27-03-2025
1446-1452
174
68
JINOYAT ISHLARIDA ADVOKAT TOMONIDAN HUQUQIY YORDAM KO‘RSATILISHINING UMUMIY ASOSLARI: HUQUQIY TAHLIL, AMALIY VA XORIJIY TAJRIBA
Ushbu maqolada jinoyat ishlarida advokatlik huquqiy yordam ko‘rsatishning qonuniy asoslari, huquqshunos olimlarining ilmiy qarashlari, amaliy tajribalar, xorijiy davlatlarning ilg‘or yondashuvlari hamda O‘zbekistonda bu boradagi islohotlar keng tahlil etiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun normalari, tergov va sud bosqichlarida advokatning vakolatlari, odil sudlovga erishishdagi himoya huquqi, xorijiy tajribadan misollar keltiriladi. Maqolada advokatura institutining demokratik jamiyatdagi ahamiyati, kelgusida uni takomillashtirish istiqbollari va huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan takliflar taqdim etiladi.