30-03-2025
245-248
64
22
TALABALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ushbu ishda talabalarning intellektual salohiyatini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) roli va ularga qo‘yiladigan talablar muhokama qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida AKTlarning qo‘llanilishi talabalar fikrlash, tahlil qilish va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, bilimlarni tezkor va interaktiv tarzda uzatish imkoniyatlarini yaratadi. Maqolada AKTning ta’limda qo‘llanilishi, masofaviy o‘qish, onlayn platformalar va raqamli vositalarning o‘qitishda foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, talabalar uchun zarur bo‘lgan intellektual salohiyatni shakllantirishda AKTlar orqali erishiladigan innovatsion usullar, interaktiv dasturlar va multimedia resurslarining roli tahlil qilinadi..