2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
5
1-SHU’BA.
YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNING FAOL FUQAROLIK
POZITSIYASINI MUSTAHKAMLASHDA IJTIMOIY - SIYOSIY FANLARNING
AHAMIYATI.
YANGI O‘ZBEKISTONDA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR VA ULARNING
O‘QITUVCHILARINI RAG‘BATLANTIRISH TIZIMINING
TAKOMILLASHTIRILISHI HAMDA SAMARQANDLIK O‘QUVCHILARNING
XALQARO VA RESPUBLIKA FAN OLIMPIADALARIDA ERISHGAN NATIJALARI
Abdulloyev Sherqo‘zi Axmatboboyevich
SamDU tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15086887
Annotatsiya. Mamlakatimizda respublika va xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan
o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tizimi ilm-fan va ta’lim darajasini
oshirish, yoshlarni intellektual rivojlantirishga ko‘maklashish, ularning muvaffaqiyatlarini keng
jamoatchilikka taqdim etish kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi. Ushbu jarayon nafaqat individual
yutuqlarni taqdirlashni nazarda tutadi, balki butun ta’lim tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilar va ularning
o‘qituvchilari mamlakatning ilmiy va ta’lim sohasidagi imidjini yaxshilashga katta hissa qo‘shadi.
Mazkur maqolada yurtimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan
e’tibor, xususan respublika va xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari hamda ularning ustozlarini
munosib taqdirlash mexanizmining takomillashtirilishi hamda erishilgan natijalar samarqandlik
o‘quvchilar misolida bayon etiladi.
Kalit so‘zlar: asosiy olimpiada, nufuzli xalqaro olimpiadalar, onlayn olimpiadalar,
moddiy rag‘batlantirish, xalqaro Jautikov fan olimpiadasi.
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida barcha sohalar qatori ilm-fan va ta’limni
rivojlantirish maqsadida tub islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimini rivojlantirishni yangi
pog‘onaga olib chiqish va dunyoda tan olinishiga erishish uchun respublika va xalqaro fan
olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning ustozlarini munosib taqdirlash
mexanizmini ishlab chiqish yurtimizda Uchinchi Renessansni yaratishning asosiy omillaridan biri
sifatida baholandi.
Bu davrda mamlakatimiz istiqbolli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini
ro‘yobga chiqarish maqsadida muhtaram Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir
qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-mayda qabul qilingan
“Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan
olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng
yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-562-son qarori, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-346-son qarorlarining qabul
qilinishi natijasida yurtimizda iqtidorli o‘quvchilar va o‘z faoliyatlarida samarali natijalarga
erishgan fidoiy ustozlarni munosib rag‘batlantirish mexanizmlari yaratildi.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-mayda qabul qilingan “Iqtidorli
yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarorining qabul qilinishi ushbu sohadagi islohotlarni yangi
bosqichga olib chiqdi.
1
Qarorga asosan
Xalq ta’limi vazirligi tizimida
Fan olimpiadalari bo‘yicha
iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etildi. Qarorning 1-ilovasiga muvofiq
g‘oliblari davlat oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul
qilinadigan quyidagi nufuzli xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ular Xalqaro matematika
olimpiadasi (International Mathematical Olympiad), Xalqaro fizika olimpiadasi (International
Physics Olympiad), Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad), Xalqaro
biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad) va Xalqaro informatika olimpiadasi
(International Olympiad in Informatics).
Shuningdek, ushbu qarorga binoan 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab yuqorida nomlari
sanab o‘tilgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilariga bazaviy hisoblash
miqdorining 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500, o‘qituvchisiga — 450; 2-o‘rin (kumush medal)
uchun — 300, o‘qituvchisiga — 250; 3-o‘rin (bronza) uchun — 200, o‘qituvchisiga — 150
baravari miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, qaror asosida yuqorida nomlari keltirilgan nufuzli xalqaro fan
olimpiadalari g‘oliblarni tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi
o‘quv yili uchun oltin, kumush va bronzalari bo‘yicha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama
to‘lash hamda ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar
g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz ustama haqi to‘lanishi tartibi joriy etildi.
2
Mazkur qarorning mantiqiy davomi sifatida 2021-yil 9-sentabrda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini
o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni
aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-son qarori qabul qilindi.
3
Ushbu qarorga 1-ilova
sifatida tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari
o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar
ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda umumta’lim
maktabi va umumiy o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari ishtirok etadigan olimpiadalarni
o‘tkazish tartibi belgilandi. Nizomga ko‘ra o‘quvchilar
asosiy olimpiada
— umumta’lim fanlari
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablar
o‘rtasida respublika miqyosida tizimli ravishda har yili tashkil etiladigan olimpiada;
qo‘shimcha
respublika olimpiadalari
— mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, davlat va
nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan asosiy olimpiadalardan tashqari, o‘z tashabbusi bilan
o‘tkaziladigan olimpiadalar (viloyat hokimlari tomonidan tashkil etiladigan olimpiadalar);
onlayn
olimpiada
— o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va asosiy olimpiadalarga
tayyorgarlik ko‘rish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan hamda faqat axborot
texnologiyalari (kompyuter, planshet, telefon va boshqalar) orqali amalga oshiriladigan
olimpiadalar;
nufuzli xalqaro olimpiadalar
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil
1
2
“Ma’rifat” gazetasi. 2019-yil 4-may, shanba № 34(9203) 2-bet
3
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
7
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarorida belgilangan xalqaro
olimpiadalar hamda
mintaqaviy xalqaro olimpiadalar
— nufuzli xalqaro olimpiadalar
ro‘yxatiga kirmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan hamda g‘oliblarining maqomi asosiy olimpiadalarning
respublika bosqichi g‘oliblariga tenglashtirilgan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishlari
mumkinligi belgilandi.
Nizomga 1-ilovada asosiy olimpiadalar o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, bosqichlari va
muddatlari bayon etilgan. Unga ko‘ra asosiy olimpiadalar maktablarning 9 — 11-sinf, akademik
litseylar va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichda o‘tkazilishi hamda
so‘nggi ya’ni, to‘rtinchi bosqichda faqat umumta’lim maktablarining 11-sinf, kasb-hunar
maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari ishtirok etishlari belgilandi.
Ushbu nizomga ko‘ra asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida g‘olib bo‘lgan
har bir o‘quvchiga: 1-o‘ringa — bazaviy hisoblash miqdorining 6; 2-o‘ringa — bazaviy hisoblash
miqdorining 4; 3-o‘ringa — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari; to‘rtinchi (yakuniy
respublika) bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchilarga esa 1-o‘ringa — bazaviy hisoblash
miqdorining 12; 2-o‘ringa — bazaviy hisoblash miqdorining 8; 3-o‘ringa — bazaviy hisoblash
miqdorining 6 baravari miqdorda bir martalik pul mukofotlari berilishi nazarda tutildi.
Asosiy fan olimpiadasi g‘oliblari va ularning o‘qituvchilarini qo‘shimcha rag‘batlantirish
choralari Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori bilan tasdiqlangan edi. Unga
ko‘ra 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1 — 3
o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga
kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal
qiluvchi sertifikat taqdim qilinishi tartibi belgilangan.
Shuningdek, yuqoridagi qarorga muvofiq asosiy olimpiadalar respublika bosqichi
g‘oliblarining o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin uchun — 50 (2024-yil 1-
oktyabr holatiga ko‘ra 18.750.000); 2-o‘rin uchun — 35 (2024-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra
13.125.000); 3-o‘rin uchun — 30 baravari (2024-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra 11.250.000)
miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilandi. Asosiy olimpiadalar respublika bosqichi
g‘oliblari keyinchalik maktablarda o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borsalar ularning lavozim
maoshiga har oy 100 foizlik ustama to‘lanishi mumkinligi qoidasi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga 1-ilova sifatida
tasdiqlangan nizomning 2-ilovasida “Maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga
tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalari” ro‘yxati belgilandi.
Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, Samarqand viloyati maktab va o‘rta maxsus ta’lim
dargohlari o‘quvchilari mazkur islohotlarga qadar ham respublika va xalqaro fan olimpiadalarida
munosib ishtirok etib kelgan edi. Jumladan, 2018-yil 10-16-yanvar kunlari Qozog’istonning olma-
ota shahrida matematika, fizika va informatika bo’yicha XIV xalqaro Jautikov fan olimpiadasi
o’tkazildi. Unda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi o‘quvchilari Maftuna
Samatboyeva kumush, Doniyor Yazdanov va Shahzod Quraqboyevlar bronza medallarni qo‘lga
kiritdi.
4
4
“Zarafshon” gazetasi. 2018-yil 18-yanvar
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
8
Yuqoridagi qarorlarning qabul qilinishi bu borada o‘quvchilar va ularning ustozlariga
qo‘shimcha motivatsiya va ishonch bag‘ishladi.
Agar, ushbu sohada tub burilishga asos bo‘lgan Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi PQ-
4306-son qarori qaror qabul qilingan vaqtga qadar (1997-2019-yillar davomida) mamlakatimiz
o‘quvchilari nufuzli xalqaro olimpiadalarda 2 ta oltin, 14 ta kumush, 52 ta bronza, jami 68 ta
medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, yuqoridagi hujjat asosida tashkil etilgan Fan olimpiadalari
bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamentining faol sa’y harakatlari natijasida
yoshlarimiz besh yillik qisqa davr (2020-2024-yillar) oralig’ida 7 ta oltin 15 ta kumush, 24 ta
bronza, jami 46 ta medalni qo‘lga kiritdilar.
5
Samarqandlik o‘quvchilar ham so‘nggi besh yillikda xalqaro va respublika fan
olimpiadalarida faol ishtirok etdilar. Jumladan, 2020-yil dekabr oyida Singapurda o‘tkazilgan
Janubiy-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO)da Jomboy tumanidagi 46-umumiy
o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari – Ozodbek Axtamov, Charos Sultonova, Gulsevar Arziqulova,
shuningdek, SamDU akademik litseyi o‘quvchisi Muhammadjon Temurxonovlar faol ishtirok
etib, bitta oltin hamda uchta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.
6
Bu borada, ayniqsa, viloyat o‘quvchilari asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida
munosib natijalarni qo‘lga kiritganligini e’tirof etish lozim.
2021-yilda (pandemiya sababli 2020-yilda o‘tkazilmadi) viloyat o‘quvchilari asosiy fan
olimpiadasining respublika bosqichida 4 ta fandan jami 6 ta o‘rinni: 2 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin va 2
ta 3-o‘rinni egalladilar.
2022 yilda esa asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida 6 ta fandan 7 ta o‘rinni: 3
ta 1-o‘rin, 3 ta 2-o‘rin hamda 1 ta 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ushbu yilda viloyat o‘quvchilari
respublika bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egalladilar.
7
Samarqandlik o‘quvchilarning fan olimpiadalarda ishtirok etish borasidagi faolligi keyingi
yillarda ham davom ettirildi. Jumladan, 2023-yilda viloyat o‘quvchilari asosiy fan olimpiadasining
respublika bosqichida 3 ta fandan 4 ta o‘rin: 3 ta 1-o‘rin, 1 ta 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
2023/2024-o‘quv yili viloyatning iqtidorli o‘quvchilari uchun eng samarali yil bo‘ldi. Unda
viloyat o‘quvchilari asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida keyingi 33 yil ichida
birinchi marotaba umumjamoa hisobida respublikada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
8
Olimpiada natijalariga ko‘ra, ingliz tilidan Ishtixon tumanidagi 35-umumta’lim maktabi
o‘quvchisi Mohinurxon Suyunova 1-o‘rinni, Ona tili va adabiyot fanidan Narpay tumanidagi 31-
umumta’lim maktabi o‘quvchisi Muxlisa Ne’matullayeva 2-o‘rinni, nemis tilidan Samarqand
shahar 51-IDUM o‘quvchisi Aliakbar Akbarov va fransuz tilidan Ishtixon tumani 17-umumta’lim
maktabi o‘quvchisi Suhrob Musurmonovlar 3-o‘rinni egalladi.
9
Shuningdek, mazkur yildagi bilimlar sinovida Samarqand shahridagi 55-umumta’lim
maktabining 11-sinf o‘quvchisi Kamoliddin Daniyarov rus tili fanidan, Samarqand tumanidagi 39-
umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Mehribon Mardonova tojik tili fanidan 1-
o‘rinni, Samarqand shahridagi TATU akademik litseyi o‘quvchisi Diyora Norbo‘tayeva o‘zbek
5
6
“Zarafshon” gazetasi. 2020-yil 29-dekabr, seshanba, 154 (23.434)-son, 3-bet
7
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasidan olingan ma’lumot
8
https://zarnews.uz/uz/post/asosiy-fan-olimpiadasida-samarqand-etakchi-orinni-egalladi
9
“Zarafshon” gazetasi 2024-yil 2-aprel, seshanba, 40 (23.917)-son, 1-bet
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
9
tili fanidan 2-o‘rinni, Toyloq tumanidagi 21-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Shirin
Muhammadaminova o‘zbek tili fanidan 3-o‘rinni, Samarqand shahar “Nurli maskan” 59-maktab-
internati o‘quvchisi Sheroz Sa’dullayev tarix fanidan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
10
Viloyat o‘quvchilari tomonidan asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichidagi
ishtiroki natijalarini so‘nggi besh yillikdagi tahliliga nazar tashlasak, fanlar kesmida eng ko‘p
O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan 7 ta o‘rinni: 2 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin, 3 ta 3-o‘rin; Ona tili fanidan
6 ta o‘rinni: 4 ta 1-o‘rin, 2 ta 2- o‘rinni; nemis tili va tarix fanidan bir xil miqdorda 3 ta o‘rinni:
2 ta 2-o‘rin va 1 ta 3-o‘rinni egalladilar. Shuningdek ushbu yillarda viloyat o‘quvchilari
matematika fanidan 1 ta 1-o‘rinni va 1 ta 2-o‘rinni; rus tilidan 1 ta 1-o‘rin; tojik tilidan 1 ta 1-
o‘rin; Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 1 ta 1-o‘rin; fransuz tilidan 1 ta 3-o‘rin
hamda ingliz tilidan 1 ta 1-o‘rin qo‘lga kiritdilar.
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida samarqandlik o‘quvchilarining onlayn,
mintaqaviy va xalqaro fan olimpiadalaridagi ishtirokida ham ijobiy natijalar qayd etildi. Jumladan,
2023-yilning 29-may – 4-iyun kunlari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan
tashkil etilgan va Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan va O‘zbekistondan
jami
70 nafar o‘quvchilar
ishtirok Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro
olimpiadasi Payariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi Amirov Asilbek
bronza medali sohibi bo‘ldi.
11
2024-yil 26-31-may kunlari Toshkentda 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida ikkinchi marta
o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi Samarqand viloyatidan
6 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari munosib ishtirok etdi va Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-IDUM 7-sinf
o‘quvchisi Ravshanov Ashrafjon Obidjon o‘g‘li hamda Narpay tumanidagi 38-maktab 8-sinf
o‘quvchisi Sunnatillayev Lochinbek Oybek o‘g‘li bronza medali sohibi bo‘ldilar.
2024-yilning 1-14-iyun kunlari O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilgan Abu Ali ibn
Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 15-
umumta’lim maktabi o‘quvchisi Ozodov Kamoliddin Nurali o‘g‘li faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib
bronza medali sovrindori bo‘ldi va 2,25 mln. so‘m hamda o‘qituvchisi “Mehnat shuhrati” ordeni
sohibi Dilfuza Nizomova 11,25 mln. so‘m bilan taqdirlandi.
12
2024-yil 26-31-iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tgan 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli
o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro matematika musoboqasida Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on
tumani 48-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Diyorov Davronbek Dilmurod o‘g‘li bronza medalni
qo‘lga kiritdi.
13
Samarqandlik o‘quvchilar ushbu davrda nafaqat offlayn tarzda tashkil etilgan, balki,
onlayn ravishda tashkil etilgan xalqaro fan olimpiadalarida ham yuqori natijalarga munosib
ko‘rildi. Ayniqsa, bu borada ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi tizimidagi maktablarning o‘rni
beqiyos. Birgina Samarqand shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari 2022-2023 o‘quv yilida
Xalqaro miqyosdagi online olimpiadalarda 43 nafar o‘quvchi ishtirok etib, 11 nafari faxrli
o‘rinlarga loyiq ko‘rildi.
14
10
https://telegra.ph/sammmtbuz-04-09
11
https://t.me/samarqandvxtb
12
https://telegra.ph/sammmtbuz-11-09
13
https://t.me/ITMAFOM
14
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasidan 2024-yil 29-yanvarda olingan ma’lumot
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
10
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Samarqand viloyati o‘quvchilari respublika
va xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etib, bir qator muhim o‘rinlarni egallab kelayotgan
bo‘lsada, hali hamon viloyat o‘quvchilari erishishi lozim bo‘lgan bir qator marralar mavjud.
Birinchidan, 2018/2019-o‘quv yili natijalariga ko‘ra viloyatdagi umumiy o’rta ta’lim
muassasalarida tahsil olayotgan maktab o‘quvchilari orasidan 46 nafar yigit-qizning bittasi ham
asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida hech bo‘lmaganda 3-o‘ringa munosib deb
topilmadi (ushbu yilda viloyat sharafini himoya qilgan Samarqand veterinariya meditsinasi
instituti akademik litseyi o‘quvchisi Islom Vohidov kimyo fani bo‘yicha, Samarqand davlat
universiteti akademik litseyi o’quvchisi Nilufar Abduraimova o‘zbek tili va adabiyoti fanidan 1-
o‘rinni hamda shu fan bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali
akademik litseyi o‘quvchisi Shahruz Hayitov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi). Vaholanki, ular 1200 dan
ortiq maktabning minglab o’quvchilari orasidan saralab olingan, bir nechta bosqichlardan o‘tib
kelgan.
15
Ikkinchidan, oxirgi ikki yilda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli
Kattaqo‘rg‘on shahar IM, Qo‘shrabot tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Qo‘shrabot
tuman 2-son IM, Pastdarg‘om tumani 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Urgut tumani
IM ixtisoslashtirilgan maktablari o‘quvchilari asosiy fan olimpiadasining hattoki viloyat
bosqichida ham sovrinli o‘rinlardan birini olgani yo‘q. Vaholanki, ushbu maktablarda o‘quvchilar
uchun yaratilgan sharoitlar va o‘qituvchilarning mahoratlarini oddiy maktablarga nisbatan ancha
yaxshi hisoblanadi.
Uchinchidan, viloyat o‘quvchilari so‘nggi besh yillikda asosiy fan olimpiadasining
respublika bosqichida aniq va tabiiy fanlardan (fizika, kimyo, biologiya, geografiya) birorta o‘rinni
egallay olmadilar.
To‘rtinchidan, respublika miqyosida son jihatidan eng ko‘p umumta’lim muassasasi (1353
ta) mavjud bo‘lgan Samarqand viloyatidan so‘nggi 5 yillikda birorta ham o‘quvchi
Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori bilan ro‘yxati tasdiqlangan nufuzli
xalqaro fan olimpiadalarda g‘olib bo‘lmagan.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, so‘nggi yetti yilda yurtimizda respublika va xalqaro fan
olimpiadalari g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish
borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Avvalo, respublika va xalqaro fan
olimpiadalarida g‘olib o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilarini moddiy hamda qo‘shimcha
rag‘batlantirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy asoslar qabul qilindi. Natijada yurtimiz
o‘quvchilarining xalqaro nufuzli fan olimpiadalaridagi erishgan yutuqlari soni ortdi, qolaversa,
samarqandlik o‘quvchilarning asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichida muntazam
ravishda munosib ishtiroki ta’minlandi. Ammo shu bilan birga, bu borada ham bir qator
muammolar saqlanib turibdi. Viloyat o‘quvchilarining aniq va tabiiy fanlar sohasidagi
natijadorligining pastligi, qolaversa, viloyatdagi ta’lim muassasalarda tahsil olayotgan
o‘quvchilarning birortasi ham so‘nggi besh yillikda nufuzli xalqaro fan olimpiadalarda
sovrindorlar qatoridan o‘rin olmaganligi va boshqalar shular jumlasidandir.
15
“Zarafshon” gazetasi. 2019-yil 13-iyun
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
11
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi joriy arxivi
2.
“Ma’rifat” gazetasi.
3.
“Zarafshon” gazetasi
4.
5.
https://zarnews.uz/uz/post/asosiy-fan-olimpiadasida-samarqand-etakchi-orinni-egalladi
6.
7.
https://t.me/samarqandvxtb
8.
https://telegra.ph/sammmtbuz-04-09
9.
https://telegra.ph/sammmtbuz-11-09
10.
https://t.me/Fan_olimpiadalari_M
