2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
96
YANGI OʼZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Qobilov Rustam Radjabboevich
Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy
kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087244
Annotatsiya. Ushbu maqolada Oʼzbekistonda milliy turizmni rivojlantirish jarayonida
turizmning rivojlanishining konseptual omillarini oʼrganish, uning rivojlanish qonuniyatlarini
ochib, turizm rivojlanishining kelgusidagi istiqbollarini belgilash haqida soʼz boradi.
Kalit soʼzlar: aholi turmushini yaxshilash, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish
globallashuv, axborotlashuv, turizni rivojlanishining iqtisodiyotga foydasi.
Bugungi kunda turizm sohasi xalqaro miqyosda aholini ish bilan taʼminlash, fuqarolarning
turmush farovonligini oshirish, davlat iqtisodiyotini rivojlantirish sohasida muhim ahamiyatga
yega boʼlib bormoqda. Shuningdek, globallashuv va axborotlashuv jarayonlarining kuchayib
borishi milliy turizmning rivojlanishiga oʼz taʼsirini oʼtkazmoqda. Hozirgi davrda milliy turizm
rivojlanishining konseptual omillarini oʼrganish, uning rivojlanish qonuniyatlarini ochib turizm
rivojlanishining kelgusidagi istiqbollarini belgilash dolzarb ahamiyat kasb yetmoqda.
Hozirda Oʼzbekistonda zamonaviy turizm infrastrukturasini rivojlantirish masalasiga katta
eʼtibor
qaratilmoqda.
Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoev
taʼkidlaganlaridek:
“Turizmni
iqtisodiyotning strategik tarmogʼiga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa boʼlib qoladi” .
Oʼzbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish maqsadida 2019 yil 13 avgustdagi PF-
5781-son “Oʼzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
toʼgʼrisida”, 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son “Oʼzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat
turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorlari qabul qilingan.
Oʼzbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ahamiyatga ega
boʼlgan vazifalardan hisoblanadi. Аvvalambor turizm sohasini rivojlantirishning muhim omili –
bu ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilishdir. Bugungi kunda Oʼzbekistonda ichki va tashqi
turizmni rivojlantirish uchun zarur infrastrukturani shakllantirish masalasiga katta eʼtibor qaratilib,
Respublikamizda 20 dan ziyod turistik yoʼnalishlar chet ellik turistlarni oʼziga jalb etib kelmoqda.
Oʼzbekistonga 2016 yilda 1 million 300 ming, 2017 yilda qariyb 2 million 700 ming, 2018 yilda
5 million 346 ming 200 kishi, 2019 yilda 6 million 748 ming 500 kishidan iborat turistlar kelib,
2020 yilda ularning sonini 7,5 millionga, 2023 yilda 10 million kishiga yetkazish moʼljallandi. Bu
yoʼnalishlar asosan YuNESKO tomonidan ishlab chiqilgan madaniy tanishuvlar dasturi asosida
tayyorlangan boʼlib, bunda Oʼzbekiston Markaziy Osiyodagi muvofiqlashtiruvchi markazlardan
biri sifatida faoliyat olib bormoqda. Oʼzbekistonda milliy turizm infratuzilmasini rivojlantirishda
barcha infratuzilma obʼektlarini jahon andozalari darajasiga yetkazib, turizm infratuzilmasining
tarkibiy qismlari, mehmonxona, transport, oziq-ovqat, dam olish, davolash va boshqa koʼngilochar
xizmatlarni yuqori darajada tashkil etish masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʼzbekistonda
turizm resurslaridan samarali foydalanishda transport infratuzilmasining roli va hissasi katta
boʼlib, “Oʼzbekistonda milliy turizmning rivojlanishiga Oʼzbekiston avtomobilь yoʼllari,
“Oʼzbekiston Havo yoʼllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʼzbekiston temir yoʼllari” davlat
aktsiyadorlik temiryoʼl kompaniyasi kabilar katta taʼsir koʼrsatib kelmoqda. Oʼzbekistonda milliy
turizmni rivojlantirishda mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir.
Mehmonxonachilik ishini tashkil qilishda xodimlarning tayyorgarligi, maʼlumoti, malakasi, yoshi,
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
97
sogʼligi, chet tillarni bilishi va tashqi koʼrinishiga ham bir qancha talablar qoʼyiladi. Ovqatlantirish
infratuzilmasida mehmonxonalar qoshidagi yoki yakka tarzdagi restoran, bar, kafelar faoliyat olib
borib, turistlar va mahalliy aholiga xizmat koʼrsatmoqda. Ushbu sohada ham gastronomik turizm
bilan birgalikda kelgan turistlarning milliy taomlari, diniy eʼtiqodlarini xisobga olgan holda xizmat
koʼrsatish tizimini shakllantirish talab qilinadi. Bugungi kunda Oʼzbekistonda ayrim ovqatlantirish
muassasalari yuqori darajada xizmat koʼrsatish usullaridan foydalangan holda faoliyat olib borsa,
ayrimlarining xizmat koʼrsatish darajasi talabga javob bermaydi. Ularga xizmat koʼrsatish
madaniyatini yanada yuksaltirish talab etiladi. Oʼzbekistonda milliy turizmning rivojlanishida
bank va boshqa moliyaviy tashkilotlar ham muhim oʼrin tutadi. Turistlar sayohatda va dam olishda
xilma-xil moliyaviy xizmat turlaridan foydalanadilar. Turistlarga xizmat koʼrsatish tizimi
qanchalik takomillashtirilsa, kelgusida turizmning yanada taraqqiy etishiga bevosita oʼzining
taʼsirini koʼrsatadi. Oʼzbekistonda milliy turizmning rivojlanishida axborot xizmati ham muhim
ahamiyatga ega boʼlib, Oʼzbekistonga sayohat maqsadida kelayotgan turistlar oʼzi boradigan joy
haqida, oʼzi boradigan hududning qonun-qoidalari, urf-odat va marosimlari, bayramlari,
mehmondoʼstligi haqidagi maʼlumotlarga, oʼsha joyning xaritasi, transport magistrallari
sxemasiga extiyoj sezadi. Shuning uchun Oʼzbekistonda milliy turizmni rivojlantirishda turli
yoʼlkoʼrsatkichlar, turistik obʼektlar haqidagi ommabop va mahsus adabiyotlarni chop etishga
katta eʼtibor qaratiladi. Turistik yoʼnalishlar haqidagi maʼlumotlar reklama jarayonida, turli
disklarda chop etilgan holatlarda ham keng tarqatilishi mumkin. Hozirgi davrda turizm
infratuzilmasi zamonaviy kompьyuter xizmatiga ham bevosita bogʼliq boʼlib, tezkor axborot va
soʼzlashuv, yangiliklardan xabardorlik xozirgi davr turizmining muhim talabidir. Zamonaviy
elektron vositalar, internet tarmoqlarida turli turistik xizmatlar, turistik markazlar haqidagi
maʼlumotlar joylashgan millionlab saytlar mavjud boʼlib, turistlar internet orqali sayohat va
turistik agentliklarni tanlash, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun toʼlovlarni oldindan
toʼlash imkoniyatiga egadir.
Oʼzbekistonda milliy turizmni rivojlantirish jarayonida turizmning boshqa turlariga
nisbatan madaniy-maʼrifiy turizm muhim ahamiyatga egadir. Oʼzbekistonda tarixiy obidalar va
tarixni oʼrganishga qaratilgan turizm keng rivojlantirilib, bugungi kunda Oʼzbekistonning boy
turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish, sayyohlik salohiyatini oshirishga qaratilgan
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Markaziy Osiyoning markazida joylashgan, qadimdan turli xalqlar
oʼrtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-mafkuraviy munosabatlar olib borilgan Buyuk
Ipak yoʼlining qadimiy madaniyatlar oʼzaro bir-biriga taʼsir koʼrsatgan muhim qismida joylashgan
Oʼzbekistonda YUNESKOning butunjahon merosi roʼyxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro,
Xiva, Shaxrisabz kabi koʼplab tarixiy-meʼmoriy obidalar joylashgan shaharlar joylashgan.
Madaniy-maʼrifiy turizm turizmning eng ommaviy turlaridan biridir. Madaniy-maʼrifiy
turizmning asosiy maqsadi tarixiy, meʼmoriy, sanʼat yodgorliklari, tabiiy va etnik oʼziga xosliklar,
biror xalqning zamonaviy turmushi kabilar bilan tanishishdan iborat boʼlib, madaniy-maʼrifiy
turizm bugungi kunda dunyoda tobora katta qiziqish uygʼotib, ommalashib borayotgan turizm
turlaridan biridir. Oʼzbekiston oʼzining boy tarixi va madaniyati bilan turizmning rivojlanishi
uchun yuqori imkoniyatlarga ega boʼlib, Oʼzbekiston hududida joylashgan 4000 ga yaqin moddiy-
maʼnaviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKOning roʼyxatiga
kiritilgandir. Oʼzbekistondagi meʼmoriy yodgorliklarning koʼpchiligi mustaqillik tufayli qayta
taʼmirlanib, ushbu yodgorliklarning koʼpchiligi XII-XX asrlarga taalluqlidir. Shu bilan birgalikda
Oʼzbekistondagi meʼmoriy yodgorlik orasida IV-IX asrlarga tegishli boʼlganlari ham uchraydi.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
98
Oʼzbekiston hududida undan ham qadimiyroq madaniy yodgorliklar saqlanib qolganki, bu dunyo
sayyohlarining Oʼzbekistonga boʼlgan qiziqishini yanada orttiradi. Oʼzbekistonda ibtidoiy va antik
davrga tegishli boʼlgan koʼplab tarixiy yodgorliklar mavjud boʼlib, bugungi kunda bu tarixiy
yodgorliklardan turistik obʼekt sifatida foydalanishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy-meʼmoriy obidalar bugungi
kunda dunyodagi olim va sayyohlarning diqqat markazida boʼlib turibdi. Oʼzbekiston hududidagi
tarixiy-meʼmoriy obidalar nafaqat moddiy madaniyat yodgorligi, balki shu bilan birgalikda ilm-
fan, madaniyat, maʼrifat taraqqiy etgan, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan ilmu-maʼrifat
beshiklari sifatida ham xorijiy sayyohlarni oʼziga jalb etib kelmoqda. Bu esa Oʼzbekistonda
bugungi kunda ziyorat turizmi yaʼni diniy turizmning faol rivojlanib borishi uchun ham katta
imkoniyatlarni yaratmoqda.
Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr roʼyxаti.
1.
Mirziyoev Sh.M. Yangi Oʼzbekiston strategiyasi. Toshkent, Oʼzbekiston, 2021 yil, 173-
174 betlar.
2.
Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni. Turizm toʼgʼrisida. (Yangi tahriri). 2019 yil 18 iyul,
OʼRQ-549-son. Lex. Uz / docs / 4428097
3.
Muxammedov M.M., Raxmatov F. Turizm sohasida bozor munosabatlarining shakllanishi
va uning tarmoq samaradorligi koʼrsatkichlariga taʼsiri. // Servis va turizm: Boshqarish va
rivojlantirish muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Samarqand, 2007,
4-7 sentyabrь.
4.
Ostonov Oʼ.Ya. Oʼzbekiston hududida turizm infrastrukturasi salohiyati. // Oʼzbekistonda
turizm sohasini rivojlantirishda tabiiy va etnografik resurslardan samarali foydalanish
muammolari, mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. Samarqand,
2019 yil, 96 bet.
5.
Choriev S. Ekologik siyosat va shaxs barkamolligi //Ekologiya xabarnomasi. –Toshkent,
1999. –№2. –B.9.
6.
Xashimov Sh.J. Buyuk Ipak yoʼli milliy turizm rivojlanishining muhim asosi. Buyuk Ipak
yoʼlida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, taʼlim va madaniyat. Xalqaro ilmiy-amaliy
konferentsiya materiallari. Samarqand-Shanxay. 2019 yil, 191 bet.
7.
Xalqaro bozorda milliy turizm. Oʼzbekiston iqtisodiy axborotnomasi, 2001.№1-2.
