ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
765
ADABIY FANLARNING QISQACHA SHAKLLANISHI
Mohammad Basir Moqemi
Jawzjan universiteti, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrsi ustozi.
Shejauddin Hanif
Sar-e-pul yuksak o‘quv muassisasi, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrsi ustozi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15091140
Annotatsiya.
Adabiy fanlar inson tafakkuri va ma'naviyatining yuksalishida mustahkam
asos bo‘lib xizmat qiladi. U faqatgina o'tmishdan saboq olish vositasi emas, balki zamonaviy ilm-
fan va ijodga yo‘nalish beruvchi manba hamdir. Shu bois, adabiy fanlarni o‘rganish va
rivojlantirish nafaqat ilmiy ahamiyatga ega, balki ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyot uchun ham katta
imkoniyatlarni ochadi.
Ma'naviy san'atlar so‘zning ichki bezaklarini bo‘rttirib ko‘rsatsa, lafziy san'atlar esa
so‘zning tashqi ko‘rinishi va zohiriy qiyofasidan bahs qiladi.
Ushbu mavzuni yoritish uchun
kutubxona tadqiqi orqali ilmiy va adabiy ishonchli manbalar ko‘rib chiqildi. O‘sha kitoblardan
badi, san’at, lafziy va ma’naviy san’atlarning ta'rif va izohlari diqqat bilan tahlil qlindi hamda
ayrim manbalar fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Ularning she’riy namunalarini keltirish
uchun imkon qadar Navoiyning
G‘aroyib us-sig‘ar
devonidan foydalanildi.
Kalit so‘zlar:
Fan, San’at, Balog‘at, Badi', So‘z.
THE BRIEF FORMATION OF LITERARY SCIENCES
Abstract.
Literary sciences serve as a strong foundation for the elevation of human thought
and spirituality. They are not only a means of drawing lessons from the past but also a source that
directs modern science and creativity. Therefore, studying and developing literary sciences holds
not only scientific significance but also opens up vast opportunities for social and spiritual
progress.
While intrinsic arts emphasize the inner embellishments of words, extrinsic arts focus on
the external appearance and outward aspects of words.To explore this topic, reliable scholarly
and literary sources were reviewed through library research. Definitions and explanations of
rheto ric, art, and both intrinsic and extrinsic arts were thoroughly analyzed from these books,
with some sources translated from Persian into Uzbek. Wherever possible, examples of poetry
were drawn from Amir Alisher Navoi's Gharaib al-Sighar devan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
766
Keywords:
Science, Art, Eloquence, Rhetoric, Word.
КРАТКОЕ СТАНОВЛЕНИЕ ЛИТЕРАТУРНЫХ НАУК
Аннотация.
Литературные науки служат прочной основой для развития
человеческой мысли и духовности. Это не только способ извлечения уроков из прошлого,
но и источник направления для современной науки и творчества. Поэтому изучение и
развитие литературных наук имеет не только научное значение, но и открывает большие
возможности для общественного и духовного развития.
В то время как духовные искусства преувеличивают внутреннюю красоту слов,
словесные искусства обсуждают внешний вид и облик слов. Чтобы пролить свет на эту
тему, были изучены надежные научные и литературные источники посредством
библиотечных исследований. Определения и пояснения искусств, литературы и духовных
искусств из этих книг были тщательно проанализированы, а некоторые источники были
переведены с персидского на узбекский язык. В качестве примеров поэзии по возможности
использовался «Гараиб Ус-Сигар Диван» Навои.
Ключевые слова:
Наука, Искусство, Элегия, Искусство, Слово.
KIRISH
Balog‘at haqida so‘z yuritish eng qadim zamonlardan boshlab olamdagi turli xalqlar orasida
mavjud ekanligi ma’lum. Qadimgi Yunon madaniyatidan boshlab, bir qator ijodiy asarlar orqali
bizgacha yetib kelgan ushbu mavzu haqida Aristotelning
Poetika
(Poetics) yoki
She’r san’ati
hamda
Ritorika
(Rhetoric) kabi asarlarini yaratgani qadim zamonlardan boshlab insonlarning bu
masalaga bo‘lgan qiziqishini tasdiqlovchi katta dalildir.
Islom dinining kuchli diniy ta’siridan oldin ham arab xalqlari orasida she’r va adabiyotga
qiziqish, ijodkorlik va so‘z yaratishga yuqori baho berish, balog‘at nuqtai nazaridan ularni tahlil
qilish, turli yig‘ilishlar va bozorlarda she’r o‘qish marosimlari o‘tkazilishi, eng go‘zal badiiy
asarlarni hurmat qilish, Makkadagi devorlarga osib qo‘yish kabi amallar mavjud edi. So‘z ustalari
uchun katta mukofotlar berilishi, tarixiy davrlar davomida insonlarning bu masalaga bo‘lgan
organik qiziqishlarini ko‘rsatadi. Islom dinining kuchli diniy ta’siri va Alloh taoloning Qur’onni
insonlarga yuborilishi bilan, ushbu muqaddas kitobda bo‘lgan oshkora so‘z mo‘jizasi va hikmatli
so‘zlar, balog‘at mutaxassislarining bu haqdagi bahs va munozaralarini o‘zgartirib, ularning
ommalashishiga zamin yaratdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
767
Ushbu osmoniy kitobda mavjud bo‘lgan so‘z mo‘jizalari, qisqalik, mazmun, egali va
qismlar, ta’sir va isti‘oralar hamda turli ma’naviy va lafziy badiiy go‘zalliklar islom olamida
balog‘at mutaxassislari tomonidan bir qator badiiy asarlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Balog‘at va adabiy san’atlar bo‘yicha birinchi mustaqil kitob sifatida, albatta, taniqli olim
Ibn Mu‘tazning
"Al-Badi‘"
nomli asaridan so‘z yuritish mumkin. Ushbu asarda ilk bor mustaqil
shaklda badiiy san’at haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, qadimiy Bin Ja‘far (vafoti 337
hijriy)ning
"Naqd al-Shi‘r"
asari yaratilib, arab balog‘atini eski yunon balog‘ati bilan
taqqoslaydigan tarzda o‘rganish, uni rivojlantirishga turtki bo‘ldi. O‘sha zamonlarda balog‘at
ilmiga doir ikki qarama-qarshi yo‘nalish paydo bo‘ldi. Ulardan biri eski an’ana va odatlarga katta
ahamiyat berib, balog‘at va adabiy san’at ilmiylarini, arab she’riyatini, Qur’on va hadislar
matnidagi mavjud qoidalar va qonuniyatlardan chiqarib, ularni o‘rganishni davom ettirdi. Ikkinchi
yo‘nalish esa, ilmiy mantiq va Aristotelning she’r san’ati va xotaba san’ati haqidagi mavjud
qoidalarini arab she’riyatiga nisbatan qo‘llab, balog‘at bo‘yicha munozara va suhbatlarni Aristotel
nazariyasi ta’sirida tahlil qilishga kirishdi. Demak, balog‘at mutaxassislari orasidagi bu bahslar va
munozaralar, aslida, bir qator badiiy asarlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, bu
sohada katta asarlar egasi bo‘lgan Abdulqahir Jurjoniy (vafoti 471) o‘zining
"Dalail al-I‘jaz"
asari
orqali ma’no ilmiy nazariyasini va
"Asrar al-Balagha"
asari orqali ilmiy nazariyasini bayon etgan
holda, balog‘at ilmiylari orasidagi asosiy farqlarni o‘rganib chiqdi.
Balog‘at ilmiga oid yozilgan asarlar va mualliflar quyidagicha ko‘rsatilgan:
1.
Rumani (vafoti 386 hijriy)ning
"Al-Nukt fi I‘jaz al-Qur'an"
nomli asari, unda mantiq,
tashbih va isti‘oralar haqida adabiy bahslar mavjud.
2.
Baqlani (vafoti 403 hijriy)ning ash‘ariy firqasining xususiyatlari haqida yozgan asari.
3.
Abdul-Jabbar (vafoti 415 hijriy)ning
"I‘jaz al-Qur'an"
nomli asari, bu asar Mutazila
firqasiga mansub bo‘lib, Qur’ondagi mo‘jizalar haqida ilmiy tahlilni o‘z ichiga oladi.
4.
Ibn Tabataba (vafoti 322 hijriy)ning she’r, balog‘at va ‘aruz ilmlari haqidagi
"‘Ayâr al-
Shi‘r"
asari.
5.
‘Amidi (vafoti 371 hijriy)ning
"Al-Muwâzama baina al-Abyat Tamâm wa al-BuHtari"
asari, bu asarda she’rni taqqoslash va baholash masalalari keltirilgan.
6.
Ali ibn Abdulaziz Jurjâni (vafoti 392 hijriy)ning
"Al-Wasâta baina al-Mubtadi’ wa al-
Khusumi"
asari, she’r va adabiy munozaralar yuzasidan.
7.
Abu Hilâl al-Askari (vafoti 395 hijriy)ning
"Al-Sanâ‘atayn"
nomli asari, balog‘at va ilmiy
uslub haqidagi asar.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
768
8.
Ibn Râshiq Qayrawâni (vafoti 463 hijriy)ning she’r va tanqidga oid
"Al-‘Umdah"
asari.
9.
Ibn Sinân Khafâji (vafoti 463 hijriy)ning
"Sir al-FasâHa"
nomli asari, unda she’r va
so‘zning go‘zalligi haqida bahs yuritiladi.
Keyingi davrlarda balog‘at ilmiga oid asarlar yozishning darajasi pasayib ketgan. Keyingi
davrda yozilgan muhim asarlardan biri, Sakkâki (vafoti 626 hijriy) ning "MiftâH al-‘Ulum" asari
bo‘lib, unda u o‘z asarining uchinchi qismida sarf va nahv haqida so‘zlaganidan so‘ng, ma’no,
bayon, fasohat, balog‘at va badiiy san’atga oid bir qator muhokamalar o‘tkazgan.
Shuningdek, sakkizinchi hijriy asrda yashagan Sharaf al-Din Hasan ibn MuHammad Râmi
Tabrizi shoir va yozuvchi sifatida tanilgan. shuningdek, aruz va qafiya ilmlari haqida yozilgan
asarlar orasida mashhur bo‘lgan Mahmud ibn ‘Umar Najâti ning "Al-Kâfiyah" asari ham mavjud.
Shu bilan birga, to‘qqizinchi asrda yozilgan asarlar qatoridan Molonâ Jâmiga tegishli
"Qâfiya ‘Ilmi Haqida Risâla" va "Risâla fi al-‘Aruz" asarlari, shuningdek, Amir Alisher
Navoiyning zamondoshi bo‘lgan shoir Molonâ Sifi Bukhârining "Risâla ‘Aruz Sayfi" asari hamda
Sultan Husayn Bayqarâning saroyidagi tarixchi olim MalâHasin Wâ‘iz Kâshafi ning "Badâiy al-
Afkâr fi Sanâiy al-Ash‘âr" asari, qafiya ilmiga oid, ‘Atâullâh Mahmud al-Husaynining qalamiga
mansub risolalar haqida so‘z yuritish mumkin.
Turk olamida adabiy fanlar va aruz haqidagi asar yozish tarixi to‘qqizinchi hijriy asrga
borib taqaladi. Turk-O‘zbek she’riyatida aruz ilmi bilan bog‘liq mustaqil asar yozgan shoir va
olimlardan biri Amir Alisher Navoiyning
"Mizân al-Awzân"
nomli asaridir. Bu asar turk
she’rining og‘irligi va o‘lchovini aniqlashga qaratilgan muhim ilmiy ishdir. Shuningdek, buyuk
davlat arbobi va so‘z ustasi Zahiriddin Muhammad Boburning
"Mukhtasar"
nomli asari ham
O‘zbek she’riyatining vaznini tahlil qiluvchi muhim asarlardan biridir. Zahiriddin Muhammad
Bobur ushbu asar orqali aruz ilmida yigirma birinchi yirik "Amiq" va "‘Ariz" baytlarini tashkil
etish haqida so‘zlab, turk she’rining o‘lchamlari va xususiyatlari haqida qimmatli ma’lumotlar
keltirgan.
Quyidagi jadvalda Adabiy fununga oid kitoblar va mualliflar ro‘yxati tuzilgan:
T/R
Muallif
Asar nomi
Asarning mazmuni yoki yo‘nalishi
1
Ibn Mu‘taz
Al-Badi‘
Birinchi mustaqil badiiy san’atlar haqidagi
asar.
2
Bin Ja‘far
Naqd al-Shi‘r
Arab balog‘atini eski yunon balog‘ati bilan
taqqoslash orqali o‘rgangan.
3 Abdulqohir Jurjoniy
Dalail al-I‘jaz
Ma’no ilmiy nazariyasini o‘rgangan va ijodiy
imkoniyatlarni tahlil qilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
769
T/R
Muallif
Asar nomi
Asarning mazmuni yoki yo‘nalishi
4 Abdulqohir Jurjoniy
Asrar al-Balagha
Balog‘at ilmiylari orasidagi asosiy farqlarni
bayon qilgan.
5
Rumani
Al-Nukt fi I‘jaz al-
Qur'an
Qur’onning i‘jodiy jihatlari, tashbih va
isti‘oralar haqida ilmiy bahslar.
6
Baqlani
I‘jaz al-Qur'an
Ash‘ariy aqidasiga oid Qur’onning i‘jaziga
doir ilmiy asar.
7
Abd al-Jabbar
I‘jaz al-Qur'an
Mutazila firqasiga mansub bo‘lib,
Qur’onning mo‘jizaviy jihatlarini tahlil
qiladi.
8
Ibn Tabataba
‘Ayâr al-Shi‘r
She’riyat, balog‘at va aruz ilmi haqida
tahliliy asar.
9
‘Amidi
Al-Muwâzama baina
al-Abyat...
She’rlarni taqqoslash, baholash va adabiy
tahlil masalalari keltirilgan.
10
Ali ibn Abdulaziz
Jurjani
Al-Wasâta baina al-
Mubtadi’...
She’r va adabiy bahslar, munozaralar haqida
asar.
11 Abu Hilâl al-Askari
Al-Sanâ‘atayn
Balog‘at va ilmiy uslubning nazariy asoslari.
12
Ibn Râshiq
Qayrawâni
Al-‘Umdah
She’r va tanqidga oid eng muhim asarlardan
biri.
13
Ibn Sinân Khafâji
Sir al-FasâHa
So‘z go‘zalligi va fasohatga oid ilmiy tahlil.
14
Sakkâki
MiftâH al-‘Ulum
Sarf va nahv, bayon, ma’no, balog‘at va
badiiy san’atga doir muhokamalar.
15
Sharaf al-Din Râmi
Tabrizi
Aruz va Qafiya
risolalari
Shoir va yozuvchi sifatida aruz va qafiya
ilmlarini o‘rgangan.
16
Mahmud ibn ‘Umar
Najâti
Al-Kâfiyah
Aruz va qafiya ilmlari haqida keng qamrovli
ilmiy asar.
17
Molonâ Jâmi
Qâfiya ‘Ilmi Haqida
Risâla
Qafiya ilmi haqida qisqa, ilmiy risola.
18
Molonâ Jâmi
Risâla fi al-‘Aruz
Aruz ilmining nazariy va amaliy jihatlarini
yoritgan.
19
Molonâ Sifi
Bukhâri
Risâla ‘Aruz Sayfi
Aruz ilmining xususiyatlari va amaliy tatbiqi
haqida risola.
20
MalâHasin Wâ‘iz
Kâshafi
Badâiy al-Afkâr fi
Sanâiy al-Ash‘âr
Qafiya ilmiga oid muhim tarixiy manba.
21
Amir Alisher
Navoiy
Mizân al-Awzân
Turk she’riyati uchun vazn va o‘lchovlarni
aniqlashga bag‘ishlangan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
770
T/R
Muallif
Asar nomi
Asarning mazmuni yoki yo‘nalishi
22
Zahiriddin
Muhammad Bobur
Mukhtasar
Aruz ilmining "Amiq" va "Ariz" baytlarini
o‘rgangan asar.
Demak, adabiy fanlar, jumladan (adabiy funun, balog‘at fanlari, adabiy sanoat va balog‘at
fununi, fasohat va balog‘at ilmiylari) bilan mashhur bo‘lgan atamalar, umumiy ma’noda she’r va
nasrni o‘qituvchi ilm va fanlardan iborat. Albatta, bu qoidalar va qonuniyatlarni o‘rganish orqali
shoir, yozuvchi va o‘quvchi adabiy matnlarni (she’r – nasr) o‘qib, so‘zning badiiyligi, san’ati va
uning ichki go‘zalliklarini o‘rganib, san’atli so‘zlarni qo‘llash qobiliyatini egallaydi. Adabiy fanlar
yordamida adabiyot o‘quvchisi she’r o‘qish va oddiy nasr yoki iboralarni o‘qish farqini bilib,
adabiy so‘zning ichki xususiyatlaridan, badiiy go‘zallik va nozikliklardan xabardor bo‘ladi. Bu
orqali o‘zining go‘zallikni idrok etish qobiliyatini oshiradi. Shuningdek, kasbiy nuqtai nazardan
oddiy bir shaxs so‘z bilan tanishib, so‘z ustasi so‘zini qo‘llash va mazmun yoki mazmun jihatidan
she’r va nasrni tahlil qilish yoki adabiy tekshiruv imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Badi'
Badi' arabcha so‘z bo‘lib, yangi, toza shuningdek go‘zal va chiroyli ma'nolarini anglatadi.
Adabiy atamaga kelsak, nasr va nazmni so‘zning badiiy va ma'naviy san'ati bilan bezab
yaratish badi' deyiladi. Badi' ilmiy, adabiy fanlarning bir turi bo‘lib, adabiy so‘z (she'r – nasr) ni
badiiy san'atlar bilan bezab, so‘zning adabiy nozikligini u orqali oshirish haqida ta'lim beruvchi
ilm yoki san'atlardir. (Amini, 1390: 16)
Albatta, bu ishni amalga oshirishdan oldin, so‘z (she'r va nasr) fasohat va balog‘at
sifatiga ega bo‘lishi zarur. Shuning uchun ham badi' ilmiy, oddiy so‘zni adabiy va badiiy so‘z
darajasiga ko‘taruvchi yo‘l – yurg‘unliklarni ta'lim beradi. (Amini, 1390: 24)
Misol uchun: Quyidagi Navoiy so‘ziga adabiy ko‘rinish berilgan eng muhim omil "
yuz
"
so‘zining ikki xil ma'noga ishlatilishidir.
Nedin
yuz
gul ochar ishq o‘tidin bulbul kebi vâmiq,
Yuz
ingdin gar izâr bâg
‘
ida gul achmadi uzra.
(Navoiy,
G
‘
arâyib al-Sig
‘
ar
, 1385: 48)
Bu badiiy san'atlar, so‘zning go‘zalligini oshirib, eshituvchi va o‘quvchiga yaqin tarzda
tushuntirib beradi. Shunda ularning qalbidan o‘rin olib, estetika va go‘zallikshunoslikni uyg‘otib,
shu orqali insonlarning hissiy va ichki dunyosida samarali ta'sir ko‘rsatadi. (Amini, 1390: 24)
She'rning ta'siri va xayoliyligi ko‘proq vazn, qafiya, tashbih, istiora, majaz, va kinoyaning
qo‘llanishiga bog‘liq; lekin boshqa bir omil ham mavjudki, agar unda ifrat qilinmasa, so‘zning
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
771
go‘zalligi va ta'sirini oshiradi; u ham bo‘lsa, so‘z bezaklari va badiiy san'atlardir. Badiiy san'atlar,
vaqtning misollariga o‘xshaydi. Agar me'yorda qo‘llanilsa, u mazali va yoqimli qiladi, agar ko‘p
qo‘llanilsa, u ta'msiz bo‘ladi. (Ahmad nijad, 1382: 109)
Badiiy sanʼat va uning turlari
Oddiy so‘zda, go‘zallik va estetik tomonlarini oshirish maqsadida maʼno, lafz va vazn
jihatidan yuz beradigan har bir o‘zgarish badiiy sanʼat deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda,
so‘zning oddiy bir lug‘aviy darajadan keng maʼnoli so‘z darajasiga va oddiy tovush darajasidan
musiqiylik darajasiga ko‘taruvchi har bir hodisa badiiy sanʼat deb yuritiladi (Amini, 1390: 25).
Badiiy sanʼatlar ikki turga bo‘linadi:
a) Lafziy go‘zalliklar
b) Maʼnoviy go‘zalliklar
Lafziy badiiy sanʼatlar:
Lafziy badiiy sanʼat o‘z mavzusiga ko‘ra so‘z go‘zalligini o‘rganadi va lafziy tomonlarini
tahlil qiladi. Lafziy badiiy sanʼatdagi maqsad shundan iboratki, baʼzi hollarda adabiy gapning
uyg‘unligi, so‘zlar orasidagi turli musiqiy va ovozli bog‘lanishlarning taʼsiri mavjud bo‘ladi. Shu
jihatga eʼtibor qaratiladi. Yaʼni, so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, adabiy bog‘lanishni yuzaga keltirgan
ko‘zga ko‘rinmas ip musiqiy va ovozli mohiyatga ega bo‘ladi (Shamisa, 1386: 23).
Lafziy sanʼatlar:
Jinas, rad-ul-ajz ilas-sadr (tasdir), aks (tard va tabdil), mulamma, tazmin, tafvif, tajziya.
Maʼnoviy sanʼatlar:
Tanosub (muroʼat-un-nazir), tazod, ihom (tavriya), ihom tanosub, ihom tazod, talmih,
mubolag‘a (g‘uluv), iltifot, husn taʼlil, irsol-ul-masal, muddaa-masal, laf va nashr, tajohul-ul-orif,
tahakkum.
Sanʼat
Sanʼat arabcha so‘z bo‘lib, lug‘atda ish, hunar; badiiy ijodiyot va uning har bir alohida
sohasini anglatadi. Sanʼat bilimga o‘xshash aqliy qiyofalar orqali insonning tabiat, jamiyat hamda
o‘zini tanishi uchun bir xil saʼy-harakatdan iborat bo‘lib, uning asosiy maqsadi haqiqatlarni inson
foydasiga qaratib o‘zgartirishdir (Bahoyi, 1391: 6).
Adabiy fanlarning shakllanishi insoniyatning madaniy va ma'naviy o'sishida muhim rol
o'ynagan. Ular jamiyatlarning tarixiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishining mahsuli sifatida
namoyon bo'lib, adabiyot va san'atning turli jabhalarini ilmiy tadqiq etish imkonini yaratdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
772
Adabiy fanlarning taraqqiyoti o‘z davrining bilimlari, estetik qarashlari va ijtimoiy
ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Xulosa qilib aytganda, adabiy fanlarning tarixi faqat o'tmishni o'rganish emas, balki
kelajakni anglash va zamonaviy ilmlarni boyitish uchun ham mustahkam asosdir. Bu soha
insoniyat ma'naviyati va madaniyatini rivojlantirishda davom etmoqda.
Xulosa
Adabiy fanlar insoniyat madaniyatining yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan ilmiy
yo‘nalishlardan biridir. Ular qadimgi davrlardan boshlab, inson fikri va his-tuyg‘ularini chuqurroq
anglash, badiiy ijodning sir-sinoatlarini ochib berish hamda adabiyotning jamiyatdagi o‘rnini
belgilashga xizmat qilgan. Avval boshda adabiy fanlar diniy va falsafiy qarashlarga asoslangan
bo‘lsa, keyinchalik ular mustaqil ilmiy sohaga aylangan.
Bu fanlarning rivoji asosan sharq va g‘arb madaniy markazlarida, xususan, Yunoniston,
Eronda, Hindistonda va O‘rta Osiyoda asos solingan. Ular zamonaviy adabiyotshunoslikning
nazariy va amaliy asoslarini belgilab berdi. Bugungi kunda adabiy fanlar so‘z sanʼati, badiiy tasvir
vositalari, janrlar, uslublar va adabiy jarayonlarni o‘rganish bilan birga, adabiyotning insoniyat
tarixi va madaniyati bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda davom etmoqda.
Adabiy fanlarning shakllanishi inson tafakkurining kengayishi va estetik go‘zallikni
anglashga bo‘lgan ehtiyoj natijasi bo‘lib, ularning rivoji inson maʼnaviy kamoloti va madaniy
merosining saqlanishiga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Ahmadnizhodi, Komil. (1382).
Funun Adabi
. To‘rtinchi nashr. Tehron: Poyo Nashriyoti.
2.
Amini, Muhammad kazim. (1390).
Adabiy Fanlar (Badiʼ va Bayon Qismi)
. Maymana: Azod
Nashriyoti.
3.
Ishonch, Zikrulloh va kohkan, Muhammad Olim. (1374).
O‘zbek Adabiyoti Madaniyati
.
Maymana: Alisher Navoiy Madaniyat Jamg‘armasi.
4.
Bahoyi, Toshqin. (1391).
Adabiyotshunoslik
. Maymana: Turkiston Matbaasi.
5.
Hafizi Jawzjoniy, Muhammad Yahyo. (1387).
Adabiy Fanlar
.
6.
Xoksor, Abdulhakim. (1382).
Sanʼati Talmih Dar Ashʼori Bedil
. Kobul: Said Nashriyoti.
7.
Sanog‘zanoviy, Muhammad Akbar. (1382).
Gulistoni Latofat
. Birinchi nashr. Peshovar:
Meyvand Nashriyoti.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
773
8.
Shamiso, Doktor Sirus. (1386).
Negahe Tazah ba Badiʼ
. Uchinchi nashr. Tehron: Tobish
Nashriyoti.
9.
Sodiqiy, Muhammadali. (1379).
Zivori Sukhan Dar Badiʼ Forsiy
. Birinchi nashr. Yazd:
Yazd Universiteti.
10.
Kazzaziy, Mirjaloliddin. (1389).
Ziboshinosi Sukhan Porsiy
. Yettinchi nashr. Tehron:
Markaz Nashriyoti.
11.
Navoiy, Alisher. (1385).
G‘aroyib us-Sig‘ar
. Malayziya: Xalqaro Hamkorlik Nashriyoti.
