2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
114
SAMARQAND VILOYATI KUTUBXONALARI FAOLIYATIDAN (STATISTIK
MA’LUMOTLAR ASOSIDA)
Jiyanbekova Sharofat Abdikaxarovna
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
tayanch doktoranti
E-mail:
Orcid: 0000-0003-2219-2990
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087377
Annotatsiya. Ushbu maqolada Samarqand viloyati kutubxonasi tarixi statistik
ma’lumotlar va boshqa birlamchi tarixiy manbalarga tayangan holda yoritilgan.
Tarixshunoslik masalalari va adabiyotlar tahlili asosida, 1917 - 1991 yillarda Samarqand
viloyati kutubxonalarining rivojlanib, kitob fondlarining ortib borganligi xulosa qilindi.
Kutubxonalar, ularning soni faoliyati tahlil qilinib, sohadagi muammolarga yechimlar
bo‘yicha takliflar berildi.
Kalit so‘zlar: Samarqand kutubxonalari, kitob, kutubxona, kutubxonashunoslik,
mutolaa madaniyati, bolalar adabiyoti.
Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri boʻlib,
jahon madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qoʻshgan shahardir. Birinchi, Ikkinchi, hatto
Uchinchi Renessans davrida ham Samarqand ilm - ma’rifat markazi bo‘lib qolmoqda.
[5]
Bu
borada ayniqsa, kutubxonalar faoliyatini va aholi o‘rtasida kitobsevarlikni yanada rivojlantirishga
katta hissa qo‘shayotgan ziyo maskanlari haqida izlanish va tadqiqotlar olib borish davr
taqozosidir.
[7]
Bugungi kunda Samarqand viloyatining aholisi soni 2023 yilda 4186.1 ming kishini,
Samarqand shahri aholising soni esa 3928,7 ming kishini tashkil qilmoqda. Yurtimizda yoshlar
aholining ko‘proq qismini tashkil qilganligini hisobga olsak, kitob o‘qish, kitobxonlik, mutolaa
masalalarini o‘rganish globallashuv davrida ahamiyatlidir. [13]
Dunyoda ham kutubxonalar, kitob mutolaasi borasida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda.
[8] “NOP World” xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda kishilar haftasiga
16,6 soat vaqtini televizor ko‘rishga sarflasa, 8,9 soatni kompyuter qarshisida o‘tkazar ekan, 6,5
soatlik davrini esa mutolaaga ajratadi. NOP World Culture Score Index tomonidan o‘tkazilgan
so‘rov shuni ko‘rsatdiki, Hindiston aholisi o‘rtacha haftada eng ko‘p kitob o‘qiydi, Tailand
ikkinchi, Xitoy esa uchinchi, AQSh 22-o‘rinni egalladi. [2]
Ushbu ma’lumotlar orasida yurtimizni ham yaqin kelajakda ko’rishni judayam hohlardik.
Yurtimizda kutubxonlar, kutubxonachik ishi, kitob o‘qish, mutolaa masalalarida muammolar
mavjud. [9] Ayniqsa bolalar va yoshlar o‘rtasida yanada ko ‘proq kitob o‘qishni tezlik va shijoat
bilan amalga oshirishimiz zarur. Bunda butun Xalq ta’limi soha vakillari, madaniyat va san’at
vakillari va har birimiz mas’ulmiz.
2030 yilgacha O ‘zbekiston Respublikasi katta islohotlarni, vazifa va maqsadlarni
belgiladi. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev o‘zining asarlarida [1] ko‘p marotaba bu masalarga va
sohadagi muammolarga to ‘xtalib o‘tmoqda. Davlatimiz tomonidan bir qancha qarorlar qabul
qilindi va jadal o‘zgarishlar, yangiliklar, islohotlar amalga oshirilmoqda. [9]
Hozirgi kunda Samarqandda 4 ommaviy kutubxona, 2 ta kinoteatr, Samarqand badiiy
muzeyqoʻriqxonasi, 3 teatr (Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati oʻzbek davlat musiqali
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
115
drama teatri, A. P. Chexov nomidagi rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri), shahar telestudiyasi
faoliyat koʻrsatadi.
[12]
Samarqand qadimdan dunyo sivilizatsiya o‘choqlaridan bo‘lib kelgan. Buyuk Ipak yo‘lida
joylashgan bu shahar turli xalqlarning urf-odatlarini o‘zida mujassamlashtirgan va dunyo
madaniyati rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. . [10]
Samarqand viloyatidagi kutubхonalar faoliyati 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, kutubхona
muassasalari soni 316 tani tashkil etadi: ulardan aхborot-kutubхona markazlari 1 ta, ta'lim
muassasalari aхborot-resurs markazlari 313 ta, ko‘zi ojizlar uchun kutubхonalar 1 ta va boshqa
kutubxonalar 1 ta.
Jami
Shu jumladan
Shahar joylarda
Qishloq joylarda
Muassasalar soni, birlik
316
175
141
Foydalanuvchilar soni,
ming kishi
8704,8
7664,5
1040,3
Foydalanuvchilar soni,
ming kishi
752,6
584,7
167,8
Foydalanishga berilgan
kitob va jurnallar, ming
nusxa
4365,0
3702,7
662,2
Samarqand viloyatida 1 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, 15 ta shaharlar va tumanlar
axborot-kutubxona markazlari, Oliy taʼlim muassasalaridagi 12 ta axborot-resurs markazlari, xalq
taʼlimi tasarrufidagi maktablarda 1268 ta maktab kutubxonalari, 74 ta kasbiy ta’limni rivojlantirish
va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalaridagi
axborot-kutubxonalar, 1 ta Samarqand viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi tibbiyot
kutubxonasi, madaniyat boshqarmasiga qarashli 17 ta koʼzi ojizlar kutubxonalari faoliyat
koʼrsatmoqda. [13] Jami kutubxonalarning kitob fondidagi adabiyotlar soni 8,2 mln nusxadan
ortiqni tashkil etadi.
2023 yilning oʼtgan davri mobaynida Samarqand viloyatidagi shaharlar va tumanlar
axborot-kutubxona markazlari tomonidan jami 408 687 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatilgan.
Shundan foydalanuvchilarga jami kitob berilishi 851 039 donani tashkil etgan.
Viloyat, shaharlar va tumanlar axborot-kutubxona markazlarining umumiy kitob fondi 925
010 tani tashkil etib, shulardan 361 103 tasi badiiy adabiyot, 122 234 tasi ijtimoiy-siyosiy, 1 095
tasi diniy, maʼnaviy-maʼrifiy adabiyot, 1 265 tasi audio-kitob hamda 15 tasi Brayl alifbosidagi
adabiyotdir.
Viloyat, shaharlar va tumanlar axborot-kutubxonalarida oilaviy abonement, ovozli oʼqish
orqali foydalanuvchilarga xizmat koʼrsatish turlari ham joriy qilingan. [11] Samarqand viloyat,
shaharlar va tumanlar axborot-kutubxona muassasalarida faoliyat yuritayotgan kadrlar jami 288
nafarni tashkil etadi. Shundan, oliy maʼlumotli mutaxassislar: kutubxonachilik bo‘yicha – 9
nafarni, АKT bo‘yicha – 18 nafarni, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha – 63 nafarni tashkil qiladi.
Shuningdek, o‘rta-maxsus maʼlumotli xodimlar: kutubxonachilik mutaxassisligi bo‘yicha – 61
nafarni, АKT mutaxassisligi bo‘yicha – 20 nafarni, boshqa yo‘nalishlardagi xodimlar bo‘yicha –
117 nafarni tashkil etmoqda. Faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning o‘rtacha oylik maoshi 2-
2.5 mln so‘mdan iborat.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi PQ-
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
116
4354-son Qarori asosida Samarqand viloyati bo‘yicha jami 15 ta shaharlar va tumanlar
(Kattaqo‘rgʼon shahar, Bulungʼur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rgʼon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo,
Paxtachi, Payariq, Pastdargʼom, Samarqand, Toyloq Urgut, Qo ‘shrabot tumanlarida) axborot-
kutubxona markazlari tashkil etilgan. Shundan, viloyat, Kattaqo‘rgʼon shahar, Urgut, Toyloq,
Ishtixon, Jomboy, Kattaqo‘rgʼon, Paxtachi tumanlari axborot-kutubxona markazi uchun tuman
markazidan zamonaviy bino ajratilib, kitobxonlarga xizmat kursatish va maʼnaviy-maʼrifiy
tadbirlar tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qolgan 7 ta tuman axborot-kutubxona
markazlari moslashmagan boshqa muassasalar balansidagi binolarga vaqtincha joylashtirilgan.
[13]
Shuningdek, shaharlar va tumanlar axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash, jumladan, kompyuter texnikalari, nusxa ko‘chirish uskunalari bilan
taʼminlash ishlari qoniqarli darajada, deb bo‘lmaydi. [3] Barcha tuman axborot-kutubxona
markazlari internet tarmogʼiga ulangan bo‘lsada, zamonaviy orgtexnika vositalari zamon talabiga
javob bermaydi. Tuman axborot-kutubxona markazlarida imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar
uchun maxsus Brayl alifbosida 15 ta, audio-kitoblar 1 265 tani tashkil etadi. Аxborot-kutubxona
markazlari fondida – 7 356 nusxada (2 065 nomda) davriy nashrlar gazeta va jurnallar saqlanib
kelinmoqda. Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan xususiy kutubxonalar ham mavjud.
Samarqand viloyatida bir nafar tadbirkor tomonidan xususiy kutubxona faoliyati yo‘lga
qo‘yilgan. Esonboeva Nodira Ubaydullaevna Ishtixon tumani, Orlot MFY, Orlot qishlogʼida
asosan ko‘chma kutubxona faoliyatiga asoslangan xususiy kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
“ Nodirabonu ” kutubxonasi kitob fondi 6500 nusxadan ortiq bo‘lib, 2500 nafardan ko‘proq
foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Kutubxona faoliyati asosan tadbirkor o‘zi istiqomat
qiladigan xonadonida hamda ko‘chma kutubxona xizmati ko‘rsatish uchun bibliobus shaklida
jihozlangan “Damas-Labo” avtomobili bilan viloyatdagi barcha shaharlar va tumanlarda faoliyat
olib bormoqda.
Xulosa qismida ushbularni ta’kidlamoqchimiz. Mamlakatimizda malakali kadrlar
yetishtirish uchun ilm - fanning rivojlanishiga ehtiyojimiz bugungi glaballashuv va texnikaning
jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi bosqichida yanada ortmoqda. Xalqimiz o‘qiydigan,
ayniqsa bolalar o‘qib tushunadigan badiiy adabiyotlar yaratish, maktab yoshidagi farzandlarimizni
kitobxonlik va mutolaa qilishga ko‘proq jalb qilish, pedagoglar orasida badiiy asarlar o‘qish va
kitobxonlik madaniyatini jonlantirish masalalari bugun davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasiga
aylandi. Bu ezgu yo‘lda yetuk allomalari, olimlari bilan dunyoga mashhur ulug’ mutaffakkirlar
yana Ona zaminimizda yetishib chiqishida kutubxonalar asosiy dargoh hisoblanib qolaveradi. [6]
Bugun nafaqat tadqiqotchilar, olimlar, butun ilm – fan ahli, qolaversa yurtimiz aholisining har biri
kitob o‘qish va mutolaa masalalari, muqaddas maskan kutubxonlarga tashrif buyurishi, kitob olish,
kitob o‘qish kabi odatlarimizni rivojlantirib borishimiz zarur. [4] Samarqand viloyatida
kutubxonalarni yanada zamon talablari asosida rivojlantirish, IT mutaxasislarini kutubxonlarga
jalb qilish, kitob nashriyoti masalalari, bibliografiya sohasi, kutubxonachilk ishi, xodimlar ish
faoliyati, sohadagi muammo va yechimini kutayotgan masalalarga har bir soha vakillari mas’ul.
Jahonda bo‘layotgan integratsion, global texnologik tamaddun va eksponensial jarayonlar va
rivojlangan davlatlar tajribasi mamlakat aholisining mutola madaniyati, qancha vaqt kitob o‘qishi
va ilm- fan rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
117
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”,
2023. - B. 416.
2.
Fonotov, G. (1967). Son Ellı Yılda Sovyet Rusya Kütuphanelerı.UNESCO Bulletın for
Lıbrarıes, 21(5).
3.
Nazmuddinov, I. (1991). Çok milletli SSCB toplumu için kütüphane hızmetı.
Türk
Kütüphanecılıği,
5(4).
4.
Назарьян Р. Очаг мусульманского просвещения // «Звезда Востока». Ташкент, 2017.
– №2.
5.
Ишанходжаева З. Репрессивная политика советской власти и культура Узбекистана:
трагедия выживания ( 1925–1953 гг). – Ташкент: “Tafakkur”, 2011.
6.
Гаффаров Б. История культурно-просвитительных учреждений Таджикистан ( 1991–
2011 гг.): Автореф.дисс…канд.ист.наук. – Душанбе, 2014.
7.
Кресьтянов В.П. Развитие национальной системы…: Автореф. дисс…док. пед. наук.
– Челябинск, 2011. – C. 31
.
8.
Нарманов Ф. XX асрнинг 20-30 йилларида қироатхоналар фаолияти: унинг аҳоли
маданий-маърифий
ҳаётига
таъсири
//
“Хоразм
Маъмун
Академияси
ахборотномаси”. – Хива, 2019. – №4.
9.
Охунжанов Э. Ватан кутубхоначилиги тарихи. – Тошкент: A.Навоий номидаги
Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2008.
10.
Adeeb Khalid. Making Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR...
–P.349.
11.
Никитинский М. Красная чайхана – опорный пункт культурно- просветительной
работы… – C. 10.
Internet saytlari:
12.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Samarqand
13.
