Authors

  • Sitora Niyozova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75124

Keywords:

Ommaviy ommaviy madaniyat ma’naviyat O‘zbekiston jamiyat mafkura qadriyat funksional g‘oya atributi postindustrial globallashuv fenomeni tendensiya.

Abstract

Maqolada, Ommaviy madaniyat mazmuni, tarkibi, funksiyalari va shuningdek, ommaviy madaniyatning shakllanish bosqichlari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Shuningdek, ushbu maqolada, “ommaviy madaniyat” ning xalqimiz kelajagiga ta'siri, mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan ma'naviy targ‘ibot ishlari xususida fikr yuritilgan.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

41


GLOBALLASHUV DAVRIDA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHDA OMMAVIY

MADANIYATNING O‘RNI

Niyozova Sitora Ilhom qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi

magistranti

niyozovasitora6@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15086953

Annotatsiya. Maqolada, Ommaviy madaniyat mazmuni, tarkibi, funksiyalari va

shuningdek, ommaviy madaniyatning shakllanish bosqichlari to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Shuningdek, ushbu maqolada, “ommaviy madaniyat” ning xalqimiz kelajagiga ta'siri,
mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan ma'naviy targ‘ibot ishlari xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Ommaviy, ommaviy madaniyat, ma’naviyat, O‘zbekiston, jamiyat, mafkura,

qadriyat, funksional, g‘oya, atributi, postindustrial, globallashuv, fenomeni, tendensiya.

РОЛЬ МАССОВОЙ КУЛЬТУРЫ В ПОНИМАНИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ

ИДЕНТИЧНОСТИ В ЭПОХУ ГЛОБАЛИЗАЦИИ

Аннотация. В статье рассматриваются содержание, структура, функции

массовой культуры, а также этапы ее становления. В статье также обсуждается
влияние «массовой культуры» на будущее нашего народа и духовная пропагандистская
работа, проводимая в нашей стране в этом направлении.

Ключевые слова: Публичный, массовая культура, духовность, Узбекистан,

общество, идеология, ценить, функциональный, идея, атрибут, постиндустриальный,
глобализация, явление, тенденция.

THE ROLE OF POPULAR CULTURE IN THE UNDERSTANDING OF

NATIONAL IDENTITY IN THE ERA OF GLOBALIZATION

Abstract. The article discusses the content, structure, functions of mass culture, as well as

the stages of formation of mass culture. This article also discusses the impact of "popular culture"
on the future of our people and the spiritual propaganda work being carried out in our country in
this regard.

Keywords: Puplic, popular culture, spirituality, Uzbekistan, society, ideology, value,

functional, idea, attribute, post-industrial, globalization, phenomenon, tendency.


XX asrning oxiri-XXI asrning boshlariga kelib ommaviy madaniyat zamonaviy

jamiyatning muhim atributlaridan biriga aylandi va jahon miqyosida tus oldi.Shu munosabat bilan
zamonaviy ommaviy madaniyat mazmuni, tarkibi va funksiyalarini tadqiq qilish,uning ta'sirida
shaxs ijtimoiy qiyofasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash ijtimoiy falsafaning dolzarb
muammolaridan biriga aylantirmoqda. Umuman olganda, ommaviy madaniyat yigirmanchi asrga
kelibgina shakllana boshlagani yo‘q. U jamiyatning nisbatan avvalgi bosqichlarida ham mavjud
bo‘lgan, albatta. Lekin aynan postindustrial jamiyat sharoitida u mazmunan, tarkiban va funksional
o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Bugungi ommaviy madaniyat o‘zining mazmunan turli-
tumanligi, tarkiban murakkabligi, zamonaviy texnologiyalar yordamida butun sayyora bo‘ylab
tarqaliyotganligi bilan ajralib turadi. Buning ustiga, zamonaviy ommaviy madaniyat shaxs e'tiqodi,
fazilatlari hayotiy pozisiyasi va turmush tarziga chuqur ta'sir ko‘rsatishga qodir sistemadir. O‘tgan
asr oxiri - yangi asr boshlarida ana shunday murakkab xarakterga ega bo‘lgan, shaxsga jiddiy ta'sir


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

42


ko‘rsatadigan madaniyat tipi O‘zbekistonga ham kirib kela boshladi. Shu boisdan ushbu ijtimoiy-
madaniy fenomenning mohiyatini nazariy jihatdan tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar

to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar
bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va ma’naviy
qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Shu boisda Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvarda Ma’naviyatni yuksaltirish bo‘yicha o‘tkazilgan
yig‘ilishda mamlakatimiz mafkurasining asosiy g‘oyasini ta’kidlab o‘tdi: “ Biz yaratayotgan yangi
O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda,
avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular
xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan ,” deydi
Prezident.

1

Bundan tashqari, O‘zbekistonda ommaviy madaniyat fenomenining tadqiq etilishiga

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “ Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch ” asarining nashr
qilinishi turtki bo‘ldi. Asarda ommaviy madaniyatning tarqalishi bilan bog‘liq jarayonlar har
tomonlama tahlil qilib berildi.

2

Kitobning nashr etilishi mazkur muammoga mutaxassislar va

tadqiqotchilar e'tiborini jalb qildi. Buning natijasi o‘laroq ommaviy madaniyat mazmuniga
bag‘ishlangan ilmiy ishlar ko‘paydi.

Ommaviy madaniyat masalasiga ilk bor A.de Tokvil e'tiborini qaratgandi. U o‘zining “

Amerikadagi demokratiya ” nomli asarida ma'naviy madaniyat ommaviylashuv tendensiyalari
qaror topayotganini qayd etadi. Lekin A.de Tokvil mulohazalari ilmiy-nazariy va sistemaviy
xarakterda emas edi. U jamiyatning ma'naviy hayotida yangi tendensiya yuzaga kelyotganini xis
eta olgan, xolos. Ommaviy madaniyat fenomenini nazariy jihatdan talqin qilishga esa birinchi
marta G. Lebon, G. Tard, Z. Freydlar qo‘l uradilar. Bu mualliflarning asarlarida tarixiy
taraqqiyotning o‘ziga xos sub'ekti - ommaning vujudga kelishi qonuniyatlari tahlil etiladi. Shu
munosabat bilan omma madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari ifodalab beriladi. Yigirmanchi
asrning 70-yillaridan boshlab, ommaviy madaniyat biroz o‘zgacha nazariy pozisiyada o‘rganila
boshladi. D. Bell, J.Gelbreyt, E. Toffler va boshqalarning asarlarida jamiyatning industrial
bosqichdan postindustrial bosqichga o‘tishi madaniyatning ham ommaviylashuviga olib kelishi
isbotlab beriladi. Postindustrial jamiyat qaror topa borgani sayin avvalari faqat elitaga mansub
bo‘lgan qadriyatlar omma mulkiga aylanadi. Ommaviy madaniyat esa elitar madaniyatga xos
bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida mujassam qila boradi. Ko‘plab mutaxassislar ommaviy
madaniyatning shaxs ijtimoiy qiyofasining shakllanishiga, jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarga
ijobiy ta'sirini asoslab berishga intildilar. Xorijiy manbalardagi bunday yondashuvni, masalan, Z.
Bjezinskiy asarlarida ko‘rish mumkin. Masalaga shu pozisiyadan yondashgan ikkinchi mutaxassis
- G. Gens esa ommaviy madaniyat vujudga kelishining ijtimoiy sabablarini aniqlashga, uning turli
ko‘rinishlari orasidagi tafovutni belgilashga urinadi. Biroq, XX asrning 80-90 yillariga kelib
vaziyat tubdan o‘zgardi. Elektronik vositalar va visual shakllarning rivojlanishi natijasida qog‘oz
shaklidagi kitobga murojaat etuvchilar sonining kamaya boshlashi, ommaviy madaniyat
artefaktlarini beqiyos darajada ko‘paytiruvchi va tarqatuvchi mexanizmlarning vujudga kelishi

1

https://qalampir.uz

2

Karimov.I.A.Yuksak

ma’naviyat –

yengilmas kuch.

Toshkent:Ma’naviyat,2008


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

43


mutaxassislarning e'tiboridan chetda qolmadi. P.Bart, J. Bodriyyar va boshqalar asarlarida
ommaviy madaniyat ham ijobiy ham salbiy jihatlarga ega bo'lgan, qator ijtimoiy funksiyalarni
bajaradigan fenomen sifatida o‘rganiladi. Hozirgi davr falsafasida ommaviy madaniyat
muammolariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar miqdoran va sifatan tasniflashning qariyb iloji yo‘q.
Bizga ma'lum bo‘lgan manbalar o‘zining nazariy-metodologik asoslarining turli-tumanligi,
ommaviy madaniyat funksiyalarining turlicha bayon etilishi, vujudga kelishi sabablarining
turlicha tasvirlanishi bilan ajralib turadi.

Ommaviy madaniyatning jahon bo‘ylab keng tarqala boshlashi, uning tarkibida negativ

elementlarning ko‘payishi o‘zbek olimlarining ham e’tiboridan chetda qolmadi. Mamlakatimizda
ommaviy madaniyat bilan bog‘liq jarayonlar ayniqsa faol muhokama etila boshlandi. Masalan,
“Google” axborot izlash sistemasida “ ommaviy madaniyat ” tushunchasi 227 ming saytda
ishlatiladi. Lekin ularning aksariyat qismidagi mulohazalar ilmiy nuqtai nazardan qiziqish
uyg‘otmaydi. Ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan sanoqli ishlarda esa ommaviy madaniyat haqidagi
qarashlar bu borada jahondagi nazariy-metodologik pozisiyalarni aniq takrorlaydi. Masalan, Sh.
Odilxonovaning maqolasida ommaviy madaniyat tanqidiy pozisiyada tahlil qilinadi. Muallif
ommaviy madaniyat artefaktlarini “ommaviy madaniyat” niqobi ostida tarqaliyotgan g‘oyalardan
ajratmaydi.

3

Xuddi shunday nazariy pozisiyani B. Primovning maqolasida ham uchratish

mumkin. Unda ommaviy madaniyatning ayrim negativ jihatlari atroflicha tahlil etiladi.

4

Professor

G‘. Muhamedov ham o‘z intervyusida ommaviy madaniyatning bir niqob ekanligini, “uning
zamirida bizning asrlar oshgan milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan axloqiy buzuqlik va
zo‘ravonlik mujassamligini ” ta'kidlaydi.

5

A. Erkayevning maqolasida esa mutlaqo o‘zgacha

nazariy pozisiya kuzatiladi. Muallif madaniyat elitar va ommaviy madaniyatga bo‘linishini
ta'kidlar ekan, shunday deb yozadi: “ O‘tmishda ommaviy madaniyat xalq baxshilari kuylaydigan
dostonlar, sayillarda, to‘ylarda ommaga ko‘rsatiladigan tomoshalar - dorbozlik, askiyabozlik va
masxarabozlik, xalq ashulalari kabi ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. Shu bois u o‘zining
xalqchilligi, ezgulik, va insonvarparlik ruhi bilan ajralib turgan. Lekin bugun unga ommaviy
madaniyatning tarkibiy qismi emas, balki folklor yoki an'anaviy xalq madaniyati deb qaralmoqda.”

6

Muallif hozirgi zamon sivilizatsiyasi ommaviy madaniyat tarkibidagi negativ elementlarni

ko‘paytirib yuborganini o‘qtirib o‘tadi. “ Binobarin,- deb yozadi u,-ommaviy madaniyatga qarshi
emas, balki ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligiga va
axloqsizligiga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlariga qarshi kurashish kerak.”
Bizning fikrimizcha,aynan ana shu nazariy pozisiyagina ommaviy madaniyatdek murakkab
fenomenning asl mazmunini, tarkibi, funksiyalarini, shakllanishi jarayonning o'ziga xos
bosqichlarini aniqlash imkonini beradi.

Madaniyat va ommaviylik tushunchalarining mazmuniga doir mulohazalarimiz ommaviy

madaniyat kategoriyasini ta'riflash, uning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalarini aniqlash
imkonini beradi. Ommaviy madaniyat deganda omma uchun yaratilgan, uning orzu-umidlari,
ehtiyoj va manfaatlariga mutanosib ravishda ishlab chiqarilgan artefaktlar tushuniladi. Uning
mahsulotlarini ishlab chiqarish, tarqatish va iste'mol qilish o‘zining tijorat xarakteridaligi bilan

3

Odilxonova.Sh. “ Ommaviy madaniyat ” tahdidi. –

Toskent. Muxarrir,2010

4

Primov.B. Axborot oqimining axloqiy qadriyatlarga ta’siri. // Jamiyat va boshqaruv.

- 2011.-

№2.

- 20-22-betlar.

5

Ximmat va sh

ijoat zamoni .Professor G‘.Muhamedov bilan suhbat. // 2010.№2.

- 4-9-betlar.

6

Erkayev.A. Globallashuv axborot xuruji va ommaviy madaniyat.//Tafakkur

2008.-

№4

-14-bet.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

44


ajralib turadi. Ommaviy madaniyat uch darajada tarkib topadi. Ommaviy madaniyat jamiyatda
qator funksiyalarni bajaradi.

Birinchidan, ommaviy madaniyat shaxsning turli kundalik ehtiyojlarini qondiradi.

Ma'lumki, shaxs turmush darajasi, xususan, uning kundalik hayotida qo‘llanilayotgan moddiy va
ma'naviy ne'matlar miqdoriga qarab belgilanadi. Jamiyatdagi moddiy va ma'naviy ne'matlarning
shaxs uchun maqbulligi, ularga ega bo‘lish imkoniyatlarining mavjudligi shaxsning hayotdan,
ijtimoiy tuzumdan roziligi darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan fikrlaganda,
ommaviy madaniyatning ushbu funksiyasi ancha pozitiv xarakterga ega.

Ikkinchidan, ommaviy madaniyat shaxsni ijtimoiylashtirish mexanizmi vazifasini o‘taydi.

Ma'lumki, milliy va umuminsoniy madaniyat insoniyat tarixi davomida shakllangan qadriyatlarni
shaxs “mulkiga” aylantiradi, uning e'tiqodi va fazilatlarining qaror topishiga xizmat qiladi. Undan
farqli o‘laroq ommaviy madaniyat shaxsni ijtimoiy voqelikka moslashtiradi, u yoki bu guruh
miqyosida faoliyat ko‘rsatish imkonini yaratadi. To‘g‘ri, ijtimoiy voqelikka moslashtirish
mexanizmi madaniyatning boshqa shakllariga ham xos. Lekin ommaviy madaniyatda bu funksiya
asosiy tarkibiy elementlardan biri sanaladi.

Uchinchidan, ommaviy madaniyatning rekreasion ( lotincha “recreare” - tiklanmoq, xordiq

chiqarmoq, sog‘aymoq so‘zlaridan ) funksiyani bajaradi. Shaxsni ruhiy tushunlikka yetaklovchi
omillar ko‘payib borayotgan bugungi kunda ushbu funksiyaning roli ayniqsa oshib bormoqda.
Jadallik bilan rivojlanib borayotgan axborot jamiyati, globallashuv jarayonlari insonda yolg‘izlik
xissini kuchaytirmoqda. Ommaviy madaniyat uni ana shu yolg‘izlikdan qutqaradi. Inson u yoki
bu hammabop mahsulotni xarid qilar ekan, o‘zini ko‘pchilikning biri sifatida xis etadi. Yangi asr
arafasida ommaviy axborot vositalari ham keskin rivojlandi. Bugungi kunda turmush va xalq
xo‘jaligi barcha sohalari maxsus ommaviy axborot vositasi tomonidan muttasil yoritib boriladi.
Internetning rivojlanishi shaxsning u yoki bu sohaga doir ma'lumotlarni olish imkoniyatlarini
yanada kengaytirdi. Oqibatda, ommaviy axborot vositalari shunchaki ma'lumot yetkazish vositasi
emas, shaxsning didini, axloqiy qadriyatlarini, e'tiqodlarini rivojlantiruvchi manbaga aylandi.
Kishilarni qiziqishlariga ko‘ra guruhlarga birlashtirishda ham ommaviy axborot vositalarining roli
katta bo‘lmoqda. Biroq ommaviy axborot vositalarining bu boradagi faoliyati natijalarini hamisha
ham ijobiy baholab bo‘lmaydi.

Ommaviy madaniyat insonning xohish-istaklariga xizmat qiladi. U turli filmlar, kliplar,

ekran voqeligi, suratlar va hokazolar yordamida inson orzulariga mos bo‘lgan psevdoreallikni
chizib beradi. Ushbu ekran voqeligi yordamida “odamlarni turmush muammolaridan, turli
qiyinchililardan bir oz chalg‘itadi, shaxsiy nomukammallik tuyg‘usidan vaqtinchalik xalos etadi,
ko‘ngilga taskin beradi. Odamlar hayolan o‘zini ermak teleseriallar qahramonlariga o‘xshatadi,
raqiblari yoki yomon ko‘rgan kishilarini ulardagi salbiy personajlarga qiyoslaydi, yomonlik baribir
jazolanadi, deb o‘zini ovutadi. To‘kis hayotga real dunyoda yetisha olmagan kishi filmlar va
seriallar orqali virtual ( xayoliy ) tarzda farovonlikdan, “go‘zal” turmushdan go‘yoki bahramand
bo‘ladi. Lekin mazkur funksiyani mutlaqo bezarar deb bo‘lmaydi. Inson orzularini chizib
beradigan ekran voqeligining sharofati bilan “ individ ommaviy loyiha taklif etayotgan olamga
ko‘chib o‘tadi ” faqat shu olamdagina o‘zini qulay va bexavotir sezishga odatlanadi, voqelikni esa
o‘sha ommaviy tomosha qonunlari asosida tasavvur etadi.

7

7

Kostina.A.V.Ommaviy madaniyat postindustrialjamiayt hodisasi sifatida.-2011.-126-bet.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

45


Xulosa qiladigan bo‘lsak, ommaviy madaniyat murakkab mazmunga va tarkibga ega

ijtimoiy fenomendir. Uning mazmuni omma ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallanganligi, xarakteri
esa tijorat bilan bog‘liq. Ommaviy madaniyat tarkibi kitch-madaniyat, mid-madaniyat, art-
madaniyatni o‘zida mujassam etadi. U boshqa madaniyat shakllaridan yagona maqsad va barqaror
manfaatlardan holiligi, tez o‘zgaruvchanligi, artefaktlarining iste'mol bilan bog‘likligi, vorislilik
prinsipidan holiligi, shaxs xissiy emotsional ehtiyojlarini qondirishga yo‘nalganligi bilan farq
qiladi. Ommaviy madaniyat jamiyatda quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) kundalik ehtiyojlarni
qondiradi; b) ijtimoiylashtirish mexanizmi vazifasini bajaradi; d) xordiq chiqarish va ko‘ngil
ochish imkonini beradi; e) axborot va ma'lumot yetkazadi; f) shaxs orzulariga mos bo‘lgan
psevdoreallikni chizib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Karimov.I.A.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent:Ma’naviyat,2008

2.

https://qalampir.uz

3.

Odilxonova.Sh. “ Ommaviy madaniyat ” tahdidi. – Toshkent. Muxarrir,2010

4.

Primov.B. Axborot oqimining axloqiy qadriyatlarga ta’siri. // Jamiyat va boshqaruv.2011.

5.

Ximmat va shijoat zamoni .Professor G‘.Muhamedov bilan suhbat.2010.

6.

Erkayev.A. Globallashuv axborot xuruji va ommaviy madaniyat.//Tafakkur – 2008.

7.

Kostina.A.V.Ommaviy madaniyat postindustrialjamiayt hodisasi sifatida.-2011.

References

Karimov.I.A.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent:Ma’naviyat,2008

Odilxonova.Sh. “ Ommaviy madaniyat ” tahdidi. – Toshkent. Muxarrir,2010

Primov.B. Axborot oqimining axloqiy qadriyatlarga ta’siri. // Jamiyat va boshqaruv.2011.

Ximmat va shijoat zamoni .Professor G‘.Muhamedov bilan suhbat.2010.

Erkayev.A. Globallashuv axborot xuruji va ommaviy madaniyat.//Tafakkur – 2008.

Kostina.A.V.Ommaviy madaniyat postindustrialjamiayt hodisasi sifatida.-2011.