2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
99
YANGI OʼZBEKISTON YOSHLARINING FAOL HAYOTIY POZITSIYASINI
MUSTAHKAMLASHDA IJTIMOIY-SIYOSIY FANLARNING AHAMIYATI
Quldoshev Аsliddin Tursunovich
falsafa doktori, dotsent.Samarqand davlat arxitektura - qurilish universiteti “Ijtimoiy va tabiiy
fanlar” kafedrasi mudiri.
E-pochta:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087252
Anatatsiya. Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotining mezonlari koʼp jihatdan hozirgi
zamonaviy bilimlarga intiluvchan, izlanuvchan, fikri teran barkamol yoshlarning faol hayotiy
pozitsiyasiga ega ekanligi bilan belgilanadi. Аynan ana shu mezonlar ularning ijtimoiy voqelikka
moslashuviga, unda oʼz oʼrnini qatʼiy belgilab olishiga, shaxsiy manfaatlarini jamiyat manfaatlari
bilan uygʼunlashtirgan holda amalga oshirilayotgan yangilanish va oʼzgarishlarning faol
ishtirokchisi hamda tashabbuskoriga aylantiradi.
Kalit so’zlar: Yangi Oʼzbekiston, ijtimoiy, siyosat, barkamol, shaxs, globallashuv, ta’lim-
tarbiya, jamiyat, barkamol.
Kirish:
Bir soʼz bilan aytganda, oʼz bilimi, qobiliyati va ezgu maqsadlari yoʼlida tanlagan
hayotiy pozitsiyasi ulardagi ijtimoiy faollikni yuzaga chiqaradi. Yoshlarning ijtimoiy faolligi esa
avvalambor ularning yetuk mutaxassis va yuksak insoniy fazilatlarga ega shaxs boʼlib yetishishiga
ijobiy taʼsir qiluvchi muhim omildir. Shuning uchun ayni paytda amalga oshirayotgan
bunyodkorlik ishlarimiz, islohotlar samaradorligi jamiyatning eng faol, tashabbuskor kuchi
boʼlgan barkamol avlodning faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish va uni mustahkamlash
samaradorligi bilan uzviy bogʼlanib ketgan. Hozirda mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga
oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar tufayli yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson
qilib tarbiyalash hamda ularning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun beqiyos
imkoniyatlar yaratilgan. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganlaridek, «globallashuv
davrida taʼlim-tarbiya jarayoni zamon qoʼyayotgan talablarga javob berishi, undan orqada
qolmasligi muhim axamiyatga ega»[1
. Chunki har tomonlama yetuk barkamol avlodgina bugun
hayot oldimizga qoʼyayotgan oʼta murakkab ogʼir sinov va qiyinchiliklarni yengishi, koʼzlangan
yuksak maqsad va marralarni egallashi mumkin. Shu oʼrinda aytish joizki, mamlakatimizda
barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilayotgan bunday ezgu saʼy-harakatlar zamirida
yoshlarning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlashlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunday maʼsuliyatli vazifani amalga oshirishda butun taʼlim tizimi, xususan, oliy taʼlimga
jiddiy talablar qoʼyilmoqda. Taʼkidlash kerakki, taʼlimda innovatsiyalar oʼquv, uslubiy, ilmiy,
pedagogik va tarbiyaviy ahamiyatga ega boʼlib, zamonaviy taʼlim tizimida shakllangan yangicha
yondashuvlar sifatida taʼlim mazmunini rivojlantirishning istiqboli hisoblanadi. Shu bois ular
taʼlim tizimining rivoji va ravnaqiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Yangi pedagogik texnologiyalar
asosida mashgʼulotlar olib borish, talabalarni mustaqil fikrlashga, individual va jamoaviy
ishlashga, fikrlarini ilmiy asoslashga, muammoga ijodiy va tanqidiy yondashishga oʼrgatadi. Shu
maʼnoda innovatsion taʼlim talabalarning ijodiy faolligi va bu faoliyatning toʼgʼri tashkil etilishi,
oʼtkazilgan nazariy va amaliy mashgʼulotlarning sifat samaradorligiga, pedagog xodimlar
mahorati oshishiga zamin yaratadi. Hozirgi kunda xuquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik
jamiyatini barpo etish uchun birinchi navbatda jamiyat aʼzolarining maʼnaviy-inteliktual
imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
100
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganlaridek, «Dunyo shiddat bilan oʼzgarib, barqarorlik
va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va havflar paydo
boʼlayotgan bugungi kunda maʼnaviyat va maʼrifatga, ahloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish,
kamolga intilishga eʼtibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Аynan taʼlim va maʼrifat
bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka daʼvat etadi,
saxovatli, sabr-qanoatli boʼlishga undaydi»
2;27-28б.
.
Shuning uchun bugun Oʼzbekistonda
barcha fanlar qatori ijtimoiy fanlarni oʼqitishni takomillashtirib borish va unga innovatsion
yondashuv muhim hisoblanadi. Chunki yoshlar dunyoqarashini eng ilgʼor, zamonaviy bilimlar,
tushuncha va tasavvurlar bilan boyitish, ularning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlashda
hamda inteliktual salohiyatli shaxslar boʼlib yetishishlarida va eng asosiysi, ularda mustaqillik
gʼoyalariga sodiqlik, vatanparvarlik, insonparvarlik tuygʼularini shakllantirishda ijtimoiy fanlar
muhim rolь oʼynamoqda. Jarayonlar shuni koʼrsatmoqdaki, mamlakatimiz yoshlari ijtimoiy
fanlarning taʼsirida ulkan ijodiy, intellektual, ijtimoiy-siyosiy salohiyatga ega boʼlmoqdalar. Shu
bois yoshlar deb atalgan ana shu kuch va salohiyatni yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq
farovonligi sari safarbar etishda ijtimoiy fanlarning oʼrni, roli va nufuzi ortib boraveradi. Shu
oʼrinda yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda, ularning faol hayotiy pozitsiyalarini
mustahkamlashda falsafa va uning boshqa tarmoqlarining roli hamda ahamiyatiga alohida toʼxtalib
oʼtar ekanmiz: birinchidan, falsafiy bilimlar bilan oziqlangan yoshlarda falsafiy dunyoqarash
shakllanadi va ularda olamga, voqea – hodisalarga, atrofini oʼrab turgan ijtimoiy voqelik, unda
kechayotgan jarayonlarga boʼlgan oqilona munosabat shakllanadi; ikkinchidan, yoshlarda falsafiy
tafakkur madaniyatining shakllanishi jarayonida har qanday muammoli vaziyatlarda ham oʼzini
oʼzi boshqara olish qobiliyati rivojlanib, oʼsib boradi; uchinchidan, falsafiy fanlar yoshlar ongida
axloqiy sifatlarni etika fani orqali, goʼzallik, nafosat, ulugʼvorlik tuygʼularini estetika fani orqali,
jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot va uning qonuniyatlarini ijtimoiy falsafa orqali qaror toptiradi;
toʼrtinchidan, falsafa umuminsoniy qadriyat sifatida inson, uning manfaatlari, huquq va
erkinliklariga oliy qadriyat sifatida qaraydi.
Falsafa metodologik vazifani ham ado etadi, u barcha fan sohalarini ilmiy bilishning asosiy
shakllari, usullari va tamoyillari bilan qurollantiradi. Shu bilan birga u shaxsda jamiyat oldidagi
faol hayotiy pozitsiyalarini mustahkamlashda ijtimoiy masʼuliyat hissini uygʼotadi. Yoshlarda
ijtimoiy bilimlarni shakllantirib borish esa ularning turmush va tafakkur tarzini yuksaltiradi va shu
bilan birgalikda jamiyatda boʼlayotgan voqea va hodisalarga, jarayonlarga oʼzining mustaqil
shaxsiy pozitsiyasidan kelib chiqib, yaʼni ijobiy yoki salbiy munosabatini bildira olish
koʼnikmasini shakllantiradi. Shuning uchun yoshlar - jamiyatning tub negizi, aholining ilgʼor
qatlami, kelajakning
ishonchli egalari
hisoblanishadi.
Darhaqiqat
Prezidentimizning
«Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega boʼlib,
dunyo miqyosida oʼz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʼsh kelmaydigan insonlar boʼlib kamol
topishi, baxtli boʼlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz» [3;14b.] degan fikrlari diqqatga sazovordir. Shu oʼrinda yoshlarimizning qatʼiy hayotiy
pozitsiyasini belgilab olish orqali ijtimoiy faollikka intilishi va oʼzligini anglashga undaydigan
yana bir muhim omilga eʼtibor qaratish oʼrinlidir. Ushbu omil Prezidentimiz tomonidan ilgari
surilgan, yoshlarimizni oʼz imkoniyatlaridan toʼliq foydalanib, nimalarga qodir ekanligini
namoyon qilish sari yoʼllaydigan besh muhim tashabbusdir. Zero, belgilangan har bir yoʼnalish
yoshlarimizga aqliy, ijodiy va jismoniy yetuklik maqsadi bilan komillikka erishmoq uchun
berilgan yoʼllanmadir. Hech shubhasiz, oʼzida bunyodkorlik va yaratuvchanlik gʼoyalarini
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
101
mujassam etgan ushbu tashabbuslar oʼzining qatʼiy hayot yoʼlini belgilab olishga azmu-qaror
qilgan yigit-qizlarimizga ijodiy barkamollik, intellektual salohiyat, jismoniy madaniyat va albatta,
maʼnaviy yuksaklikka erishmoq uchun tavsiya qilingan yoʼriqnoma vazifasini oʼtaydi. Bugun
jahon hamjamiyatidagi har qanday davlat oʼz yoshlarining bilim darajasi, dunyoqarashi, oʼy-fikri,
maʼnaviy qiyofasiga qarab davlatining, jamiyatining nafaqat yaqin kelajagi balki istiqboldagi
taraqqiyotini aniq tasavvur etishi mumkin. Shu maʼnoda, yurtimizning har tomonlama taraqqiy
etishi, yuksalishida ilm-fanning, xususan, ijtimoiy fanlarning roli beqiyos darajada kattadir.
Demak, oldimizga turgan eng muhim va dolzarb masalalardan biri - barkamol yoshlarning
oʼzining faol hayotiy pozitsiyasiga ega boʼlishlarini taʼminlash va ularning har birida komillik
fazilatlarini tarbiyalash orqali mamlakatimizning jonkuyar fidoiysiga aylantirishdir. Chunki
jamiyat manfaati yoʼlida oʼzidagi barcha bilim, qobiliyat va isteʼdodini baxshida etishga tayyor
turgan yetuk insonlar, mustaqil ijodiy fikrlovchi faol yoshlargina, Oʼzbekistonni dunyodagi eng
ilgʼor davlatlar safiga boʼlishini taʼminlaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshrish va Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi
faoliyatini qoʼllab - quvvatlash toʼgʼrisida” gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 sonli Farmoni.
2.
Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʼlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
koʼtaramiz. – Toshkent: Oʼzbekiston 2017; 27-28b.
3.
Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʼzbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz.Toshkent. “Oʼzbekiston”. 2016.14-bet.
