Authors

  • Zulfiya Boboqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75160

Keywords:

Suv zaxiralari yer usti va yer osti suvlar ekologik muammolar ekologik siyosat tabiatni muhofaza qilish ekologiya xafvsizligi tabiat obyektlari.

Abstract

Maqolada, ekologik fojea, uning asosiy sabablari va oqibatlari, O‘zbekiston Respublikasida ekologik siyosatning yo‘nalishlari, tuproqni muhofaza qilish muammosi, qishloq ekologiyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

108


GLOBALLASHUV DAVRIDA EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING

BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Boboqulova Zulfiya

Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti.

z.j.bobokulova@gmail.сom

https://doi.org/10.5281/zenodo.15087336

Annotatsiya. Maqolada, ekologik fojea, uning asosiy sabablari va oqibatlari, O‘zbekiston

Respublikasida ekologik siyosatning yo‘nalishlari, tuproqni muhofaza qilish muammosi, qishloq
ekologiyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar: Suv zaxiralari, yer usti va yer osti suvlar, ekologik muammolar, ekologik

siyosat, tabiatni muhofaza qilish, ekologiya xafvsizligi, tabiat obyektlari.

ПОСЛЕДСТВИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ КАТАСТРОФ И ПРОБЛЕМЫ ИХ

РЕШЕНИЯ

Аннотация. В статье рассматривается экологическая катастрофа, ее основные

причины и последствия, направления экологической политики Республики Узбекистан,
проблемы охраны почв, сельской экологии.

Ключевые слова: Водные ресурсы, поверхностные и подземные воды, экологические

проблемы, экологическая политика, охрана природы, экологическая безопасность,
природные объекты.

CONSEQUENCES OF ECOLOGICAL DISASTERS AND PROBLEMS OF THEIR

SOLUTION

Abstract. The article discusses the environmental disaster, its main causes and

consequences, directions of environmental policy in the Republic of Uzbekistan, the problem of
soil protection, rural ecology.

Key words: Water resources, surface and underground water, environmental problems,

environmental policy, nature protection, ecological safety, natural objects.

Odamzod paydo bo‘lgan davrdan, to hozirgi kunga qadar tabiatga ta’sir qilib, unga o‘z

ta’sirini o‘tkazib, aynan shu ta’sirni bora bora kuchaytirib, oxir oqibat tabiat muvozanatini buzib
yubordi. Bu nohush holat insonlarning daraxtlarga, shuningdek o‘rmonlarga bo‘lgan
munosabatida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Inson tabiatdan o‘ziga kerakli narsalarni olish bilan
bir qatorda, unga har bir ishlab chiqarish chiqindilarini tashlab atrof muhitni zaxarlamoqda.
Industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bir kishi hisobiga har yili tabiatdan 30 tonna moda
olinib uning atigi 1–1,5 foizidan istemol mahsulotlari sifatida foydalanilmoqda. Qolganlari esa
chiqindi sifatida tashlab yuborilmoqda. Insonning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish
qonuniyatlarini hisobga olmay, jadal yuritilgan xo‘jalik faoliyati Rim klubining “XXl asr yo‘li”de
atalmish tadqiqotlaridan birida ko‘rsatib o‘tilganidek yer yuzida tuproq nurashi, o‘rmonlardan
mahrum bo‘lish, baliqlarning haddan tashqari ko‘p ovlanishi, tuzli yomg‘irlar, atmosfera
ifloslanishi, ozon qatlamining yemirilishi va hokazolarning ro‘y berishiga olib keldi. Muammolar
aslida bisyor lekin shunday holatlarning takrorlanaverishi vaqti kelib ekologiyaning butunlay
ifloslanishiga olib keladi. Shunday ekan har bir inson bugundan, hozirdan ekologiya uchun
harakatni boshlashi kerak.

Ekologik salomatlik masalasi milliylikdan xalqaro miqyosda rivojlanib, Birlashgan

Millatlar Tashkiloti tomonidan doimiy e'tibor predmetiga aylandi. JSST ma'lumotlariga ko‘ra,


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

109


aholining salomatlik holati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga 50–60 foizga, ekologik
muammolarni hal etishga 20–30 foizga va faqat sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishiga 15–20
foizga bog‘liq. Aholi salomatligi va jamiyat farovonligiga xavf solayotgan atmosfera havosi
ifloslanishiga qarshi kurash atrof-muhitni muhofaza qilishda alohida o‘rin tutadi.[1.101]

Oxirgi vaqtlarda tabiatimizda ham anomal o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, qum

bo‘ronlari. O‘zbekistonga 4 noyabr kuni Ural tomondan sovuq havo oqimi, u bilan birga kuchli
shamol kirib kelishi oqibatida mamlakatning bir qator hududlari, xususan, Toshkent shahrida
chang-qum bo‘ronlari kuzatilgandi. Shu kuni soat 21:00–23:00 oralig‘ida Toshkent havosidagi
chang ruxsat etilgan miqdordan 30 barobargacha oshib ketgani va havosining ifloslanishi darajasi
bo‘yicha O‘zbekiston poytaxti dunyoda birinchi o‘ringa chiqib olgani qayd etildi. Chang 8
noyabrga kelibgina chekingandi. Aynan yuqorida qayd etilgan negativ omillar bugungi kunda
aholi salomatligiga salbiy ta'sir etib, ekologiyaga bog‘liq kasalliklarni keltirib chiqarmoqda.
Mazkur holatlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish yo‘lida Toshkent tibbiyot akademiyasi
hamkorlik asosida ekologik omillarni o‘rganish uchun moddiy texnik bazani yaratish, uni
modernizatsiyalash va yetuk malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lida ildam qadam tashlamoqda.
Jumladan, 2018-yilda tashkil etilgan “TTA-KU hamkorligidagi ilmiy markaz” Oliy ta'lim
muassasalariaro ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tarkibiga kiritildi. 2021-yilning 24-avgustida
O‘zbekiston sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan
markazda yaratilgan sharoitlar gigiyenik va texnik talab darajasida ekanligini tasdiqlagan holda
attestatsiyadan o‘tgani to‘g‘risida guvohnoma berildi. Hozirgi kunda markazda doktorantlar,
tayanch doktorantlar va 15ga yaqin “Atrof muhit va inson salomatligi” mutaxassisligi magistratura
talabalari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.[2.2]

Atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishlarining

oldini olish, ozon qatlamining yemirilishi, choʻllanish, atmosfera havosining ifloslanishi kabi
global ahamiyatga ega masalalarni hal etish hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng muhim
vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimizda ham atrof-muhit muammolarini oʻrganish, ularni hal
etish masalalari davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Ayniqsa, soʻnggi yillarda davlat tomonidan
atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻsimliklar va hayvonot dunyosini, atmosfera havosi va tabiiy
resurslarni asrash hamda chiqindi muammolarini bartaraf etish, ekologik taʼlimni joriy etishga
qaratilgan eʼtibor va bu borada meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgani
fikrimiz dalilidir. Butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida
daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, ilmiy
yondashuvlar asosida hududlarning tuproq-iqlim va boshqa xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan
tadqiqot va tahlillarni amalga oshirish hamda buning natijasida hududlar kesimida respublika
xaritasini ishlab chiqish, koʻchatxonalar sonini koʻpaytirish shular jumlasidan. Shuningdek,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ekologik xavfsizlikni
ta’minlash, soha qonunchiligini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish hamda aholining bu boradagi madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha
harakatlar dasturi tasdiqlandi. Shu asosda ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish
borasidagi hujjatlarni takomillashtirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda atrof-
muhitni muhofaza qilishda ular faolligini kuchaytirish, sohaga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish, jamoatchilik ekologik nazorati tizimini rivojlantirish, jamoatchi
inspektorlarni o‘qitish va ular malakasini oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni hal etish
bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borildi. Masalan, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

110


organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar hamkorligida yurtimizdagi
8982 ta mahalla fuqarolar yig‘inida zarur chora-tadbirlar bajarilib, har bir mahalla bo‘yicha
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirgi paytda
ularning sohaga oid bilim va malakasini oshirish choralari ko‘rilyapti.

Hozirgi vaqtda jamiyat oldidagi muhim vazifalardan biri tabiiy resurslardan oqilona

foydalanish hisoblanadi. Mazkur muammoni hal qilish yo‘llaridan bir ishlab chiqaruvchilar uchun
qatiy qoidalarni ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash hisoblanadi. Mahsulotlarni ishlab
chiqarishda barcha tur resurslar, hatto ular to‘lib toshib yotgan holda ham, zamonaviy texnologiya
imkon beradigan darajada eng kam miqdorda sarflanishi kerak, bu birinchi va asosiy qoida bo‘lishi
shart.

Buyumlarning xizmat muddatini iloji boricha uzoqroq cho‘zish hamda umrini o‘tab

bo‘lgan buyumlardan, albatta, ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanish tabiatdan
foydalanishdagi keying qoida bo‘lishi kerak. Bundan tashqari zamonaviy xo‘jalik yuritishning
uchinchi qoidasi hisoblangan chiqitsiz ishlab chiqarishga zudlik bilan o‘tish davr taqazosidir. Aks
holda, insoniyat ishlab chiqarish jarayonlari chiqindilarga ko‘milib qoladi.[3.2]

“Yashil makon” umumilliy loyihasining hayotga tatbiq etilishi tabiatni muhofaza qilish va

ekologik muammolarning oldini olish borasida eng muhim dasturilamal boʻlmoqda. Hech
shubhasiz, yashil hududlarni kengaytirish, yashil maydonlar va jamoat parklarini tashkil etish
atrof-muhitni koʻkalamzorlashtiribgina qolmay, balki atmosfera havosining ifloslanishi, tuproq
erroziyasi, iqlim oʻzgarishi, ozon qatlamining yemirilishi va ayni paytdagi eng dolzarb
muammolardan biri boʻlayotgan qum va chang boʻronlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Ko‘rinib turibdiki, oldimizda turgan vazifalar nihoyatda zalvorli. Ularni muvaffaqiyatli
tarzda amalga oshirish har birimizdan bor bilim va mahoratimizni ishga solishni, yanayam aniqroq
aytadigan bo‘lsak, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida yonib yashashni talab etadi. Ana shunda
xalqimizning bizga bildirgan ishonchini ma’lum darajada oqlagan bo‘lamiz. Zero ekologik
muammolar yechimiga amaliy ishlar orqali erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -T,: “O‘zbekiston’’, 2022.
440bet.

2.

С.Рахимов. Экологиянинг ижтимоий сиесий ва фалсафий асослази. Тошкент. 2006.

3.

Xolmatov.E. Ekologik muammolarning oqilona yechimi.

4.

X.Xaydarova. ekologik ta’lim tarbiyada o‘zbek xalqining madaniy merosidan foydalanish.

5.

Azamova.S.A. Ekologik globallashuv sharoitida o‘zbekiston umumta’lim maktablari
o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish zaruriyati. Fals.f.f.d. (РhD) diss.
avtoref. – Buxoro: BuxDu, 2024.

6.

Омонов. Б.Н.Значение религиозных ценностей в формировании культуры личной
экологии. Proceedings of Global Technovation 4th International Multidisciplinary
Scientific

Conference

Hosted

from

Paris,

France

February

27th

2021.

https:/conferencepublication. com

7.

Qilichev. F. Shaxs ekologik madaniyatini shakllantirishda dinning qadriyatlarning roli.
Fals. f. f. d (PhD) diss. avtoref. - Toshkent: O‘zMU, 2022.

8.

Tilavov. O‘.G‘.Global barqaror taraqqiyotda ekologik partiyalarning roli (ijtimoiy-falsafiy
tahlil). Fals. f. d (DSc) diss. avtoref. - Toshkent: O‘zMU, 2021.

References

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. -T,: “O‘zbekiston’’, 2022. 440bet.

С.Рахимов. Экологиянинг ижтимоий сиесий ва фалсафий асослази. Тошкент. 2006.

Xolmatov.E. Ekologik muammolarning oqilona yechimi.

X.Xaydarova. ekologik ta’lim tarbiyada o‘zbek xalqining madaniy merosidan foydalanish.

Azamova.S.A. Ekologik globallashuv sharoitida o‘zbekiston umumta’lim maktablari o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish zaruriyati. Fals.f.f.d. (РhD) diss. avtoref. – Buxoro: BuxDu, 2024.

Омонов. Б.Н.Значение религиозных ценностей в формировании культуры личной экологии. Proceedings of Global Technovation 4th International Multidisciplinary Scientific Conference Hosted from Paris, France February 27th 2021. https:/conferencepublication. com

Qilichev. F. Shaxs ekologik madaniyatini shakllantirishda dinning qadriyatlarning roli. Fals. f. f. d (PhD) diss. avtoref. - Toshkent: O‘zMU, 2022.

Tilavov. O‘.G‘.Global barqaror taraqqiyotda ekologik partiyalarning roli (ijtimoiy-falsafiy tahlil). Fals. f. d (DSc) diss. avtoref. - Toshkent: O‘zMU, 2021.