoki ulushlarni bir oy ichida realizatsiya qilishi, boshqaruv organlarining

aʼzoligidan chiqishi kerak;

oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlarida yoki

boshqa tashkilotlarda oʻziga taalluqli boʻlgan ishlarni koʻrib chiqishda yoki oʻziga aloqador

3

https://lex.uz/uz/docs/-6952742


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

325

shaxslarga taalluqli boʻlgan ishlarni koʻrib chiqishda vakil sifatida ishtirok etishga, agar u

qonunchilikka muvofiq qonuniy vakil boʻlmasa;

oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilotning mol-mulkini

sotib olishda yoki ijaraga olishda oʻzi ishtirok etishga haqli emas

4

.

Bizga maʼlumki, mazkur qonun qabul qilinishidan oldin manfaatlar toʻqnashuvining oldini

olish va tartibga solish boʻyicha yagona amaliyotni shakllantiruvchi vakolatli organ hamda davlat

organlari, muassasalarida va boshqa tashkilotlarda ularni amalga oshirish va nazorat qilishning

aniq mexanizmlari belgilanmagan edi. Qabul qilingan

“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”

gi

Qonunga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish

bilan bogʻliq munosabatlarda maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi hamda unga

manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelganda maʼmuriy bayonnomalarni tuzish vakolati ham berildi.

Agentlik bu borada davlat tashkilotlari oʻz tizimidagi manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini vaqtida

aniqlash va ularni tartibga solish toʻgʻrisida zarur chora-tadbirlarni koʻrishda masʼul etib

belgilandi va shu bilan yuqorida aytib oʻtilgan masalalar oʻz yechimini topdi.

Mazkur Qonunning eng asosiy jihati shundaki, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi

axborotni oshkor etish ikki xil usulda, yaʼni, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi

tomonidan mavjud manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar

toʻqnashuvi toʻgʻrisida deklaratsiya berish mexanizmlari mustahkamlab qoʻyildi.

Qonunda eʼtibor qaratiladigan masalalardan biri shuki, agarda davlat xizmatchisi

tomonidan oʻzi nazorat qiladigan obyektlarda uning yaqin qarindosh(lar)i ishlaydigan boʻlsa,

mazkur holatning oldini olish uchun xodim bu haqida manfaatlar toʻqnashuvi deklaratsiyasida

koʻrsatishi hamda yaqin qarindosh(lar)iga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha nazoratni amalga

oshirmaslik choralarini koʻrishi kerak. Shu oʻrinda, davlat organining yoki boshqa tashkilotning

xodimiga aloqador shaxslar deb kimlar eʼtirof etilishi mazkur Qonunda keltirirb oʻtilgan boʻlib,

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari;

davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari

qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa,

oʻsha yuridik shaxs;

davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi

yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs

5

lar shular

jumlasiga kiradi.

4

https://lex.uz/uz/docs/-6952742

5

https://lex.uz/uz/docs/-6952742


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

326

Shuningdek, Qonunda manfaatlar toʻqnashuvi hollarini tartibga solish uchun ularning

oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻriladigan choralar belgilab qoʻyildi. Ular:

oʻziga nisbatan manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan rahbarning bevosita boʻysunuvidagi

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimini manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelmaydigan boshqa

rahbarning boʻysunuviga oʻtkazish;

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimini manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi

mumkin boʻlgan kollegial organ tarkibidan ixtiyoriy ravishda oʻzini oʻzi rad etishi orqali yoki

majburan chetlashtirish;

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining lavozim majburiyatlari yoki xizmat

vakolatlari doirasini qayta koʻrib chiqish;

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining davlat organining yoki boshqa

tashkilotning manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan axborotidan va hujjatlaridan

foydalanishiga cheklovlar belgilash;

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yakka tartibda qarorlar qabul qilishga doir

vakolatlarini qonunchilikka muvofiq amalga oshirishi ustidan kollegial nazoratni taʼminlash;

davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga oʻzidagi shaxsiy manfaatdorlikni

qonunchilikka muvofiq bartaraf etishi toʻgʻrisida takliflar taqdim etish;

xodim tomonidan oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organining

yoki boshqa tashkilotning manfaatlariga zid boʻlgan shaxsiy manfaatdorligidan voz kechishi;

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining shaxsiy manfaatdorligini bartaraf etish

choralarini koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, xodimning roziligi asosida uni avvalgi

lavozimiga teng boshqa lavozimga oʻtkazish yoki mehnat shartnomasini (kontraktni) umumiy

asoslarda bekor qilish

6

dan iboratdir.

Bundan tashqari Qonunga asosan, manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish va aniqlashda

ishtirok etadigan xodimlarga ishonib topshirilgan yoxud ularga kasbiy, xizmat yoki mehnat

majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan maʼlum boʻlib qolgan shaxslarning shaxsga doir

maʼlumotlarini oshkor etishga yoʻl qoʻyilmasligi va davlat organi yoki boshqa tashkilot

xodimining faoliyatidagi manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish chogʻida shaxsga doir

maʼlumotlarni muhofaza qilish shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq

amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur qonundagi yana bir masala shuki, manfaatlar toʻqnashuvini sodir etganlik uchun

qoʻllaniladigan jazo chorasidir. Qonunga koʻra, manfaatlar toʻqnashuvini sodir etganlarga nisbatan

6

https://lex.uz/uz/docs/-6952742#-6953754


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

327

eng ogʻir jazo maʼmuriy javobgarlik etib belgilangan boʻlib, jinoiy javobgarlik koʻrsatilib

oʻtilmagan. Lekin bir qancha xorijiy davlatlarda manfaatlar toʻqnashuvini sodir etganlik uchun

jinoiy javobgarlik belgilangan. Fikrimizcha, davlat boshqaruvida manfaatlar toʻqnashuviga

nisbatan javobgarlikni kuchaytirish emas, odob-axloq meyorlari oʻrgatish va ularga amal qilishini

taminlay olishimiz kerak. Finlandiya tajribasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga eng avvalo

jamiyatning oʻzi jazo beradi. Bunday shaxslar uchun huquqbuzarlikni sodir etganlik juda ham

uyatli holat boʻlib, oilasi, qarindosh-urugʻlari, doʻstlari, mahallasi, xalqi oldida izza boʻlgan va

yoshlikdan huquqbuzarlik sodir etmaslik oʻrgatilgan .

Xulosa oʻrnida aytishimiz mumkinki

, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunning

mohiyatini anglab yetish nafaqat huquqiy madaniyatni, balki davlat boshqaruvini tizimlashtirish,

davlat boshqaruvini zamonaviy tamoyillar asosida qayta qurish uchun strategik asos yaratadi. Shu

sababli, ushbu masala nafaqat huquqshunoslar, balki jamiyatning barcha qatlamlari uchun dolzarb

bo‘lib qolmoqda oʻz vaqtida manfaatlar toʻqnashuviga qarshi keskin kurashilsa, unga chek

qoʻyilsa, korrupsiya barham topadi, jamiyat va davlat hayotida oʻzgarish hamda rivojlanish

boʻladi. Shu sababli ham mazkur

“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”

gi Qonunning qabul

qilinishi davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish,

ularni aniqlash va tartibga solishning mukammal va samarali mexanizmlarini joriy qilish, uning

huquqiy oqibatlarini aniq belgilash hamda mamlakatimizning korrupsiyaga oid xalqaro

reytingdagi koʻrsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, u jamiyat va davlat

boshqaruvida adolatlilik, qonuniylik, tenglik va albatta shaffoflikni taʼminlashga, fuqarolarning

davlat organlari va mansabdor shaxslariga boʻlgan ishonchini yuksaltirishga beqiyos hissa

qoʻshadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasining Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonuni, 05.06.2024

yildagi O‘RQ-931-son;

2.

https://lex.uz/uz/docs/-6952742#-6953754

3.

https://parliament.gov.uz/articles/2084

;

4.

https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/16829/11660

.

References

O‘zbekiston Respublikasining Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonuni, 05.06.2024 yildagi O‘RQ-931-son;