Authors

  • Jamila Ermetova
  • Charosxon Matchanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73635

Keywords:

Maqollar iboralar koreys madaniyati o'zbek madaniyati milliy xususiyatlar oziq ovqat konseptini ifodalovchi iboralar.

Abstract

Ushbu maqola koreys va o'zbek tillaridagi oziq-ovqatga oid maqollar va iboralarni tahlil qiladi. Taqqoslash tahliliga asoslanib, maqola oziq-ovqatga oid ifodalar orqali bir xalqning milliy va madaniy xususiyatlarini qanday aks ettirishini muhokama qiladi. Koreys va o'zbek tillaridagi oziq-ovqat mahsulotlariga oid maqollar va iboralar batafsil tahlil qilinib, boshqa tildagi mos ifodalar bilan solishtirilgan. Ushbu tadqiqot asosida biz oziq-ovqatga oid maqollarni ham o'rganish zaruratini ta'kidlaymiz, chunki u har ikki tilda madaniy ta'sirlarni aks ettiradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

753

KOREYS VA O'ZBEK TILLARDA OZIQ-OVQATGA OID MAQOLLAR VA

IBORALAR ORQALI MILLIY VA MADANIY XUSUSIYATLARINI IFODALASH

Ermetova Jamila Ismailovna

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. UrDU “Koreyashunoslik va til ta’limi” loyihasi rahbari.

jamilaismailovnae@gmail.com

Matchanova Charosxon Shakirjon qizi

Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishi bakalavriat talabasi

charosmatchanova02@gmail.com

Abu Rayhin Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15091071

Annotatsiya.

Ushbu maqola koreys va o'zbek tillaridagi oziq-ovqatga oid maqollar va

iboralarni tahlil qiladi. Taqqoslash tahliliga asoslanib, maqola oziq-ovqatga oid ifodalar orqali

bir xalqning milliy va madaniy xususiyatlarini qanday aks ettirishini muhokama qiladi. Koreys va

o'zbek tillaridagi oziq-ovqat mahsulotlariga oid maqollar va iboralar batafsil tahlil qilinib,

boshqa tildagi mos ifodalar bilan solishtirilgan. Ushbu tadqiqot asosida biz oziq-ovqatga oid

maqollarni ham o'rganish zaruratini ta'kidlaymiz, chunki u har ikki tilda madaniy ta'sirlarni aks

ettiradi.

Kalit so’zlar:

Maqollar, iboralar, koreys madaniyati, o'zbek madaniyati, milliy

xususiyatlar, oziq ovqat konseptini ifodalovchi iboralar.

EXPRESSING NATIONAL AND CULTURAL CHARACTERISTICS THROUGH

PROVERBS AND PHRASES ABOUT FOOD IN KOREAN AND UZBEKISTAN

Abstract.

The present article conducts a comparative analysis of food-related proverbs and

idioms in the Korean and Uzbek languages. Utilising a comparative analysis, the article explores

the manner in which food-related expressions mirror the national and cultural characteristics of

a nation. The proverbial and idiomatic expressions pertaining to food products in both languages

are meticulously analysed and juxtaposed with analogous expressions in the other language. The

study's findings underscore the importance of exploring food-related proverbs, emphasizing their

role in reflecting cultural influences across both languages.

Keywords:

Proverbs, idioms, Korean culture, Uzbek culture, national characteristics,

phrases that express the concept of food.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

754

주석

:

논문은

한국어와

우즈베크어의

음식과

관련된

속담과

관용구를

분석합니다

.

비교

분석을

바탕으로

,

논문은

음식과

관련된

표현을

통해

민족의

국가적

문화적

특성이

어떻게

반영되는지에

대해

논의합니다

.

한국어와

우즈베크어의

음식

제품에

관한

속담과

관용구를

상세히

분석하고

,

다른

언어에서의

해당

표현들과

비교합니다

.

연구를

통해

우리는

음식과

관련된

속담을

연구할

필요성을

강조하며

,

이는

언어에서

문화적

영향을

반영하기

때문입니다

.

키워드

:

속담

,

관용구

,

한국

문화

,

우즈베크

문화

,

국가적

특성

,

음식

개념을

표현하는

표현

.

KIRISH.

Maqollarning yaratuvchisi milliy madaniyati shakllangan, madaniyatga ega bo‘lgan xalq

hisoblanadi. Maqollar kishilarning hayot tajribasidan kelib chiqib aytgan gapi bo‘lsada, u

yillar davomida shakllanib, ma’lum bir o‘zgarmas qolipga solingan madaniyatning bir

ko‘rinishi hisoblanadi. Maqollarning mazmuniy tomoni haqiqatan ham cheksiz. Maqollar inson

faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi, jamiyatning turmushi, madaniyati, hayoti va tarixini

o‘zida aks ettiradi. Maqollar xalq donishmandligini ifodalar ekan o‘ziga xos, insondagi eng

axloqiy sifatlar ma’qullanadigan, ma’naviyat tasdiqlanib, har qanday nuqson, illat

qoralanadigan o‘ziga xos axloq kodeksi sifatida namoyon bo‘ladi.

1

Har bir xalqning donishmandligi va hayotiy tajribasi asrlar davomida shakllangan

maqollarda o‘z ifodasini topadi. Maqollar insoniyatning kundalik hayotini, urf-odatlarini,

qadriyatlarini aks ettiruvchi qisqa, lekin mazmun jihatdan boy iboralardir. Xususan, oziq-ovqat

bilan bog‘liq maqollar va iboralar xalqning dunyoqarashi, qiziqarli mavzu bo’lgan turmush tarzi

hamda madaniy merosini tushunishda muhim manba hisoblanadi. O’rganish davomida o‘zbek va

1

Баёнханова, И. Ф. (2022). Ҳикмат арбобларининг турли тилдаги мулоқот одобини ифодаловчи мақоллар

ҳақидаги фикрлари (ўзбек ва корейс тиллари мисолида). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural
and social sciences, 2(Special Issue 24), 555-565.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

755

koreys tillarida oziq-ovqatga oid maqollar nafaqat ovqatlanish odatlarini, balki mehnat, saxovat,

mehmondo‘stlik, qadr-qimmat kabi ijtimoiy qadriyatlarni ham aks ettirishini bilib olishimiz

mumkin. Masalan, o‘zbek tilida “Non bor joyda jon bor” degan maqol bo‘lsa, koreys tilida “

밥이

보약이다

” (Ovqatning o‘zi dori) degan ibora mavjud bo‘lib, har ikkisi ham ovqatning hayot uchun

muhimligini ta’kidlaydi.

Ushbu maqolada koreys va o‘zbek tillaridagi oziq-ovqatga oid maqollar va iboralar qiyosiy

tahlil qilinib, ularning xalq donoligini ifodalashdagi o‘rni o‘rganiladi. Bundan tashqari, ushbu

maqollar orqali ikkala xalqning umumiy va farqli madaniy xususiyatlari ham yoritib beriladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Koreys tilida maqol atamasi

조선이

va

동문

qoldiqlari hujjatlarda sulolasi o‘rtalarida

uchraydi. Maqol – har bir xalqning uzoq tarixi bilan birga og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan

ixcham, sodda va muloyim ifodalaydigan qimmatbaho lingvistik merosdir. Koreys xalq

maqollaring yaratilish tarixi bosqichmabosqich quyida keltirilgan: Koreys tilidagi birinchi

maqollar lug‘ati 1913 yilda

최원식

va

조선이

larning bu kitobi 900 dan ziyod maqollardan

iborat.

김상기

ning maqollar kitobida 1500 ga yaqin maqol mavjud bo’lib 1922 yilda nashr

etilgan.

진성기

ning maqollar to‘plami 400 dan ortiq maqollarni o‘z ichiga olib, 1959 yilda

nashr etilgan.

최창

ning 1993-yilda “Ayollar maqollari”, 1995-yilda “Hayvonlar maqollari lug'ati

nashr etilgan”

2

전윤진

Maqol birinchi bo

lib kim aytgani noma

lum bo

lgan so

z bo

lib, u keksa

odamlarning fikrlari va turmush tarzini o‘z ichiga oladi. Hikmatlar odatda uzoq vaqtdan beri

saqlanib kelingan ibora yoki mashhur odamlar tomonidan aytilgan so

zlardir

.

임무칠

Maqol va

matallar lingvistik folklor tarkibiga kiradi, ular ko‘pincha maqollarga qaraganda ko‘proq

umumiy va umuminsoniy mazmunni o‘z ichiga oladi. Boshqa tomondan, maqollar mahalliylik

va vaqt bilan cheklanganligi bilan ajralib turadi

.

남윤신

Maqol bu tabiat tomonidan odamlar

orasida keng tarqalgan donolikni, fikrlash tarzini va odamlar hayotining qadriyatlarini aks ettiradi

.

2

hhtps://naver.com


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

756

잔연

Maqollar va kasblar ikkalasi ham ibratli mazmunni o‘z ichiga oladi. Bu til folklorlaridan

biri, ammo maqol bilan taqqoslaganda, asar yanada umumiy va universaldir, boshqa tomondan

maqolda ko‘proq mahalliylik va vaqt cheklovlari mavjud”.

남윤신

Maqol xalqda tabiiy ravishda

shakllangan va keng tarqalgan xalq hayotning donoligi, fikrlash uslubi va qadriyatlari aks

ettirilgan”

3

Ushbu maqolada o‘zbek va koreys tillaridagi maqollar va iboralarni lingvokulturologik

tahlil qilish uchun turli manbalarga tayandik. Maqollar xalq og‘zaki ijodining qadimiy va muhim

qismlaridan biri bo‘lib, ularning tadqiqoti tilshunoslik, etnografiya va madaniyatshunoslik fanlari

kesishgan nuqtada amalga oshiriladi. O‘zbek tilidagi oziq-ovqat bilan bog‘liq maqollar "O‘zbek

xalq maqollari" (Toshkent, 1983), "O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati" (Toshkent, 2010) kabi

nashrlardan olindi. Shuningdek, Ziyouz.uz, UzBaza.uz kabi internet manbalaridan ham

foydalanildi. Koreys tilidagi maqollar esa "

한국

속담

대사전

" (Koreys maqollari katta lug

ati),

"

한국

문화와

언어

" (Koreys madaniyati va tili) hamda turli onlayn maqola va lug

atlardan

o

rganildi. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, semantik, lingvokulturologik usullari qo‘llanildi.

1. Qiyosiy-tahliliy usul – O‘zbek va koreys tillaridagi oziq-ovqatga oid maqollar tuzilish

va mazmun jihatidan qiyoslandi, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlab berildi.

2. Semantik tahlil – Maqollarning ichki ma’nosi, ularning metaforik va ramziy ma’nolari

o‘rganildi.

3. Lingvokulturologik yondashuv – Maqollar orqali har ikki xalqning madaniyati, turmush

tarzi va qadriyatlari tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, oziq-ovqat bilan bog‘liq maqollar xalq hayot tarzi, mehnat

madaniyati, mehmondo‘stlik, sabr-toqat va rizq-ro‘zga bo‘lgan munosabatini aks ettirishini

aniqlash mumkin. Maqolada ushbu jihatlar konkret misollar asosida ko‘rsatilib, xalq donoligi

qanday ifodalanganligi yoritiladi.

NATIJALAR:

O‘rganib chiqilgan natijalar shuni ko’rsatadiki, o‘zbek va koreys tillarida oziq-ovqatga oid

maqollar inson hayoti, ijtimoiy qadriyatlar va madaniy urf-odatlarning muhim qismi hisoblanadi.

3

hhtps://encykorea.aks.ac.kr


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

757

Ular xalqning dunyoqarashi, mehnatga bo‘lgan munosabati, mehmondo‘stlik, qadr-qimmat

va taqdir tushunchalarini aks ettiradi.

1.Hayot bilan bog‘liq oziq-ovqatga oid maqollar:

입에

약이

몸에

좋다

- "Og‘izga achchiq dori tanaga foyda" maqoliga o‘xshash

o‘zbekcha maqoldan keltiradigan bo‘lsak, "Achchiq dori darmon bo‘lur" maqoli bo’lib, har ikkala

maqolda ham haqiqat yoki foydali maslahat ba‘zan yoqimsiz bo‘lishi mumkin, lekin uning

yaxshiligi keyin ko’rinadi degan ma‘no anglashilganini bilib olishimiz mumkin.

심은

나고

심은

난다

- "Yong‘oq ekilgan joyda yong‘oq, loviya ekilgan

joyda loviya unadi" koreys maqoliga, "Nima eksang, shuni o‘rasan" maqolini ekvivalent qilib olib,

ularning ikkalasi ham qanday niyat qilsang, shunga yarasha natija olasan degan ma‘no

chiqarishimiz mumkin.

금강산도

식후경

- "Geumgang tog‘lari ham ovqatlangandan keyin zavqli" maqoliga,

"Och qoringa o‘yin bo‘lmas" o‘zbek maqolini o’xshash qilib olsak, qanday go‘zal manzara bo‘lsa

ham, och qoringa undan zavq olib bo‘lmaydi, kabi ma’no chiqarishimiz mumkin ekan.

2.Mehnat bilan bog‘liq oziq-ovqatga oid maqollar:

Oziq-ovqat bilan bog

liq maqollarda insonning mehnati va rizq topish jarayoni muhim o

rin

tutadi. Koreys tilida,

흘린

밥이

맛있다

- "Terlab ishlagan ovqat shirin bo

ladi" maqoli bilan,

"Kim ishlasa shunga non" kabi maqollar bu fikrni tasdiqlaydi.

거저

먹는

밥이

없다

- "Bepul yeyiladigan guruch yo‘q" maqoliga, "Terlab ter to‘kmasang,

non yemasang" o‘zbek maqolini o’xshash qilib olib, ikkala maqol ham hech narsa o‘z-o‘zidan

kelmaydi, har qanday narsaga mehnat bilan erishish kerak, kabi ma‘noda qollanadi.

일찍

일어나는

새가

벌레를

잡는다

- "Ertaroq uyg‘ongan qush chuvalchangni tutadi"

koreys maqoliga, "Ertalabki mehnat – baraka" o‘zbek maqolini ekvivalent qilib olib, mehnatkash

va erta harakat qilgan odam omadga, baxtga erishadi, och qolmaydi, degan ma‘noni anglashimiz

mukin ekan.

3.Mehmondo

stlik va saxovat bilan bog‘liq oziq-ovqatga oid maqollar:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

758

O

zbek tilida "Mehmon otangdan ulug

", koreys tilida esa

손님은

하늘이다

- "Mehmon

osmondan kelgan mehmon" iboralari xalq mehmondo

stligini ko

rsatadi.

같이

먹으면

맛있다

- "Birga yesa, yanada mazali bo‘ladi" maqoliga, "Birlikda

yeyilgan ovqat barakali bo‘ladi" kabi o

zbek maqolini olgan holda, ularning yaxshi taom do‘stlar

va oila davrasida yanada totli bo‘ladi, kabi ma

no anglatishini bilib olamiz.

인심

좋은

집에

먹을

것이

많다

- "Saxiy uyda ovqat ko‘p bo‘ladi" kabi koreys maqoliga,

"Saxovatli qo‘l – to‘kin dasturxon" kabi o‘zbek maqolini keltirib, mehmondo‘st va saxovatli

odamlar odatda mo‘l-ko‘lchilikka ega bo‘ladi degan ma’noni chiqarishimiz mumkin.

MUNOZARA.

Koreys va o‘zbek millatiga doir oziq-ovqat bilan bog‘liq maqollarda o‘xshash taraflarini

kuzatgan bo‘lsak, ularning farqli taraflariga ham to‘xtalib o‘tamiz.

Koreys va o‘zbek maqollarida qo'llanilgan oziq-ovqatlarning turida farqni kuzatishimiz

mumkin. Masalan, o'zbek maqollarida non va choy asosiy ramz bo

lsa, koreys maqollarida guruch

(

), kimchi (

김치

), so

(mol go

shti,

소고기

) kabi mahsulotlar ko

proq uchraydi. Shu bilan birga

mazmun jihatdan yondashsak, koreys maqollarida ovqat iste

moli bilan bog

liq sabr va

ehtiyotkorlik tushunchalari ko

proq uchraydi. Masalan, "

찬밥

더운밥

가릴

아니다

" (Issiqmi,

sovuqmi, ovqat tanlash vaqti emas), ya

ni, qiyin vaziyatda sharoitga ko

nish kerakligi nazarda

tutiladi. O

zbek tilida esa ko‘proq saxovat va baraka tushunchalariga urg‘u beriladi, masalan, "Tuz

- nasib" degan tushunchadir.

Madaniy jihatdan ko’rib chiqsak, koreys madaniyatida oziq-ovqat faqat jismoniy ehtiyoj

emas, balki jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning muhim qismi ekanligi ko

rishimiz mumkin.

Masalan, "

같이

먹자

" (Birga ovqatlanaylik) iborasi nafaqat taom taklifi, balki yaqinlik

va do

stlik belgisi sifatida ishlatiladi. O‘zbek madaniyatida esa oziq-ovqat baraka va mo‘l-ko‘llik

timsoli hisoblanadi. "Ko‘ngil to‘q bo‘lsa, qozon to‘q", ya’ni inson baxtli bo‘lsa, ovqat ham yetarli

bo‘ladi degan fikr bilan ifodalanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

759

Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, oziq-ovqat bilan bog‘liq maqollar xalqning hayot

falsafasi va qadriyatlarini aks ettirishda muhim vositadir. Koreys va o‘zbek maqollarida

o‘xshashliklar ko‘p bo‘lishiga qaramay, madaniy xususiyatlar tufayli ba’zi farqlar ham mavjud.

Bu esa har bir xalqning o‘ziga xos dunyoqarashini anglashga yordam beradi.

XULOSA.

Ushbu maqoladan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o‘zbek va koreys

maqollarining umumiy jihati shundaki, ular oziq-ovqatni hayotning asosiy omili sifatida ko‘rsatadi.

Rizq-ro‘zning muqaddasligi, mehnatning ahamiyati va mehmondo‘stlik kabi qadriyatlar

har ikkala xalq maqollarida uchraydi.

REFERENCES

1.

Баёнханова, И. Ф. (2022). Ҳикмат арбобларининг турли тилдаги мулоқот одобини

ифодаловчи мақоллар ҳақидаги фикрлари (ўзбек ва корейс тиллари мисолида).

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue

24), 555-565.

2.

hhtps://naver.com

3.

htps://encykorea.aks.ac.kr

4.

“O’zbek xalq maqollari” T.Mirzayev,A. Musaqulov. Toshkent(2005)

5.

한국민속대백과사전

(Koreys Xalq Ensiklopediyasi):

https://folkency.nfm.go.kr

References

Баёнханова, И. Ф. (2022). Ҳикмат арбобларининг турли тилдаги мулоқот одобини ифодаловчи мақоллар ҳақидаги фикрлари (ўзбек ва корейс тиллари мисолида). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 24), 555-565.

hhtps://naver.com

htps://encykorea.aks.ac.kr

“O’zbek xalq maqollari” T.Mirzayev,A. Musaqulov. Toshkent(2005)

한국민속대백과사전 (Koreys Xalq Ensiklopediyasi): https://folkency.nfm.go.kr