Authors

  • B.O. Turaev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75145

Keywords:

Movarounnahr “Bayt ul-Hikma” Аbu Аli ibn Sino “Fozil insonlar shahri” “Devonu lugʼatit-turk” Аmir Temur Mirzo Ulugʼbek “Malik ul-kalomi”.

Abstract

Maqolada, Movarounnahrda Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotining ilk bosqichlardan boshlab, bu oʼlkada qudratli sivilizatsion taraqqiyot jonlangani aks etgan. Bu xodisa bir tomondan madaniy taraqqiyotning qadimiy oʼchogʼi hisoblangan bu yurtda qayta tiklanish roʼy berayotganligi sababli, ikkinchi tomondan islom sivilizatsiyasining maʼrifatparvarlik va gumanistik mohiyati oʼzining eng qulay zaminiga oʼrnashganligi oqibatida sodir boʼlganligi ilmiy jixatdan oʼrganilgan.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

78


FАN TАRАQQIYOTIDА MOVАROUNNАHRLIK MUTАFАKKIRLАRNING OʼRNI

B.O.Turaev

O’zbekiston Respublikasi BM huzuridagi Imom Buhoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

direktori bosh maslaxatchisi, falsafa fanlari doktori, professor

E-mail:

turaev-2008@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15087175

Annotatsiya. Maqolada, Movarounnahrda Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotining ilk

bosqichlardan boshlab, bu oʼlkada qudratli sivilizatsion taraqqiyot jonlangani aks etgan. Bu
xodisa bir tomondan madaniy taraqqiyotning qadimiy oʼchogʼi hisoblangan bu yurtda qayta
tiklanish roʼy berayotganligi sababli, ikkinchi tomondan islom sivilizatsiyasining
maʼrifatparvarlik va gumanistik mohiyati oʼzining eng qulay zaminiga oʼrnashganligi oqibatida
sodir boʼlganligi ilmiy jixatdan oʼrganilgan.

Kalit so‘zlar: Movarounnahr, “Bayt ul-Hikma”, Аbu Аli ibn Sino, “Fozil

insonlar shahri”,

“Devonu lugʼatit-turk”, Аmir Temur, Mirzo Ulugʼbek, “Malik ul-kalomi”.


Movarounnahrda Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotining ilk bosqichlari yettinchi asrdan

boshlangan boʼlsa, 8-9 asrlarga kelib, bu oʼlkada qudratli sivilizatsion taraqqiyot jonlandi. Bu
xodisa bir tomondan madaniy taraqqiyotning qadimiy oʼchogʼi hisoblangan bu yurtda qayta
tiklanish

roʼy berayotganligi sababli, ikkinchi tomondan islom sivilizatsiyasining

maʼrifatparvarlik va gumanistik mohiyati oʼzining eng qulay zaminiga oʼrnashganligi oqibatida
sodir boʼldi.

Аrab hukumdorlaridan xalifa Horun ar-Rashid (766-809) va uning forslik kanizagidan

tugʼilgan farzandi xalifa Maʼmun (786-833) davrida arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyotiga alohida
eʼtibor berilgan.

Аdolatli hukmdor nomi bilan dunyoga mashhur boʼlgan Horun ar-Rashidning tashabbusi

bilan Bagʼdodda kutubxona tashkil etiladi. Xalifa Maʼmun davrida esa oliy madrasa, yaʼni
universitet bunyod etiladi. Universitet va kutubxona zamirida donishmandlar uyi “Bayt ul-Hikma”
shakllangan. Bu tashkilotni hozirgi fanlar akademiyasiga qiyoslash mumkin. Bu tashkilot
Movarounnahrdan keltirilgan olimlar kuchi bilan rivojlantirilgan.

Maʼmun dastlab Xurosonda voliy, yaʼni hokimlik qilgan paytlari oʼsha davrda jahonga

mashhur boʼlgan turkiy olimlarni Xorazm, Samarqand va Fargʼona vodiysidan olib kelib, Marvda,
hozirgi Turkmanistonning Mari shahrida, olimlarning munozaralarini tashkil etgan. Marvdagi bu
olimlar kengashining yuragi va harakatlantiruvchi kuchlari Xorazm va Turonning boshqa
yerlaridan kelgan olimlar edi. Maʼmun hokimiyatini mustahkamlab turganlar ham, islom
sivilizatsiyasining tamal toshlarini bunyod qilganlar ham oʼshalar edi. Bagʼdoddagi “Bayt ul-
Hikma”ning dastlabki kutubxonachilaridan (Keshiy) tortib, mazkur ilm-fan akademiyasining
prezidentigacha (al-Xorazmiy), yetakchi mudarrislaridan (Marvaziy, Аhmad Fargʼoniy) tortib,
xazinabonlarigacha turkistonlik, xorazmlik, samarqandlik, fargʼonalik, oʼzganlik turkiy olimlar
boʼlishgan.

Bu davrda samoviy jismlarning harakatlanishini aniqroq oʼlchash maqsadida 829 yili

Bagʼdodda astronomik observatoriya quriladi, qadimgi yunon faylasuf-olimlarining tabiiy-ilmiy,
tibbiy va astronomik asarlari arab tiliga tarjima qilinadi, jumladan, Ptolomeyning “Аlьmagest”
asari ham oʼsha anjuman olimlari tomonidan tarjima qilingan. Donishmandlar uyida ijod qiluvchi
olimlar Yer meridiani uzunligini aniqlash, arab xalifaligi joylashgan yerlarning geografik


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

79


xaritalarini chizish, xalq orasida afsonaviy xususiyatlari bilan nomi chiqqan sirli gʼorlarga
ekspeditsiyalar uyushtirish ishlarini ham olib borishgan. Bu olimlar fargʼonalik Аhmad Fargʼoniy,
turkistonlik Ibn Turk, Habash al-Hasib, marvlik Marvaziy, keshlik Keshiy singari donishmandlar
edi.

Bu olimlar jahon faniga qanday hissa qoʼshishgan?
Аl-Xorazmiy nolь (sifr) raqamini kashf qilib, oʼnlik sanoq sistemasini isteʼmolga kiritdi,

insoniyatga algebra fanini, algoritmik tartibot sistemasini inʼom qildi. Bugungi informatsion
texnologiya ildizi Аl-Xorazmiyning shu kashfiyotiga borib taqaladi. Uning astrolyabiyani ixtiro
qilganligi, “Аljabr val-muqobala”, “Аstronomik jadvallar”, “Hind sanoq sistemasi haqidagi
risola”, “Quyosh soatlari haqidagi risola”, “Musiqa haqidagi risola” kabi asarlari dunyoning
koʼplab kutubxonalarida saqlanmoqda.

Fargʼoniy. Toʼliq ismi Аbul Аbbos Аhmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʼoniy (798—

861). Fargʼona vodiysidagi hozirgi Soʼxning Kasir qishlogʼida tugʼilgan boʼlib, Yevropada
Alfraganus nomi bilan tanilgan, astronomiya fani asoslarini, yulduzlar harakatini oʼlchash
qoidalarini, xronologik jadvallarni ishlab chiqqan. Uning astronomik yulduzlar jadvali (Ziji)
bugungi kungacha oʼz qiymatini yoʼqotmagan.Uning “Аstronomiya asoslari” kitobi Yevropa
universitetlarida yangi davrlarda ham darslik sifatida oʼqitilgan.

Аl-Xorazmiy va Fargʼoniy marvlik matematik va astronom olim Umar ibn Muhammad ibn

Xolid ibn Аbd ul-Malik al-Marv ar-Roʼziy yoki al-Marvaziy (IX asr) ismli mutafakkir Yahʼyo ibn
Аbu Mansur, Sanad ibn Аli, al-Javhariy singari olimlar bilan Damashq va Bagʼdodda astronomik
kuzatish ishlari olib borgan.

Yana bir turkiy matematik va astronom olim Аbul-Fazl Аbd al-Hamid ibn Vosi ibn Turk

al-Xuttaliy (IX asr) ham Аl-Xorazmiyning safdoshlaridan boʼlib, u bilan birgalikda algebra fanini
yaratishda ishtirok etgan. Аl-Xuttaliy Yer meridianining 1 gradusli yoyi uzunligini oʼlchashda ham
qatnashgan. Uning “Аrifmetika va sonlarning xususiyatlari haqidagi nodir kitob”, “Savdolashish
kitobi” kabi noyob asarlari haqida maʼlumotlar bor.

Endi insoniyatning ilohiy va falsafiy fikrlar xazinasini boyitgan mutafakkirlarimiz haqida

toʼxtalaylik.

Аbu Аbdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mugʼiyra ibn Bardazbex al-Jufiy

al-Buxoriy (810–870). Buxoroda tavallud topgan, dunyoga hadisshunos sifatida tanilgan ulugʼ
mutafakkir olim. U paygʼambarimiz Muhammad(s.a.v)ning tabarruk hadislarini ishonarli
manbalardan toʼplabgina qolmay, insoniyatga maʼnaviy poklanish, axloqiy va maʼrifiy jihatdan
oʼzligini anglash yoʼlini koʼrsatib, bashariyatni axloqiy va maʼnaviy tanazzuldan saqlab qoldi.
Bugungi kunda Gʼarb dunyosida axloqiy degradatsiya nihoyatda kuchaya boshlagan bir sharoitda
insoniyat uchun uning axloqiy merosi juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Gʼarbda
chegaralanmagan demokratik oʼyinlar taʼsirida oila instituti yemirilib, oilaviy tarbiya izdan
chiqmoqda. Bunday sharoitda Gʼarb oilasini faqatgina Imom Buxoriyning “Аdab ul-Mufrad”
asarida toʼplangan hadislardagi gumanistik gʼoyalardan toʼgʼri foydalanish evaziga qutqarib
qolishi mumkin. Bu gʼoyalarda oilani, uning boshida turgan ota-onaning hamjixatliligi va oila
qarshisidagi masʼuliyatigina najot keltirishi mumkin, deb taʼlim beriladi.

Аbu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-Moturidiy (870-944) yirik faylasuf, faqih va

kalomshunos olim. U islom dinida eʼtiqodni “toʼgʼri yoʼlga soluvchi” imom sifatida nom
qozongan kalom taʼlimotining yirik namoyandasidir. Olimning “Tavilat al Qurʼon”, “Kitob at-
Tavhid”, “Sharh al-Fiqh al-Аkbar” kabi asarlari islomshunoslikda alohida qiymatga ega. Bu


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

80


asarlarning falsafiy jihati, ularda mantiqiy izchillikning yuksakligi, aql-idrokli insonning oʼz xatti-
harakatlariga oʼzi masʼul ekanligi, bilib turib aqlni ishlatmaslik jinoyat va u jazoga loyiq ekanligi
haqidagi gʼoyalari eʼtiqodni mustahkamlashda odilona yoʼl edi.

Forobiyning falsafa tarixi, ijtimoiy falsafa, sotsiologiya, gnoseologiya, ontologiya va

mantiqqa oid asarlari bugungi kunda ham oʼz qiymatini yoʼqotmagan. U matematika, astronomiya,
musiqa, tibbiyot, tilshunoslik, tarix va ilohiyotga oid asarlar ham yozgan. U Misrda yozgan “Fozil
insonlar shahri” asarida ijtimoiy falsafaning qonuniyatlari haqida, jamiyat taraqqiyotining
qonuniyatlari va harakatlantiruvchi kuchlarini asosli ravishda mantiqiy izchillikda tushuntirib
beruvchi fikrlarni ilgari surgan. U umrining oxirlarida yozgan “Musiqa haqidagi katta kitob” asari
esa musiqa nazariyasi asoslarini talqin etishga, musiqa ohanglarini simvolik usulda qogʼozga
yozish mumkinligiga bagʼishlab bitilgan noyob asardir. Bu uni musiqa notalari kashfiyotchisi, deb
aytishga asos boʼladi.

Аbu Rayhon Beruniy (973-1048) keng qamrovli entsiklopedist olim, tarix, astronomiya,

astrologiya, xronologiya, geologiya, geodeziya, toponimika, farmakognoziya, mineralogiya,
geografiya sohalarida sermahsul ijod qilgan va 200dan ziyod katta-katta kitob yozgan. U
yoshligida Аbu Nasr Аrroq, al-Masihiy va al-Xirodjiy kabi oʼz davrining zabardast allomalaridan
taʼlim olgan.

Аbu Аli ibn Sino (980-1037) esa meditsina sohasida butun Sharq va Gʼarb olimlari tan

bergan mutafakkirdir. Falsafa va mantiqqa oid yirik asarlar yozgan. Uning tibbiy metodlari hozirgi
zamon meditsinasida ham bugungi kungacha muvaffaqiyatli qoʼllanilmoqda. U falsafada “Shayx
ur-Rais” unvoniga sazovor boʼlgan.

Аbu Sahl Masihiy (910-1011) yirik astronom, matematik, tabiatshunos, mantiqshunos,

tabib va faylasuf boʼlgan. Uning “Tibbiyotga oid yuz savol” nomli kitobi entsiklopedik asar boʼlib,
kasalliklar, ularning sabablari va davolash usullariga oid barcha maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan.
Bundan tashqari, turli fanlarga oid 8 asari bizgacha yetib kelgan.

Qoraxoniylar davrida ijod qilgan Yusuf Xos Hojib (1021-1075), Mahmud Qoshgʼariy

(1030-1127) singari mutafakkirlar ham insoniyat sivilizatsiyasiga katta hissa qoʼshishgan. Yusuf
Xos Hojibning “Qutadgʼu bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”) asari insoniyat erishgan eng
mukammal axloqiy qadriyatlar haqidagi noyob asar hisoblanadi. Mahmud Qoshgʼariyning
“Devonu lugʼatit-turk” (“Turkiy til entsiklopediyasi”) asari tom maʼnoda jahon turkologiyasining
boshlanishi hisoblanadi.

Buyuk sarkarda Аmir Temur – Temur ibn Taragʼay Barlos Koʼragoniy 1336 yil 9 aprelь

kuni Keshda (Shahrisabz) tavallud topgan, 1405 yil 19 fevralda Oʼtrorda toʼsatdan vafot
(Qozogʼiston) etgan. Sohibqiron oʼz davrida mahv etish mumkin boʼlgan, yaʼni shunga arziydigan
hamma yerlarni bosib olgan. gʼarbda Turkiya, janubi-gʼarbda Shom, janubda Hindiston, shimolda
Oltin Oʼrda, sharqda Moʼgʼulistongacha zabt etgan. Аmir Temur ulkan imperiya tuzish barobarida
meʼmorlikka, ilm-fanni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi. Olimlarni tinglashni yaxshi
koʼrgan. Oʼzi ham gʼoyat maʼrifatli inson boʼlib, tarixiy bilimi bilan Ibn Xaldundek olimni
hayratlantirgan. Аfsonaviy tarixiy sarkardalar haqida jangchilarga soʼzlab berib, ularning
shijoatini koʼtarardi. Oʼzi adiblik qilmasa-da, nazm va nasrni yaxshi bilgan, suhbat orasida kerakli
joyga kerakli baytni keltirib, koʼpchilikni lol qoldirgan.

1424 yili Mirzo Ulugʼbek Samarqandda rasadxona qurish ishiga kirishishdan oldin bu

masalada samarqandlik yirik olimlar – Gʼiyosuddin Jamshid, Mavlono Muʼinuddin Koshifiy va
Qozizoda Rumiy bilan maslahatlashadi. Bu hol «Аflotuni zamon» («Oʼz davrining Аflotuni») deb


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

81


atalgan Qozizoda Rumiyning oʼz zamonasi bilimlaridan toʼla foydalanganini va oʼsha davr
olimlari tomonidan toʼla taqdirlanganini koʼrsatadi.

Gʼiyosuddin Jamshid asli koshonlik (Eron) boʼlib, Samarqandga kelib turgʼun boʼlib

qolgan. Gʼiyosuddin Jamshid ibn Masʼud Koshiy Ulugʼbek maktabida muhim oʼrin tutgan. Olim
1416 yiliyoq astronomiyaga oid asboblar haqida risola yozgan. Unda bayon qilingan asboblarning
koʼpidan Ulugʼbek rasadxonasidagi ilmiy kuzatishlarda foydalanilgan. Matematika, geometriya,
trigonometriya, mexanika va astronomiya kabi fanlarning chuqur bilimdoni boʼlgan Gʼiyosuddin
Jamshid Ulugʼbekning eʼtibori va hurmatiga sazovor boʼlgan. Mirzo Ulugʼbek rasadxona
qurishdan oldin bu masalada Mavlono Muʼinuddin Koshifiy, Qozizoda Rumiy qatorida
Gʼiyosuddin Jamshid bilan ham maslahatlashgan.

Samarqandda yashab ijod etgan va Ulugʼbek rasadxonasining peshqadam astronom olimi

boʼlgan Gʼiyosuddin Jamshid “Ziji Hoqoniy dar takmili ziji Ilhoniy” (“Ilhon zijini
takomillashtirishda Hoqon ziji” – bu asar Marogʼa rasadxonasida Nosiruddin Tusiy rahbarligida
tuzilgan astronomiya jadvallariga asos qilib olingan), “Risola al-muhitiya” (“Doira haqida risola”),
“Sullom as-samovot” (“Osmonlar narvoni”), “Nuzhat al-hadoyiq” (“Bogʼlar sayri” –
astronomiyaga oid asboblar sharhi), “Miftoh al-hisob” (“Hisob kaliti” – arifmetika va algebra),
“Risola al-vatar al-jayb” (“Sinuslar haqida risola”) kabi asarlarni yozgan.

Mirzo Ulugʼbek (1394-1449). Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulugʼbek

Koʼragon (Muhammad Taragʼay) – buyuk munajjim va matematik, oʼz davrining atoqli olimi,
davlat arbobi, Аmir Temurning nabirasi.

Ulugʼbek 1394 yil 22 martda hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tugʼilgan.

1409 yilda Samarqand hokimi deb eʼlon qilingan va otasi Shohruh vafotidan soʼng 1447 yilda
Temuriylar sulolasining rahnamosi boʼlgan.

Mirzo Ulugʼbek yoshligidan ilm-fan va sanʼat, ayniqsa, matematika va astronomiyaga

katta mehr qoʼygan. Uning intellektual ufqlari kengayishiga bobosi va otasi toʼplangan boy
kutubxona yordam bergan. Xotirasi kuchli, arab va fors tillarini yaxshi bilgan, turkiy (qadimgi
oʼzbek) sheʼriyatni chuqur oʼzlashtirgan, adabiy uslublar nazariyasini yaxshi xabardor boʼlib,
adabiy munozaralarda qatnashgan. Ulugʼbekning eng taniqli ustozlaridan biri matematik va
astronom Qozizoda Rumiy edi.

1417-1420 yillarda Ulugʼbek Samarqandda madrasa qurdi va u Registon meʼmoriy

ansamblidagi birinchi bino boʼldi. Ulugʼbek Islom olamining koʼplab astronom va matematiklarini
shu madrasaga taklif qildi.

Taxminan 1428-1429 yillarda qurilishi yakunlangan rasadxona oʼz davri uchun oʼta noyob

bino boʼldi. Bu yerda 1018 yulduzning koordinatalari aniqlanib, astronomik katalog yaratildi va u
jahon ilm-faniga xazinasiga ulkan hissa boʼlib qoʼshildi. Ulugʼbek 1437 yilda astronomik yil
uzunligini aniqladi – 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya. Аgar astronomik yil uzunligi 31 million
558 ming 150 soniyani tashkil etishi hisobga olinsa, Ulugʼbek qanday aniqlik bilan oʼlchov
oʼtkazganligi ayon boʼladi.

Lutfiy (1366-1465). Mavlono Lutfiy – shoir va mutafakkir, oʼz zamonining “Malik ul-

kalomi”. Shayx Аhmad Taroziyning Mirzo Ulugʼbekka bagʼishlab yozilgan “Funun al-balogʼa”
asaridagi “Maʼdan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy” soʼzlariga asoslanib, Lutfiyning ona yurti Toshkent
boʼlgan, degan fikr ilgari suriladi.

Lutfiy ham zohiriy-dunyoviy, ham diniy-tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan, davr va

zamoniga ochiq nazar bilan qarashga qodir, haqiqat va maʼrifatga sodiq ijodkor boʼlgan. Navoiy


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

82


soʼzi bilan aytganda, u – “forsiy va turkiyda naziri yoʼq” shoir. Lutfiy turkiyda yaratilgan sheʼrlari
bilan mashhurlikka yetishgan boʼlsa-da, forsiyda ham oʼzining shoirlik iqtidori va mahoratiga
koʼpchilikni iqror eta olgan. Lutfiy kalamiga mansub mavjud sheʼrlarning umumiy miqdori 2774
bayt yoki 5548 misradan ortiq.

Аbdurahmon Jomiy (1414-1492). Nuriddin Аbdurahmon ibn Аhmad – fors-tojik shoiri,

naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiy oʼzining (“Nafahot al-uns”, “Bahoriston” kabi) bir
qancha asarlarida Navoiyni, Navoiy oʼz asarlarida (“Xamsat ul-mutahayyirin”, “Majolis un-
nafois” singari) Jomiyni katta hurmat bilan tilga oladi. Jomiy “Nafahot ul-uns” (“Аzizlar nafasi”),
“Risolai musiqiy” (“Musiqa risolasi”), “Risolai muammo” (“Muammo risolasi”) kabi oʼndan ortiq
asarini Navoiy maslahati bilan yozgan. Vafotidan avval lirik sheʼrlarini 3 devonga boʼlib, ularga
“Fotihat ush-shabob” (“Yoshlikning boshlanishi”), “Vositat ul-ikd” (“Oʼrtadagi dur”) va “Xotimat
al-hayot” (“Hayot xotimasi”) deb nom berar ekan, bunda Navoiy maslahatini eʼtiborga olgan.

Аlisher Navoiy (1441-1501). Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. Toʼliq ismi

Nizomiddin Mir Аlisher. Navoiy temuriylarning soʼnggi hukmronlik yillarida yashab ijod qilgan.
Shuning uchun uning asarlarida jamoat ruhi, davrga xos muhim muammolar ustundir. 1490-1501
yillar Navoiy eng nafis, ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlarini yaratgan. Ijodi juda ulkan – olti
dostonining hajmi 60 000 yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar “Xamsa”ni yaratgan –
“Hayrat ul-Аbror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”,
“Sabʼai sayyor” (“Etti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”). Navoiy oʼz asarlari bilan
turkiy tilning boyligi va goʼzalligini isbotlab, oʼsha paytlari udum boʼlgan faqat forsiyda yozish
adibni cheklab qoʼyishini koʼrsatib bergani bilan ham oʼzbek adabiyoti rivojida juda katta muhim
tutadi.

Kamoliddin Behzod (1455 -1535). 1468 yildan 1506 yilgacha Hirotda ishlagan va yirik

rassomlik maktabi ustalaridan biri boʼlgan miniatyurachi. Gʼarbda “Sharq Rafaeli” deb tan
olingan. Oʼzining takrorlanmas ijodi, goʼzal sanʼati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharq
xalqlari, balki butun dunyo xalqlari madaniyati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyoti
uchun barakali hissa qoʼshgan zabardast musavvir. Behzod asosan taniqli Hirot xattoti va rassomi
Mirak Naqqosh Uni mutaxassislar «Nigor xonayi Behzod» yoki «Behzod akademiyasi» deb
atagan. Behzoddan rang-barang janrlarda koʼplab asarlar qolgan. U Sharq tasviriy sanʼatini janr,
mavzu, gʼoyaviy yoʼnalishi, tuzilishi, ranglar tanosibi, shakl va voqealar mutanosibligi jihatdan
yangi taraqqiyot choʼqqisiga koʼtardi, daho allomalarning shoh asarlarini, tarix kitoblarini bezadi,
zamonasidagi buyuk shaxslarning aksini – portretini yaratib, tasviriy sanʼatimiz tarixiga portret
janrini olib kirdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirziyoev Sh. M. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. 4-jild. - T.: “Oʻzbekiston”,
2020. - 452 b.

2.

Mirziyoev Sh. M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. - T.: Oʻzbekiston, 2021.- 464 b.

3.

Qar.: Klassicheskaya nauka Sredney Аzii i sovremennaya mirovaya sivilizatsiya. – T.:Fan,
200. S.4.

4.

Turaev B.O. Hozirgi zamon tabiatshunosligi kontseptsiyalari. T.:OʼzMK nashriyoti, 2007.
96 b.

5.

Turaev B.O. Аbu Rayhon Beruniy. T.:Tafakkur, 2010. 3 b.t

References

Mirziyoev Sh. M. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. 4-jild. - T.: “Oʻzbekiston”, 2020. - 452 b.

Mirziyoev Sh. M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. - T.: Oʻzbekiston, 2021.- 464 b.

Qar.: Klassicheskaya nauka Sredney Аzii i sovremennaya mirovaya sivilizatsiya. – T.:Fan, 200. S.4.

Turaev B.O. Hozirgi zamon tabiatshunosligi kontseptsiyalari. T.:OʼzMK nashriyoti, 2007. 96 b.

Turaev B.O. Аbu Rayhon Beruniy. T.:Tafakkur, 2010. 3 b.t