Authors

  • Maloxatxon Raximova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73566

Keywords:

Metafora o`xshatish termin nominasiya lisoniy nutqiy emotsional-ekspressiv poeziya.

Abstract

Metafora, metaforizasiya jarayoni, inson tafakkurining metaforologik qobiliyati haqida bugungacha koʻp va xoʻp aytildi. Antik davrlardan nutqning ta'sirli-tasviriy vositasi va jozibasi deb qaralib kelingan mazkur hodisa haqida bildirilgan jami fikrlarning orasida esa yaqin yillardan buyon metaforaga bilish jarayonining oʻziga xos aspekti, usuli, fikrlash mexanizmi, inson ongining tuyulganidan-da zalvorliroq, ahamiyatliroq fenomeni ekani toʻgʻrisidagi xulosalar oʻzining tasdigʻini topgan ilmiy haqiqatlardir. [1:13]

background image

1287

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

TERMINLARNING METAFORIK QO’LLANISHI

Raximova Maloxatxon Odiljon qizi

Qarshi xalqaro universiteti assisent o`qituvchisi.

malohatrahimova996@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15081683

Annotatsiya.

Metafora, metaforizasiya jarayoni, inson tafakkurining metaforologik

qobiliyati haqida bugungacha koʻp va xoʻp aytildi. Antik davrlardan nutqning ta'sirli-tasviriy

vositasi va jozibasi deb qaralib kelingan mazkur hodisa haqida bildirilgan jami fikrlarning

orasida esa yaqin yillardan buyon metaforaga bilish jarayonining oʻziga xos aspekti, usuli,

fikrlash mexanizmi, inson ongining tuyulganidan-da zalvorliroq, ahamiyatliroq fenomeni ekani

toʻgʻrisidagi xulosalar oʻzining tasdigʻini topgan ilmiy haqiqatlardir.

1

[1:13]

Kalit so`zlar:

Metafora, o`xshatish, termin, nominasiya, lisoniy, nutqiy, emotsional-

ekspressiv, poeziya.

METAPHORICAL USE OF TERMS

Abstract.

Metaphor, the process of metaphorization, and the metaphorical ability of

human thinking have been said a lot to date. Among the many opinions expressed about this

phenomenon, which has been considered an effective and illustrative means and charm of speech

since ancient times, in recent years, the conclusions that metaphor is a specific aspect of the

cognitive process, a method, a mechanism of thinking, a phenomenon of the human mind that is

more subtle and significant than it seems, are scientific truths that have been confirmed. [1:13]

Keywords.

Metaphor, simile, term, nomination, linguistic, speech, emotional-expressive,

poetry.

МЕТАФОРИЧЕСКОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ТЕРМИНОВ

Аннотация.

Много

сказано

о

метафоре,

процессе

метафоризации,

метафорической способности человеческого мышления. Среди совокупности мнений,

высказанных по поводу этого явления, которое с древнейших времен считалось

действенным и описательным средством и прелестью речи, есть научные факты,

получившие подтверждение с последних лет, о том, что метафора представляет собой

уникальный аспект познавательного процесса, метод, механизм мышления, явление

человеческого разума, более сложное и важное, чем кажется. [1:13]

Ключевые слова.

Метафора, сравнение, термин, номинация, языковая, речевая,

эмоционально-выразительная, поэзия.

Oʻzbek tilshunosligida metafora tadqiqiga doir keng qamrovli izlanishlar olib borilgan.


background image

1288

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

M.M.Mirtojiev metaforalarni nutq hodisasiga va til hodisasiga oid turlarga ajratadi. Til

hodisasi boʻlgan metaforalar oddiy metafora, personifikasiya va sinesteziya kabi koʻrinishlarga

ega

2

[2:97] , deb hisoblaydi.

Professor N.M.Mahmudov “Sinestetik metaforalar tarkibidagi soʻzlar oʻzaro zid, bir-

biriga mutlaqo qarama-qarshi boʻlishi ham mumkin. Bunday gʻayriodatiy birikmalar

“oksyumaron birikmalar” ham deb yuritilishini aytib oʻtadi.

3

[3:80]

D.S.Xudayberganova metaforalarni matnda muhim kognitiv-semantik ahamiyat kasb

etish bilan birga, til egalarining milliy-madaniy tafakkuriga xos jihatlarni namoyon etuvchi

hodisa sifatida baholaydi va oʻxshatish hamda metaforalar asosiga qurilgan matnlarning

muayyan tilda qoliplashgan matn shakllarini aniqlash imkoniyatini berishini aytadi. Olima ularni

matnning presedent shakllari sifatida baholaydi

4

[4:18] hamda kognitiv metaforalarning soʻz,

soʻz birikmasi, gap va mikromatn shaklidagi metaforalarga[5;36] ajratilishini qayd etadi.

Oʻzbek tilida poetik nutq leksikasini tadqiq etgan B.Umurqulov metaforalar borasida

alohida toʻxtaladi hamda tilshunoslar: M.Mirzaev, S.Usmonov, I.Rasulov, R.Qoʻngʻurov,

A.N.Kojin, K.A.Dolininning izohlariga

5

[5:59-66] qoʻshimcha tarzda, hozirgi oʻzbek

poeziyasida uchraydigan poetik metaforalarni ikkiga boʻlib koʻrsatadi va ushbu guruhlarni

1)umumpoetik metaforalar; 2)individual metaforalar deb nomlaydi. Oʻzbek tilida metaforik

koʻchimlarni komponent tahlil usulida tekshirgan G.K.Qobuljonova metaforani oʻrganishning

falsafiy asoslarini quyidagicha belgilaydi:

1.Ob'ektivlik (har bir narsa uni oʻrgana boshlagunimizga qadar ham, keyin ham oʻz

holicha mavjud).

2.Substansiallik (har qanday oʻrganish ob'ekti, jumladan til birligi oʻz sifatlarining jam-ul

jami boʻlmish borliq - materiya).

3.Ziddiyatli hodisalar orasida oraliq holatlarning mavjud boʻla olish imkonini hisobga

olish

6

[6] deya baholaydi. N.Mahmudov metafora termin yasalishining eng qadimiy turlaridan

biri ekanligini e'tirof etgani holda, “metafora tufayli soʻzda yuzaga keladigan ikkilamchi

nominasiya imkoniyati, ya'ni soʻz shaklan oʻzgarmasdan qolgan holda unga boshqa tushunchani

ifodalash vazifasini yuklash imkoniyati tilda son-sanoqsiz yangi soʻzlar paydo boʻlishining

oldini olishini va inson xotirasini mazkur ogʻir yukdan qutqarishini alohida ta'kidlaydi.

U terminlarning kommunikasiya jarayonlarini yanada qulaylashtirishdagi benihoya

muhim ahamiyati haqida toʻxtalib, ilmiy nutqda maxsus birliklarning terminologik ma'nosi






background image

1289

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

“ishlasa-da”, uning dastlabki, asl ma'nosi termin ostidagi tushunchaga u yoki bu darajada ishora

qilib turishini aytib oʻtadi.”

7

[7:6-7]

Umuman olganda, “lisoniy va nutqiy koʻrinishda boʻlishidan qat'iy nazar metaforaning

asosini, mohiyatini nomlash tashkil qiladi.”

8

[8:178-179] Metafora asosida nom koʻchishi

predmet, belgi, harakat, holatlarning keng ma'nodagi oʻxshashligiga asoslanadi. Asos konkret,

abstrakt boʻlishi mumkin. Metafora tuzilishiga koʻra sodda va kengaygan, badiiy hamda

lingvistik metaforalarga ajratiladi.

9

[9:236-237]

Metaforik ma'no tilning ifoda imkoniyatini kengaytiradigan muhim vosita sanaladi. Bu

holat terminlarning ifoda imkoniyatlarida ham namoyon boʻladi. Ya'ni terminlar ham oʻz

navbatida koʻchma ma'no kasb etib, emosional-ekspressiv uslubiy ma'no ifodalash xususiyatiga

ega boʻladi. Ilmiy adabiyotlarda terminlarning qoʻllanilish doirasi chegaralangan maxsus

leksikaga mansubligi ta'kidlanadi.

10

[10:17] Tilshunoslikda terminning oʻziga xos muhim jihatlari

sifatida ma'lum uslubga xos ekanligi(ilmiy), maxsus sohaga oidligi, ilmiy atama boʻlib, odatda,

bir tushuncha (monosemantik)ni ifodalashi aytib oʻtiladi. Qoʻllanish doirasiga koʻra terminlarni

ikkiga ajratish mumkin:

1. Umumxalq tilida qoʻllanilib barcha til egalariga birdek tushiniladigan terminlar;

2. Muayyan sohadagina qoʻllanadigan va tushiniladigan terminlar.

Masalan, qoʻrgʻoshin, temir, mis, astma, diagnoz kabi atamalar umumxalq tilida keng

qoʻllanadi va hamma tushinadi. Aksincha, limfoblastoma, ektomiya, tetaniya kabi terminlar tor

doirada qoʻllanadi.

Badiiy matnda terminlar ham boshqa lugʻaviy birliklar kabi tilda kishilarning ehtiyoji

uchun xizmat qiladi va oʻzaro aloqa almashuvida narsa va hodisalarni ifodalashda keng

qoʻllanadi. Umumxalq tilida qoʻllangan terminlar koʻp qoʻllanilishi natijasida oʻz ma'no doirasini

kengaytirib, boshqa ma'nolarni ham ifodalash imkoniyatiga ega boʻladi.

Terminlar, odatda, oʻziga xos xususiyatlariga koʻra boshqa lugʻaviy birliklardan

farqlanadi. Ya'ni terminlar oddiy soʻzlardan farqli oʻlaroq birma'noliligi, ilm-fan, kasb-hunarga

oidligi, emosional-ekspressiv boʻyoq va stilistik belgi ifodalamasligi kabi bir qancha jihatlari

bilan ajralib turadi. Lekin terminlar badiiy matnda qoʻllanganda boshqa lugʻaviy birliklar singari

ekspressivlik kasb etib turli uslubiy ma'nolarni ifodalashi mumkin. Bunda terminlar oʻz

qobigʻidan chiqib umumxalq tushinadigan oddiy soʻzga aylanadi.

Natijada, barcha nutq uslublarida qoʻllanish imkoniyatiga ega boʻladi. Badiiy matnda

terminlarni metaforik vosita sifatida qoʻllanilishi ham oʻziga xos muhim jihatlardan biri





background image

1290

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

sanaladi. Bu esa terminlarning mohiyat-mazmunini, funksional uslubiy xususiyatlarini

belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Masalan, quyidagi matn parchasida koʻchma ma'noda qoʻlllangan terminlarga e'tibor

qaratsak:

Jahon gulshani vafo guli ziynatidan boʻshab qolgan, bashariyat guli vafoning muattar

hidlaridan ayrilgan. Dunyoning qorongʻi tuproqxonasini vafo sham'i yoritmayapti va zamon

bevafolar koʻngli bilan ulfatlashmayapti. Vafoning nargis guli davr chamaniga koʻz solmaydi va

kishilarning koʻngil gʻunchasida koʻrolmaslik va hasaddan oʻzga narsa topilmaydi. (T. Malik,

”Husnu xulq”)

Keltirilgan misolda jahon gulshani, vafo guli, vafoning muattar hidlari, koʻngil gʻunchasi,

vafo sham'i, vafoning nargis guli, davr chamani kabi metaforik birikmalar qoʻllangan. Mazkur

birikma orqali muallif inson tabiatiga xos fazilatlarni shu qadar latif chizgilarda tasvirlaganki,

bunga matnda qoʻllangan uyadosh (gulshan, gul, gʻuncha, chaman, hid, nargis guli) soʻzlarning

ipga tizilgandek, bir-birini mazmunan toʻldirib kelishi orqali betakror metaforik mazmun hosil

qilingan deyish mumkin. Bunday original badiiy ifoda T.Malikkagina xos.

Matnda qoʻllangan sham', gul, gʻuncha kabi atamalar allaqachon milliy tafakkurga

singib, ramziy ma'no ifodalovchi badiiy tasvir vositasi sifatida qabul qilinadigan boʻlib qolgan.

Qoʻrquvning koʻzi katta,

Yuragi kichik boʻlur,

Qoʻrquv zoʻr kelgan yurtda

Arslonlar kuchuk boʻlur.(E.Voh. )

Keltirilgan misrada anatomiyaga oid koʻz va yurak terminlari metaforik ma'no

ifodalagan. Bu ma'no mavhum ob'ektni, ya'ni qoʻrquvning koʻzi, yuragini atab kelgan.

Xalqimizda koʻz qoʻrqoq qoʻl botir degan bir maqol bor. Shoir balki shu maqolga

analogiya qilgani holda ushbu original metaforik ma'noni ifodalashga erishgan. Shuningdek,

ikkinchi baytda qoʻllangan arslon va kuchuk atamalari ham oʻz ma'nosida emas koʻchma

ma'noda qoʻllangan. Bu obrazli kinoyaviy koʻchim sanaladi. Ekspressivligi kuchli boʻlgan

poetik metafora.

Lekin u chalmay turib

Qulogʻini buradi.

Barmogʻi ham manov ip

Ustida yugurardi.(E.Voh..)

Ushbu misolda koʻpchilikka tanish boʻlgan quloq(anatom.a.) atamasi an'anaviy barcha

birdek tushunadigan noekspressiv metafora sifatida qoʻllangan.


background image

1291

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Jamiyatda insonlar oʻrtasida va oilaviy hayotda boʻladigan turli munosabatlar ham

metaforik holda ifodalanishi mumkin. Masalan, Tashib keltirilgan gap ona va qiz orasida qolsa

mayli edi. Bunday gap “ homilador” boʻladi va “ bolalab” tarqayveradi.

Koʻp oʻtmay qudaning qulogʻiga ham etib boradi. Qarabsizki, “uyiga gap tashib borga

kelin” boshi uzra qora blutlar toʻplanadi.” Yoʻl quvlagan – xazinaga yoʻliqur, gap quvlagan –

baloga yoʻliqur”, deb bejiz aytilmagan.(T.Malik)

Yuqorida keltirilgan misolda gap, homilador, bulut atamalari koʻchma ma'noda

qoʻllangan.

Yuqorida keltirilgan misralarda ham qonun, tuzuk, dastur atamalari olam, hayot

soʻzlariga nisbatan qoʻllanilib goʻzal tasvir vositasi vazifasini oʻtagan.

Hayot ummoni aro yurtim ulkan kemadir,

Bir ul kema ahlining joni ham, imoni ham.

Unga ayon dolgʻa ne,ofat, toʻfon nimadir

Olam eli biladi – yurtim tinchlik qoʻrgʻoni.(E.Voh.)

Keltirilgan misolda ham bir ma'noviy uyani hosil qiluvchi ummon, kema, dolgʻa(toʻlqin),

ofat, toʻfon kabi geografik atamalar(terminlar) koʻchma ma'no kasb etgan va badiiylikni, uslubiy

boʻyoqdorlikni yuzaga kelitirgan. Shuningdek, qoʻrgʻon (toponimik atama) termini ham tinchlik

soʻziga bogʻlanib oʻz ma'nosida emas, koʻchma ma'noda qoʻllangan.

Xulosa qilib aytganda, atamalar ham badiiy matnlarda qoʻllanilib, oʻziga xos obrazli

tasvir vositasi sifatida ta'sirchanlik, uslubiy boʻyoq, emosionallikni ifodalashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Mahmudov N., Xudoyberganova D. Oʻzbek tili oʻxshatishlarining izohli lugʻati. –

Toshkent: Ma'naviyat, 2013. – B.21, 35, 41, 73, 75.

2.

Maxmaraimova

Sh.

Olam

lisoniy

tasvirida

teometaforaning

kognitiv

aspekti.Filol.fan.noz.diss. (PhD) T.,2018. B.-13

3.

Mirtojiev. M.M. Oʻzbek tili semasiologiyasi. - Toshkent: Mumtoz so’z, 2010 –B. 97.-B.13

4.

Mahmudov N. Oʻqituvchi nutq madaniyati. - Toshkent, 2009. 2-nashr, -B. 80.

5.

Xudayberganova D.S. Oʻzbek tilidagi badiiy matnlarning antroposentrik talqini. Doktorlik

dissertasiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2015. –B.18.

6.

Xudoyberganova D. Matnning mazmuniy tarkibida metaforalar // Oʻzbek tili va adabiyoti.

2012, 1-son. 36-b.

7.

Umurqulov B. Poetik nutq leksikasi. - Toshkent: Fan, 1990. – B. 59-66.

8.

Qobuljonova G. Metaforaning sistemaviy lingvistik talqini. Filologiya fanlari nomzodi

ilmiy dar. olish uchun yozilgan dissertasiya avtoreferati. - Toshkent, 2000.


background image

1292

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

9.

Mahmudov N. Oʻsha maqola. – B. 6- 7.

10.

Xoʻjamqulov A. Oʻzbek tilida oʻxshatish va metafora // Ayub Gʻulomov va oʻzbek

tilshunosligi masalalari. Ilmiy maqolalar toʻplami. – Toshkent, 2012. – B.178-179.

References

Mahmudov N., Xudoyberganova D. Oʻzbek tili oʻxshatishlarining izohli lugʻati. – Toshkent: Ma'naviyat, 2013. – B.21, 35, 41, 73, 75.

Maxmaraimova Sh. Olam lisoniy tasvirida teometaforaning kognitiv aspekti.Filol.fan.noz.diss. (PhD) T.,2018. B.-13

Mirtojiev. M.M. Oʻzbek tili semasiologiyasi. - Toshkent: Mumtoz so’z, 2010 –B. 97.-B.13

Mahmudov N. Oʻqituvchi nutq madaniyati. - Toshkent, 2009. 2-nashr, -B. 80.

Xudayberganova D.S. Oʻzbek tilidagi badiiy matnlarning antroposentrik talqini. Doktorlik dissertasiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2015. –B.18.

Xudoyberganova D. Matnning mazmuniy tarkibida metaforalar // Oʻzbek tili va adabiyoti. 2012, 1-son. 36-b.

Umurqulov B. Poetik nutq leksikasi. - Toshkent: Fan, 1990. – B. 59-66.

Qobuljonova G. Metaforaning sistemaviy lingvistik talqini. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy dar. olish uchun yozilgan dissertasiya avtoreferati. - Toshkent, 2000.

Mahmudov N. Oʻsha maqola. – B. 6- 7.

Xoʻjamqulov A. Oʻzbek tilida oʻxshatish va metafora // Ayub Gʻulomov va oʻzbek tilshunosligi masalalari. Ilmiy maqolalar toʻplami. – Toshkent, 2012. – B.178-179.