Authors

  • B.E. Elmurodov
  • A. X. Kuchkarov
  • G.I. Orziyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75290

Keywords:

Ushbu maqolada berilgan taklif va tavsiyalar informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini talabalar tomonidan samarali bajarilishini ta'minlashga qaratilgan. Takliflar talabalarni o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga undash muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga shuningdek yangi texnologiyalarni o‘rganishga yordam.

Abstract

Ushbu maqolada berilgan taklif va tavsiyalar informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini talabalar tomonidan samarali bajarilishini ta'minlashga qaratilgan. Takliflar, talabalarni o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga undash, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga, shuningdek, yangi texnologiyalarni o‘rganishga yordam.

background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

274


INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN AMALIY VA

LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI TALABALAR BAJARISHLARI UCHUN

TAKLIF VA TAVSIYALAR

Elmurodov B.E.

SamDAQU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi v.b.dotsenti

Kuchkarov A. X.

Bulung'ur 2 sonli politexnikum direktori

Orziyeva G.I.

Bulung'ur 2-son politexnikumi Informatika va axborot texnologiyalari o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15088453

Annotatsiya. Ushbu maqolada berilgan taklif va tavsiyalar informatika va axborot

texnologiyalari fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini talabalar tomonidan samarali
bajarilishini ta'minlashga qaratilgan. Takliflar, talabalarni o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llashga undash, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga,
shuningdek, yangi texnologiyalarni o‘rganishga yordam.

Kalit so‘zlar: Informatika , Axborot texnologiyalari , Amaliy mashg‘ulotlar , Laboratoriya

mashg‘ulotlari, Innovatsion texnologiyalar, Nazariy bilimlar ,Amaliy ko‘nikmalar, Ta'lim
metodikasi.

Аннотация. Предложения и рекомендации, представленные в данной статье,

направлены на обеспечение эффективного выполнения студентами практических и
лабораторных занятий по информатике и информационным технологиям. Предложения
побуждают студентов применять полученные теоретические знания на практике,
развивать навыки решения проблем и помогают им осваивать новые технологии.

Ключевые слова: Информатика, Информационные технологии, Практикум,

Лабораторный практикум, Инновационные технологии, Теоретические знания,
Практические навыки, Методика обучения.

Abstract. The suggestions and recommendations presented in this article are aimed at

ensuring the effective implementation of practical and laboratory exercises in computer science
and information technology by students. The suggestions encourage students to apply the acquired
theoretical knowledge in practice, develop problem-solving skills, and help them learn new
technologies.

Key words: Computer science, Information technology, Workshop, Laboratory workshop,

Innovative technologies, Theoretical knowledge, Practical skills, Teaching methods.


Mustaqil O’zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilinishi, yangi ta’lim

standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan bir paytda mavjud
axborotlardan samarali foydalanish imkoniyatlarining yetarliligi, axborot mikdorining tez
ko’payishi va axborot almashinuvining jadallashuviga sabab bo’lmoqda.

Hozirgi jamiyat taraqiyotida zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya

vositalaridan o‘qitish jarayonida foydalanish uning sifati va samaradorligini oshiradi, ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchiga barcha qulayliklarni yaratadi.

Informatika va Axborot Texnologiyalari fani, talabalar uchun keng qamrovli bilimlarni

o‘zlashtirishga yordam beradi, ammo amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarining samarali o‘tishi


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

275


talabalar uchun ayniqsa muhimdir. Ushbu mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni amalda qo‘llash,
muammolarni hal qilish va yangi texnologiyalarni o‘rganish imkonini beradi.

Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘quv mashg‘ulotlarni interfaol metodlardan

foydalanib tashkil etish, o‘quvchi-o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, ularning fikrlash
qobilyatini, hozir javoblilik darajasini o‘sishiga xizmat qiladi.

Shunday ekan bu borada talabalarga o’quv fanlarini o’qitishda kompyuter

texnologiyalaridan samarali foydalanish, har bir ko’rs uchun tegishli elektron o’quv resurslarni
yaratish imkoniyatini beradigan malaka va kunikmalarni shakllantirish lozim.

Talabalarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari

sohasidagi bilimlarini yuqori darajada egallagan bo’lishlarini talab etadi. Demak axborotlashgan jamiyatda
kompyuterlashtirish jarayonini talab darajasida ta’minlash, talabalarga ishonchli axborot manba’laridan
foydalanishni o‘rgatish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotga ishlov berishni
avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi.

Oliy ta’limda «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan laboratoriya va amaliy

mashg’ulotlarni samarali tashkil qilish, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni bajarish bilan bir
qatorda talabalarda, kompyuter texnologiyasidan foydalanish, zamonaviy kompyuterlardan
foydalanish jarayonida asosiy va qo’shimcha qurilmalar, multimedia vositalarini samarali
qo’llash, mutaxassisliklarni inobatga olgan holda yaratiladigan axboriy mahsulotlarni profesional
tarzda yarata olishlari hamda o’z mutaxassisliklariga zarur bo’lgan dasturiy mahsulotlarni
o’zlashtirish va qayta ishlash ko’nikmalarini hosil qilish va bilimlarni chuqur egallash imkonini
yaratadi.

Talabalar laboratoriya va amaliy mshg’ulotlarni bajarish jarayonida quyidagilarni

inobatga olishlari talab etiladi :

-

avtomatlashtirilgan shaxsiy ombor tizimlarini yaratish;

- mutaxassisliklar bo’yicha taqdimot mahsulotlarini yaratish;
-

ma’lumotlarni muhofazalash va zahiralash (arxivlash);

-

matn muharrirlarida matnli mahsulotlarni tayyorlash;

-

grafik muharrirlarda loyihaviy mahsulotlarni yaratish;

-

Elektron protsessorlarda jadvalli mahsulotlar yaratish;

-

lokal va global tarmoqlarda ishlash bilimlariga ega bo’lish;

-

elektron pochta xizmatidan foydalanish;

- Web sahifa yaratish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari lozimdi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni bajarish orqali «Kompyuter texnologiyalari»,

«Informatika va axborot texnologiyalari»,«Kommunikasiya texnologiyalari», «Multimedia
texnologiyalari» , «Tarmoq texnologiyalari» dan samarali foydalanish jarayonida talabalarda
kompyuter savodxonligini oshirish, kompyuter dasturlari bilan ishlash ko‘nikmalarini
shakillantirish , kompyuter va kompyuter dasturlari bilan ishlashda odob-axloq asoslarini
o‘rgatish, bajarilayotgan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni mazmunini ilmiy asoslash,
topshiriq materiallarini kundalik turmush va hayot bilan uzviy bog’lashga bo’lgan farazlar hamda
nazariyalarni tafakkur topishiga asos bo’lib xizmat qiladi.

Shunday ekan oliy o’quv yurtlarida talabalar bajarishlari uchun tayyorlanadigan amaliy va

laboratoriya topshiriqlarini talab darajasida tuzilishini ta’minlash, topshiriqlarda yosh avlodni
kasbga yo’naltiradigan g’oyalar aks etishi, talabalar topshiriq orqali berilayotgan bilimlarni
tushunishi, masala va ko’nikmalarni egallash zarurligini anglashi, ularni sohalar va ishlab


background image

2025-YIL

28-29-MART

“YANGI O‘ZBEKISTONDA MUHANDIS KADRLAR TAYORLASHNING ISTIQBOLLARI VA

YOSHLARNING IJTIMOIY - SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI”

Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi

276


chiqarishga qo’llashi, materiallarning ko’rsatmalikka va hodisalar rivojini ichki va tashqi
mantiqiylikga asoslangan bo’lishi, talabalarda to’g’ri tasavvur va tushunchalarni jamlantirishga
yordam beruvchi kerakli suratlar, sxemalar, chizmalar kabi ko’rgazmali illyustrasiyalarni bo’lishi,
bezaklar talaba diqqatini o’ziga tortadigan bo’lishi, talabaning dars materialini o’zlashtirishga
yordam berishi, ranglarning o’z joyida va zaruriy me’yorlarda ishlatilishi talab etiladi.

Oliy o’quv yurtlarida laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan

topshiriqlar quyidagi mezonlar asosida tuziladi:

1.

Talabalarni fiziologik xususiyatlarni hisobga olgan holda topshiriqni tushunarli,

ravon va qiziqarli shaklda tuzish, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni mazmuniga aloqador
fikrlarni aniq ifoda etish.

2.

Topshiriqqa tegishli bilimlarni qisqa bayon qilish hamda manba bilan o’zaro teran

bog’lash.

3.

Topshiriqni tuzishda o’ziga xos va betakrorlikni, o’quv predmetiga va talabaning

bilimga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olish.

4.

Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar topshirig’ini predmet dasturiga to’la mos

keladigan va uni to’laligicha qoplaydigan shaklda yozish.

5.

Topshiriqning aniqliligi, bexatoligini ta’minlash.

6.

Topshiriq hajmiga e’tibor berish.

7.

Talabalarni berilgan topshiriq ustida ishlashga va amalda qo’llashga undovchi

imkon yaratuvchi mezonlarga amal qilinadi.

Amaliy mashg‘ulotlar talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarni, balki real dunyo

muammolarini hal qilish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Bu jarayonni yanada samarali qilish
uchun yuqoridagi tavsiyalarni hisobga olish muhimdir.

Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni yuqoridagi bosqichlar asosida tayyorlanishini

ta’minlash asosida oliy o’quv yurtilari talabalariga beriladigan topshiriqlarni bajarish jarayonini
osonlashtirish, muayyan yo’nalishdagi bilimlarni egallash uchun xizmat qiladi desak aslo
mubolag’a bo’lmaydi.


Adabiyotlar:

1.

Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy
tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.10.2020 yildagi PQ-4851-
son

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-
5349-son farmoni

3.

Elmuradov B.E.Elektron axborot ta’lim muhitini yaratish.Umumiy o’rta ta’limning nazariy
va amaliy muammolari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.
Toshkent, Qori Niyoziy nomidagi O’zPFITI. 2009 yil.




References

Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.10.2020 yildagi PQ-4851-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-5349-son farmoni

Elmuradov B.E.Elektron axborot ta’lim muhitini yaratish.Umumiy o’rta ta’limning nazariy va amaliy muammolari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent, Qori Niyoziy nomidagi O’zPFITI. 2009 yil.