Authors

  • N.J. Shakarov
  • X.A. Nomozboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75248

Keywords:

Temir-beton vodoprovod suv kontakt korroziya armatura kanalizatsiya rang karbonat kislota (H2CO3) ishqoriy muhit tuzlar ohak karbonizatsiya defekt oqova suv ionlar mikroorganizmlar vodorod sulfid (H2S) kalsiy bikorbanat (Ca(HCO3)2.

Abstract

Bugungi kunda barcha ishlab chiqarish va qurilish sanoatida beton va temir-beton vodoprovod hamda kanalizatsiya inshootlari qurilishda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Suv bu materiallarga faol ta’sir etib ularni yemiradi, bu texnologik jarayonlarining buzilishiga, quvurlarning o’tkazish xususiyatini pasayishiga, suv yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

185


SUV TA’SIRIDA BETON VA TEMIR-BETONNING YEMIRILISHIDA

KIMYOVIY JARAYONLARNING SABABLARINI BAHOLASH

Ilmiy rahbar:

Shakarov N.J.

Talaba:

Nomozboyeva X.A.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15087727

Annotatsiya. Bugungi kunda barcha ishlab chiqarish va qurilish sanoatida beton va temir-

beton vodoprovod hamda kanalizatsiya inshootlari qurilishda ishlatiladigan asosiy material
hisoblanadi. Suv bu materiallarga faol ta’sir etib ularni yemiradi, bu texnologik jarayonlarining
buzilishiga, quvurlarning o’tkazish xususiyatini pasayishiga, suv yomonlashishiga olib kelishi
mumkin.

Kalit so'zlar: Temir-beton, vodoprovod, suv, kontakt, korroziya, armatura, kanalizatsiya,

rang, karbonat kislota (H2CO3), ishqoriy muhit, tuzlar, ohak, karbonizatsiya, defekt, oqova suv,
ionlar, mikroorganizmlar, vodorod sulfid (H2S), kalsiy bikorbanat (Ca(HCO3)2.

Kirish:

Demak suv ta’sirida beton va temir-betonlarning yemirilish tezligi hamda

ehtimolligi ularning tarkibi va betonning strukturasi, uning zichligi va suv o’tkazuvchanligi,
shuningdek, kontaktdagi suv tarkibi hamda bu kontaktning sharoitiga bog’liq.

Suv sizmaydigan mustahkam beton qavati yemirilmagunicha temir-beton armaturasi

korroziyaga uchramaydi. Yoriq paydo bo’lishi hamda asta-sekin betonning yemirilishi natijasida
armaturada muhit hosil bo’lib, korroziya rivojlanadi. Temir- betonning armaturasining korroziyasi
elektr- kimyoviy tabiatiga ega. Korroziya rivojlanishi bilan hosil bo’lgan zang asta- sekin
kattalashadi, bu, o’z navbatida, beton qavatining armaturasining parchalanishiga olib
keladi.Betonli qurilmalarning yemirilishida asosiy sabab, beton sifatining qoniqarsizligi hamda
uning yetarli darajada joylashtirilmaganligi, materialning haddan tashqari kuchlanishi, mexanik
ta’sirlar, suvning yuqori tezlikdagi harakati hamda haroratning keskin o’zgarishidir. Kuchli
karbonat kislota, kuchli kislotali yoki kuchli ishqoriy muhit, turli tuzlar va hokazolar ta’sirida
betonning kimyoviy degratsiyasi hosil bo’ladi.

Asosiy qism:

Bakterial jarayonlar ham betonning yemirilishiga ta’sir etadi.Betonning

kimyoviy yemirilishi 3 ta jarayonda sodir bo’ladi:

1.

Beton komponetlarining suvli muhitda

erishi;

2.

Beton komponentlarining suvda ishtirok etuvchi moddalar bilan o’zaro ta’sirlashuvi,

betonning mexanik mustahkamligini susayishi; 3. Beton mahsulotlarida betonning parchalanishi
va yemirilishi sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiya mahsuotlarining hosil bo’lishi.

Agressiv karbonat kislotaning ta’siri.

Beton qotgan vaqtida taxminan 10% sof kalsiy

gidroksid betonda qoladi. Buning natijasida kuchli ishqoriy muhit (pH=14) yuzaga keladi.
Natijada hosil bo’lgan beton armaturani himoya qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Karbonat
kislotaning agressiv ta’siri beton tarkibidagi ohakni eritib, uni chiqarib yuborishdan iborat.
Zamonaviy tassavurlarga ko’ra bu jarayon – beton yemirilishining asosiy sabablaridan biridir.
Ohakning erib betondan chiqib ketishi, boshqacha aytganda, betonning karbonizatsiyasi quyidagi
reaksiya bilan ifodalanishi mumkin:

Ca(OH)2 +CO2 →CaCO3 +H2O
Betonda karbonizatsiya jarayoni (beton sirtida ham) sodir bo’lishi mumkin; buning

natijasida betonning barqarorligi (pishiqligi) ortadi, chunki beton sirtida hosil bo’lgan CaCO3


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

186


qavati betonning himoya qilish xossasiga ega. Lekin hujmkor karbonat kislota bilan beton uzoq
vaqt kontaktda bo’lganida CaCO3 qavati quyidagi reaksiyaga muvofiq erib keta boshliydi:

CaCO3+CO2+H2O→Ca(HCO3)2
Bu tenglamalar bilan ifodalangan reaksiyalar birlashib, betondan ohakning erib chiqib

ketishini ta’minlaydi, chunki buning natijasida suvda yaxshi eruvchan kalsiy bikarbonat
Ca(HCO3)2 hosil bo’ladi.Betonning karbonizatsiya jarayoni faqat uning sirti bilan
chegaralanmaydi;karbonizatsiya betonning ichki qismida ham sodir bo’ladi. Buning natijasida
betonning mexanik pishiqligi pasayib, armaturada darzlar, bo’shliqlar va boshqa salbiy holat
(defekt)lar paydo bo’ladi.

pHning ta’siri.

Beton bilan kontaktda bo’lgan suvli muhitning pH kattaligi 6-9

chegarasidan boshqacha bo’lmasligi kerak. Kislotalarning betonni yemirishga ta’siri o’sha
kislotalarning kalsiy tuzlari eruvchanligiga bog’liq ravishda o’zgaradi: sulfat kislotalarning kalsiy
tuzlaridan kalsiy nitratga, undan kalsiy xloridga o’tilgan sari eruvchanlik kuchayib boradi
(binobarin,betonning yemirilishi ham kuchayadi).Oqova suvlaridagi kuchli ishqoriy birimalar –
beton tarkibidagi alyuminiy komponentlarining erishini tezlashtiradi; shu yo’l bilan ular betonning
strukturasini buzub yuboradi.Suvning ionlar tarkibining ta’siri. Betonning yemirilishi tezligi
suvlardagi ionlar tarkibiga ham bog’liq. Masalan, agar suvda ammoniyli birikmalar ko’p bo’lsa,
bular kuchli ishqoriy muhit bilan kontaktda bo’lganida beton moddasidan ammiakning ajralishi
kuzatiladi; bu jarayon ohakning erishini tezlatib betonni yemirilishiga yo’liqtiradi. Magniy tuzlari
va ohakdan kuchsizroq asoslar shunday ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, tarkibida ammoniy, magniy,va
sulfat ionlari katta konsentratsiyada bo’lganida beton qattiq hujumga uchraydi.Agar suvdagi
biologik jarayonlarda ishtirok etishga qobiliyatli ba’zi ionlar mavjud bo’lsa, bu sharoitda betonni
yemirilishga undovchi hayot tuzimiga ega bo’lgan mikroorganizmlar avj olib, ularning hayotiy
mahsulatlari betonni yemirilishiga olib keladi. Bunday mikroorganizmlar jumlasiga, masalan,
nitrofikator va siulfatlik tion bakteriyalar kiradi; beton joylashgan mihitga kislotalarning
qo’shilishi esa bunday bakteriyalarning rivojlanishiga yordam beradi.

Mikroorganizmlar ta’siri.

Beton yemirilishining mikrobail jarayonlari, ko’pincha,

oltingugurtning o’zgarishini amalga oshiradigan bakteriyalarning amaliyoti bilan bog’liq bo’ladi.
Bu jarayonlar asosan, kanalizatsiya kollektorida kuzatiladi. Oqova suvning kanal va quvurlarda
(suvning o’z – o’zicha tozalanish tezligidan) kichik tezliklar bilan harakatlanishi natijasida suvdagi
qo’shimcha moddalar cho’kmaga tushadi. Bu cho’kmalar suv tagida anerob ( havosiz ) sharoitda
qolib chiriy boshlaydi. Bunday sharoitda “ sulfatlarni qaytaruvchi” bakteriyalarning rivojlanishi
kuchayadi; natijada organik moddalar oksidlanish jarayoni bilan bir qatorda vodorod sulfid H2S
ning hosil bo’lishini amalga oshiradigan qaytarilish jarayonlari ham sodir bo’ladi. Rangsiz
oltingugurt bakteriyalar

2H2S+O2→2H2O+2S-271 kL
2S+3O2+2H2O→2H2SO4-992 kL

tenglamalarga muvofiq, muhitni oksidlab,kislotali holatga keltiradigan hamda korroziya uchun
yaxshi muhit yaratishga olib keluvchi reaksiyalarni amalga oshiradi.

Xulosa.

Demak betonning yemirilishi, asosan, truboprovod (quvur) ning yuqori qismidagi

suv ostida sodir bo’ladi. Bu zonadagi sharoit ( kislorodning borligi, H2S ning mavjudligi, namlik)
bu yerda tion bakteriyalar va rangsiz oltingugurt bakterialarning reaksiyalarini amalga oshiruvchi
bakteriyalarning rivojlanishiga juda yordam beradi:

2HNO2+O2→ 2HNO4-146 kJ


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

187


2S+ 3O2+2H2O→ 2H2SO4
Bundan tashqari, ba’zi tion bakteriyalar eritmada Fe

2+

2 valentli va temirni Fe

3+

3 valentli

temirga qadar oksidlay oladi, bu holda 3 valentli temir, katod sirtidagi elektronlarni o’ziga qabul
qilib, depolarizatorlik vazifasini bajaradi

( Fe

3+ e

→Fe

2+

).

Foydalanuvchi adabiyotlar:

1.

M.Xodjitdinova., A.Ruziyev. “Suv kimyosi va mikrobiologiya” -T.: “Yangi nashr”
nashiriyoti, 2010 y.

2.

Glinka N.G. va G.P. Xomchenko. “Umumiy ximiya”.-T.:”O’qituvchi”, 1998.

3.

Раговская С.И. “Биохимический метод очистки производственних вод”.- M., 1967

4.

Раговская С.И., Костина И.М.”Рекомендатсии по методам производства анализов на
сооружениях биологической очистки промишленних сточних вод”. 1970

References

M.Xodjitdinova., A.Ruziyev. “Suv kimyosi va mikrobiologiya” -T.: “Yangi nashr” nashiriyoti, 2010 y.

Glinka N.G. va G.P. Xomchenko. “Umumiy ximiya”.-T.:”O’qituvchi”, 1998.

Раговская С.И. “Биохимический метод очистки производственних вод”.- M., 1967

Раговская С.И., Костина И.М.”Рекомендатсии по методам производства анализов на сооружениях биологической очистки промишленних сточних вод”. 1970