Authors

  • Fayoza Odilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75246

Keywords:

Innovatsion rivojlantirish strategiya xorijiy mutaxassis arxitektura qurilish organlari muassasa rivojlantirish mexanizm davlat boshqaruvi modernizatsiya.

Abstract

Mazkur maqolada, Arxitektura va qurilish sohasida professional ta’limni tashkil etish, yosh mutaxassislar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy qilish, qurilishda byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish.SHaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish.Mamlakatimizda xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish, ularga ish haqini belgilash haqida ma’lumot berilgan.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

180


ARXITEKTURA VA QURILISH SOHASIDA PROFESSIONAL TA’LIMNING

DOLZARB MASALALARI

Fayoza Odilova

Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti

“Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi” kafedrasi o’qituvchisi

odilova.fayoza@samdaqu.edu.uz

https://orcid.org/0009-0001-4064-1721

https://doi.org/10.5281/zenodo.15087705

Annotatsiya. Mazkur maqolada, Arxitektura va qurilish sohasida professional ta’limni

tashkil etish, yosh mutaxassislar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy qilish,
qurilishda byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish.SHaharsozlik va qurilish uchun
muhandislik-texnik izlanishlar sohasida ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat
unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona
foydalanish.

Mamlakatimizda xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish, ularga ish haqini

belgilash haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so‘zlar: Innovatsion rivojlantirish, strategiya, xorijiy mutaxassis, arxitektura,

qurilish organlari, muassasa rivojlantirish, mexanizm, davlat boshqaruvi,modernizatsiya.

Абстрактный. В статье даны сведения об организации профессионального

образования в области архитектуры и строительства, внедрении инновационных идей и
разработок среди молодых специалистов, рациональном использовании бюджетных
средств в строительстве. Проведении научно-технической политики в области
инженерно-технических исследований для градостроительства и строительства,
повышении производительности труда, снижении себестоимости строительно-
монтажных работ, рациональном использовании ресурсов. Обсуждаются вопросы
привлечения иностранных специалистов в нашу страну и установления их заработной
платы.

Ключевые слова: Инновационное развитие, стратегия, иностранный специалист,

архитектура, строительные органы, институциональное развитие, механизм,
государственное управление, модернизация.

Abstract. This article provides information on the organization of professional education

in the field of architecture and construction, the introduction of innovative ideas and developments
among young specialists, the rational use of budget funds in construction. Conducting scientific
and technical policy in the field of engineering and technical research for urban planning and
construction, increasing labor productivity, reducing the cost of construction and installation
works, and the rational use of resources. The recruitment of foreign specialists in our country and
setting their salaries are discussed.

Keywords: Innovation development, strategy, foreign specialist, architecture, construction

bodies, institution development, public administration, modernization.

O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya

qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni. 2025 yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

181


xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy ta’lim
muassasalari ro‘yxatiga (TOP–1000) kirishi.

Bundan tashqari, vazirga xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish, ularga ish haqini

belgilash huquqi berildi.

Bunda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari

klassifikatorining ma’lumoti

darajasi va ishchilar kasblari razryadlari borasidagi talablari xorijiy

oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi tavsiyaviy tusga
ega

(endilikda nostrifikatsiyadan o‘tkazilmagan holda, shu jumladan xorijda ta’lim olgan

fuqarolarimizni ishga yollash mumkin – tahr.)

.

Qurilish tarmog‘ini yanada takomillashtirish, arxitektura hamda qurilish organlari va

muassasalarini izchil rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining
samaradorligini ta’minlash, sohaga raqamli texnologiyalarni ilg‘or joriy etish maqsadida:

1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal

va innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

- hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu jarayonda jamoatchilikning

samarali ishtirokini ta’minlash;

- shaharsozlikfaoliyatiningsifativaxavfsizliginioshirish;
-shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi,

ratsionalligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, qurilish tarmog‘i tashkilotlari faoliyatining
samaradorligini oshirish;

-shaharsozlikfaoliyatiniraqamlashtirish,

tarmoqqazamonaviyaxborot-kommunikatsiya

texnologiyalarinijoriyetish;

-shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish.

-O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion

rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Strategiya)
1-ilovaga muvofiq;

-O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion

rivojlantirish strategiyasini 2021–2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini

modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan
strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq belgilansin:


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

182


O‘zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa

xususiyatlarini inobatga olgan holda 2025 yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini
kamida 50 foiz darajasida xalqaro normativ va standartlar bilan uyg‘unlashtirishga erishish;

- 2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh

rejalar bilan qamrab olishga erishish;

- 2025 yilga borib “SHaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida qo‘shimcha to‘rtta

elektron platforma yaratilishini, shuningdek, ularning idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar
bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;

- loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy etish ulushini 2025

yilga borib respublikadagi qurilish ob’ektlari umumiy sonining 50 foizigacha etkazish;

2021 yil 1 sentyabrgacha fuqarolarga qurilayotgan ob’ektlar to‘g‘risida mustaqil ravishda

axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish ob’ektlarida aniqlangan
qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar ko‘rinishida) va ularni qurilish sohasidagi
nazorat bo‘yicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” elektron
tizimining yaratilishini;

2022 yil 1 martgacha Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini

joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturining
ishlab chiqilishini;

2022 yil 1 iyulgacha shahar muhiti elementlarining maqsadi, an’anaviy arxitektura va

madaniyati, shuningdek, joyning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududiy “dizayn-
kod”ning ishlab chiqilishi va joriy etilishini;

Farmonda qayd etilishicha, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda

zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni
rivojlantirishga, yangi sub’ektlarning innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan
bozorga kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi.

Xususan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish

materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil
qilinmagan, shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maksimal shaffofligi
va samaradorligi ta’minlamayapti.

Ko‘pchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks

qurishga,

ishlab

chiqarish

va infratuzilma

ob’ektlarini joylashtirishga, tadbirkorlik

va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek, qurilish
jarayonida puxta o‘ylanmagan qarorlarni qabul qilishga sabab bo‘lmoqda.

Qurilish ishlarini tashkil etish, yosh mutaxassislar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar

va ishlanmalarni joriy qilish, qurilishda byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish.

SHaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-

texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini
kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya samarador va energiya
tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish.

SHaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar

tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o‘rta muddatli
davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va
hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

183


SHaharsozlik

va shaharsozlik

faoliyatining

normativ-huquqiy

bazasini

yanada

takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni
muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish
sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish.

Loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish

samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy,
takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha echimlarini ishlab chiqishni tashkil
etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali

kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining darajasi va
sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi etakchi ilmiy-tadqiqot
muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga
ko‘maklashish.

Arxitektura,

loyihalash

va

qurilish

sohasida

malakali

kadrlarni

tayyorlash,

ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash,
qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar
va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish.

Rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda Ta’lim muassasalarini

qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bazasida Vazirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
tashkil etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

SH.M. Mirziyoev. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”.
“O‘zbekiston” nashriyoti. Toshkent 2017 y.

2.

SH.M. Mirziyoev.”Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va
xalq farovonligining garovi” “O‘zbekiston” nashriyoti. Toshkent 2017 y. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son Farmoni.

3.

Po‘latov X.SH. SHaharsozlik tarixi. T.: Fan va texnologiya 2008

4.

Jurayeva, E., Fayoza, O., & Yulduz, N. (2024). FORMATION OF THE LANDSCAPE

SOLUTION OF THE RAILWAY AREA AND THE SURROUNDINGS ON THE BASIS
OF

LOCAL

AND

FOREIGN

EXPERIENCES.

Innovative:

International

Multidisciplinary Journal of Applied Technology (2995-486X)

, 289-293.

5.

Jurayeva, E., Fayoza, O., & Baljan, X. (2024). ARCHITECTURAL FORMATION
PROCESSES OF KARSHI FORTRESS AREAS.

International Journal of Education,

Social Science & Humanities

,

12

(3), 789-797.

6.

Fayoza, O., & Baljan, X. (2024). ANALYSIS OF SCIENTIFIC AND PRACTICAL
WORKS ON HISTORICAL MONUMENTS IN UZBEKISTAN.

Новости образования:

исследование в XXI веке

,

2

(17), 403-406.

7.

Odilova, F., Mamatkulov, U. B., & Muxtorov, Z. K. (2023). BASIC CONCEPTS OF
TRAINING

EXPERT-RESTORATOR

FOR

RECONSTRUCTION

AND

RESTORATION

OF

CULTURAL

HERITAGE

OBJECTS.

JOURNAL

OF

ENGINEERING, MECHANICS AND MODERN ARCHITECTURE

, 291-299.


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

184


8.

Odilova, F. O., Musurmonov, Q. T., & MA, J. (2024). BASIC CONCEPTS OF
PROTECTING ARCHITECTURAL MONUMENTS.

International Journal of Education,

Social Science & Humanities

,

12

(3), 798-806.

9.

Nurmuradova, Y., Jurayeva, E., & Odilova, F. (2024). ORGANIZATION OF
PROTECTION GODS IN HISTORICAL CITIES.

Synergy: Cross-Disciplinary Journal

of Digital Investigation (2995-4827)

,

2

(4), 69-76.

10.

Doniyorbek, N. (2023). CREATION OF A COMPLEX OF MODERN WATER
TREATMENTS FOR CHILDREN. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND
DESIGN, 523-527.

11.

Koziyevich, E. I., & Elmuradovna, J. E. (2023). SCIENTIFIC ANALYSIS OF THE
ARCHITECTURE OF ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS OF THE ANCIENT
KARSHI CITY. JOURNAL OF ARCHITECTURE, ENGINEERING AND MODERN
TECHNOLOGIES, 2(2), 58-61.

12.

Odilova, F., U. B. Mamatkulov, and Z. K. Mukhtarov. "Basic Concepts of Training Expert-
Restorator for Reconstruction and Restoration of Cultural Heritage Objects."

Journal of

Engineering, Mechanics, and Modern Architecture

(2023): 291-299.

13.

Jurayeva, Elvira, Odilova Fayoza, and Xursanbayeva Baljan. "ARCHITECTURAL
FORMATION PROCESSES OF KARSHI FORTRESS AREAS."

International Journal

of Education, Social Science & Humanities

12.3 (2024): 789-797.


References

SH.M. Mirziyoev. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. “O‘zbekiston” nashriyoti. Toshkent 2017 y.

SH.M. Mirziyoev.”Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” “O‘zbekiston” nashriyoti. Toshkent 2017 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son Farmoni.

Po‘latov X.SH. SHaharsozlik tarixi. T.: Fan va texnologiya 2008

Jurayeva, E., Fayoza, O., & Yulduz, N. (2024). FORMATION OF THE LANDSCAPE SOLUTION OF THE RAILWAY AREA AND THE SURROUNDINGS ON THE BASIS OF LOCAL AND FOREIGN EXPERIENCES. Innovative: International Multidisciplinary Journal of Applied Technology (2995-486X), 289-293.

Jurayeva, E., Fayoza, O., & Baljan, X. (2024). ARCHITECTURAL FORMATION PROCESSES OF KARSHI FORTRESS AREAS. International Journal of Education, Social Science & Humanities, 12(3), 789-797.

Fayoza, O., & Baljan, X. (2024). ANALYSIS OF SCIENTIFIC AND PRACTICAL WORKS ON HISTORICAL MONUMENTS IN UZBEKISTAN. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(17), 403-406.

Odilova, F., Mamatkulov, U. B., & Muxtorov, Z. K. (2023). BASIC CONCEPTS OF TRAINING EXPERT-RESTORATOR FOR RECONSTRUCTION AND RESTORATION OF CULTURAL HERITAGE OBJECTS. JOURNAL OF ENGINEERING, MECHANICS AND MODERN ARCHITECTURE, 291-299.

Odilova, F. O., Musurmonov, Q. T., & MA, J. (2024). BASIC CONCEPTS OF PROTECTING ARCHITECTURAL MONUMENTS. International Journal of Education, Social Science & Humanities, 12(3), 798-806.

Nurmuradova, Y., Jurayeva, E., & Odilova, F. (2024). ORGANIZATION OF PROTECTION GODS IN HISTORICAL CITIES. Synergy: Cross-Disciplinary Journal of Digital Investigation (2995-4827), 2(4), 69-76.

Doniyorbek, N. (2023). CREATION OF A COMPLEX OF MODERN WATER TREATMENTS FOR CHILDREN. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 523-527.

Koziyevich, E. I., & Elmuradovna, J. E. (2023). SCIENTIFIC ANALYSIS OF THE ARCHITECTURE OF ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS OF THE ANCIENT KARSHI CITY. JOURNAL OF ARCHITECTURE, ENGINEERING AND MODERN TECHNOLOGIES, 2(2), 58-61.

Odilova, F., U. B. Mamatkulov, and Z. K. Mukhtarov. "Basic Concepts of Training Expert-Restorator for Reconstruction and Restoration of Cultural Heritage Objects." Journal of Engineering, Mechanics, and Modern Architecture (2023): 291-299.

Jurayeva, Elvira, Odilova Fayoza, and Xursanbayeva Baljan. "ARCHITECTURAL FORMATION PROCESSES OF KARSHI FORTRESS AREAS." International Journal of Education, Social Science & Humanities 12.3 (2024): 789-797.