2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
137
“
TEMUR TUZUKLARI”NING YOSHLARDA VATANPARVARLIK TUYG
ʻ
USINI
TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI
Omonturdiyev Orzu G’afforovich
SamDAQU oʻqituvchisi
Orzubekomonturdiev05@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087432
Annotatsiya. Milliy mentalitetidagi tarixiy oʻzgarishlar, temur tuzuklaridagi ma`naviyati,
hozirgi zamonning ma`naviyati bu jarayonda yoshlarni ijtimoiy va ma’naviy qiyofasini hamda
ertangi kun istiqbolini belgilash masalalari tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: taraqqiyot, yoshlar, faollik, intellektual salohiyat, falsafiy qunyoqarash
.
Tarixni bilmasdan turib kelajak qurib bo`lmaydi deymiz. Biz ertangi kunimizni yaratish
uchun albatta oʻtmishga nazar tashlaymiz va oʻtmishimiz bilan ertangi kunimizni quramiz. Biz
o`zligimizni qachon anglab etamiz qachonki oʻtmishga nazar tashlasak. Oʻtmish deganda
ajdodlarimiz yashab oʻtgan, qilgan ishlari, qoldirgan pand-nasihatlarini tushunamiz.
Tarixdan ma`lumki ajdodlarimiz deganda koʻz oldimizga olimu-ulamolar uzidan yaxshi
iz qoldirib yashab oʻtgan buyuk shaxslar bobolarimiz keladi va bu insonlar bilan hammamiz
faxrlanamiz. Shundan tariximizga juda katta iz qoldirgan buyuk sarkarda Sohibqironning
"Tuzuklari"ni qancha talaba oʻqigan va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami?
Vaholonki, bu ajdodlarimizning gʻalabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi koʻplab harbiy
maktab va akademiyalarda bugun ham oʻrganishadi".
Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–
oʻzligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulugʻlash–tarix qa'riga chuqur ildiz otgan
tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni
mustahkamlash demakdir.
Mustaqillik yillarida “Temur tuzuklari” qayta-qayta nashr etilayotgani tahsinga loyiq. Turli
manbalarda bu asar turli tildagi tarjimalarga mos holda "Temur tuzuklari", "Tuzukot Temuriy",
"Temurning aytganlari" va "Voqeoti Temuriy" -"Temurning boshidan kechirganlari", "Qissai
Temur", "Malfuzoti Temuriy", "Temur Qissasi", "Zafar yo'li", "Zafarnoma", "Tarjimai hol",
"Esdaliklar", "Tanziymot" (yangi qonun-qoidalar, islohot), turkiy chigʻatoy tilidan rus tiliga
oʻgirilganda Malfuzot va Tuzukot oʻrniga "Dastur ul amal" nomlari bilan mashhurdir ].
Bugungi kunda “Temur tuzuklari”ning qoʻlyozma va toshbosma nusxalari dunyo boʻylab
keng tarqalgan. Ushbu noyob asarni jahonning koʻpgina mamlakatlarida, jumladan, Buyuk
Britaniya, Fransiya, AQSh, Rossiya, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr, Yaman
kutubxonalaridan topsa boʻladi.
Tuzuk nima?
“Tuzuk” soʻzining lugʻaviy ma'nosi qonun-qoidalar toʻplami, nizom, degan ma'nolarni
anglatadi. Boshqacha aytganda, Tuzuk – Konstitusiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) –
davlatning Asosiy qonuni, deganidir.
“Konstitusiya” atamasi, “Imperator Konstitusiyasi” deb atalgan qonun misolida, qadimgi
Rimdayoq ma'lum boʻlgan. Oʻz navbatida, “Temur tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari
sivilizasiyasiga xos alohida shakldagi konstitusiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlib, shariat
qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta'sir oʻtkazgan.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
138
Amir Temur saltanatining ijro etuvchi tizimidagi sakkiz vazirlik va yana bir necha
muassasalar moliya, soliqlar, daromad va xarajatlar, mulkchilik, etishtiriladigan hosil, chorva,
yaylovlar ahvoli, obodonchilik, xabar va pochta, harbiy va adliya sohalarini boshqargan. Masalan,
harbiy ishlar vazirligi harbiylarga maosh berish, ularga tegishli mulklarni boshqarish, qurol-aslaha
ta'minoti, harbiy mashqlarni tashkil etish kabi vazifalar bilan bir qatorda, iste'foga chiqqan,
urushda yarador boʻlib, mehnat qobiliyatini yoʻqotganlarga nafaqa belgilash kabi yumushlarni
ham bajargan.
“Temur tuzuklari”ning markazida inson, uning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish turadi. Shu
ma'noda, Sohibqironning huquqiy qarashlarida, avvalo, mamlakat ishlari tuzuki alohida
ahamiyatga egadir.
“Temur tuzuklari”da va saltanat obroʻ-martabasini saqlashga doir quyidagi toʻrtta asosiy
tuzuk sanab oʻtiladi.
“Birinchidan, saltanatim qonun-qoidalarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi (hazrati
Muhammad)ning shariatiga bogʻlab, izzatu hurmatlash vojib boʻlgan onhazratning avlodi va
sahobalariga muhabbat bildirish asosida tuzdim. Saltanatim martabasini toʻra va tuzuklar asosida
shunday saqladimki, uning ishlariga aralashishga hech bir kimsaning qurbi etmasdi.
Ikkinchidan, sipohu raiyatni umid va qoʻrquv orasida saqladim. Doʻst-dushmanni
murosayu madora martabasida tutdim. Qilmishlarini, aytgan gaplarini sabr-toqat va chidam bilan
oʻtkazdim. Doʻst-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelsa, doʻstlarga shunday muomala
qildimki, doʻstligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda boʻldimki, ularning
dushmanligi doʻstlikka aylandi...
Uchinchidan, hech kimdan oʻch olish payida boʻlmadim. Tuzimni totib, menga yomonlik
qilganlarni Parvardigori olamga topshirdim. Ish koʻrgan, sinalgan, shijoatli er-yigitlarni qoshimda
tutdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon
himmatsizlarni, koʻngli buzuq qoʻrqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.
Toʻrtinchidan, ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni oʻzimga rom qildim. Adolat bilan
ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda boʻlishga intildim”, deb qayd etiladi asarda.
Shunday qilib, 27 mamlakatdan tarkib topgan buyuk saltanat asoschisi Sohibqiron Amir
Temur ibn Taragʻay yirik davlat arbobi, mohir diplomat, ulugʻ sarkarda, ilmu madaniyat homiysi,
haq va adolatning jasoratli yalovbardori sifatida milliy davlatchilikda, huquq va siyosat sohasida
oʻzidan unutilmas va barhayot ta'limotlar, toʻra-tuzuklar qoldirgan.
Qonunga asoslangan tizimning ahamiyatini chuqur anglagan Amir Temur haqli ravishda
“Kuch – adolatda” degan oliy me'yorni oʻziga shior qilib olgan va hatto ushbu hikmatni uzuk-
muhriga oʻyib yozdirgan. Bu haqda Ibn Arabshoh shunday guvohlik beradi: “Temur tamgʻasining
naqshi “Rosti rasti” boʻlib, bu “haqgoʻy boʻlsang, najot topasan” demakdir”. Sohibqironning bu
purhikmat soʻzlari bugun ham qudratli demokratik huquqiy davlat qurish uchun asosiy yoʻllanma
hisoblanadi.
Amir Temurning huquqiy qarashlari va amaliy faoliyati har doim adolat va insof me'yorlari
bilan hamohang boʻlgan. Ulugʻ Sohibqiron oʻz davlati hududlarida tuzuk-toʻra va shariat qoidalari
ustuvorligini amalda ta'minlagan. Bu haqda, jumladan: “Sipohiylarimni hamisha jangga tayyor
holda tutdim; oylik haqlarini soʻrattirmay vaqtida berardim. Chunonchi, Rum yurishida
sipohiylarimga oʻtgan va kelajakda qiladigan xizmatlari uchun etti yillik oziq-ovqatlarini
birvarkayiga berdim”, deyiladi “Temur tuzuklari”da.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
139
Bundan tashqari, Sohibqiron saltanatida kasbu hunar va ma'rifat ahli muntazam ish bilan
ta'minlangan. Sarmoyasi qoʻlidan ketib qolgan savdogarlarga oʻz sarmoyasini qaytadan tiklab
olishi uchun xazinadan etarli miqdorda oltin berilgan. Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining
dehqonchilik qilishga qurbi etmay qolgan boʻlsa, unga ekin-tekin uchun zarur urugʻlik va mehnat
qurollari tayyorlab berilgan. Inson huquqlari va manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan bunday
amaliy misollarni yana koʻplab keltirish mumkin.
Zero, Amir Temurning bunyodkorlik salohiyatidan nafaqat bizning yurtimiz, balki koʻplab
boshqa shaharlar ham bahramand boʻldilar. Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar
qurishni, yoʻlovchi musofirlar uchun yoʻl ustiga rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga koʻpriklar
qurishni buyurganligi haqida ma'lumotlar mavjud
Jumladan, moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan Bagʻdod, Darband, Baylaqon kabi
shaharlarni qayta tikladi. Shuningdek, Amir Temur tomonidan, Tabrizda masjid, Sherozda saroy,
Bagʻdodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bunyod ettirgan [8-178].
O'zbek davlatchiligi tarixining muhim davri - Temur saltanati markazlashgan davlat edi.
Saltanat quruvchisining fikricha, davlat birinchi galda, mamlakatdagi barcha ijtimoiy
tabaqalarning manfaatlarini himoya qilishi; maslahat, kengash, tadbirkorlik, qonun-qoidalar va
adolat bilan qat'iy tartibda boshqarilishi kerak edi.
Shu bois ham Amir Temurning, 27 davlatni birlashtirgan Markazlashgan ulkan saltanati,
tabiiyki, qonunlar toʻplamlari asosida yaratilgan va unga qat'iy amal qilish yoʻlga qoʻyilgan
boʻlishi kerak edi. Amir Temur turmush tajribalari asosida ishlab chiqqan va uning hukmi bilan
qonun darajasiga koʻtarilgan qoidalar majmui bor ediki, ularni toʻplam holiga keltirib, oʻzidan
keyingi vorislariga ham qonunlar tizimi, ham turmush tajribasi va maslahatlar tarzida qoʻllanma
qilib qoldirishi lozim edi.
Konstitutsiyamizning 19-moddasida "Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil
huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi,
shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan
belgilanib qoʻyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart" deya alohida
keltirilgan. "Temur tuzuklari"da esa: "Qaysi mamlakatni zabt etgan boʻlsam, oʻsha yerning obroʻ-
e'tiborlik kishilarini aziz tutdim; sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyixiga ta'zim bajo keltirdim
va hurmatladim; oʻsha viloyatlarning ulugʻlarini ogʻa-inilarimdek, yoshlari va bolalarini boʻlsa,
oʻz farzandlarimdek ko'rdim. ...Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yoʻlini
toʻsdim", deya ta'kidlanadi.
Amir Temur davridagi "devon", "vazir", "hokim", "gʻaznachi" kabi mansab va unvonlar
bugun ham davlat boshqaruv tizimida alohida institutlar sifatida shakllantirilgan. Shuningdek,
mamlakatning viloyat va tumanlarga boʻlinishi ham tarixiy asoslariga ega. Bugungi qonun
chiqaruvchi organ - "Qurultoy" siyosiy institutining taraqqiy etgan va rivojlangan shaklidir.
Xushmuomalalik, sabr-matonatlilik, odillik kabi sifatlarni oʻzida mujassam qilgan
Sohibqiron boshqa amaldorlardan ham shunday fazilatlarni talab qilgan. Masalan, vazirlik
mansabi beriladigan kishi xushmuomala, tinchliksevar, xalqparvar va aql-farosatli boʻlmog'i kerak
edi. Amir Temur hasadchi, gina-kek saqlovchi, qora niyatli, gʻiybatchi, zulmkor, razil, xulqi buzuq
kishilarni nihoyatda yomon koʻrgan, ul arni hatto navkarlikka ham olmagan. Jamiyatda bir qator
islohotlar o'tkazib, koʻpgina buzuq odatlarga barham bergan.
Amir Temur oʻzining siyosatini amalga oshirishda, davlatni boshqarishda ulamolar, ilm-
fan ahllari va yuqoridagi tabaqalar vakillariga qattiq tayangan.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
140
Xulosa qilib aytganda, biz boy madaniy merosga ega bo'lgan qadimiy xalqimiz. Oʻz Vatani
tarixini bilish har bir oʻsib-unib kelayotga yosh avlod vakili uchun suv va havodek zarur. Tarixiy
xotira insonni ona yurt xizmatiga qat'iy bel bogʻlash, uning sarhadlarini har qanday yovuz
kuchlardan, gʻanimlardan himoyalash, kerak boʻlsa jon fido qilishga chorlaydi. "Temur
tuzuklari"da ham hech qachon eskirmaydigan, inson ma'naviyati uchun bugun ham ma'naviy oziq
boʻladigan hikmatli fikrlarning ahamiyati hech qachon yoʻqolmaydi. Ushbu asarda keltirilgan
fikrlar, mulohazalar, yosh avlod tarbiyasida, uning ma'naviy qiyofasini shakllantirishda,
yoshlarimizni jismoniy jihatdan baquvvat, ma'naviy yetuk, oʻz Vatanini koʻz qorachigʻiday
asraydigan, mard va jasur farzandlar sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini
unutmasligimiz zarur. Bugungi mustaqil taraqqiyot yoʻlimiz ham oʻziga xos buyuk
davlatchiligimiz tarixi va anʻanalari bilan uygʻunlashgandir. Poydevori mustahkam imorat asrlar
davomida, ming yillar qad rostlab turadi. Ildizi baquvvat, tarixiy xotirasi boqiy xalq hech qachon,
hech kimga qaram boʻlmaydi.
Foydanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: "O'zbekiston", 2019.
2.
Shavkat Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. -T.: "O'zbekiston", 2016.
3.
Islom Karimov. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O'zbekiston", 1997.
4.
Islom Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -T.: "Ma'naviyat", 2016.
5.
Temur tuzuklari. -T.: "Hilol mediya", 2018.
6.
Temur tuzuklari. -T.: "O'zbekiston", 2018.
7.
M.Sherov, B.Xaitov. Amir Temur tuzuklariga harbiy-siyosiy sharh. (Monografiya), -
Chirchiq, 2021.
8.
Lyusen Keren. Amir Temur saltanati. Fransuz tilidan B.Ermatov tarjimasi. -T.:
"O'zbekiston", 2020.
9.
M.Rahimov, A.Zamonov. O'zbekiston tarixi. -T.: "Fan", 2019.
10.
Ubaydulla Uvatov. Sohibqiron arab muarrixlari nigohida. -T.: "Sharq", 1997.
