Authors

  • Sevinch Halimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73968

Keywords:

Oybek sheʼriy asar adabiyot.

Abstract

Har bir taniqli ijodkorlarning yaratgan asariga qarab baho beriladi. Bu maqolada Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybekning asarlari haqida maʼlumotlar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

958

OYBEK ASARLARI HAQIDA

Halimova Sevinch Rustam qizi

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15104087

Annotatsiya. Har bir taniqli ijodkorlarning yaratgan asariga qarab baho beriladi. Bu

maqolada Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybekning asarlari haqida maʼlumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Oybek, sheʼriy, asar, adabiyot.

ABOUT THE WORKS OF OYBEK

Abstract. Each famous artist is evaluated based on his work. This article provides

information about the works of the People's Writer of Uzbekistan Oybek.

Keywords: Oybek, poetry, work, literature.

О ТВОРЧЕСТВЕ ОЙБЕКА

Аннотация. Каждого известного художника оценивают по его работам. В статье

дана информация о творчестве народного писателя Узбекистана Ойбека.

Ключевые слова: Ойбек, поэзия, произведение, литература.

Akademik yozuvchi, oʻz davrining yetuk munaqqidi Oybekning ilmiy merosi gʻoyat va

rang-barangdir. Oybek ijodida adabiy tanqidning taqriz, adabiy- tanqidiy maqola va uning obzor,

muammoli va bahs xarakteridagi turlari, portret-maqola, ilmiy-biografik mazmundagi asarlar,

yirik monografik tadqiqot kabi janrlari koʻplab uchraydi. Garchand Oybekning adabiy-tanqidiy

qarashlarini oʻrganish 70- 80-yillardan (O.Sharafiddinov, B.Nazarov) boshlangan boʻlsa-da, uning

adabiy-tanqidiy merosini janr va shakl nuqtai nazaridan oʻrganish bugungi kunda oybekshunoslik

oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Bu esa ulkan adibning shaxs va ijodkor sifatidagi bir

butun qiyofasini tadqiq etishda juda zarurligini namoyon etadi.

1

Shoʻro davri oʻzbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan ulugʻ adib, shoir, olim,

jamoat arbobi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905-yili Toshkent shahrida boʻzchi oilasida

dunyoga keldi.

Oldin oʻrta maktabda, 1922—1925 yillarda esa Toshkent pedtexnikumida taʼlim oldi.

1

Shoira Axmedova. PORTRET- MAQOLA JANRI RIVOJI (Oybek ijodi misolida). JOURNAL OF NEW

CENTURY INNOVATIONS. Volume–53_Issue-2_May 2024.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

959

Soʻngra Oʻrta Osiyo Davlat dorilfununida ijtimoiy fanlar fakultetida oʻqishni davom

ettirdi. Leningraddagi Plexanov nomidagi Xalq xoʻjaligi institutida tahsil koʻrdi. 1930-yili Oʻrta

Osiyo Davlat dorilfununini tugatib, Oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars beradi.

Oybek adabiyotga 1926-yili chop etilgan «Tuygʻular» sheʼriy toʻplami bilan kirib keladi.

Shoirning «Dilbar davr qizi» (1931), «Oʻch» (1932), «Baxtigul va Sogʻindiq» (1933), «Temirchi

Joʻra» (1933) poemalari oʻz davrining sheʼriy solnomalaridandir. Uning yigirmadan ortiq

dostonlari boʻlib, tarixiy, zamonaviy va xorijiy mavzularda yaratilgan.

Oybek adabiyotga 1926-yili chop etilgan “Tuygʻular” sheʼriy toʻplami bilan kirib kelgan.

Shoirning “Dilbar - davr qizi” (1931), “Oʻch” (1932), “Baxtigul va Sogʻindik” (1933),

“Temirchi Joʻra”(1933) dostonlari oʻz davrining eng goʻzal sheʼriy solnomalaridir. Oybek tarixiy

va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan. Oybek sheʼriyati nihoyatda goʻzal

boʻlib, oʻzining sodda, ravon va ifodali tilda, boy va rang-barang tasviriy vositalarda yaratilganligi

bilan alohida ajralib turadi. Jumladan, “Quyosh qushigʻi” sheʼrida:

Boshimda olmaning xushboʻy oq guli,

Ulugʻ yerni quchib yotibman uygʻoq.

Qulochim yetmasa qalbim yetkusi,

Insonning qalbiga quyosh jinchiroq.

2

Yoki:

Yuraman, toshadi sevinchim.

Bu sevinch qayerdan, bilmayman.

Kechaning ogʻushi latif, jim…

Yulduzlar chamani gullagan.

3

Oʻzbek xalqining 1916-yilgi milliy ozodlik qoʻzgʻoloni yozuvchining «Qutlugʻ qon»

(1940) romanida zoʻr mahorat bilan realistik ifodalangan. Adibning ikkinchi yirik tarixiy asari

«Navoiy» (1944) romanidir. Oybek bu romanda oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib, ulugʻ shoir va

mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida

xalqimizning urushdan soʻnggi davr yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida

Ulugʻ Vatan urushida erishilgan gʻalaba aks ettirilgan. Adibning «Ulugʻ yoʻl» (1967) asari esa

2

https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/men-sevgan-oybek.html

3

https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/men-sevgan-oybek.html


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

960

«Qutlugʻ qon» romanining mantiqiy davomi boʻlib, unda yozuvchi milliy ongning shakllanishini

mahorat bilan koʻrsata olgan.

Oybek 40-yillar oxiri — 50-yillar boshlarida «Qizlar» (1947) dostonidan tashqari,

«Hamza» (1948), «Haqgoʻylar» (1952) dostonlarini yaratdi. 60-yillarda shaxsga sigʻinish fojialari

fosh etilib, sobiq sovet mamlakatida «xrushchyovcha» harorat jilvalari koʻringanda, Oybek

xastaligiga qaramay, yana «sof lirika»ning goʻzal namunalarini taqdim etadi, Xirosima fojiasiga

bagʻishlangan «Davrim jarohati» (1952), «Guli va Navoiy» (1968) dostonlarini yozish bilan

birga Amir Temur va Bobur haqidagi lirik dostonlarni yozishga kirishadi. Shoir oʻzining bu

asarlari bilan 60-yillar oʻzbek sheʼriyatida yangi badiiy tafakkurning boshlanishi

va qaror topishiga muhim hissa qoʻshadi.

4

Oybek 1949-yilda Pokistonga sayohat qildi. Adib Pokiston hayotini, fikr va tuygʻularini,

kurash va intilishlarini «Pokiston xotiralari» ocherklarida, qator sheʼrlarida, «Zafar va Zahro»,

«Haqgoʻylar» dostonlarida, nihoyat «Nur qidirib» povestida tasvirladi.

5

Adibning avtobiografik povesti «Bolalik» 1963-yilda yaratildi. Qissaning bosh qahramoni

yosh Muso yaʼni Oybekning oʻzidir.

Oybek isteʼdodli shoir, yirik nosir boʻlibgina qolmay, mashhur olim, davlat va jamoat

arbobi, publitsist tanqidchi va tarjimon hamdir. Oʻzbek kitobxoni Pushkinning «Yevgeniy

Onegin», Lermontovning «Maskarad» asarini, antik Rim adabiyoti namunalarini, arman eposi

«Sosunli Dovud»ni Oybek tarjimasida oʻqishga muyassar boʻlgan.

Oybek 1943-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzoligiga saylandi va

1950-yilgacha Akademiyada ijtimoiy fanlar boʻlimining raisi lavozimida ishladi. U yuqori

malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qoʻshgan ustozdir.

Ulkan adib «Navoiy» romani uchun Ittifoq Davlat mukofoti laureati boʻldi, bir necha orden

va medallar bilan taqdirlandi. U Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika Davlat

mukofoti sovrindori ham boʻlgan. Yozuvchining asarlari oʻzbek adabiyotining jahon aro

shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi.

Oybekning oʻlmas asarlari maʼnaviy xazinamizdan mangu oʻrin oldi va umumxalq mulki boʻlib

qoldi. Uning eng yaxshi asarlari jahon adabiyoti xazinasiga ham kirgan. Oybek 1968-yil 1-iyulda

63 yoshida vafot etdi. Vafotidan soʻng uning 20 jildlik toʻla asarlari majmuasi nashr etildi

4

https://qomus.info/encyclopedia/cat-o/oybek-uz/

5

https://sputniknews.uz/20231020/oybek-biografiya-40171629.html


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

961

Xulosaga ko‘ra, Oybek ijodiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. Adib umri davomida

koʻplab nasriy asarlar yaratdi. Uning «Qutlugʻ qon» va «Navoiy» romanlari oʻzbek adabiyotidagi

badiiy jihatdan eng yuksak asarlardan sanaladi.

Oybek sheʼriyatda «koʻngil lirikasi»ni yaratgan shoirdir. Uning «Chimyon daftari»

turkumiga kirgan yurt tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini oʻziga singdirgan

sheʼrlari oʻzbek lirikasining shoh namunalariga aylangan.

Shoir bu sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga oybekona nafosatni olib kirdi.

REFERENCES

1.

Shoira Axmedova. PORTRET- MAQOLA JANRI RIVOJI (Oybek ijodi misolida).

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS. Volume–53_Issue-2_May 2024.

2.

https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/men-sevgan-oybek.html

3.

https://sputniknews.uz/20231020/oybek-biografiya-40171629.html

4.

https://qomus.info/encyclopedia/cat-o/oybek-uz/

References

Shoira Axmedova. PORTRET- MAQOLA JANRI RIVOJI (Oybek ijodi misolida). JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS. Volume–53_Issue-2_May 2024.