Authors

  • B.E. Elmurodov
  • A.E. Axmedova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76221

Keywords:

ta’lim o‘qitish metodikasi ta’lim vositalari didaktika mashg‘ulot mutafakkirlar faoliyat iroda sohasi zamonaviy usullar interfaol usul.

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim oluvchilarni ta’lim metodlarining mazmun-mohiyati, ta‘lim jarayonida qo‘llaniladigan usullar, ularning turlari va ularga turlicha yondashuvlar hamda ularni takomillashtirish yo‘llari, ta‘lim vositalari, shuningdek, ta’limning uskunaviy didaktik asoslari bilan tanishtirish yoritib borilgan.

background image

125

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

TA‘LIM JARAYONIDA O‘QITISH METODLARIDAN

SAMARALI FOYDALANISH USULLARI.

Elmurodov B.E.

SamDAQU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi v.b.dotsenti.

Axmedova A.E.

SamDAQU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15133283

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta’lim oluvchilarni ta’lim metodlarining mazmun-

mohiyati, ta‘lim jarayonida qo‘llaniladigan usullar, ularning turlari va ularga turlicha

yondashuvlar hamda ularni takomillashtirish yo‘llari, ta‘lim vositalari, shuningdek, ta’limning

uskunaviy didaktik asoslari bilan tanishtirish yoritib borilgan.

Kalit so‘zlar

: ta’lim, o‘qitish metodikasi, ta’lim vositalari, didaktika, mashg‘ulot,

mutafakkirlar, faoliyat, iroda sohasi, zamonaviy usullar, interfaol usul.

МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ

ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ.

Аннотация.

В данной статье рассматривается ознакомление обучающихся с

сущностью методов обучения, методами, используемыми в образовательном процессе, их

видами и различными подходами к ним, а также способами их совершенствования,

образовательными средствами, а также инструментально-дидактическими основами

обучения.

Ключевые слова:

образование, методика обучения, средства обучения, дидактика,

обучение,

мыслители,

деятельность,

волевая

сфера,

современные

методы,

интерактивный метод.

METHODS OF EFFECTIVE USE OF TEACHING METHODS IN THE

EDUCATIONAL PROCESS.

Abstract

. This article discusses the introduction of learners to the essence of educational

methods, methods used in the educational process, their types and various approaches to them,

as well as ways to improve them, educational tools, as well as the instrumental didactic

foundations of education.

Keywords:

education, teaching methodology, educational tools, didactics, training,

thinkers, activity, sphere of will, modern methods, interactive method.

Ta’lim jarayonida o‘qitish metodlaridan samarali foydalanish, o‘quvchilarning bilim olish

jarayonini yanada samarali va qiziqarli bo‘lishida yordam beradi.


background image

126

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Samarali o‘qitish metodlarini tanlash va ulardan foydalangan holda dars o‘tish,

o‘quvchilarning faolligini, motivatsiyasini va o‘quv natijalarini sezilarli darajada oshiradi.

Ta’lim jarayonini rivojlantirish uni qanday shaklini mavjudligida emas, balki mavjud

ta’lim metodlari va vositalaridan samarali foydalanish imkoninig mavjudligidadir.

“Metod”

- yunoncha “

metodos

” – “

yo‘l

” degan so‘zdan olingan bo‘lib, u, tadqiq qilish

ma‘nosini anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning aniq

maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir.

O‘qitish metodologiyasi o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilar uchun o‘qitish va o‘qish

jarayonini yuqori darajada samarali qilish uchun qo‘llaniladigan amaliyot va tamoyillar

majmuini anglatadi. O‘qitish usullari, shuningdek, o‘qitish usullari sifatida ham tanilgan, odatda

ishlatiladigan tilning tabiati va uni qanday o‘rganishga oid turli e‘tiqodlarga asoslanadi.

O‘qitish metodlari o‘quvchilarning psixologik, didaktik va individual xususiyatlariga

qarab tanlanadi.

O‘qitish usuli

-

bu o‘quvchilarning bilim olishini ta’minlash uchun o‘qituvchilar

tomonidan qo‘llaniladigan harakatlar va usullar to‘plamidir.

Muayyan o‘qitish usuli maqsadga muvofiq va samarali bo‘lishi uchun u o‘quvchini,

mavzuning tabiatini va u olib kelishi kerak bo‘lgan ta’lim turini hisobga olishi kerak.[2]

Ko‘pgina omillar o‘qituvchilarga o‘z darslarini o‘tkazishda qaysi metodologiyadan

foydalanishlari, o‘quvchilarni fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga va o‘quvchilarni to‘q‘ri

kasb tanlashlarida yordam beradi.

O‘qitish usullaridan ba‘zilarini keltirib o‘tamiz:

Ma‘ruza usuli –

O‘qituvchi talabalarga og‘zaki taqdimot orqali ma’lumot beradi. Bu

ta’limning an’anaviy usulidir.

Tushuntirish metodi

– O‘qituvchi mavzuni tushuntirib beradi, o‘quvchilar esa diqqat

bilan tinglab, kerakli ma’lumotlarni yozib olishadi. Bu metod odatda yangi mavzularni

tanishtirishda ishlatiladi.

Suhbat va muhokama metodi

– O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar

orqali bilim almashiladi. Bu metod o‘quvchilarning fikrlash, tahlil qilish va o‘z fikrlarini bayon

etish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Faol ta’lim

– o‘quvchilar muhokamalar, guruh faoliyati va amaliy tajribalar orqali o‘quv

jarayonida faol ishtirok etadilar.

Sokratik usul

- tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirish va o‘quvchilarni mustaqil ravishda

xulosa chiqarishga undash uchun savollar berishni o‘z ichiga oladi. Bu mustaqil fikrlashni

yaxshilash uchun xizmat qiladi.


background image

127

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Loyihaga asoslangan ta’lim

- Talabalar tadqiqot, muammolarni hal qilish va

ijodkorlikni talab qiladigan kengaytirilgan loyihalar yoki vazifalar bilan shug‘ullanadilar.

Hamkorlikda o‘rganish

- bu ta’lim usuli ta’rifida talabalar guruhlarda ishlash orqali

vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilish va bir-birlari bilan fikr almashish va masalaga

to‘g‘ri yechim topishlarida xizmat qiladi.

Ta’lim texnologiyalari yordamida o‘qitish metodi

- Zamonaviy kompyuter

texnologiyalari, multimedia, internet resurslari va ta’lim dasturlari orqali o‘qitish. Bu metod

ta’lim jarayonini interaktiv va qiziqarli o‘tishida xizmat qiladi

.

Tajriba va eksperiment metodi

- O‘quvchilar amaliy tajribalar va eksperimentlar

o‘tkazishadi, shu orqali o‘quvchini mavzuni tez o‘rganishiga xizmat qiladi.

Rasm va diagramma yordamida o‘qitish metodi

- Vizual vositalar, rasm, diagramma,

infografikalar va boshqa ko‘rgazmali materiallar yordamida bilimlarni oshirish. Bu metod

o‘quvchilarning tasavvurini rivojlantirishga yordam beradi.

Rol o‘ynash

- O‘quvchilar murakkab tushunchalarni tushunish yoki shaxslararo

ko‘nikmalarni mashq qilish uchun stsenariylar yoki belgilarni ijro etadilar.

Ko‘rsatish usuli

: O‘qituvchi talabalarga amaliy qo‘llanmalarni tushunishga yordam

berish uchun jarayon yoki tartibni ko‘rsatadi.

Har bir metodning o‘ziga xos xususiyatlari bor bo‘lib, ularning samarali qo‘llanilishi

o‘qituvchi va o‘quvchilarning ehtiyojlariga qarab tanlanadi. O‘qituvchi o‘qitish usuli nima

ekanligini va uni qanday qo‘llash kerakligini bilishi kerak.

Talabalarning bilim olishi o‘qituvchining ko‘rsatmasi davomida doimiy ravishda

o‘lchanadi.

Maqsad

– o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini qulay va samarali usullardan foydalanish

orqali ularni bilimli qilishdan iboratdir.

Shu sababli ham o‘qitish metodlari oldiga quyidagi asosiy talablarni qo‘yish maqsadga

muvofiqdir:

1.

O‘quv materialini o‘rganish yo‘li fikr yuritishning didaktik-materialistik usullarini, milliy

mafkuraga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq atvorning irodaviy sifatlarini

shakllantirishga olib kelishi kerak.

2.

Ta’lim metodi ilmiy dalillar bilan aniqlangan va ravshan asoslangan bo‘lishi lozim.

3.

Ta’lim metodlarining tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi.

4.

Ta’lim metodlari oldiga muqarrar sur’atda qo‘yiladigan yana bir talab – bu ularning

tushunarli bo‘lishidir.


background image

128

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

5.

O‘quvchinini sezgi organlari orqali bilishga o‘rgatish va o‘quv jarayonida ko‘rsatmali

qurollardan iloji boricha ko‘proq foydalanish lozimdir.

6.

Ta’lim metodlari oldiga qo‘yiladigan talablardan yana biri – bu bilimlarning asosli va

puxta bo‘lishi. Ta’lim metodlari yaxshi natija beradigan bo‘lishi lozim. Ta’lim beruvchining

tushuntirish va ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish usuli rejalashtirilgan yoki mo‘ljallangan

natijani berishi kerak.

O‘qituvchi turli xil o‘qitish usullarini qo‘llash orqali o‘quvchilar motivatsiyasiga ta‘sirini

o‘rganishi, turli yondashuvlardan foydalangan holda auditoriyada motivatsiya darajasini

taqqoslash va ularni natijalarinin tahlil qilib borishi lozimmdir. Aks holda qo‘llanilayotgan

o‘qitish usullarini yaxshi samara bermasligini kuzatish mumkin.

Buning uchun o‘quvchilar o‘rtasida ko‘proq savollarni o‘rganish, olingan ma’lumotlarni

izohlash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun aqliy hujum orqali jarayonga oyid savollarni

berish bilan talabalarni fikrlarini bilishi, o‘qituvchining to‘g‘ri qarorlar qabo‘l qilishiga yordam

beradi.

Har bir o‘qitish va tadqiqot usuli, model va oila texnologiyasidan kelib chiqgan holda

o‘rganish hamda o‘rgatish uchun muhim ahamiyatga egadir.

Bizga ma‘lumki ta’limdan kuchliroq narsani o‘zi yo‘qdir. Insonlar bazi bir yo‘l bilan

erisha olmaydigan ishlarni ta‘lim eshiklarin to‘g‘ri ochib, uning imkoniyatlaridan

foydalanayotgan o‘quvchilar yecha olishlariga biz ishonamiz.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ta’lim olish jarayonida ta’lim metodlari, vositalari,usullari

va ularni to‘g‘ri o‘z o‘rnida o‘rinli qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. Va ular ta’lim sifati va

samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y.

2.

Petrina, S. (2007) Advance Teaching Methods for the Technology Classroom (pp.125 -

153). Hershey, PA : Information Science Publishing.

3.

M.To‘xtaxo‘jayeva “Pеdagogika” T., “O‘qituvchi” 2010 y

4.

O.U.Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv-uslubiy

qo‘llanma, “Navro‘z” nashriyoti, Toshkent – 2017

5.

B.E.Elmuradov, Zamonaviy texnologiyalarni ta’lim berish jarayonida ko’llash

usullaridan foydalanish. Fizika,matematika va informatika 4 (№4), 108-114

6.

A.E. Axmedova, Multimediya kontentdan foydalanishda o’ziga xos xususiyatlari,

Modern Science and Research, 2024/6/20

Internet manbalar.


References

O‘zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y.

Petrina, S. (2007) Advance Teaching Methods for the Technology Classroom (pp.125 - 153). Hershey, PA : Information Science Publishing.

M.To‘xtaxo‘jayeva “Pеdagogika” T., “O‘qituvchi” 2010 y

O.U.Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv-uslubiy qo‘llanma, “Navro‘z” nashriyoti, Toshkent – 2017

B.E.Elmuradov, Zamonaviy texnologiyalarni ta’lim berish jarayonida ko’llash usullaridan foydalanish. Fizika,matematika va informatika 4 (№4), 108-114

A.E. Axmedova, Multimediya kontentdan foydalanishda o’ziga xos xususiyatlari, Modern Science and Research, 2024/6/20

Internet manbalar.