1293
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
O‘ZBEKISTON EKSPORTI TARKIBI VA UNI DIVERSIFIKATSIYALASH
MASALALARI
Ibadullayeva Hayotxon
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti 2-bosqich magistranti.
ibodullayevahayotxon@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15081696
Annontatsiya.
Ushbu maqolada respublikamizda eksport salohyatini oshirishning
ahamiyati, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar eksporti va uni diversifikatsiyalashning
ijobiy va salbiy xususiyatlari, eksport va uni diversifikatsiyalashda olib borilayotgan iqtisodiy
munosabatlar va eksport tarkibi kabi masalalari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Tashqi savdo, eksport, ijobiy va salbiy qoldiq, bojxona, eksport salohiyati,
reeksport, induktsiya va deduktsiya, xalqaro savdo, erkin iqtisodiy zonalar.
СОСТАВ ЭКСПОРТА УЗБЕКИСТАНА И ВОПРОСЫ ЕГО ДИВЕРСИФИКАЦИИ
Аннотация.
В данной статье освещена важность повышения экспортного
потенциала нашей республики, положительные и отрицательные особенности экспорта
товаров и услуг и его диверсификации в экономике страны, экономические связи и состав
экспорта в экспорте и его диверсификация.
Ключевые слова
: Внешняя торговля, экспорт, положительное и отрицательное
сальдо, таможня, экспортный потенциал, реэкспорт, индукция и вычет, международная
торговля, свободные экономические зоны.
THE COMPOSITION OF UZBEKISTAN'S EXPORTS AND ITS DIVERSIFICATION
ISSUES
Abstract.
This article highlights the importance of increasing export potential in our
republic, the positive and negative characteristics of the export of goods and services and its
diversification in the country's economy, the economic relations and export structure that are
being carried out in the process of export and its diversification.
Keywords:
Foreign trade, exports, positive and negative balance, customs, export
potential, re-export, induction and deduction, international trade, free economic zones.
KIRISH
O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishida eksport hajmi va tarkibi muhim o‘rin
tutadi. Mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirish, xalqaro bozorga raqobatbardosh mahsulotlarni
yetkazib berish va eksport geografiyasini kengaytirish milliy iqtisodiyotning ustuvor
yo‘nalishlaridan biridir. Shu sababli, eksport tarkibini diversifikatsiya qilish, an’anaviy
mahsulotlarga qo‘shimcha ravishda yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va xorijiy bozor
1294
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
talablariga mos mahsulotlarni eksport qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda
O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga
ko‘tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a'zo bo‘ldi. Respublikada bu borada so‘nggi yillarda
amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar
natijasida, 2024-yil yanvar-dekabr oylarida respublikaning eksport aylanmasi 26.95 mlrd. AQSH
dollariga yetdi va 2021-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 10.29 mlrd. AQSH dollariga
ya’ni 61.76 % ga oshdi. Shuningdek bu ko’rsatkich 2022 va 2023-yillarning yanvar-dekabr
oylariga nisbatan 7.22-2.08 mlrd AQSH dollariga yoki 36.59 va 8.36 % ga ko‘tarildi.
1
Ushbu
maqolada O‘zbekiston eksportining hozirgi holati, uning tarkibi va diversifikatsiyalash
masalalari tahlil qilinadi.
METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI
Ushbu maqolada O‘zbekiston eksportining hozirgi holatini tahlil qilish uchun iqtisodiy
statistik ma’lumotlar, xalqaro va milliy iqtisodiy hisobotlar hamda akademik tadqiqotlar asos
qilib olingan. Tadqiqot quyidagi usullar asosida olib borildi:
Statistik tahlil: Rasmiy davlat organlari va xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlariga
asoslangan holda eksport tarkibini o‘rganish.
Taqqoslash usuli: O‘zbekiston eksportini boshqa davlatlar bilan taqqoslash orqali ustunlik
va kamchiliklarni aniqlash.
Tahliliy yondashuv: Eksport tarkibini diversifikatsiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlarni baholash.
Prognozlash usuli: Kelajakda eksport tarkibidagi o‘zgarishlarni prognoz qilish.
Adabiyotlar tahlili
Eksport tarkibini diversifikatsiyalash (ya'ni, eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar
turini kengaytirish) mamlakat iqtisodiy barqarorligini oshirish va global bozorga moslashish
uchun muhim strategiyalardan biridir. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko‘ra, eksport
diversifikatsiyasining asosiy usullari quyidagilardan iborat:
1. Gorizontal diversifikatsiya
-
bu usul mavjud tarmoqlarda yangi mahsulot yoki
xizmatlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Masalan, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini eksport qiluvchi davlatlar faqat xomashyo sotish o‘rniga, uni qayta ishlash orqali
yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishi mumkin.
2. Vertikal diversifikatsiya
-
bu yondashuv ishlab chiqarish zanjirining turli bosqichlarini
rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Masalan, neft qazib oluvchi davlatlar xom neft sotish
o‘rniga uni qayta ishlash (benzin, polimerlar) orqali eksport tarkibini diversifikatsiya qilishi
mumkin.
1
https://stat.uz/uz
1295
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
3. Geografik diversifikatsiya
-
eksport bozorlarini kengaytirish ham muhim usullardan
biridir. Bunda mamlakat faqat bitta yoki ikkita asosiy bozordan bog‘liq bo‘lib qolmasdan, turli
mamlakatlarga eksport hajmini oshiradi.
4. Innovatsion va texnologik diversifikatsiya
-
iqtisodchilar eksport hajmini oshirish
uchun ilmiy-tadqiqot va texnologik innovatsiyalarni rivojlantirish zarurligini ta’kidlaydilar.
Yuqori
texnologiyali
mahsulotlar
eksporti
daromadni
oshirib,
mamlakatning
raqobatbardoshligini mustahkamlaydi.
5. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash
-
eksport tarkibini kengaytirish uchun
kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Chunki bu orqali korxonalar yangi
mahsulotlar ishlab chiqarib, xalqaro bozorlarga chiqishi imkoniyatlari oshadi.
6. Xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb qilish
-
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
orqali yangi sanoat tarmoqlari rivojlantiriladi va eksport tarkibi kengaytiriladi. Bundan tashqari,
erkin savdo bitimlari orqali yangi eksport yo‘nalishlari ochiladi.
7. Ekologik diversifikatsiya
-
yashil iqtisodiyot va ekologik toza mahsulotlar eksporti
tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Iqtisodchilar kelajakda ekologik toza mahsulotlar va yashil
texnologiyalar eksportiga e’tibor qaratishni tavsiya etadilar.
Shunday qilib, eksport diversifikatsiyasi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, yangi ish
o‘rinlari yaratish va xalqaro bozorlar bilan integratsiyani kuchaytirish uchun muhim strategiya
hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O‘zbekiston eksportining hozirgi holati.
O‘zbekiston eksporti asosan tabiiy resurslarga
va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tayangan holda shakllangan hisoblanib, eng yirik eksport
qilinadigan mahsulotlar quyidagilarni sanab o’tishimiz mumkin:
Oltin
Gaz va neft mahsulotlari
To‘qimachilik va paxta tolasi
Avtomobillar va transport vositalari
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (mevalar, sabzavotlar, g‘alla)
Mamlakat eksport tarkibi asosan xomashyo (paxta tolasi, oltin, tabiiy gaz) va ba’zi tayyor
mahsulotlar (toʻqimachilik, avtomobil sanoati, qishloq xoʻjalik mahsulotlari)dan iborat
bo’lishiga qaramasdan hozirgi kunda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va global bozorda
raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida eksport tarkibini diversifikatsiyalashning jahon tajribasi
asosida shakllangan yo’llari o’rganilmoqda va amaliyotga tadbiq etilmoqda.
1296
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
O‘zbekistonning eksport geografiyasi ham yildan-yilga kengayib, hozirda asosiy savdo
hamkorlari Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya hisoblanadi. Lekin eksport
tarkibini kengaytitish va diversifikatsiyalash uchun yangi bozorlarni o‘zlashtirish zarur.
Eksport tarkibini diversifikatsiyalash quyidagi sabablarga ko‘ra dolzarb hisoblanadi:
Tahlika va tavakkalchiliklarni kamaytirish:
Agar eksport faqat bir yoki bir nechta
bozor yoki mahsulotga bog‘liq bo‘lsa, bu bozorlarda yuzaga keladigan har qanday salbiy
o‘zgarishlar (masalan, talabning pasayishi, siyosiy beqarorlik) eksport daromadlariga katta zarar
yetkazishi mumkin. Diversifikatsiya orqali bu bog‘liqlik kamayadi. Turli xil bozorlar va
mahsulotlar orqali tashqi iqtisodiy shoklar (masalan, global resessiya, tovar narxlarining
o‘zgarishi) ta’sirini yumshatish mumkin. Bundan tashqari turli xil bozorlar va mahsulotlar orqali
risklarni tarqatish mumkin. Bu esa biror bir bozor yoki mahsulotdagi muammo boshqalariga
jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlaydi. Turli xil valyuta zonalarida faoliyat yuritish orqali
valyuta kurslarining o‘zgarishi riskini kamaytirish mumkin. Dunyo bozorlaridagi o‘zgarishlar
(masalan, yashil iqtisodiyot, texnologik innovatsiyalar) eksport tarkibini diversifikatsiyalash
orqali qo‘llab-quvvatlanishi mumkin.
Raqobatbardoshlikni oshirish:
Eksport tarkibini diversifikatsiyalashning asosiy
maqsadlaridan
biri
raqobatbardoshlikni
oshirish
dir.
Bu
jarayon
korxonalar
yoki
mamlakatlarga global bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlash, yangi imkoniyatlardan foydalanish
va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beradi. Yangi bozorlarni zabt etish orqali
korxona yoki mamlakatning global bozorlardagi ulushi oshadi. Bu esa raqobatbardoshlikni
oshirishga yordam beradi. Har xil bozorlarda turli xil talab va ehtiyojlar mavjud. Diversifikatsiya
orqali bu talabni qondirish va bozor ulushini oshirish mumkin. Diversifikatsiya orqali ishlab
chiqarish va tarqatish zanjirlarini optimallashtirish mumkin. Bu esa xarajatlarni kamaytirish va
narxlardagi raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatini beradi. Turli xil mahsulotlar va bozorlar
orqali keng miqyosli iqtisodiyotdan foydalanish mumkin, bu esa xarajatlarni kamaytiradi va
rentabellikni oshiradi.
Qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish:
Qayta ishlangan, qo’shilgan
qiymat yaratgan mahsulotlar eksport hajmini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikni
ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar odatda yuqori foyda marjasiga ega.
Masalan, xom paxta eksport qilish o‘rniga undan tayyor kiyim ishlab chiqarib eksport
qilish mamlakatga ko‘proq daromad keltiradi, chunki qo‘shilgan qiymat (dizayn, ishlab
chiqarish, brending) mahsulot narxini oshiradi. Yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab
chiqarish jarayoni ko‘proq malakali ishchi kuchi va sanoat infratuzilmasini talab qiladi. Bu esa
yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va aholining turmush darajasini yaxshilashga olib keladi.
1297
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bundan tashqari qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish innovatsiyalar va
texnologik taraqqiyotni talab qiladi. Bu esa uzoq muddat davomida mamlakatning ilmiy-texnik
salohiyatini oshiradi.
Yangi bozorlarni zabt etish:
Eksport tarkibini diversifikatsiyalashda yangi bozorlarni
zabt etish muhim strategik qadam bo‘lib, bu korxonalarga va mamlakatlarga iqtisodiy
barqarorlik, daromadni oshirish va risklarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Potentsial
bozorlarni baholash uchun bozor tadqiqotlari o‘tkazish zarur. Bunda bozor hajmi, talab darajasi,
raqobat sharoiti, mijozlar xususiyatlari va qonuniy talablar tahlil qilinadi. Yangi bozorlarni zabt
etish va eksport tarkibini diversifikatsiyalash uzoq muddatli strategiya bo‘lib, u chuqur
tadqiqotlar, moslashtirish va doimiy monitoringni talab qiladi. Bu jarayonda muvaffaqiyatga
erishish uchun korxonalar va davlatlar o‘rtasida yaqin hamkorlik, innovatsiyalar va bozor
sharoitlariga tezkor moslashuv muhim ahamiyatga ega.
Diversifikatsiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
O‘zbekiston
hukumati eksport tarkibini diversifikatsiyalash maqsadida quyidagi islohotlarni amalga
oshirmoqda:
Sanoatni rivojlantirish:
Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi xom ashyoni (masalan,
paxta, mineral xom ashyo, neft va gaz) qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar
(to‘qimachilik, kimyo, plastmassa, metall buyumlar) ishlab chiqarish imkoniyatini yaratish va
jahon tajribasi asosida bu jarayonlarni amalga tadbiq qilmoqda. Bu jarayon eksport
daromadlarini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi. Sanoat tarmoqlarida ilg‘or
texnologiyalarni joriy etish esa elektronika, farmatsevtika, avtomobilsozlik kabi yuqori
texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaratadi va bu mahsulotlarni global
bozorlarda yuqori narxlarda sotilishiga sabab bo’ladi. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi turli xil
mahsulotlar (masalan, to‘qimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo
mahsulotlari) ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Bu esa eksport tarkibini kengaytiradi va bir
nechta bozorlarga kirish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari sanoat tarmoqlarida zamonaviy
uskunalar va texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va mahsulot
sifatini yaxshilash mumkin. Bu esa eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish
jarayonlarini optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish va mahsulotlarning raqobatbardoshlikini
oshirish mumkin. Shu bilan birga sanoat tarmoqlarining rivojlanishi mahalliy ishlab chiqarishni
oshirish orqali importga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytiradi. Bu esa valyuta resurslarini tejash va
ularni eksportni rivojlantirishga yo‘naltirish imkoniyatini yaratib beradi. Sanoat tarmoqlarida
startup va texnologik loyihalarni rag‘batlantirish orqali yangi eksport mahsulotlari va
xizmatlarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi va bu orqali "Made in Uzbekistan" brendining
obro‘sini oshirish mumkin.
1298
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish:
Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ)
– bu maxsus
iqtisodiy zonalar bo‘lib, ular davlat tomonidan investitsiyalarni jalb qilish, eksportni
rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida
yaratiladi. O‘zbekiston ham EIZlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish,
eksportni oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga intilmoqda. EIZlar xorijiy va mahalliy
investorlar uchun qulay sharoitlar yaratadi (masalan, soliq imtiyozlari, bojxona imtiyozlari,
infratuzilma va boshqalar). Bu esa investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiyotni rivojlantirishga
yordam beradi. EIZlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan eksport qilinadi, bu esa
mamlakatning eksport hajmini oshirishga yordam beradi. EIZlarda zamonaviy texnologiyalar va
ilg‘or usullardan foydalanish orqali mahsulotlarning sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni
kuchaytirish mumkin. Ularda yangi korxonalar va ishlab chiqarish obyektlari ochilishi natijasida
ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratiladi, bu esa bandlikni oshirish va aholining daromadlarini
yaxshilashga yordam beradi. EIZlarda faoliyat yurituvchi korxonalarga soliq imtiyozlari
(masalan, daromad solig‘i, qo‘shimcha qiymat solig‘i va boshqalardan ozod qilish) va bojxona
imtiyozlari (import va eksport bo‘yicha imtiyozlar) berilgan. Erkin iqtisodiy zonalarni
rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, eksportni oshirish,
investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlari yaratishning muhim vositasi hisoblanadi. EIZlar
orqali qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va
global bozorlarga kirish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bu esa mamlakatning uzoq muddatli
iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish:
Eksport qiluvchi korxonalarni
qo‘llab-quvvatlash va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirokini ta’minlash. Hozirgi kunda O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaqin Sharq va boshqa mintaqalar bilan savdo
aloqalarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Buning uchun ikki
tomonlama va ko‘p tomonlama savdo shartnomalari imzolanmoqda.
Transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish:
Xalqaro transport yo‘nalishlarini
kengaytirish va yuk tashish xarajatlarini kamaytirish.
Bundan tashqari hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi eksportini diversifikatsiyalash va
tadbirkorlik sub'ektlarining eksport faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida bir qator chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2022-yil 30-sentabrda qabul qilingan Prezident farmoniga muvofiq, eksport qiluvchi
korxonalarning soliq imtiyozlari kengaytirildi.
2
Xususan, eksport hajmidan qat'i nazar, foyda
solig'i va aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish
ko'rinishidagi imtiyozlar qo'llanilishi belgilandi.
2
https://president.uz/oz/lists/view/673
1299
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Shuningdek, qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug'larini eksport qilishga ruxsat
berildi. Bundan tashqari, "Yangi O'zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti" dasturi
doirasida eksportchi korxonalarni qo'llab-quvvatlash choralari ko'rildi.
3
2022-yil 21-dekabrda esa, eksportoldi va eksport bilan bog'liq savdo operatsiyalarini
moliyalashtirish uchun ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditlarni o'z
vaqtida so'ndirib kelayotgan tadbirkorlik sub'ektlariga qo'shimcha kreditlar ajratishga ruxsat
etildi. Shuningdek, 2024-yil 1-yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga
gazlama, trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini
kompensatsiya qilish uchun subsidiyalar taqdim etilishi belgilandi.
4
Ushbu chora-tadbirlar
O'zbekiston eksportini diversifikatsiyalash, yangi bozorlarga chiqish va tadbirkorlik
sub'ektlarining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o’rnidashuni aytish mumkinki, O‘zbekiston eksporti tarkibi va uni
diversifikatsiyalash masalalari mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va global
bozordagi raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston eksportida
an’anaviy ravishda xomashyo (paxta, oltin, gaz) va yarim tayyor mahsulotlar (tekstil, mineral
resurslar) katta ulushni egallaydi. So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (meva-sabzavot,
quritilgan mevalar) eksporti ham o‘sib bormoqda, ammo yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar
(texnologik jihatdan murakkab mahsulotlar, tayyor sanoat mahsulotlari) ulushi hali ham past
darajada qolmoqda. Ushbu sharoitdaa eksportning xomashyoga asoslangan tuzilishi mamlakat
iqtisodiyotini xalqaro bozordagi narxlar o‘zgarishiga va tashqi talabning pasayishiga zaiflik
qiladi. Shu sababli, eksport tarkibini diversifikatsiyalash orqali iqtisodiy xavf-xatarlarni
kamaytirish va daromad manbalarini ko‘paytirish dolzarb vazifaga aylanmoqda.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda eksport geografiyasi kengayib, 150 dan ortiq mamlakatga
mahsulot yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh
mahsulotlar yurti” dasturi doirasida eksportchi korxonalar soni 6,500 dan 15,000 gacha oshirish
rejalashtirilgan. Bu jarayonda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining roli muhim
bo‘lib, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.
Eksportda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushining pastligi, logistika
infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi, mahsulotlarning xalqaro standartlarga
to‘liq mos kelmasligi va marketing strategiyalarining zaifligi diversifikatsiya jarayonida asosiy
to‘siqlardir.
3
https://president.uz/oz/lists/view/5807
4
https://president.uz/oz/lists/view/5807
1300
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Sanoat sohasida modernizatsiya dasturlarini kengaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli
mahsulotlar
(masalan,
elektronika,
mashinasozlik
mahsulotlari)
ishlab
chiqarishga
investitsiyalarni jalb qilish zarur. Bu eksport tarkibida xomashyodan tayyor mahsulotlarga
o‘tishni ta’minlaydi. Meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
(konservalash, quritish, sharbat ishlab chiqarish) imkoniyatlarini kengaytirish orqali eksport
qiymatini oshirish mumkin. Bu mahsulotlarning saqlash muddatini uzaytiradi va yangi
bozorlarga kirishni osonlashtiradi. Shu bilan birga eksport jarayonlarini tezkorlashtirish uchun
transport-logistika tizimini takomillashtirish, xalqaro transport yo‘laklaridan samarali
foydalanish va eksport xarajatlarini kamaytirish choralari ko‘rilishi lozim. Bundan tashqari
mahsulotlarning sifatini oshirish va ularni xalqaro sertifikatlarga (ISO, GSP+) moslashtirish
uchun tadbirkorlarga davlat tomonidan texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatilishi kerak. Bu
Yevropa va boshqa rivojlangan bozorlarga kirishni osonlashtiradi.
1.
Eksport geografiyasini kengaytirish
: Yangi bozorlarni (Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin
Sharq, Afrika) o‘rganish va mahalliy mahsulotlarni ushbu hududlarda targ‘ib qilish uchun
marketing strategiyalarini ishlab chiqish lozim. Shu bilan birga, mavjud bozorlarda (Rossiya,
Xitoy, Yevropa Ittifoqi) raqobatbardoshlikni oshirishga e’tibor qaratilishi kerak.
2.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
: Eksportga yo‘naltirilgan kichik va o‘rta
korxonalarni subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va tashqi bozorlarga chiqishda maslahat xizmatlari
bilan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish zarur.
O‘zbekiston eksportini diversifikatsiyalash iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash,
xalqaro bozordagi o‘rnini mustahkamlash va aholining turmush darajasini yaxshilash uchun
strategik ahamiyatga ega. Yuqoridagi takliflar amalga oshirilsa, eksport tarkibida yuqori
qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi oshadi va mamlakat iqtisodiy mustaqilligi yanada
mustahkamlanadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son
Farmoni
2.
3.
Porter M. E. "The Competitive Advantage of Nations", Free Press, 1990.
4.
Hausmann R., Rodrik D. "Economic Development as Self-Discovery", Journal of
Development Economics, 2003.
5.
Todaro M., Smith S. "Economic Development", Pearson, 12th Edition, 2020.
6.
Balogʻlonov Z. "Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash asoslari", Toshkent, 2020.
1301
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
7.
Karimov A. "Xalqaro savdo va eksport boshqaruvi", Toshkent, 2019.
8.
Krugman P., Obstfeld M. "International Economics: Theory and Policy", Pearson, 2018.
9.
Mamatov B. Q. "Eksportni diversifikatsiyalash orqali makroiqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlash", Avtoreferat, 2024.
10.
Eshqulova N. N. "Oʻzbekiston eksporti diversifikatsiyasining yoʻnalishlari", Journal of
Universal Science Research, 2023.
11.
Toʻlqinbekova X. A., Ibragimov G. G. "Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va
mahsulotlar eksporti dasturini amalga oshirish", Modern Education and Development,
2025.
12.
Ashurov Sh. Q. "Oʻzbekistonning 2023-yil yanvar-noyabrdagi eksport faoliyati tahlili",
TADQIQOTLAR.UZ, 2024
