Authors

  • Qurbon Nurboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75233

Keywords:

Millatlararo munosabatlar taraqqiyot strategiyasi O‘zbekiston–Eron do‘stlik jamiyati etnik bag‘rikenglik.

Abstract

Maqolada Samarqanddagi kam sonli millatlar, jumladan eroniylar etnografik guruhining tarixinini o‘rganish bo‘yicha ayrim mulohazalar bayon etilgan.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

155


GLOBALLASHUV DAVRIDA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHDA KAM SONLI

MILLATLAR TARIXINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Nurboyev Qurbon Aralboyevich

Toshkent Iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali o‘qituvchisi

94.165-24-45

https://doi.org/10.5281/zenodo.15087577

Annotatsiya. Maqolada Samarqanddagi kam sonli millatlar, jumladan eroniylar

etnografik guruhining tarixinini o‘rganish bo‘yicha ayrim mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: Millatlararo munosabatlar, taraqqiyot strategiyasi, O‘zbekiston–Eron

do‘stlik jamiyati, etnik bag‘rikenglik.

Аннотация. В статье представлены некоторые комментарии к изучению истории

этноса этнических меньшинств Самарканда, в том числе иранской этнографической
группы.

Ключевые слова: Межнациональные отношения, стратегия развития, общество

дружбы Узбекистан-Иран, этническая толерантность.

Abstract. The article presents some comments on the study of the history of the ethnicity of

ethnic minorities of Samarkand, including the Iranian ethnographic group.

Keywords: Interethnic relations, development strategy, Uzbekistan-Iran friendship society,

ethnic tolerance.


O‘zbekiston ko‘p millatli davlat sifatida (130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat

qiladi) millatlararo munosabatlar, diniy bag‘rikenglik jabhalarida to‘g‘ri islohotlarni amalga
oshirayotgan yosh respublikadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Millatlararo
munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 19- maydagi PF-5046-son Farmoni ijrosini ta’minlashdan kelib
chiqib, 2017-yil 23- mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo
munosabatlar

va

xorijiy

mamlakatlar

bilan

do‘stlik

aloqalari

qo‘mitasi

tashkil etilgan bo‘lib, u o‘z faoliyatini yuritmoqda hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va
bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini izchil amalga oshirib kelmoqda.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

74-

maqsadida jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda
Milliy

madaniy

markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada

takomillashtirish, madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar
tarkibiga Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasini
qo‘shish hamda uning madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlarini belgilashni nazarda tutuvchi
qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

[2]

Hozirgi vaqtda Samarqand viloyati hududida 90 dan ortiq millat va elatlar yashaydi.

Samarqand viloyatining etnik tarkibi O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlaridan
o‘zining bir qancha xarakterli xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, viloyatda respublikadagi
jami o‘zbeklarning 12,5 %i, tojiklarning 22,4 %i, yahudiylarning 12,3 %i, ozarbayjonlarning 14,6
%i, turkmanlarning 17,4 %i, armanlarning 24,2 %i, eronilarning 78,5 %i yashaydi.

[3:31]

Ma’lumotga e’tibor qaratsak, Samarqandda O‘zbekistondagi eroniy etnografik guruhining asosiy
qismi istiqomat qiladi va yana shuni alohida ta’kiddash lozimki, Samarqandda istiqomat
qilayotgan eroniylar etnografik guruhining ilg‘or ziyolilar qatlami O‘zbekiston – Eron o‘rtasida


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

156


do‘stlik aloqalarining rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Ayniqsa, bu borada 1991-yil 7-
iyunda tashkil etilgan O‘zbekiston–Eron do‘stlik jamiyati va uning Samarqand bo‘limi ikki davlat
o‘rtasida madaniy, ilmiy, adabiy aloqalarning sermazmun ahamiyat kasb etishida faol rol
o‘ynamoqda. Samarqand eroniylar etnografik guruhining madaniyatini, an‘analarini saqlash,
rivojlantirishda milliy-madaniy markazning o‘rni beqiyosdir. Panjob madrasasi binosida 1990-yil
10-mart kuni etnografik guruh – eroniylar milliy-madaniy markazi ish boshladi. Markazning
tashkil topishi professor Erkin Hojiyev, Mullo Muhammadali Ahmedov, nafaqadagi o‘qituvchilar
Nurmamat Mamadaliyev, Ali Ibrohimovlar tashabbuskor bo‘ldilar. Markaz faoliyatiga professor
Erkin Hojiyev rahbarlik qildi. Ali Ibrohimov va Mamarahim Halimov rais o‘rinbosarlari sifatida
ish olib bordilar. Markaz faoliyat ko‘rsatgan 1990-1994 yillar voqealarga juda boy davr bo‘ldi.
Markazda Samarqandda yashovchi eroniylar etnografik guruhining tarixi, urf-odatlari, rasm-
rusumlarini qayta tiklash, o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilmoqda. “Respublika poytaxtida
boshqird, tojik, arman, nemis, dungan madaniyat markazlari ham ishlab turibdi. Respublikamiz
viloyatlarida ham bunday markazlar anchagina. Ana shunday markazlardan biri Samarqand
shahrida tashkil etilgan eroniylarning “Panjob” milliy-madaniy markazidir. Ushbu milliy-madaniy
uyushmaning faoliyat yo‘nalishi millatlararo do‘stona munosabatlarni mustahkamlash,
eroniylarning milliy urf-odatlari va yaxshi an’analarini rivojlantirish, milliy ixtiloflarga yo‘l
bermaslik, baynalmilal aloqalarni mustahkamlashdir. Uyushmaning harakat dasturida kelajakda
muzey hamda kutubxonalar tashkil etish, boshqa milliy-madaniy markazlar bilan aloqalar
o‘rnatish, folklyor-etnograf ansambli tuzish kabi ezgu ishlar rejalashtirilgan”.

[5:115]

Samarqand eroniylari etnografik guruhining tarixi, madaniyati, san’atining dunyoga yuz

tutishiga, bugungi kundagi ushbu guruh vakillari ishbilarmonlik muhitiga, qolaversa, etnik
bag‘rikenglikka muhim ta’sir etadi. “Etnik bag‘rikenglikni shakllantirish – millatlararo
mojarolarning oldini olish va bartaraf etishning eng to‘g‘ri yo‘lidir. Bu jarayonda ko‘p xil
madaniyatlarni birlashtiruvchi yagona makonni vujudga keltirishning ahamiyati kattadir. Buning
uchun avvalo millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash zarurki, quyidagilar ushbu
madaniyatning oddiy unsurlari hisoblanadi: “etnik indiferentlik” (beparvolik), ya’ni shaxslar
o‘rtasidagi muomalada milliy omilni e’tiborga olmaslik (alohida zarur holatlar bundan mustasno);
boshqa millat kishilari bilan munosabatda mulohazali bo‘lish; har bir kishi har qanday
dunyoqarash masalasida o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish, o‘z nuqtai nazarini aytish huquqiga ega
ekanligi; milliy, etnik muammolar xususidagi muhokamada mazkur masala yuzasidan o‘ziga ega
bo‘lgan bilimlar hajmigagina tayanish; inson o‘zi yashab turgan etnik guruhning marosimlari,
rasm-rusumlari, urf-odatlarini bilishi zarurligi; til masalasi – millatlararo muomala madaniyatining
eng muhim jihatlaridan biri ekanligini esda tutish”.

[4:144-145]

Samarqandda eroniylar etnografik

guruhi salmog‘i nuqtai-nazaridan yondashilganda ta’lim jarayonida guruhlarda turli millat va elat
vakillarini borligini e’tiborga olib, boshqa millat kishilari bilan munosabatda mulohazali bo‘lish,
inson o‘zi yashab turgan etnik guruhning marosimlari, rasm-rusumlari, urf-odatlarini bilishi
zarurligi, nafaqat bilishi, balki hurmat qilishi zarurligi kabi tamoyillar Samarqanddagi har bir
pedogog bundan xabardor bo‘lishi lozimligini anglatadi. Chunki, guruhlarda yoshlar o‘rtasida
bugungi globallashuv zamonida axborotlarning ko‘pligi pedogogdan etnik bag‘rikenglik bo‘yicha
keng bilimlarni talab etadi.

Shunday qilib, Vatanimiz hududida turli din va millat vakillari asrlar davomida tinch,

o‘zaro hamjihatlikda istiqomat qilib kelmoqda va bugungi kunda ham Vatan ravnaqi yo‘lida
fidoyilik ko‘rsatmoqdalar. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasining


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

157


ikkinchi bandiga ko‘ra: ...O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat
va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi
uchun sharoit yaratadi.

[1:4]

Mustaqillik davrida Samarqand eroniylarning respublika siyosiy,

ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda faoliyati milliy qadriyatlarni umuminsoniy
qadriyatlar bilan uyg‘unlikda asrab qolishga va Vatanimizning taraqqiyotiga muhim hissa
qo‘shishga asoslanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O’zbekiston”, 2023.

2.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022 yil 28 yanvar. PF-60-son.

3.

Kadirov M.A. Samarqand viloyati geografiyasi. Monografiya. T.: “lesson-press”, 2019.

4.

Муртазаева Р. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар ва бағрикенглик. Ўқув
қўлланма. Т.: “Университет”, 2007.

5.

Мираъзамов К.Ж. Миллий-маданий манфаатлар ва миллий маданиятларнинг
ривожланиши. Фалсафа фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун
диссертация. Тошкент. 1995.

References

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O’zbekiston”, 2023.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2022 yil 28 yanvar. PF-60-son.

Kadirov M.A. Samarqand viloyati geografiyasi. Monografiya. T.: “lesson-press”, 2019.

Муртазаева Р. Ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар ва бағрикенглик. Ўқув қўлланма. Т.: “Университет”, 2007.

Мираъзамов К.Ж. Миллий-маданий манфаатлар ва миллий маданиятларнинг ривожланиши. Фалсафа фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун диссертация. Тошкент. 1995.