2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
129
O’ZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI
A.E.Ziyotova
Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
“Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi
A.N.Tursunova
TDIU SF xodimi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087419
Annotatsiya.Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotda gender
masalalari, gender tenglikni rivojlantirish zaruriyati, gender tenglik munosabatlarining siyosiy-
ijtimoiy holati, mazkur masalaga doir qabul qilingan qonunlarning mohiyati va ahamiyati tahlil
qilingan.
Kalit so’zlar: gender, gender tenglik, siyosiy-ijtimoy munosabatlar,
Insoniyat yaralibdiki, erkak va ayollar o‘rtasidagi munosabat, jamiyatda, oilada ularning
roli, gender tenglik va gender adolat muammolariga e’tibor qaratilib kelinadi. Bugungi kunga kelib
ijtimoiy hayotning asosiy jabhalarida gender tenglikni ta’minlash butun jamiyatning taraqqiyotiga
xizmat qilishi o‘z isbotini topgan. Bugungi islohatlar yurtimizda xotin-qizlarning huquq va
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan
tizimli chora-tadbirlarning bir qismi bo‘lib, unda gender tengligini ta’minlash sohasidagi
muammolarni ilmiy jihatdan o‘rganish va ularga yechim sifatida ilmiy asoslangan takliflarni ishlab
chiqish, aholi o‘rtasida gender qadriyatlarini targ‘ib qilish, mazkur masalalar bo‘yicha tajriba
almashish asosiy maqsad sifatida belgilangan.
Xususan, Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender tenglik
munosabatlariga berilayotgan chuqur e’tiborni amalga oshirilayotgan qator loyihalarda ko’rish
mumkin. Masalan, 2019-yil 2-sentabr, O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng
huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi, unga koʻra, xotin-qizlar
va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy
jihatdan qo‘llab-quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirish,
xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ravishda ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shu qatorda, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadi – Gender tenglikni amalga oshirish
doirasida Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va
imkoniyatlarini kengaytirishga oid toʻqqizta vazifa ishlab chiqilgagini ham ta’kidlash mumkin. U
2030-yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham
berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida
ayollarning toʻliq va samarali ishtirokini ta’minlash va yetakchilik qilish uchun teng
imkoniyatlarni yaratish zarurligini oʻz ichiga oladi.
Gender munosabatlarda xalqaro standartlarga haqiqiy yaqinlashuvga erishish, eng muhimi,
ayollarni jamiyatning barcha jabhalarida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash
bo‘yicha qator oddiy, ammo samarali chora-tadbirlar mavjudligini ta’kidlash mumkin.
Mamlakatimizda, kvota tizimining ayollarga yo’naltirilganligining ortib borayotganligini,
ayniqsa, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan voqeliklar, magistraturaga qabul qilingan
xotin-qizlarga kontrakt to’lovlarini to’liq davlat tomonidan qoplanishi haqidagi amaliy chora-
tadbirlarni yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin. Shuningdek, xotin-qizlarning mahalliy
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
130
darajada va ijroiya hokimiyatida vakilligining oshib borishi, ularning parlament faoliyatidagi faol
ishtirokini ham ta’kidlash zarur.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda gender tenglik tamoyilini jamiyatga singdirish bilan
bog‘liq amalga oshirilayotgan islohotlar diqqatga sazovordir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev 2020-yil 23-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 75- yubiley sessiyasida o‘zbek tilida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonni siyosiy,
ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib, gender
masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, “Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga
aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni tobora kuchaymoqda. Yangi
parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko‘paydi”, – deb mamlakatimizda xotin-
qizlar siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ta’kidlab o‘tdi.
Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqida ham xotin-
qizlar masalasiga alohida to‘xtalib, gender tengligini ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab
quvvatlash siyosatini davom ettirish Yangi O‘zbekiston uchun muhim ustuvor yo‘nalish ekanini
jahon hamjamiyatiga ma’lum qildi. Xususan, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol
ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalasi ekani, milliy siyosatimiz markazida turadigan
eng ezgu maqsad – oilalar mustahkamligi, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini
ta’minlashdan iborat bo‘lishi ta’kidlandi. Gender tenglikka erishish borasida ham tizimli ishlar
olib borilayotgani, jumladan, o‘tgan yili oliygohlarga qabul qilingan talabalarning 49 foizini qizlar
tashkil etgani, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi esa birinchi marta 35 foizga yetgani,
ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida alohida qonun qabul
qilingani qayd etildi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli
soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit
yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, keyingi olti yilda oila institutini mustahkamlashga
xizmat qiluvchi 40 dan ziyod qonunlar va qonun osti xujjatlari qabul qilindi. Xususan, “Xotin-
qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-
qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi. 2022 yilning
1-mart sanasida qabul qilingan “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-
quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni hamda
2022 yilning 7-martida qabul qilingan “Oila va xotinqizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir
ishlarni yanada jadallashtirish choratadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni xotin-qizlar bilan
ishlash tizimining yangi bosqichga ko‘tarilishiga olib keldi.
2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining
barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha milliy dastur, 2030 yilga qadar O‘zbekiston
Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi. Saylov kodeksiga muvofiq
ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida
30 foizini tashkil etishi belgilandi.
Barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining kamida bir nafar o‘rinbosarini xotin-
qizlar orasidan tayinlash tizimi joriy etildi. Natijada, rahbar ayollar soni 2017 yilda 27 foizni tashkil
etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib 33 foizga yetdi. Ayollarning ulushi tadbirkorlik sohasida 37 foiz,
siyosiy partiyalarda 47 foiz, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida 46 foiz, tibbiyotda 77 foizni tashkil
etmoqda.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
131
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 33 foizi, Senat a’zolarining 24 foizi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar
Kengashlari deputatlarining 25 foizi ayollardan iborat. Vazir va vazirga tenglashtirilgan
lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 2018 yilda 2,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda qariyb
ikki barobarga oshdi va 5,7 foizga yetdi. Kattaqo‘rg‘on shahar, Bo‘ston, Olot, Boyovut va
Yakkasaroy tumanlarini ayol hokimlar boshqarmoqda. Sud tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 181
ayol sudyaning 26 nafari rahbarlik lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
Yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramasdan davlat fuqarolik xizmatida faoliyat olib
borayotgan xotin-qizlarning boshqaruv lavozimlaridagi ulushi esa 27 foizni tashkil etadi. Xotin-
qizlarning boshqaruv lavozimlarida ulushini yanada ko‘tarish maqsadida Davlat boshqaruvi
akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv kurslari
tashkil etildi va har yili zaxiraga olingan xotin-qizlarning 100 nafarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
Vatanimiz va xalqimiz oldidagi munosib xizmatlari uchun 17 ayol eng oliy mukofot – “O‘zbekiston
Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi.
Ilm-fan nufuzini yanada oshirishga katta hissa qo‘shgan, yangi ilmiy maktablar yaratgan 12
olima akademik ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Oxirgi besh yilning o‘zida o’z sohalari bo’yicha 5971
nafar ayollarimiz, jumladan 712 nafar xotin-qiz fan doktori (DSc), 5059 nafari falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Birgina 2024 yilning o’zida 212 nafar xotin-qiz fan doktori, 1389 nafari
falsafa doktori PhD ilmiy darajasiga ega bo’lishgan. Hozirgi kunda ilm-fan sohasida jami 5 mingga
yaqin olima ayollarimiz faoliyat ko’rsatmoqda. Oliygohlarda esa 14 mingdan ziyod xotin-qizlarimiz
pedagogika va ilmiy tadqiqot yo’nalishida ish olib bormoqda. Shuningdek, “Olima ayollar”
tashabbuskor amaliy hamda innovatsion ilmiy loyihalar tanlovida 2021 yolda loyihalar soni 11 tani
tashkil etgan bo’lsa, 2024 yilda bu ko;rsadgich 342 taga etdi. Shu raqamlarning o’zi ham bugun
mamlakatimizda ilm-fan yo’nalishida izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlarning safi tobora
kengayib borayotganini ko’rsatadi.
Jamiyat va davlat hayotida faol, tashabbus ko‘rsatgan ayollar bilan bir qatorda farzandlarini
barkamol insonlar etib voyaga yetkazgan uy bekalariga ham beriladigan “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak
nishoni ta’sis etildi va shu kunga qadar 1461 ayol taqdirlandi.
Bu boradagi ishlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida mamlakatimizda amalga
oshirilgan ma’muriy islohotlar ham muhim o‘rin tutadi. Mana shu islohotlar fonida Prezident
huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishda ayollar salmog‘i oshmoqda. Mahalla fuqarolar
yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari orasidan eng munosiblari “Salohiyatli
kadrlar rezervi”ga kiritilmoqda. Ular belgilangan tartibda bir qator faoliyatni amalga oshiradi.
Zaxiraga olingan nomzodlar faoliyati qoniqarliligini belgilovchi sektor rahbarlari xulosalari olinadi.
Belgilangan tartibda test sinovlari va suhbat bosqichi tashkil etiladi.
Saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlarga ko‘ra, 2024 yil oktabr oyida o’tkazilgan saylovda
nomzodlarning 40 foizi ayollardan iborat bo‘lishi lozimligiga oid norma nomzod ko‘rsatish
davomida ta’minlandi. Saylovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga
yangidan saylangan deputatlarning 38 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Bu O‘zbekiston tarixida eng
yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Avvalgi chaqiriqda ayol deputatlar 32 foizni tashkil etgan edi. Demak, bu
safar ushbu ko‘rsatkich 6 foizga ko‘p.
Dunyoning ko’plab rivojlangan davlatlari qatorida O’zbekiston Respublikasida ham
ayollar va bolalarga bo`lgan e’tibor - ularning jamiyatdagi va davlat boshqaruvidagi o`rnini
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
132
mustahkamlashning davlat siyosati darajasigacha ko’tarilayotganida namoyon bo`lmoqda. Har
qanday jamiyatning rivojlanishida muhim ro’l kasb etadigan tarbiya masalasi oiladan shakllanadi.
Oila esa o’z navbatida, undagi er-xotin, ota-ona bilan farzand o’rtasidagi munosabatlarning
maskanidir. Shunday ekan bir –biriga bog’liq bo’lgan munosabatlar zamirida jamiyatni tashkil
qiluvchi shaxs shakllanadi. Tarbiya va ayolning oiladagi o’rni masalasida ko’plab uzundan uzoq
isbotini allaqachon amalda k’orasatayotgan misollarni kelrirish mumkin.
Xususan, O’zbekiston Respublikasining gender tengligi bo’yicha olib borayotgan siyosati,
davlat boshqaruvida xotin-qizlarga ko’plab imkoniyat eshiklarini ochadi.
Gender strategiyasi doirasida gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining
barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan, sport
munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. 2019-yil, 2-sentabr.
2.
http://www.gender-cent.ryazan.ru/lecturers.htm#blohina
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.03.2022 yildagi PF-81-son.
4.
Zdravomislova Ye.А., Temkina А.А. Sotsialnoe konstruirovanie gendera. Sb.
“Vozmojnosti ispolzovaniya kachestvennoy metodologii v gendernix issledovaniyax”. –
Moskva, 2001. – S. 49.
5.
Jamoldinova O.R. Ta’lim tizimida gender yondashuvni tatbiq etishning samarali
mexanizmlari. Belarus-O‘zbek ILMIY-METODIK JURNALI. 2022-yil, 1-son. B. 17- 25.
https://doicode.ru/doifile/regdoi/2022/06/doicode-2022.055.pdf
6.
Бахронова Д.К. ГЕНДЕР И ЦЕЛЕВЫЕ КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ГЕНДЕРНЫЕ
СТЕРЕОТИПЫ // Гендерные исследования в гуманитарных науках: сб. ст. по матер.
III междунар. науч.-практ. конф. № 3. – Новосибирск: СибАК, 2015.
7.
Jamoliddinova O., Egamberdiyeva T., Solixo;jayeva D. Oliy ta’lim tizimida gender
yondashuv: bugun va kelajak tamoyillari. Uslubiy qo’llanma – Toshkent, 2022. – 79 b.
