Authors

  • Nigina To’rayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75320

Abstract

Buxoro O‘zbekistonnig qadimiy madaniy maskanlaridan biri. Uning tarixi, madaniyati O‘zbekistonda yashovchi barcha xalqlar o‘tmishining bir bo‘lagi hisoblanadi. Alohida olingan bir qadimiy hudud o‘tmishini O‘zbekiston tarixi doirasida maxsus o‘rganish O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi.

background image


Mart, 2025-Yil

630

SOVET DAVRIDA BUXORO IQTISODIY VA MADANIY HAYOT

(XX ASRNING 50-80 YILLARI MISOLIDA)

Nigina To’rayeva

BuxDU tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15106651

Buxoro O‘zbekistonnig qadimiy madaniy maskanlaridan biri. Uning tarixi, madaniyati

O‘zbekistonda yashovchi barcha xalqlar o‘tmishining bir bo‘lagi hisoblanadi. Alohida olingan bir

qadimiy hudud o‘tmishini O‘zbekiston tarixi doirasida maxsus o‘rganish O‘zbekiston

mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Buxoroda asosan o‘z ishini harbiy izga solgan engil va oziq-

ovqat tarmoqlari rivojlandi. Buxoroda paxta tozalash zavodi qurib ishga tushurildi, yigiruv

fabrikasi va ko‘n zavodi barpo etildi. Urush davrida (1941-1942-yillar) Buxoroga front va front

orti hududlaridan 10000 kishi, asosan, bolalar keltirilib joylashtirildi. 50-60-yillarda Buxoroning

barcha sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlari yangi texnika bilan jixozlandi, qo‘l mexnatiga

asoslangan ayrim sermehnat jarayonlar mexanizatsiyalashtirildi. Ishlab chiqarishni avtomatlash va

mexanizatsiyalashga alohida e’tibor berildi. Yangi korxona va sexlar, engil sanoatda kanvierlar va

hokazolar qurildi.

Sovet hokimiyati yillarida Buxoroda Hazrati Imom qabristoni tashlandiq joy va xarobaga

aylantirildi. Bu erdagi qadimiy masjid va maqbara, darvoza boshqa tarixiy yodgorliklar ham buzib

tashlandi. Hovuz va ariqlar ko‘mib yuborilib daraxtlar kesib tashlandi. Qabrlar ustidagi marmar

sag‘ana toshlari yo‘qotildi va tashib ketildi. Shuningdek Pushtai Behishtiyon qabristoni va

maqbaralari buzib tashlanib, ular o‘rnida Buxoro shahar yog‘ zavodi, 4-maktab hamda Buxoro

kooperativ texnikumi qurilgan. 70-yillardan e’tiboran O‘zbekiston sanoati, shu jumladan Buxoro

sanoatining rivojlanishi sanoat ishlab chiqarish hajmi va mexnat unumdorligining o‘sish

sur’atlarining pasayishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining aynishi va xokazolar singari

inqiroz hodisalari bilan bog‘lik tarzda susaya bordi. Yangi sanoat ob’ektlari-fabrika, kombinat, sex

va hokazolar barpo etish yo‘li bilan sanoatdagi turg‘unlikni bartaraf etish tadbirlari ko‘rildi.

Shu bilan birga, bu sharoitda Buxoroning an’anaviy xalq hunarmandchiligi bilan bog‘liq

korxonalari rivojlantirishda davom etdi, inqiroz ular faoliyatida aks etmadi. Ular orasida o‘z

soxasida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Buxoro zardo‘zlik fabrikasini aloxida ko‘rsatib o‘tish

lozim. Uning zarbof va yo‘rmado‘zlik buyumlari, yo‘rma bezakli milliy oyoq kiyimlari turli

mamlakatlarda manzur bo‘lgan. Fabrikada 500 dan ziyod kishi mexnat qilardi, shulardan 90%

ayollar, asosan o‘zbek ayollari edi. Tikuvchilik-attorlik buyumlari fabrikasi muvafaqqiyatli ish


background image


Mart, 2025-Yil

631

olib bordi. O‘zbekistonning eng yirik korxonalaridan bo‘lgan Buxoro Qorako‘l zavodi maxsuloti

dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida mashhur. Biroq so‘z yuritilayotgan davrda zavod faqat

xomashyo chiqardi, maxsulot esa Rossiya fabrikalarida tayorlandi. 1987-yili Buxoroda yangi

poyavzal fabrikasi ishga tushirildi. O‘sha yilning o‘zida ikkinchi to‘qimachilik fabrikasi va

to‘qimachilik kombinatining pardozlash fabrikasi maxsulot bera boshladi. 1980-1990-yillarda

to‘qimachilik kombinati qurib ishga tushirildi. Buxoroliklar 1988- yil dekabrda zil-ziladan zarar

ko‘rgan Armaniston aholisiga 1989-yildagi yanvar zilzilasini boshidan kechirgan Tojikiston

aholisiga qardoshlik yordami ko‘rsatdilar.

80-yillarning o‘rtalariga kelib, inqiroz xolati sho‘ro jamiyati xayotining barcha sohalarini

qamrab olgan bir sharoitda, avvalo, iqtisodiyotiga jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurati tug‘ildi. Tub

iqtisodiy islohotlar o‘tkazish muqarrarligi ravshan bo‘lib qoldi, uni amalga oshirish uchun

O‘zbekiston, shu jumladan Buxoro sanoatining ayrim tarmoqlari xo‘jalik hisobiga yoki jamoaviy

pudratga o‘tkazildi1.

Bu davrda Buxoroda shaxar xo‘jaligini yangilash bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. Qadimiy

obidalar va tarixiy yodgorliklar makoni bo‘lgan Buxoroda sayyohlikni rivojlantirishga ham asos

soladi. Buxoroda “Inturist”, “Zarafshon” va “Guliston” mehmonxonalari qurib ishga tushirildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi madaniyat saroyi barpo etildi.

Buxoroda sovet davrida sanoat korxonalarining soni va salmog‘i ortib bordi. Xususan,

Buxoro viloyat xududida katta miqdordagi gaz va neft xamda oltin va uran konlarining topilishi

sovet xokimiyati yillarida shaharda yangi sanoat korxonalarini rivojlantirishga asos bo‘ldi.

Uysozlik, madaniy-maishiy hizmat tarmoqlarini barpo etish jadallashdi. Obodonlashtirish va

ko‘kalamzorlashtirish ishlari tubdan yaxshilandi. Xalqaro va mahalliy turizm yo‘lga ko‘yildi.

Abduraxmon Vali maqbarasi 1950-1986-yillarda o‘rganilgan va ta’mirlangan. Xoja Ali

Rometaniy maqbarasi yonida ikkita qabr bo‘lib har uchala qabr ustida 20-asrning 80-yillarida

maqbara quriladi. 1958-yil teatrga Sadriddin Ayniy nomi berildi. 60-70-yillar teatrning mustaqil

repertuar yaratish borasidagi ijodiy izlanishlari o‘z samarasini berdi va teatr o‘z ijodiy cho‘qqisiga

ko‘tarildi. Sahnada realistik ijro asoslarini o‘rnatishda, ijrochilik san’atini yuksak professional

darajaga ko‘tarishda M.Musaev, B.Jamolov, A.Akobirov, R.Botirov kabi rejissyorlarning

xizmatlari katta bo‘ldi. Buxoroning o‘tmishi mavzuida spektakllar sahnaga qo‘yildi. Shuningdek,

ayrim kishilar ongi va xulq-atvoridagi illatlarni fosh etish, shu yul bilan jamiyatga munosib

fazilatli kishilarni tarbiyalash teatr repertuarining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Bir qator musiqali

drama va komediya asarlari sahnalashtirilib, o‘zining ijodiy dadilligini, ijtimoiy psixologik asarlar

yaratishga qodirligini ko‘rsatdi. Teatr sahnasida namoyish qilingan bir kator pesalarda milliy,


background image


Mart, 2025-Yil

632

ahloqiy madaniyatimiz mezonlariga to‘g‘ri kelmaydigan jihatlar, aktyorlarning ortiqcha, bachkana

xatti-harakatlari tanqid qilindi. “Revizor”, “Uylanish” (N.Gogol), “Hamlet” (U.Shekspir),

“Xushchaqchaq gadolar” (K.Gotssi), “Mirza Izzat Hindistonda” (B.Gargi; M.Ashrafiy musiqasi),

“Gulisiyoh” (S.Jamol; D.Soatqulov musiqasi), “Qalamqoshligim” (M.Karimov; S.Jalil musiqasi),

“Zebizebona” (T.Tula; I.Akbarov), “Laqma” (Uyg‘un; S.Jalil musiqasi) va boshqalar shular

jumlasidan.

1980-ylardan boshlab yuksak saviyali, badiiy pishiq va g‘oyaviy mukammal spektakllar

(“O‘z arizasiga ko‘ra2, “Abulfayzxon”, “Bir kam dunyo”, “Janoza o‘qilmasin”, “Ibn Sino” va

boshqa) sahnalashtirildi. 90 yilarlardan teatrga yangi kuchlar (M.Sodiqova, S.Zohidova,

B.Boltaev, F.Abdullaev va b.) kelib qo‘shildi va o‘zlari bilan teatrga yangi hayot nafasini olib

kirdilar. “Urush” (Sh.Nurmatov), “Yuragimni sotaman”, “Sohibqiron Temur” (S.Sirojiddinov),

“Chimildiq” (E.Xushvaqtov), “Tentak farishtalar” (Sh.Boshbekov), “Davlat bolalari”

(R.Muxammadjonov), “Haqrost” (Y.Muqimov) kabi spektakllar bilan teatr o‘z mavqeini tikladi.

Teatrda H.Naimov, N.Ne’matova, A.Fayziev kabi O‘zbekiston xalq artistlari turli yillarda ijod

qilganlar. Teatrning etakchi aktyorlari: Z.Karimov, A.Mavlonov, N.Mo‘minova, B.Baqoev,

R.Ergashev, S.G‘ulomova, Sh.Yo‘lliev va boshqalar va Bosh rejissyor Ubaydulla Baqoev kabi

aktyorlar etakchilik qildilar.

Buxoro drama, musiqa va bolalar teatri 30-yillarda tashkil topgan bo‘lib, Buxoroda yangi

saxna sanatini boshlab berdi. Teatr va kino bilan birgalikda Buxoro matbuoti ham rivojlanib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi davrda “Buxoronoma” shaklan va

mazmunan tubdan o‘zgarib, Buxoro viloyati hayotini har vaqtdagidan yaxshiroq yoritishga harakat

qilmoqda. 1938-yildan chiqqan “Buxoro haqiqati” gazetasi shahar aholisi orasida nafaqat

bilimlarni balki totalitar rejim mafkurasini ham tarqatdi. Buxoro aholisini madaniy rivojlanishida

muayyan yutuqlarga erishdi.

Buxoro tarixini tadqiq qilish natijasida amalga oshirilgan akademik nashrlar Buxoro

tarixining biror bir jihatini chuqur ochib berishga qaratilganligi bilan ilmiy ehtiyojlarni qondirsa-

da, keng kitobxonlar, qiziquvchilar, havaskor tarixchilar, ayniqsa talabalar tafakkuri va ilmiy

imkoniyatlariga muvofiq keladigan nashrlarni tayyorlash zaruriyati hamon o‘z dolzarbligini saqlab

qolmoqda.


background image


Mart, 2025-Yil

633

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar:

1.

Қосимов Ф.H. Бухоро республикси тарихшунослиги. – Бухоро: “Бухоро” нашриёти,

1996.

2.

Қосимов Ф.H. Истиқлол ва тарихий хотира. – Бухоро: “Бухоро” нашриёти, 2006.

3.

Ғафуров А. Рашидов У. Бухоро халq шўролар жумhурияти тарихидан лавhалар

(1920-1924). –Т.: 1992.

4.

Рашидов У. Бухоро Россия билан иқтисодий ва сиёсий муносабатлар тарихидан. –

Бухоро: Бухоро, 2013. –Б.105.

5.

Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.81.

6.

Ражабов Қ. Иноятов С. Бухоро тарихи. –Тошкент: Tafakkur, 2016. -Б.190- 218.

References

Қосимов Ф.H. Бухоро республикси тарихшунослиги. – Бухоро: “Бухоро” нашриёти, 1996.

Қосимов Ф.H. Истиқлол ва тарихий хотира. – Бухоро: “Бухоро” нашриёти, 2006.

Ғафуров А. Рашидов У. Бухоро халq шўролар жумhурияти тарихидан лавhалар (1920-1924). –Т.: 1992.

Рашидов У. Бухоро Россия билан иқтисодий ва сиёсий муносабатлар тарихидан. –Бухоро: Бухоро, 2013. –Б.105.

Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.81.

Ражабов Қ. Иноятов С. Бухоро тарихи. –Тошкент: Tafakkur, 2016. -Б.190- 218.