2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
221
FIZIKA FANINI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Xurshida G‘aybullayevna Rahmonova
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
Urgut Filiali Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Telefon: +99893-728-11-28
E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15088276
Anatotsiya. Mazkur maqola fizika fanini o‘qitishning ob’ektiv xususiyatlari,
O‘quvchilarda fizika qonunlarini bilish mumkinligi to‘g‘risida tasavvurni hosil qilish, Fizikani
o‘qitish jarayonida politexnik ta’limni amalga oshirish usullari, Fizika darsida texnikaviy
mazmundagi o‘quv materiallarini tanlash, Fizikani o‘qitish jarayonida yoshlar tarbiyasini amalga
oshirish, Nazariya bilan amaliyotning birligi, Fizika darsini muammoli tarzda va dastur asosida
tashkil etish.
Kalit so‘zlar: fizika fanini o‘qitishning ob’ektiv xususiyatlari, politexnik ta’lim, Fizika
darsida texnikaviy mazmun, nazariya bilan amaliyotning birligi.
Bugungi kunning fizika o‘qituvchisi fizika fanidan mukammal bilimga ega bo‘lishi bilan
birgalikda u zamonaviy o‘qitish qonuniyatlaridan ham chuqur bilimga ega bo‘lish zarur. Fizikadan
o‘quv jarayonini tashkil etishda didaktik qoidalarga amal qilingandagina o‘qitish samarali bo‘lishi
mumkin.
Buning uchun fizika o‘qituvchisidan fizika fanidan fundamental bilim va uni o‘qitishning
zamonaviy usullaridan yetarli bilimga ega bo‘lish talab etiladi. Hozirgi kunda fizika fanini
o‘qitishga bag‘ishlab yozilgan darsliklar zamonaviy talablarga mutlaqo mos kelmay qoldi.
Fizika fanining o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan ko‘pchilik jarayonlar ko‘zga ko‘rinmas
(mikroalam) va juda tez kechadigan jarayonlar hisoblanadi. Shu sababli ularni o‘zlashtirishda
o’quvchilar ma’lum qiyinchilikka duch kelishadi. Ta’limning ko‘rgazmalilik va onglilik
tomoyillarini amalga oshirish uchun fizik jarayonlarni kompyuter yordamida modellashtirish
muhim didaktik vosita hisoblanadi.
1.Fizika qonunlarining ob’ektiv xususiyatga ega ekanligi.
Fizika qonunlari narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni ifodalaydi, bu
bog‘lanish ularning ichki tabiatidan kelib chiqadi. Arximed qonuni, Arximedgacha ham mavjud
edi, uning xizmati ushbu qonunni birinchi bo‘lib ochdi. Yoki zaryadlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir
Kulongacha ham mavjud edi, lekin u tajribada zaryadlarni o‘zaro ta’sirlashuv qonunini kashf etdi.
Demak, har bir fizik hodisa va undagi qonuniyat o‘rganilayotganda hodisaning eng muhim
tomoniga e’tiborni qaratish lozim, ya’ni fizika qonunlari ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, ularni u
yoki bu olim o‘zidan o‘ylab chiqarmaganligini ko‘satib berish lozim. Kvant mexanikasi
yaratilgandan keyin uning noaniqlik prinsipi (Geyzberg prinsipi)
x
r~h noto‘g‘ri talqin qilina
boshlandi, ya’ni fizika qonunlari aniq emas, qandaydir ehtimoliyatga molik degan tushunchalar
paydo bo‘ldi. Ammo bu noaniqlik mikrozarrachalarning ichki tabiatidan kelib chiqadi va bunga
ob’ektiv noaniqlik deyiladi. Zamonaviy bilish nazariyasiga muvofiq biz doimo nisbiy
haqiqatlardan absalyut haqiqatga yaqinlasha boramiz, inson bilimining chegarasi yo‘q.
2.O‘quvchilarda fizika qonunlarini bilish mumkinligi to‘g‘risida tasavvurni hosil
qilish.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
222
Fizika fani o‘quvchilar tomonidan qiyin o‘zlashtiriladigan fanlar qatoriga kiradi. Shuning
uchun fizika o‘qituvchisidan har bir fizik qonuniyatni sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda bayon
qilishni talab etadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘tayotgan mavzuni sistematik ravishda, avvalgi
o‘tilgan mavzularga tayangan holda, tajriba, demonstratsiya va ko‘rgazmali qurollar yordamida
o‘tkazishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Fizika o‘qituvchisi dars jarayonida o‘quvchiga bilishni dialektik usuli to‘g‘risida va
dunyoni bilish cheksiz davom etadigan va nisbiy haqiqatlardan absalyut haqiqatga kelishimiz
muqarrarligini tushuntira olishi zarur. Masalan: Atom tuzilishining Tomson va Rezerford modeli,
Geosentrik va Geliosentrik nazariyalar tushunchalari va hokazolarni ilmiy dunyo qarashning
dialiktik rivojlanishi mahsuli deb qarash mumkin. Olam cheksiz, uni bilish jarayoni ham
cheksizdir. Atomdan elektronga va undan kvarklarga o‘tish bunga misol bo‘la oladi.
3.Fizikani o‘qitish jarayonida politexnik ta’limni amalga oshirish usullari.
Hozirgi kunda yosh avlodga zamonaviy texnika va texnologik jarayonlar to‘g‘risida bilim
berish har qachongidan ham dolzarb muammo bo‘lib hisoblanadi. Fizika fani zamonaviy
texnikaning ilmiy asosi hisoblanib, ta’lim jarayonida politexnik ta’limni amalga oshirish uning
eng asosiy vazifalaridan biridir. Fizika fanini umumta’lim maktablaridagi mazmuni o‘quvchilarni
ishlab chiqarishning muhim tarmoqlari bilan tanishtirishga imkon beradi. Bulardan eng muhimlari:
texnologik jarayonlar, energiyani ishlab chiqarish va uzatish, mashinasozlik, o‘lchov asboblari,
avtomatika, kibernetika, transport, aloqa, harbiy texnika va hokazolar hisoblanadi.
Ko‘pchilik texnologik jarayonlar fizika qonunlariga asoslanadi: metallarning elektr toki,
elektromagnit maydon va issiqlik ta’sirida eritish va hokazolar. Fizika darsining ko‘plab amaliy
mashg‘lotlarida ( masala yechish, laboratoriya ishlarini bajarish) paytida o‘quvchilar amaliy va
texnikaviy hisob-kitobni bajarishadi va ular orqali politexnik ta’lim amalga oshirila boriladi.
Shunday qilib, politexnik ta’lim deganda o‘quvchi barcha texnik vositalar va jarayonlarni
egallashi tushinilmaydi, balkim fundamental va umumiy hisoblangan bilimlar majmuiga
tushuniladi. Masalan, ichki yonuv dvigatellarining barchasi umumiy tuzilishga ega, yoki elektr
o‘lchov asboblarini barchasi bitta umumiy fizik jarayonga asoslangan va hokazo. Demak o‘quvchi
bitta ichki yonuv dvigatelining tuzilishi va ishlash prinsipini egallash orqali u barcha ichki yonuv
dvigatellarining tuzilishi va ishlashini tushuna olsin va boshqara olsin. Xuddi shuninigdek o‘quv
materialini tanlaganda u zamonaviy fan va texnika talabiga hamda uni kelajakdagi
takomillashuvini ham tassavvur qila olishi zarur. O‘quv materiali sifatida xo‘jalikda ishlatiladigan
texnik asbob-uskunalar: muzlatgich, televizor, telefon va hokazolarni olish ham maqsadga
muvofiqdir. Tanlab olingan texnikaviy asbob va uskunalarni o‘quvchilar o‘zlashtira oladigan
bo‘lishi kerak.
Politexnik ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ko‘nikma, malaka, mustaqil fikrlash, va
ijodkorlik kabi xislatlar shakllana boradi.
4.Fizika darsida texnikaviy mazmundagi o‘quv materiallarini tanlash.
Politexnik ta’limni amalga oshirish fizika o‘qituvchisidan bir qator ko‘nikma va
malakalarni egallashni talab etadi. Xuddi shuningdek fizika o‘qituvchisi texnikaviy muammo va
masalalarni yechimini topishda zamonaviy fan yutuqlaridan foydalana olish lozim. O‘qituvchi
politexnik ta’limni amalga oshirish uchun maktab yaqinida joylashgan sanoat, yoki qishloq
xo‘jaligiga taalluqli korxonalarni tanlab olishi va undagi texnologik jarayonlarni chuqur va har
tomonlama tahlil qila olishi zarur.
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
223
5. Fizikani o‘qitish jarayonida yoshlar tarbiyasini amalga oshirish.
Fizikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni istiqlol ruhida tarbiyalash uchun boy milliy
qadriyatlarimiz: al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Beruniy Ibn Sino, Ulug‘bek va Farobiylarning fizika
sohasida qilgan ilmiy ishlaridan dars jarayonida foydalanish muhim ahamiyatga ega. Xuddi
shuningdek Respublikamizdagi zamonaviy fizika fanida ulkan yutuqlarga erishgan olimlarimiz
bilan tanishtirish ham ularda milliy g‘urur, ozodlik, ijodkorlik kabi xislatlarni shakllantirishga
xizmat qiladi.
Fizika fanini o‘qitishning o‘ziga xos yana bir psixologik tomoni shundan iboratki,
o‘quvchilar fizik hodisalarni o‘rganishda turli-tuman abstrakt modellar, formulalar, sxemalar,
grafiklar bilan ish ko‘radi. O‘quvchilardan abstrakt tushunchalarini real obyektlarga ko‘chirish
mahorati talab qilinadi. Bu kabi psixologik jarayonlar tufayli fizik tushunchalar va bilimlar
sistemasi yuzaga keladi.
Fizika fanini o‘qitishning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, fizik jarayonlarni,
ob’ektlarni, o‘rganayotganda iloji boricha insonda mujassamlashgan 5 ta sezgi a’zolarining
hammasi ishtirok etsin, o‘shanda talaba to‘laqonli mustahkam bilim olishi mumkin.
Nazariya bilan amaliyotning birligi.
Fizikani o‘qitishda nazariya bilan amaliyotning birligi tamoyili o‘quv maksadini amalga
oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Fizika fanining taraqqiyoti va kelajakdagi rivoji
nazariya bilan amaliyotning birligiga asoslanadi. Fizika tarixiga nazar solsak ba’zi fizik
jarayonlarning nazariyasi yaratilib keyinchalik tajribada isbotlangan bo‘lsa, ba’zi jarayonlar avval
tajribada ochilib, keyin uning nazariyasi yaratilganligini guvohi bo‘lamiz. Demak, nazariya bilan
amaliyot o‘rtasida dialektik munosabat mavjud. Xuddi shuningdek fizikani o‘qitish jarayonida
nazariya va amaliyotning birligini to‘g‘ri tashkil etish o‘qitish samaradorligini ta’minlash vositasi
bo‘lib xizmat qiladi.
Fizika darsini muammoli tarzda va dastur asosida tashkil etish
Yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha ta’lim jarayonini tashkil etishda an’anaviy dars
turlaridan voz kechilib zamonaviy talim texnologiyalariga asoslanib darsni tashkil etadi. Ularning
eng asosiylari muammoli va dasturli darslar hisoblanadi.
Fizika darsini muammoli tarzda olib borish o‘quvchilar aktivligini oshiradi va ularni darsga
ongli ravishda ishtirok etishga undaydi. Muammoli dars o‘qituvchi tomonidan muammoli
vaziyatni vujudga keltirishdan boshlanadi. Muammoli vaziyat tajribalar va demonstrasiyalar
o‘tkazish, laboratoriya ishlarini bajarish, masalalar yechish orqali amalga oshiriladi va o‘quvchilar
ishtirokida muammo oydinlashtirib boriladi. Muhokama etiladigan muammo o‘quvchilar bilimiga
mos bo‘lmog‘i, unga erishish uchun o‘quvchilarda qiziqish uyg‘onmog‘i lozim. Muammoli darsni
quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin.
1) O‘qituvchi o‘zi muammoni qo‘yib, o‘zi masalani yechimini ko‘rsatib beradi.
2) O‘qituvchi muammoli vaziyatni yuzaga keltirib o‘quvchilar ishtirokida muammoni hal
etadi.
3) Muammo faqat o‘quvchilar tomonidan (laboratoriya ishlari, masala yechish, kuzatish,
tajriba orqali) yechiladi.
4) O‘quvchilarga muammoni qo‘yishni va uni yechimini topishni taklif etish.
Misollar:
1) Arximed qonuniga doir. Muammo: Nima uchun temir parchasini suvga tashlasak
cho‘kadi? Ammo temirdan yasalgan ulkan kemalar dengizda suzib yuradi? Ushbu muammoni
2025-YIL
28-29-MART
“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA
YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”
Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi
224
hal etish uchun o‘qituvchi Arximed kuchi tabiatini tushuntirishdan boshlaydi. Jismlarning suvda
suzish sharti, ya’ni Arximed kuchini og‘irlik kuchidan katta bo‘lishligi orqali izohlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўрта
мактабда
физика
ўқитиш
методикаси
асослари.–А.В.Перишкин,
Б.Г.Разумовский, В.А.Фабрикант таҳрири остида.–Т., Ўқитувчи, 1990.
2.
Uzoqova G.S., Tursunov. Q. Sh., Qurbonov M. Fizika o’qitishning nazariy asoslari.–T.,
O’zbekiston, 2008.
3.
М.Қурбонов, Д.Бегматова Физика ўқитиш услуби фанидан мажмуа. 2011.
4.
4 .Ғуломов С.С. ва бошқалар. Таълим тизимига ахборот-коммуникация
технологияларини кенг жорий этишдаги стратегик ва устувор йўналишлар.–Т.,
2003.
