Authors

  • A.I. Safarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75141

Keywords:

Hayotiy ko’nikma tafakkur madaniyati falsafiy mushohada ta’lim ob’ekti ta’lim sub’ekti.

Abstract

Maqolada yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasining shakllantirish ta’lim-tarbiyaviy jarayonning muhim vazifasi ekanligiga e’tibor qaratilgan. Shu ma’noda ta’lim ob’ekti va sub’ekti aloqadorligida qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi. Yoshlarning tafakkur madaniyatini tarbiyalashda ijtimoiy fanlarning o’rni va ahamiyati ilmiy tahlil qilingan. Yoshlarning hayotiy ko’nikmalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo’llash mahorati muammoning yechimi sifatida keltiriladi.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

71


YOSHLARNING FAOL HAYOTIY KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

TA’LIM SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI

A.I.Safarov

Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti “Ijtimoiy va

tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti, f.f.n.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15087153

Annotatsiya. Maqolada yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasining shakllantirish ta’lim-

tarbiyaviy jarayonning muhim vazifasi ekanligiga e’tibor qaratilgan. Shu ma’noda ta’lim ob’ekti
va sub’ekti aloqadorligida qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

Yoshlarning tafakkur madaniyatini tarbiyalashda ijtimoiy fanlarning o’rni va ahamiyati

ilmiy tahlil qilingan. Yoshlarning hayotiy ko’nikmalarini shakllantirishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar qo’llash mahorati muammoning yechimi sifatida keltiriladi.

Kalit so’zlar: Hayotiy ko’nikma, tafakkur madaniyati, falsafiy mushohada, ta’lim ob’ekti,

ta’lim sub’ekti.


Tafakkur taraqqiyoti inson dunyoqarashi sarhadlarining kengayib borishi barobarida uning

aqliy va amaliy imkoniyatlari borliq mohiyatini tobora chuqurroq qamrab oladi.

Inson tafakkur tarzini qaror toptirish, tafakkur madaniyatini shakllantirish umumbashariy

sivilizatsiyaning mazmun mohiyatini belgilab beruvchi asosiy mezon hisoblanadi. Aynan tafakkur
madaniyati dunyoni anglash, uning mohiyati to’grisida mantiqiy mushohada yuritish va shu orqali
yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Shu ma’noda tashqi olam, bizni o’rab turgan borliq
to’g’risida tushuncha va xulosalarimiz aqliy qobiliyatimiz mahsuli sifatida tizimli ta’sirning , ya’ni
ta’lim jarayonining uzluksizligi va maqsadli yo’naltirilganligi natijasi deb qabul qilinishi mumkin.

Har bir davrda ijtimoiy taraqqiyot va ma’naviy yuksalish shart-sharoitlari va zamin

poydevorini yaratish doimiy e’tiborda bo’lib kelgan. Taraqqiyot mezoni esa inson tafakkuri
madaniyati taraqqiyoti bilan o’lchanadi. Inson ongida sog’lom fikr, tushuncha va tasavvurlar
tizimini shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasini, erkin dunyoqarashini qaror toptirish
ta’lim tarbiyaviy asosga qurilib, insonning ijtimoiy muhitga moslashuvi, malaka va ko’nikmalar
orttirishiga qaratilgan.faoliyat sifatida ta’lim oluvchiga nazariy va amaliy bilimlarni berish sari
yo’naltiriladi. Ta’limni tarbiyadan ajratib bo’lmasligi isbot talab qilmas haqiqatdir. Shubhasiz,
birinchi galda yoshlar ongiga u yoki bu turdagi nazariy yoki amaliy bilimlarni singdirishdan avval,
uning ushbu bilim sohasiga nisbatan qiziqishini, qobiliyati va intilishini shakllantirish, izga
tushirish, bir so’z bilan aytganda, tarbiyalash lozimdir. Ikkinchidan,

ta’lim

berishda har bir ta’lim

ob’ektining maqsad muddaolari, mafaatlari, harakat va intilishlari uyg’unlashmog’i shartdir.

Uchinchidan, ta’lim

jarayoni uzluksizligida har bir insonning shaxs sifatidagi qobiliyati, fikr-

mulohazalari, xulosalari shakllantiriladi.

Va nihoyat, to’rtinchidan, ta’lim jarayonida singdirilgan nazariy va amaliy bilimlar,

egallangan kasb-hunarning maqsad va mas’uliyati ta’lim ob’ektining ijtimoiy faolligini oshirib,
barcha imkoniyatlarini ijtimoiy taraqqiyot sari yo’naltirishga, zamonamizning dolzarb
muammolarini hal etishga safarbar etishga yo’llaydi.

Ko’rinib turibdiki, har qanday sharoitda ta’lim samaradorligi avvalambor uning sog’lom

tarbiyaviy zaminda qanchalik mustahkam ildiz otganligi bilan belgilanadi.

Ta’lim-tarbiyaviy jarayonning uzluksizligini ta’minlash har qanday jamiyat, ijtimoiy tizim

uchun o’z istiqbolining mustahkam poydevorini barpo etish demakdir. Bu borada mamlakatimizda


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

72


ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ayni shu maqsad sari yo’naltirilgan va davlat
siyosati darajasida e’tirof etilayotgan ezgu maqsadlarimiz ifodasidir. Shubhasiz, bizning ta’lim-
tarbiya sohasiga qanchalik jiddiy e’tibor berayotganligimiz avvalo strategik ahamiyatga ega
bo’lgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun,
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda “O’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarida
aniq-ravshan o’z-ifodasini topgan. Mazkur huquqiy-me’yoriy xujjatlarda belgilangan vazifalar
aniq maqsad sari yo’naltirilgan bo’lib, barkamol avlod tarbiyasida eng zamonaviy ta’lim
texnologiyalarini qo’llash, ilg’or pedagogik salohiyatini safarbar etishini taqozo etadi.

Ta’lim-tarbiyaviy jarayonning barkamol avlod imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda

qanchalik ahamiyatli ekanligini ta’kidlab, Islom Karimov uqtirib o’tgan ediki, “Barchamiz bugun
chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan
mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol
yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko’tarishga qodir
bo’ladi”.

1

Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarimizni zamonaviy bilimlarni

puxta egallash sari yo’llashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning roli benihoyadir. Ushbu yo’nalishdagi
fanlar yoshlarning bilim saviyasini oshirish bilan birga har bir avlod vakilida yetuk mutaxassis,
zamonaviy inson qiyofasini shakllantirish sari yo’naltirilgandir.

Darhaqiqat, ijtimoiy fanlarni o’qitishda ularning funksional vazifalaridan kelib chiqadigan

o’ziga xoslikni alohida ta’kidlab o’tish kerak. Zero, ijtimoiy fanlar yoshlarda tafakkur
madaniyatini shakllantirish barobarida tashqi voqelikda sodir bo’layotgan o’zgarishlar, voqea-
hodisalarga o’z munosabatlarini bildirish, mustaqil qarorlar qabul qilish va xulosalar chiqarish sari
yo’llaydi. Masalaning muhimligi shundaki, yoshlarimizning voqelik haqidagi umumiy
dunyoqarashini shakllantirishda birinchi galda shu voqelik mazmun-mohiyatini to’g’ri izohlab,
sodir bo’layotgan voqealar, ularning yo’nalishi, harakatlantiruvchi kuchlari va maqsad-
muddaolari haqida aniq ma’lumotlar asosida yoshlarimiz fikrini oydinlashtirishi lozim. Ana
shunday mas’uliyatli vazifa ko’proq dunyoqarashlik maqomiga

ega bo’lgan falsafiy fanlar

zimmasiga tushadi. Shuning uchun ta’lim tizimining yuqori bosqichlarida ushbu fanlarni
o’qitishda fan dasturlari, o’quv adabiyotlari va ta’lim texnologiyalarida o’ziga xoslikka e’tibor
qaratib, hech bir ayniylikka, o’xshashlikka va takrorlanishlarga yo’l qo’yilmasligi lozim. Ijtimoiy
fanlarni o’qitishda biz avvalo fanning insonparvarlik mohiyatiga jiddiy e’tibor qaratmog’imiz
lozim. Shu bois yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirayotgan g’oyalarga insonparvarlik,
vatanparvarlik, bag’rikenglik, fidoyilik, mehnatsevarlik fazilatlari ustuvorligini ta’minlamog’imiz
zarur. Yoshlarimizning ijtimoiy fanlarga doir bilimlarini yanada chuqurlashtirish vazifalaridan
kelib chiqadigan bo’lsak, shu narsa albatta e’tiborimiz markazida bo’lishi kerakki, avvalo ularning
aqliy yetukligi, bilim darajasi va fikrlash saviyasini o’stirish maqsadida aqliy tarbiyani; ma’naviy-
axloqiy, insoniy fazilatlarini shakllantirish bilan bog’liq-axloqiy tarbiyani; huquqiy, siyosiy bilim
berish orqali siyosiy hamda huquqiy onglilikni o’stirish, huquqiy madaniyatini oshirishga
yo’naltirilgan-huquqiy va siyosiy tarbiyani; estetik ongi va ijodkorlik mahoratini shakllantirishga
yo’naltirilgan- estetik tarbiyani amalga oshirish ta’lim-tarbiyaviy ishlarimizning bosh yo’nalishini
tashkil qilishi kerak.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

73


Hozirgi tahlikali zamonda yosh avlod tarbiyasida hushyorlik va ogohlikni yanada oshirish

zarurligini uqtirib, Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o’tdilarki, bu masalada “….biz asrlar
maboynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz.
Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni
egallashlari, har tomonlama sog’lom va barkamol bo’lib, hayotdan munosib o’rin topishlari uchun
barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz”

2

.

Ta’lim-tarbiyaviy jarayonning o’ziga xosligi shundaki, u har bir inson uchun jamiyat

a’zosi sifatida o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lish, ijtimoiy faol turmush tarzini tanlash
imkoniyatlarini beradi. Shu bois yoshlarni ijtimoiy foydali turmush sari yo’llash, o’z iste’dodi va
qobiliyatiga yetarlicha baho berishga o’rgatish, ana shunday mezonlar asosida ularga ta’lim-
tarbiya berish ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning muhim bug’inidir.

Ta`lim samaradorligiga erishmoqni niyat qilib ushbu sohadagi amalga oshirilayotgan

islohatlarning ishtirokchisiga aylanayotgan ekanmiz, unutmaslik kerakki, biz tarbiya qilayotga
yoshlar avvalombor davr ruhini, millat va xalq uyg`oqligini, uning orzu-intilishlarini, maqsad va
manfaatlarini ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida bir biri bilan bog`lab turuvchi
bunyodkor kuchdir. Yoshlarimiz milliy g`oyalarimizni, milliy qadiriyatlarimiz va ularning
manbalarini chuqur o`rganib, o`z bilimi, tafakkuri va qobiliyatiga tayanib uni ijodiy
rivojlantiradigan hamda kelgusi avlodlarga yetkazib beradigan kuchdir. Bu kuchni harakatga
keltirmoq, uni aniq maqsadlar sari yo`naltirmoq va eng muhimi, unga nisbatan ishonch hissini
uyg`otmoq nihoyatda katta mas`uliyat va fidoyilikni talab qiladi.

Ta`lim tarbiyaviy ishlarimizning pirovard maqsadini barkamol avlod, komil inson shaxsi

bilan bog`lar ekanmiz, so`zsiz, bu o`rinda ajdodlarimizdan meros bo`lib kelayotgan ilmiy-
ma`rifiy, ma`naviy axloqiy qadryatlarimizni ta`lim-tarbiyaviy faoliyatimizning zamin- poydevori
deb bilmog`imiz lozim. Shunday ekan, anashu boy meros sari keng yo`l ochish, bebaho ma`naviy
ne’matlardan yoshlarimizning foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda uni ijodiy
rivojlantirish qobiliyatini tarbiyalash asosiy vazifamiz bo`lmog`i lozim.

Milliy-ma`naviy merosimizning qanchalik ahamiyatli ekanligini yoshlar ongiga singdirish

orqali g`oyaviy-mafkuraviy tarbiya izchilligini taminlar ekanmiz, bu bilan mafkuraviy
immunitetning mustahkam poydevorini barpo etishga erishamiz. Bunday natija masalaning ikki
muhim jihatini taqozo etadi:

-birinchidan, yoshlarimizni o`tmish madaniy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida

tarbiyalash orqali bunday bebaho boylikdan ijodiy foydalanish imkoniyatlari ulardagi ichki
ehtiyojlar, hohish-iroda bilan uygunlashib ketmog’i lozim. Shundagina yoshlarimiz o`zlikni
anglash tarixni bilishdan boshlanishini chuqur his etgan holda kelajak mas’uliyatini aniq- ravshan
idrok qila oladilar;

- ikkinchidan, yoshlarimizning o`tmish ma`naviy merosimizga oqilona
munosabatini tarbiyalash ustida so`z borar ekan, albatta, ushbu maqsaddagi tarbiyani

amalga oshirish imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun yetarlicha shart-sharoit hamda sog’lom
manaviy-axloqiy muhit yaratilganligiga ishonch hosil bo’lishi kerak.

Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqbol rejalari bu borada bizning oldimizga aniq talablarni

qo`ymoqda. "Yosh avlod tarbiyasi mamlakat rivojlanishining real talablariga mos yondashuvni,
o`ziga xos aniqlikni taqozo etmoqda. Bu aniqlikda bizning millat va xalq sifatidagi zamonaviy
o`zligimizni anglash darajamiz va zamonaviy taraqqiyot talablari taqozo etadigan milliy
tafakkurimiz ifodalanishi kerak”

3

.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

74


Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish-eng oliy
saodatdir. T-“O’zbekiston”. 2015. 255 -bet.

2.

Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti
va xalq faravonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganligiing 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza.// “Xalq so’zi”.
8 dekabr 2016 yil.

3.

M.Munavvarova. Milliy g’oyaning ma’naviy ildizlari. “T.: Ma’naviyat” 2011, 25 bet.

References

Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir. T-“O’zbekiston”. 2015. 255 -bet.

Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiing 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza.// “Xalq so’zi”. 8 dekabr 2016 yil.

M.Munavvarova. Milliy g’oyaning ma’naviy ildizlari. “T.: Ma’naviyat” 2011, 25 bet.