2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
152
ILK O‘SMIRLIK YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR IJTIMOIYLASHUVINING
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Fazilat Xankeldiyevna Kuchkarova
Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, (PhD), dotsent.
Baxora Akramovna Xodjayorova
O‘qituvchi (PhD),
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087572
Annotatsiya. Ijtimoiylashuv insonning ta’lim, madaniyat, kommunikasiya ta’siri ostida
shakllanish jarayoni bo‘lib, insonlarning bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalab,
jamiyatning muvaffaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik
mexanizm, ijtimoiy norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir.
Kalit so’zlar: Ijtimoiy, ijtimoiylashuv, ta’lim, tarbiya, muloqot, individ, madaniyat, shaxs,
shaxs rivojlanishi, qadriyat va faoliyat.
Аннотация. Социализация — процесс формирования человека под влиянием
образования, культуры и общения, выражающийся во взаимодействии людей друг с другом
и усвоении ими образцового поведения, психологических механизмов, социальных норм и
ценностей, необходимых для успешного развития общества это процесс ассимиляции.
Ключевые слова: Социальный, социализация, образование, воспитание, общение,
индивид, культура, личность, личностное развитие, ценности и деятельность.
Abstract. Socialization is the process of formation of a person under the influence of
education, culture, and communication, expressing the interaction of people with each other and
the process of mastering exemplary behavior, psychological mechanisms, social norms, and values
necessary for the successful development of society.
Keywords: Social, socialization, education, upbringing, communication, individual,
culture, personality, personal development, values, and activity.
Kirish.
Ijtimoiylashuv masalalarini o‘rganishning falsafiy, pedagogik, sotsiologik va
ijtimoiy-psixologik yo‘nalishlarini ajratish mumkin. Sosiologik yo‘nalish individning
ijtimoiylashuvini ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirishish uchun ma’lum bir ijtimoiy
xususiyatlarni
o‘zlashtirish bilan aloqadorlikda, ijtimoiy-psixologik yo‘nalish esa
ijtimoiylashuvda ontogenez davrida ijtimoiy me’yor, madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish
jarayonida aks etishini ifoda etadi. Pedagogik yo‘nalishda ijtimoiylashuv ijtimoiy muhitning
shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muamolariga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganadi [116;
68].
Ijtimoiylashuv insonning ta’lim, madaniyat, kommunikasiya ta’siri ostida shakllanish
jarayoni bo‘lib, insonlarning bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalab, jamiyatning
muvaffaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, ijtimoiy
norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiylashuv jarayoni o‘zining xususiyatlariga,
tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan
insonda namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘ta murakkab jarayondir.
Yosh va individual o‘zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta’siri ostida
har xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy
sifatlariga ta’sir etib, uning individual o‘zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi. Insonning shaxs
sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
153
maqomi (iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni) orqali
ifodalanadi. Maqom negizida doimiy o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi
muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo‘nalganligi sababli shaxsni faollashtiradi.
Ijtimoiy
maqom, rol, iqtidor, o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik, qadriyatga yo‘nalganlik shaxs
xususiyatlarining asosini tashkil etadi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl
uning jamiyatdagi hayot yo‘li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. O‘smirlarda, ularning irodaviy
xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni shakllantirish lozim:
-o‘z so‘zi va ishining egasi bo‘lish;
-hozirgi davrda muhim bo‘lgan masalalar bilan band qilish;
-huquqqa qarshi bo‘lmagan, puxta o‘ylab chiqilgan maqsadlarni qo‘yish.
O‘smirlik davrida (12-15 yosh) o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi,
bu esa o‘z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi
shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘smirning ijtimoiy maqomi o‘zgaradi. Unga nisbatan
kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo‘yila boshlaydi. O‘smirlik yoshida bolada o‘z-
o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?” savoliga javob berish uni tez-tez bezovta
qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza
yuritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik oila va
maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib turadi. Pedagogik yordam o‘z ichiga ijtimoiy-
pedagogik faoliyatning ikki yo‘nalishini oladi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam. Ta’lim
olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va ota-onalarning
pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi
masalalar bo‘yicha ota-onalarni har tomonlama o‘rganishni ko‘zda tutadi:
➢
ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-
biologik tayyorgarligi;
➢
bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvant munosabatni shakllantirishda ota-onaning
o‘rni;
➢
bola tarbiyasida shaxsiy namuna va ota-ona ijtimoiy maqomining ahamiyati;
➢
oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati;
➢
ota-ona hayot masalalari bo‘yicha maslahatlar olishi uchun, voyaga yetmagan
bolalarga murojaat qilishning antipik bo‘lgan amaliyotini xabardorligi;
➢
oilada bolalarga pedagogik va psixologik ta’sir usullari, bolalar va kattalar orasida
ijobiy munosabatning shakllanganligi.
Muhakama va natijalar.
Turli soha vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ijtimoiylashuv xilma-xil (madaniy,
axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik) ko‘rinishlarni o‘zida aks ettiradi. Ta’lim va tarbiya haqida
gap ketganda esa bu sohadagi ijtimoiylashuv insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy
belgilangan qadriyatlar, yangidan shakllanuvchi tajribalarni, ya’ni tarbiyalanganlik, ta’lim
olganlik, ma’lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida
muttasil o‘zgarib borishi jarayoni va yuzaga kelish natijasidir. Professor N.Egamberdiyevaning
fikricha, “ijtimoiylashuv va kasbiy yetuklik jarayonlari kasbiy ta’limni bir vaqtning o‘zida ham
shaxsning individual rivojlanishi, uning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ham o‘quvchining
shaxsiy va kasbiy nuqtai nazarini shakllanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishini talab qiladi. Ushbu
jarayonlarning muvaffaqqiyati quyidagi ikkita shartni amalga oshirishni talab etadi: o‘quvchilarni
faol ijtimoiy va kasbiy munosabatlarga jalb etish; birgalikdagi samarali ijtimoiy va kasbiy faoliyat
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
154
jarayonida shaxsning o‘z-o‘zini to‘la namoyon eta olishiga imkoniyat yaratish” [118; 127-b. Bu
holda shaxsga ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning subyekti sifatida, tajriba
egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o‘z-o‘zini shakllantiruvchi, shu bilan
birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi subyekt sifatida qaraladi.
Ijtimoiy muhit tomonidan qo‘yiladigan va kutiladigan talablarni o‘quvchi tomonidan
qilinishi hamda ularga samarali javob qaytarishi ijtimoiy moslashuvchanlikni bildiradi. Boshqacha
aytganda, moslashuvchan xulq-atvor qarorlarini muvaffaqqiyatli qabul qilish, tashabbus bildirish
va o‘zining kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan aniq tasavvurlarga ega bo‘lish bilan bog‘liqdir.
Xulosa:
Bugungi kunda o‘quvchilarga xos kreativ sifat va ijodiy faoliyat malakalarini samarali
rivojlantirish muhim hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida kreativlik sifatlari,
ijodiy faoliyat malakalarini rivojlantirish kreativlik sifatlarini shakllantirishga ustuvorlik berish
tamoyili asosida ish ko‘rish va aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat olib borishni taqozo etadi.
O‘quvchilarning kreativlik imkoniyatlarini aniq mezonlar asosida aniqlash, daraja ko‘rsatichlarini
baholash asosida bu boradagi yutuq va kamchiliklarni belgilab borish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, muntazam ratsionalizatorlik ishlari yoki loyihalarini amalga oshirish va o‘zaro
ijodiy hamkorlikka erishishga yo‘naltirish o‘quvchilarning kreativlik potensialini yanada
rivojlantiradi.
Adabiyotlar:
1.
Egamberdiyeva N.M Madaniy-insonparvarlik yondashuv asosida talabalarni shaxsiy
hamda kasbiy ijtimoiylashtirish nazaryasi va amaliyoti: Pedagogika fanlaridoktori. …
diss.-T., 2010. – 332 b.
2.
Мурадова Д.Д. Педагогические основы развития креативного мышленния учащихся
в процесса обучения гумманитарным диссипленам(7-8 классы): канд.пед.наук....
дисс..– Т., 2007.-171 б.
3.
Якиманская И. С. Основы личностно ориентированного образования / – М.: БИНОМ.
Лаборатория знаний, 2011. – 221 с.
4.
Kardos L., Pleh, S. Barkoczi, I. (eds.). Studies in creativity / Budapest: Academiai Kiado,
1987. – 162 p
5.
Рубинштейн, С. Л. Принцип творческой самодеятелности: // Вопросы психологии. –
№ 4. – 1986. – С. 101-107.
6.
Леонтев А. Н. Становление психологии деятелности // Церийа: Живая классика. –
М.: Смысл, 2003. – 440 с.
7.
Дюркгейм, Э. Социология. Ее предмет, метод, предназначение / Э. Дюркгейм. – М.:
Канон, 1995. – С. 253.
