2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
102
YOSHLARDA ALTRUIZMNI SHAKLLANTIRISHDA FAOL FUQAROLIK
POZITSIYASINING O‘RNI
A.M.Egamberdiyeva
Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti,
falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087261
Annotatsiya. Mazkur maqolada yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish
orqali altruizmni rivojlantirishga qaratilgan falsafiy qarashlar mohiyati ifodalagan. Unda
jamiyatdagi yoshlarni insonlarga maishiy va ijtimoiy hayotda yordam berishini kuchaytirishning
milliy taraqqiyot bilan uyg‘un jihatlari, jamiyatda altruizmga munosabatining axloqiy masalalari
yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: faol fuqarolik, jamiyat, ma’naviyat, altruizm, yoshlar, ijtimoiy hayot, shaxs,
falsafiy qarash, faoliyat, qadriyatlar.
Bugungi kunda yoshlar orasida ijtimoiy altruizmning o‘sishi moddiy omillarning muayyan
ijtimoiy-ruhiy hodisa bilan birgalikda harakati bilan bog‘liq bo‘lib hisoblanadi. Davlatning
rivojlanish salohiyati hozirgi kunda yoshlardan faol fuqarolik pozitsiyasini o‘zgartirish davr uchun
siyosatda muhimligini ko‘rstamoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy siyosatdagi jarayonlar jamiyatning
barcha sohalarida yoshlarning altruizmga asoslangan faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish
ko‘rsatkichlaridan biri aholining ijtimoiy faolligi ekanligini namnyon etmoqda. Zamonaviy
jamiyatda ijtimoiy faoliyat altruistik qarashlarda o‘zaro hamkorlik va hamkorlik qilish, demokratik
islohotlarda ishtirok etishga e’tiborni kuchaytirish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Altruizm yoshlarda
ijtimoiy faol fuqarolik pozitsiyasining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib, u o‘z navbatida
jamiyat sub’ektining o‘z hayotidagi ishtiroki va qiziqishi, ijtimoiy normalar, ideallar,
qadriyatlarning u (sub’ekt) tomonidan interiorizatsiyalashuvidagi faoliyat o‘lchovidan kelib
chiqadi. Ijtimoiy normalar va ideallarni idrok etish yoki inkor etish fuqarolik yetukligining
ko‘rsatkichi bo‘lib, shaxsning yangi demokratik qadriyatlarni idrok etishga tayyorlik darajasini
aks ettiradi.
Yoshlarning yangi ijtimoiy harakatlar negizida altruizmni rivojlantirishi ularning
birlashishiga imkoniyat beradi. Ulardagi faol fuqarolikni rag‘batlantirish u o‘z navbatida
demokratiyaning rivojlanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi jamiyatning
barcha tuzilmalari va qatlamlarining o‘zaro munosabatlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi eng
muhim tushuncha bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabatlarda sivilizatsiya, demokratiya darajasini
tavsiflaydi. Shunga asoslanib, yoshlarda altruistik g‘oyalar ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va
boshqa jarayonlar ta’sirida shakllanadi. Uning rivojlanishi butun fuqarolik muhiti bilan
belgilanadi, bu odamlar bevosita aloqada bo‘lgan va o‘z faoliyatida hisobga olgan institutsional
va boshqa shaxslar majmui.
Faylasuf olimlar uning jamiyatda axloqiy normalarga tayanib altruistlar faol fuqarilk
pozitsiyasida bo‘lishini ta’kidlaydilar. Professor Q.Nazarov fikricha, “altruizm – odatda,
yaqinlarga mehr-muhabbat bilan qarash, odamlarning xatolarini kechirish, o‘zining qadr-
qimmatini chetlab o‘tib, uy-fikri va xatti-harakatini boshqalar hayotiga bag‘ishlash, o‘zini
tamomila unutishni anglatadi” [1]. Bunday insonlar o‘tmishda ham, hozirda ham ko‘plab topiladi.
Ular o‘z ehtiyoj va manfaatlaridan ko‘ra jamiyatning, biror-bir insonning qadrini ko‘tarish uchun
butun umr intiladilar. Altruizm ezgulik va insonparvarlik instinkti sifatida barcha instinktlarning
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
103
tendentsiyalarini axloqiy jihatdan jamiyatda inson qalbida rivojlantirib, o‘z xayrixohligi asosida
fuqarolar bilan yaqinda ijtimoiy ko‘makni amalga oshiradi.
Altruizm jamiyatdagi axloqiy me’yorlarga tayanar ekan, fuqarolardagi egoizmni yo‘qotish
uchun intiladi va unga qarshi voqelikda namoyon bo‘ladi. “Altruizm – egoizmga qarama-qarshi
axloqiy prinsip bo‘lib, u boshqa kishilarga beg‘araz xizmat qilishdan, ulardan baxt-saodati uchun
o‘z shaxsiy manfaatlarini qurbon etishdan iborat” [2]. Shu boisdan bunday insonlar o‘zining ichki
his-tuyg‘ulari va mehr-muhabbatini o‘zgalar bilan baham ko‘rish uchun kuch-g‘ayratini faol
fuqaroilk pozitsiyasi orqali sarflaydilar.
Altruist yoshlar ijtimoiy tuzimning maxsus tuzilmasini tashkil etuvchi tarkibiy qism
bo‘lib, hukmron instinktlarning egosentrizmini olib tashlaydi, vijdon, rahm-shafqat, hamdardlik,
muhabbat, adolat kabi qadriyatlarni ichkilashtirishga sabab bo‘ladi. Instinktiv sohadagi
altruizmning shaxs instinktlari va yo‘nalishlariga ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Bu
tushunchaning falsafiy qarash sifatida o‘rganilish zarurati yoshlikdan boshlab alohida ma’no kasb
etishi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, falsafiy qarash haqidagi kundalik fikrlar ko‘pincha bu
hodisaning mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydi va ko‘pincha fan nuqtai nazaridan uning talqinidan farq
qiladi. Biroq, falsafiy qarash bo‘yicha ilmiy tadqiqotga qo‘yilgan muammoni hal qilish dolzarb
vazifadir.
Nazariy manbalarni tahlil qilish natijasida falsafiy qarashning ko‘plab ta’riflari mavjudligi
aniqlandi. Turli tadqiqotchilarning qarashlarini tahlil qilish natijasida altruizmning mohiyatini
tashkil etuvchi muhabbatni ta’rifi ham muhim masala sanaladi. Muhabbat - bu hissiy, kognitiv va
motivatsion ehtiyoj bilan bog‘liq xususiyatlar majmuini o‘z ichiga olgan biologik va ijtimoiy
omillar ta’siri ostida shakllangan murakkab hodisa [3]. U jamiyatning barcha sohalarida namoyon
bo'ladi va falsafiy qarash ob’ektiga muvofiq muayyan xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi.
Muhabbat murakkab falsafiy hodisa sifatida insonda yoshlik davrida to‘liq namoyon bo‘ladi,
chunki bu bosqichda aqliy rivojlanish eng yuqori darajaga etadi. Bu paytda insonning qadriyatlari,
dunyoqarashi to‘liq shakllanadi, u hayotda qabul qilinadigan xulq-atvor normalari, qoidalari va
namunalarni o‘rganadi. Bundan tashqari, inson yoshlik davrida insoniylikka xos bo‘lgan
hissiylikning barcha imkoniyatlarini intensiv ravishda amalga oshiriladi. Falsafiy qarashning
o‘ziga xos ahamiyatini aniqlash imkoniyati keng bo‘aldi [4].
Umuman olganda, hozirgi davrda yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasi orqali altruizmni
shakllantirishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
Birinchidan, yoshlar fuqaro faol fuqarolik pozitsiyasini egallashi orqali fuqarolik
jamiyatining a’zosi va faqat shu asosda davlat bilan ratsional munosabatlarga kirisha oladi. Bu
jarayon esa, o‘z navbatida yoshlarning fuqarolik ongi shaxs tomonidan o‘z manfaatlarini jamiyat
manfaati bilan moslashtirish zarurligini tan olish, ular o‘rtasida ziddiyat bo‘lgan taqdirda
shaxsning jamoatchilikka bo‘ysunishi, ijtimoiy talablarni qabul qilishga va jamoat burchini
bajarishga tayyorligini anglatadi. Bundan tashqari, hozirgi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat har
bir yosh altruistdan yuksak darajadagi fuqarolik madaniyati, fuqarolik burchini his etishni,
vatanparvarlik, erkinlik, individuallik, faollik va tashabbuskorlikka ega bo‘lgan alohida shaxsni
tarbiyalashni talab etiladi. Yoshlarning faol fuqaroligini shakllantirishning asosiy maqsad va
vazifalari shu jarayon bilan chambarchas bog‘liq.
Ikkinchidan, yoshlarning jamiyat hayotidagi ishtiroki tahlili shundan dalolat beradiki,
uning katta qismi demokratiya va bozor iqtisodiyoti qadriyatlarini tezda anglay oladi, zamonaviy
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy voqeliklarga tez moslashaoladi. Yoshlarning alohida guruhlari
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
104
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qiziqish darajasi, ularning jamiyat tarkibiga kirishi, faolligi va
tashabbuskorligi, shuningdek, jamiyatining rivojlanishi haqidagi qarashlari bilan ham bir biridan
farqlanadi. Yoshlardagi bunday ijtimoiylashuv jarayoni jarayoni siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy,
moddiy va boshqa omillarga bog‘liq holda turli ishtirokchilar tomonidan belgilanadi. Bundan
tashqari, zamonaviy yoshlarga xos bo‘lgan va o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy fazilatlar
qatorida shaxsning shaxsiy tashabbusining potensialini, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini
belgilaydigan, axloqiy qadr-qimmati va o‘z-o‘zini hurmat qilish tuyg‘usini kuchaytiradigan,
tobelik kayfiyatlardan xalos qiladigan, shaxs uchun javobgarligini oshiradigan individual
xususiyatlar va erkinlik hissi bu yerda ustuvor o‘rinni egallaydi.
Uchinchidan, fuqarolik jamiyatini shakllantirish – yoshlardagi fuqarolik xulq-atvorini
yuksaltirish bilan bog‘liq murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda davlat va fuqarolik jamiyati
institutlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Chunki fuqarolik jamiyati
– bu zamonaviy yoshlarning ehtiyojlarini qonuniy ravishda qondiradigan, shaxsiyatini
rivojlantiradigan, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllanishining asosiy prinsipi bo‘lgan jamoaviy
harakatlar va ijtimoiy birdamlik qadriyatlarini anglab etadigan muhitdir. Ayni shu ma’noda biz
fuqarolik jamiyatini yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning eng muhim
mavzusi va manbai deb atasak to‘g‘ri bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunga kelib mamlakatimizda yoshlarga oid davlat
siyosatining tashkiliy asoslarini ishlab chiqish faol yo‘lga qo‘yilgan, xalqaro talablardan kelib
chiqqan holda uni amalga oshirishning alohida mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birga,
davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yoshlarga oid davlat siyosatini
amalga oshirishning yaxlit tizimini yaratishdagi faol fuqarolik pozitsiyasi rivojlanmoqda. Chunki
aynan fuqarolik jamiyati institutlari yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim
o‘rinni egallaydi. Shuningdek, bu fuqarolik jamiyati institutlari yoshlarga oid davlat siyosatini
amalga oshirishda hamda bu borada jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu boisdan ham bugungi kunda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada
rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik bazasini takomillashtirib borish bugungi kunning dolzarb
muammolardan hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Назаров Қ. Н. Жаҳон фалсафаси қомуси. -Тошкент: “Ўзбекистон файласуфлари
миллий жамияти”, “Маънавият”, 1-жилд, 2023. -Б. 65.
2.
Фалсафа қомусий луғат. –Тошкент: “Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти”,
“Шарқ”, 1-жилд, 2004. -Б. 22.
3.
Несына С.В. Романтическая любовь в ранней юности как психологическое явление.
Автореф. дис. канд. психол. наук. – Тамбов, 2004. – 198 с.
4.
Горобец Т.Н. Любовь – духовная потребность в реализации жизненной стратегии //
Мир психологии. 2006. - № 1. – С.233.
