2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
121
QADIMGI TURON MADANIYATIDA SHAHARSOZLIK MASALALARINING
FALSAFIY TADQIQI
J.S.Xudayarov
Samarqand davlat chet tillar instituti tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087400
Annotatsiya. Maqolada qadimgi Turon madaniyatining vujudga kelishi bilan bog‘liq
shaharlar hayoti, ulardagi shaharlashish masalalari tahlil etilgan. Unda qadimgi Turon
xalqlarning yashash sharoitlari, ular tomonidan shaharsozlikka qo‘shilgan hissalari, zamonaviy
qiyofadagi yashash maskanlarini yaratish bilan bog‘liq masalalar falsafiy tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: shaharsozlik, sivilizatsiya, davlat, hamkroilk, jamiyat, madaniyat, siyosat,
g‘isht, paxsa, tosh.
Arxeologik qazishmalar jarayonida bu qadimgi Turon zaminida Panjikentdagi Mug‘
qal’adan sug‘d yozuvlari topilgan. Taniqli so‘g‘dolog O.I.Smirnova fikrlariga ko‘ra miloddan
avvalgi II asr kushon podshosi tangasida “Trirey tabg‘u, kadriz jabg‘u” so‘zlari bilan qiyoslab
so‘g‘diylar turk tilida so‘zlashganligi aniqladi. At Tobariy ham sug‘d hokimlari va lashkarlarning
turk bo‘lganligini ta’kidlaydi. Sug‘d tilida eroniy so‘zlarining uchrashi esa qator tarixiy voqealar
bilan bog‘liq. M.a. VI asrda Sug‘diyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi munosabati bilan
bu yerga forslar ko‘chib kela boshlaganligi aks etgan. Samoniylar davrida ham Balh va
Xurosonning boshqa joylaridan forsiyzabon aholi Samarqand va Buxoroga ko‘chib kelganlar va
shaharsozlik rivojlangan. Bungacha ular qishloqlar va cho‘l zonasida asosiy turkiy davlatlarda
yashaganlar. Samarqand shahrining eng qadimgi qal’asi Afrosiyobni esa m.a. 626 yilda Kayxusrav
tomonidan ziyoratga chaqirilib xoinlarcha qatl etilgan. Turon hukmdori Alp Er To‘nga tomonidan
bunyod qilinganligi manbalarda qayd etilgan. Abu Tohirxo‘janing “Samariya” kitobida qayd
etiladi: “Turk Afrosiyob Manuchehrni yengib Turon yurtini qo‘lga kiritganda o‘sha Turning
poytaxti bo‘lgan o‘rinni imorat qilib unda o‘rinlashdi. Samar otliq bir xon ushbu shaharni soldirdi,
eng avvalo “qand” degan turk aymog‘i bunda o‘rnashdi. Shuning uchun ham bu shahar Samarqand
ataldi” [1]. Manbalardan ko‘rinadiki, Sug‘dda azaldan avtotxon turk qabilalari yashab kelgan,
keyinchalik esa turli etnoslar bilan aralashib o‘ziga xos bir etnik tipni hosil qilgan, ammo
madaniyat o‘zagini ko‘hna Turon ildizlari tashkil etgan.
Ko‘rinib turibdiki, sivilizatsiyalar shodasida qadimgi Turon haqli ravishda o‘rin olgan,
chunki unda sivilizatsiyaning barcha belgilari mavjud edi. Hozirgi zamon ilmida sivilizatsiyaning
(lotincha “civitus” – “shahar” fuqarolik jamiyati) asosiy belgilariga sinflar, shaharlar, davlat va
pul-tovar munosabatlari kiritiladi [2]. Agar ushbu ta’rifdan kelib chiqadigan bo‘lsa Turonda
sivilizatsiyaning barcha alomatlari: shaharlar, davlatlar, zaif rivojlangan bo‘lsa sinflar va pul-tovar
munosabatlari mavjud edi va bu inkor qilib bo‘lmaydigan tarixiy faktdir va olimlarimiz uni
o‘rganishlari zarur.
Turonda Mesopotamiya, Old Osiyo, Yunoniston, Rimdagi kabi shahar-davlatlar, polislar
emas, balki o‘ziga xos shaharlar tashkil topdi. Hozirgacha Qadimgi Turondagi eng qadimgi
shaharlar yoshini 2700 yil deb belgilash rasm bo‘lib qolmoqda. Ammo, ayrim tadqiqotchilar
Turonda shaharlarning paydo bo‘lishi miloddan avvalgi II minginchi yillikda yuz berganligini
qayd qilmoqdalar [3] va bu hodisani o‘troq dehqonchilikning jez asriga kelib ong tarqalishi,
ayriboshlash va hunarmandchilikni rivojlanishi bilan bog‘lamoqdalar. Afsuski, Misr, Yunoniston,
Hindiston, Old Osiyodagi shaharlardan farqli o‘laroq Markaziy Osiyodagi shaharlar paxsa yoki
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
122
hom g‘ishtdan qurilganligi uchun iqlim va ob-havo ta’sirida yemirilib ketgan yoki juda kam
saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi I minginchi yillikda Turonda temir qurollarining ishlatila
boshlanishi natijasida shaharlashish jarayoni yanada kuchaydi. Bu davrda Sug‘dda Afrosiyob,
Yerqo‘rg‘on, Baqtriyada Baqtra, Termiz, Qiziltepa, Farg‘onada Dalvarzin, Chust, Xorazmda
Ko‘zaliqir, Qal’aliqir kabi qadimgi shaharlar tashkil topgan bo‘lib, ular keyingi madaniy hayotga
kuchli ta’sir ko‘rsatdilar. Gap shundaki, shaharlarning vujudga kelishi, birinchidan, madaniyat
markazlari, epitsentrlarining vujudga kelishiga olib keldi; ikkinchidan ular siyosiy, ma’muriy,
harbiy markazlar, davlat poytaxtlariga aylandiki, bu siyosiy madaniyat borasida benazir hodisa
edi; uchinchidan shaharlar iqtisodiy madaniyat sohasi, hunarmandchilik, tijorat, pul muomalasini
yangi sifatiy darajaga ko‘tardilar. O‘sha davrdagi shahar bozorlari axborot almashinish joyi, sud
amallari maydoni, xalqaro muloqot maskani, xalq yig‘inlari o‘tkaziladigan joy va hokazo
funksiyalarni bajarar edilar. Hukmdorlar qarorlari ham bozorda e’lon qilinardi (albatta a’zosi
tarzida. Yunoniston va Rimda agora va forum (ya’ni bozor maydonlarida) ular mos lavhalarga
yozib qo‘yilgan). Shaharlar dastlab daryo yoki irmoqlar yaqinida joylashgan, hunarmandchilik va
savdoning rivojlanishi natijasida vohalar ichkarilarida ham qad ko‘tara boshlagan, hatto cho‘l
zonasida yashagan ko‘chmanchi aholi ham qator shaharlar barpo etganliklari manbalarda qayd
qilingan. Masalan, Sirdaryo sohillarida Kirapol (Kurushkat), Turkistonda Suyob, Isfijot,
Yangikent va boshqa shaharlarni chorvador saklar, keyinchalik turk qabilalari qurganliklari haqida
manbalar ma’lumot beradi[4]. Bunday holat boshqa sivilizatsiyalarda kuzatilmaydi, u qadimgi
Turon madaniyatining yana bir o‘ziga xos xususiyatini namoyon qiladi. Buning sababi ushbu
mintaqalar orqali “Ipak yo‘li” o‘tgan, bundan tashqari bu yerlarda o‘troq aholi va ko‘chmanchi
qavmlar o‘rtasida tovar ayriboshlash yuz bergan, aytish mumkinki, hatto tanzit savdo yo‘li
o‘tmagan taqdirda ham bu hududlarda so‘ngi sababga ko‘ra savdo-sotiqqa mo‘ljallangan
shaharlarning paydo bo‘lishi ehtimoli kuchli edi. Turon shaharlari Mesopotamiyadagi en yoki
Yunonistondagi polis, ya’ni shahar-davlatlari kabi munitsipal xarakterga ega bo‘lmagan, ular
ko‘pincha savdo va hunarmandchilik, madaniy markazi vazifasini bajarganlar, ularning ba’zilari
poytaxt funksiyasini amalga oshirganlar. Qizig‘i shundaki, ba’zi Turon davlatlarining ikkitadan
(qishki va yozgi poytaxt) poytaxti bo‘lgani haqida axborot beriladi. Masalan, Qongxa – Kangyuy
podsholigining qishki qarorgohi Qangxa shahri (Toshkent viloyati), yozgi qarorgohi esa O‘trar
shahri (Qirg‘iziston) bo‘lgan [5], shuningdek, Turk hoqonligining ham ikki markazi bor edi: biri
Bolosog‘un, ikkinchisi – Qashqar shahri (Sharqiy Turkiston). Bunday holat boshqa
sivilizatsiyalarda uchramaydi yoki juda noyob hodisadir. Ma’lumki, polis tipidagi shaharlar o‘z
faoliyatini butun bir viloyat yoki mamlakat miqyosida yoymaganlar, balki faqat shahar hududi
doirasida amal qilganlar xolos. Masalan, Mesopotamiyada Ur, Uruk, Logash kabi enlar,
Yunonistondagi Afina va Sparta polislari, Old Osiyodagi Tir va Sidan shahar-davlatlari ana shular
sirasiga kirar edi. Markaziy Osiyo shaharlari esa, butun bir viloyatni, agar poytaxt maqomiga ega
bo‘lsa butun bir mamlakatni o‘z nazorati ostiga olgan. Bu hodisaning ijobiy tomoni shundaki, u
madaniy va etnik integratsiyanig samaradorligini oshirgan.
Qadimgi Turonda uylarpaxsa zuvala, xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lsada, detallarda farqlar,
xususan Xorazmda cho‘pkori (karkasli) uylar qurilmagan (Samarqand va Toshkentda o‘tmishda
bu hil uylar ko‘p qurilgan). Xorazmning qadimgi taomlari bo‘lamiq, siqman, churduk singari ovqat
turlari boshqa hududarda tayyorlanmagan, aksincha qazi yoki hasip singari taomlar Xorazmda
keng tarqalmagan edi. Shuningdek, paxsaga loy otadigan, quloqlar o‘rniga yoycha qo‘yilgan
kapcha deya nomlanadigan belcha boshqa hududlarga to‘g‘ri kelmaydi va hokazo. Turonliklar
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
123
muhitga moslashishda uchta narsani hisobga olganlar: birinchisi, landshaft sharoiti; ikkinchisi, o‘z
ehtiyojlari; uchinchisi mavjud material-ashyolar. Bunga yana etnik va diniy an’analar ham
qo‘shilgan. Masalan, uy-joy qurishda paxsa, xom g‘isht, qamish asosiy material bo‘lishiga sabab
iqlim va ob-havoning o‘ziga xosligi bo‘lgan. Bu yerda Rossiyadagidek yog‘oyadan uylar qurish
maqsadga muvofiq emas, chunki u qishda issiq bo‘lsada yozda qizib ketadi yoki Afrika donchilari
singari usti bostirma chaylada yashab bo‘lmaydi. Misrdagi yoki Yunonistondagi kabi tosh
inshootlar qurish uchun voha va cho‘l zonalarida bug‘doy ashyo kam uchraydi, tuproq, loy esa
ham maqsadga muvofiq ham har yerda uchraydi. Shuning uchun ham shaharlar, qal’alar, saroylar
o‘lkamizda yaxshi saqlanmagan, ular tuproqqa singib ketgan.
Qurilish, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojning o‘sib borishi hunarmandchilikning ushbu
yo‘nalishini rivojlantirishga sabab bo‘ldi. Natijada, qadimgi Turonda shaharlar qurish taraqqiy
etdi. Turonda barpo etilgan shaharlar o‘sha davrdagi shaharlar uchun tipik bo‘lgan jahon
standartlariga javob beradi, ya’ni ularda ma’muriy markaz (sitadel), bosh ibodatxona, kuchli
mudofaa devorlari mavjud edi. Ana shunday sifatlarga miloddan avval II-I minginchi yillikda
barpo etilgan Surxondaryodagi jarqo‘ton shahari ega edi[6]. Mazkur belgilar Turondagi deyarli
barcha shaharlarga xos ekanligini qadimshunos olimlarimiz aniqlab berdilar. Afrosiyob,
Yerqo‘rg‘on, Qo‘yqirilgan qal’a, Termiz, Kesh va boshqa shaharlarda ana shu umumiy sifatlar
mavjudligini tadqiqotchilar ishonarli ashyoviy dalillar bilan isbotlab berdilar. Ular yana Turonda
Eron ahamoniylarigacha shaharlar yo‘q degan fikrning noto‘g‘ri ekanligini ham isbotladilar.
Barcha shaharlar uchun uch xalqa: Ark, Shahriston va Tashqi shahar (Robod) xos edi. Poytaxt
shahar boshqa shaharlar ustidan o‘z nazoratini o‘rnatgan. Shaharlar asosan dehqonlar hisobiga
o‘sib borgan, o‘chmanchilar o‘z shaharlariga ega bo‘lsalarda, ularning juda izchilligi shaharda
muqim bo‘lib yashardi. Ko‘chmanchilar barpo etgan shaharlarning voha va vodiy shaharlaridan
farqi shundaki ular asosan savdo uchun qurilgan bo‘lib, kuchli mudofaa devorlari xandaqlar bilan
deyarli o‘rab olinmagan edi. Voha va vodiyda qurilgan shaharlarning ham o‘ziga yarasha bir-
biridan farqlari bor edi. Ular asosan shaharlarning qurilish shaklida namoyon bo‘lib, ehtimol
qandaydir diniy tasavvurlar yoki boshqa maqsadlar bilan bog‘liqdir. Tipik shakl to‘rtburchak
qurilma bo‘lib, u maqsadga muvofiqlikdan tashqari dunyoning to‘rt tomoni haqidagi tasavvur
bilan bog‘liq.
Tagisken maqbarasining asosi to‘rtburchak, ammo usti gumbazsimon shaklda qurilgan
bo‘lib, u ham osmon ramzidir va demak islom dini tarqalguncha ham m.a. IX-VIII asrlardan
boshlab gumbazlar qurila boshlagan. Gumbaz va peshtoqlar bir-biriga chirmashtirilgan yog‘och
karkas va to‘rtburchakli katta g‘ishtlardan qurilgan. Eron ahamoniylari shahar qurilishiga sezilarli
yangiliklar kiritmadilar. Ammo, yunon-makedonlar Korinfga va Iojeyga ustunlar qurish
uslublarini keltirdilar: birinchisi mushaklari bo‘rtib chiqqan erkak jussasini eslatsa, ikkinchisi
xushbichim ayol gavdasini ifodalagan. Shuningdek ular shaharlarni haykallar, ma’budlar tasvirlari
bilan bezashni tadbiq qildilar. Kushonlar davrida devorlarini turli rasmlar va releflar bilan bezash
ommalashdi va u xioniylar, ertaliylar, turk xoqonlari davrida ravnaq topdi. Qal’alarni haykallar
bilan bezashning yorqin namunasi Tuproqal’adir, unda loydan ishlangan haykallarning butun bir
gallereyasi berilgan. Ammo, arab istilosida so‘ng odam tasviri beriladigan haykallar va rasmlar
man etildi. O‘zbekistonda ko‘pxonali xom g‘ishtdan uylar qurish m.a. 4 minginchi yillikdan
boshlangan bo‘lsada, bu tipdagi uylar ham, taxtadan qurilgan uylar keng yoyilgan edi, turkcha
kirpich, ya’ni pishiq g‘ishtlar asosan poydevor, pol ustunlar uchun ishlatilgan xolos, cho‘pkori
uylar qishloqlarda kam shaharlarda ko‘proq ishlatilardi, shaharda, uning atroflarida
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
124
ko‘chmanchilar chodirlari va o‘tovlari tipidagi uylar ham bo‘lardi. Ko‘rinadiki, qadimgi Turonda
urbanizatsiya va arxitektura madaniyati o‘z davri uchun yuqori darajaga erishgan.
Xulosa qilib aytganda, Turonda turk tili salmog‘i va ko‘lami oshdi. Shaharlarda turkiy urf-
odatlar, turmush tarzi yanada mustahkamlandi. Turk hoqonlari Baspordan G‘arbiy Xitoygacha
bo‘lgan ulkan imperiya barpo qilib, unda turli madaniyatlar, qadriyatlar ayriboshlashga katta hissa
qo‘shdilar. Talos, Yangikent, Suyob, Isfojib, Sayrab, Yassi Bolosog‘un, Barsxon kabi shaharlar
barpo etilib, ular ipak yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdilar. Bilga hoqon, To‘nyuquq, Kultegin,
Irq bitiklari, Talas, Farg‘ona, Issiqqo‘rg‘on kabi turk-run bitiklari ajoyib madaniy yodgorliklar
yaratildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Абду Тохирхўжа. Самария //Мерос. – Т.: Камолот, 1991. – 17 бет.
2.
История древнего мира. Ранняя древность. – М.: Изд-во вост. лит-ры, 1989. – С.39.
3.
Пугаченкова Г.А., Ртвеладзе Э.В. Северная Бактрия – Тохаристон. Очерки истории
и культуры (древность и средневековье). – Т.: Фан, 1990. – С.26.
4.
Бартольд В.В. Работа по истории Средней Азии. Бартольд В.В. Сочинения. Том II.
Часть 1. – М.: Изд-во Вост.лит. 1963. – С.32-37.
5.
Шониёзов К.Ш. Қанғ давлати ва қанғлилар (ўзбек халқининг сиёсий ва этник
тарихидан). – Т.: Фан, 1990. – С.41.
6.
Пугаченкова Г.А., Ртвеладзе Э.В. Северная Бактрия – Тохаристан. Очерки истории
и культуры. Древность и Средневековье. – Т.: Фан, 1990. – С.16-17.
