2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
75
YANGI O’ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHNING
IJTIMOIY-SIYOSIY VA HUQUQQIY ASOSLARI
Ziyotova Adolat Ergashevna
SamDAQU. Katta o’qituvchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087166
Annotatsiya. Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va
amalga oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ularning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy
asoslari hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, mamlakatimizda
inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan jamiyatni demokratlashtirish, ochiqlik va
oshkoralik, gender tengligi, inson qadri kabi tushunchalarning mazmun mohiyati yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: Yangi O’zbekiston konsepsiyasi, innovatsion mexanizm, ochiqlik va
oshkoralik, gender temglik, “Inson qadri uchun”.
Bugungi kunda jamiyatimizda inson huquqlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda
Yangi Oʻzbekiston konsepsiyasi va huquqiy islohotlar, davlat rahbariyati tomonidan inson
huquqlari bo‘yicha qabul qilingan strategik hujjatlar, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV ning
inson huquqlarini himoya qilishda olib borilayotgan ishlari alohida ahamiyatga ega.
Yurtimizda inson huquqlari himoya qilish, adolat va erkinlikni qaror topdirishda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, O‘zbekiston Respublikasining “Inson huquqlari
bo‘yicha Milliy strategiyasi”ning, O‘zbekiston Respublikasining “Ombudsman to‘g‘risida”gi
qonunining hamda Mehnat, gender tenglik va so‘z erkinligi bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va
boshqa qonun osti normativ-huquqiy hujjatlarning o‘rni beqiyos.
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun
farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh
mezoniga aylanib bormoqda [
Bu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va
erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si
yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-
huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqei yaxshilanishiga xizmat qilishga qaratilgan,
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha izchil olib borilayotgan davlat
siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab beruvchi Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi 2020-yil 22-iyun qabul
qilingan edi.
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham «Inson qadri uchun» tamoyili
asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish
va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan birga
inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor
yo‘nalishlarning mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevral kunidagi PQ-46-sonli qaroriga
ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining
tasdiqlanishi bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda yana bir muhim qadam bo‘ldi. [2.
e-
qaror.gov.uz].
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining qabul
qilinishi mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada rivojlantirishga, aholining
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
76
inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga, shuningdek, davlat
xizmatchilarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga
qaratilgan.
Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va
moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilayotganligi tufayli bugun
o‘qituvchiga, o‘qituvchilik kasbiga nisbatan ijobiy munosabat qaror topmoqda. Buni shaxsan o‘z
faoliyatimdagi yuksalishlar, yutuqlar va imkoniyatlar bilan dadil ayta olaman. Yangilangan
Konstitutsiya inson huquqlarini ta’minlash borasidagi islohotlarimizni tizimli va izchil amalga
oshirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.
Oxirgi paytlarda Konstitutsiyamizga kiritilayotgan tub o‘zgarishlar ham aynan inson
huquqlarining ustuvorligini ta’minlashga qaratilganligi hech kimga sir emas. Bu o‘zgartirish va
qo‘shimchalarga nazar tashlasak, Konstitutsiyamizning muqaddimasi inson huquq va
erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-
qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni qurish, fuqarolarning
munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon
O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan holda qabul
qilinganligini ifodalaydi.
Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi, degan qoidani
kiritilganligi ham insonga yana bir karra e’tibor yuksalganini ko‘rsatadi. Shuningdek, insonning
huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi, degan alohida normaning kiritilishi,
yangilanish va to‘ldirishlarning barchasi inson huquqlarini kafolatlashga qaratilganligini isbotidir.
Mamlakatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida majburiy va bolalar
mehnati to‘liq tugatilganligi, inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilinganligi, 50
ming nafar yurtdoshimizga O‘zbekiston fuqaroligi berilganligini ta’kidlab o’tgan edilar.
Shuningdek, inson huquqlarini himoyalashga qaratilgan tizimli islohotlar izchil davom ettirilib,
2023-yil 20-sentabrdagi BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ham O’zbekiston o’z
pozitsiyasini e’lon qildi.[3.] Prezidentimiz ta’kidlaganidek, inson kapitalini rivojlantirish va
kreativ yosh avlodni tarbiyalash – O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan strategik vazifalardan
biridir. O‘tgan ettii yillik vaqt mobaynida maktabgacha ta’limdagi qamrov 21 foizdan 76 foizga,
oliy ta’limda esa 9 foizdan 43 foizga yetdi. 2030 yilga qadar har bir bolaning bog‘chaga qatnashi,
maktabni bitirayotgan har ikki o‘quvchining biri esa oliygohda o‘qishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb
masalasi sifatida qayd etildi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev milliy siyosatimiz
markazida turadigan eng ezgu maqsad – oilalar mustahkamligini, ayollarimizning huquqiy
himoyasi va osoyishta hayotini ta’minlashdan iboratligini alohida ta’kidlab o’tdilar. [4.]
Shuningdek, Prezidentimizning 2023-yil 25-mayda “Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul
qilinganligi ham Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan davlat tashqi siyosatining
ustuvor ahamiyatini oshiradi. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari
bo‘yicha kengashining a’zosi sifatida faol harakati, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy
komissari hamda inson huquqlari masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachilar bilan yaqin
hamkorligi bunga yorqin misol bo‘lmoqda. [5.]
Inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni amalga oshirish, ayniqsa ayollar, bolalar,
yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish hamda ijtimoiy adolat
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
77
tamoyillariga konstitutsiyaviy maqom berildi. Shuningdek, xotin-qizlar va bolalar huquqlari,
erkinliklari va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, qiynoqqa
solishning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmning qonuniy asoslarini shakllantirish,
majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirildi.
Xulosa
qilib aytganda Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini amalga oshirishning
ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslarini ta’minlashda so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar va
xalqaro hamkorlik doirasida inson huquqlari borasida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da,
hali bartaraf qilinishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Kelajakda davlat va fuqarolik
jamiyati o‘zaro hamkorlikda inson huquqlari himoyasini yanada mustahkamlash yo‘lida birgalikda
harakat qilishlari lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
BMTning
inson
huquqlari
qo‘mitasining
O‘zbekistonga
doir
2.
e-qaror.gov.uz
3.
A.Jo‘rayev A. “Demokratik jamiyat va inson huquqlari”, T.: Fan, 2020-yil.
4.
BMT
Inson
huquqlari
qoʻmitasining
Oʻzbekistonga
doir
hisobotlari
5.
G‘.Qosimova. “Yangi Oʻzbekistonda huquqiy islohotlar va inson huquqlari”, T.: Huquq,
2022-yil
