Authors

  • Sarvinoz Zaripova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75321

Abstract

Qizil armiya tomonidan Buxoroning bosib olinishi, bosqinchilarga qarshi olib borilayotgan milliy ozodlik kurashi iqtisodiy inqirozni yana ham chuqurlashtirdi. Dehqon xo‘jaliklarining xonavayron bo‘lishi natijasida 1918 yilga nisbatan olganda 1920-yil oxirida dehqonchilik 30%, 1922-yil boshlarida 40%, chorvachilik esa mos ravishda 40% va 53%ga tushib ketdi. 1922-yilga kelganda ekin maydonlari deyarli ikki baravar qorako‘l teri tayyorlash 20 baravar paxta etishtirish esa 26 baravar qisqardi. Ana shu davrda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 50%, savdo-sotiq aylanmasi esa 75% ga tushib ketdi.

background image


Mart, 2025-Yil

634

SOVET DAVRIDA BUXORO IQTISODIY VA MADANIY HAYOT

(XX ASRNING 20-40 YILLARI MISOLIDA)

Sarvinoz Zaripova

BuxDU tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15106661

Qizil armiya tomonidan Buxoroning bosib olinishi, bosqinchilarga qarshi olib borilayotgan

milliy ozodlik kurashi iqtisodiy inqirozni yana ham chuqurlashtirdi. Dehqon xo‘jaliklarining

xonavayron bo‘lishi natijasida 1918 yilga nisbatan olganda 1920-yil oxirida dehqonchilik 30%,

1922-yil boshlarida 40%, chorvachilik esa mos ravishda 40% va 53%ga tushib ketdi. 1922-yilga

kelganda ekin maydonlari deyarli ikki baravar qorako‘l teri tayyorlash 20 baravar paxta etishtirish

esa 26 baravar qisqardi. Ana shu davrda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 50%,

savdo-sotiq aylanmasi esa 75% ga tushib ketdi.

BKPning 1 s’ezdi “Yer mehnatkashlarga” shiori ostida o‘tdi. S’ezd Buxoro revkomining

1921-yil 2-fevral “Xamma yer umumxalq mulki, ya’ni davlat mulki deb amirning

milliylashtirilgan yerlari, shuningdek vaqf yerlari, ulardagi ko‘chmas mulklar bilan birga, yersiz

va kam yerli dexqonlarga bo‘lib berildi” - deb e’lon qilgan dekretini ma’qulladi. Yer islohotini

amalga oshirish uchun barcha viloyatlarda va tumanlarda yer komitetlari tuzish va bularga eng

kambag‘al dehqonlarni jalb etish zarur deb topdi.

Mamlakat iqtisodini rivojlantirishda vaqflar ham katta ahamiyat kasb etdi. 1921-yil 10-

avgustdagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoroda 208 ta masjid va 215 ta madrasaga qarashli 200

vaqf muassasasi ro‘yxatga olingan. Vaqf yerlarining miqdori 3000 tanob /750 desyatina/, 57 ta

saroy, 1414 ta do‘kon, 23ta bozor joyi , 10ta hammom, 18ta tegirmon va 133 turar joy hujradan

iborat bo‘lib, bir yilda 1 mln. so‘m sof daromad keltirar edi. Yangi hukumat ana shu vaqf

mulklarini to‘la musodara qilingan yer va ish anjomlarini xalqga berish bilan cheklandi. Yosh

BXSR oldida turgan eng muhim masala siyosiy iqtisodiy va xarbiy masalalar bo‘lib bularni amalga

oshirish uchun yirik moliyaviy resurslar kerak edi.

O‘zbekiston SSR 1925-yilda tashkil topgach, Buxoro shahri sovet hokimiyati tomonidan

birin-ketin tuzilgan. Zarafshon viloyati (1925-yil 29-yanvardan), Buxoro okrugi (1925-yil 29-

sentyabrda). Buxoro oblasti (1938-yil 15-yanvardan) ning ma’muriy markazi sifatida rivojlanishda

davom etdi. Bu paytda qadimiy Buxoro shahri o‘zida faqat oblast markazi maqomini saqlab qoldi.

Buxoro shahrida 1929-yili vodoprovod qurilishi tugallandi, Shaharni elektrlashtirish

boshlandi. Shaharda 1935-yili markaziy elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu davrda Buxoroda

o‘nlab turar joy binolari, 2 kavatli mehmonxona, Buxoro davlat pedogogika institutining 2 qavatli


background image


Mart, 2025-Yil

635

binosi, O‘kituvchilar instituti uchun 3 qavatli yotoqxona qurildi. Shahar markaziy qismining tarixi

yangidan tuzildi. Shaharda yangi ko‘chalar ochildi, mavjud ko‘chalar kengaytirildi, eski ko‘priklar

ta’mirlandi, yangi maydonlar va xiyobonlar barpo etildi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Buxoroda asosan o‘z ishini harbiy izga solgan engil va oziq-

ovqat tarmoqlari rivojlandi. Buxoroda paxta tozalash zavodi qurib ishga tushurildi, yigiruv

fabrikasi va ko‘n zavodi barpo etildi. Urush davrida (1941-1942-yillar) Buxoroga front va front

orti hududlaridan 10000 kishi, asosan, bolalar keltirilib joylashtirildi. 50-60-yillarda Buxoroning

barcha sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlari yangi texnika bilan jixozlandi, qo‘l mexnatiga

asoslangan ayrim sermehnat jarayonlar mexanizatsiyalashtirildi. Ishlab chiqarishni avtomatlash va

mexanizatsiyalashga alohida e’tibor berildi. Yangi korxona va sexlar, engil sanoatda kanvierlar va

hokazolar qurildi.

Sovet hokimiyati yillarida Buxoroda Hazrati Imom qabristoni tashlandiq joy va xarobaga

aylantirildi. Bu erdagi qadimiy masjid va maqbara, darvoza boshqa tarixiy yodgorliklar ham buzib

tashlandi. Hovuz va ariqlar ko‘mib yuborilib daraxtlar kesib tashlandi. Qabrlar ustidagi marmar

sag‘ana toshlari yo‘qotildi va tashib ketildi. Shuningdek Pushtai Behishtiyon qabristoni va

maqbaralari buzib tashlanib, ular o‘rnida Buxoro shahar yog‘ zavodi, 4-maktab hamda Buxoro

kooperativ texnikumi qurilgan.

Sovet hokimiyati tomonidan Buxorodagi hovuzlarning aksariyati quritilib, o‘rniga binolar

qurildi. Sovet hokimiyati davrida juda ko‘plab tarixiy yodgorliklar abgor ahvolga kelib qoldi.

Faqatgina mustaqillik yillariga kelib tarihiy yodgorlilar tiklandi va ta’mirlandi.

Ismoil Somoniy maqbarasi gumbazi 1925-yilda ta’mir etilgan. V.Vyatkin boshchiligida

arxeologik tekshiruvlar olib borilgan (1927). Bino uni ko‘mib yuborgan zax tuproqdan tozalanib

Usta Shirin Murodov va B.Zasipkin boshchiligida ta’mirlangan.

Abduraxmon Vali maqbarasi 1950-1986-yillarda o‘rganilgan va ta’mirlangan. Xoja Ali

Rometaniy maqbarasi yonida ikkita qabr bo‘lib har uchala qabr ustida 20-asrning 80-yillarida

maqbara quriladi.

Sovetlar davrida Buxoroda madaniy hayot to‘xtab qolmadi. Qadimiy Buxoroda san’atning

rivojlanishiga katta e’tibor berildi. Ayniqsa Buxoro kinosining yaratilishi katta voqea bo‘ldi. 1924-

yil O‘rta Osiyodagi 1-kino tashkiloti, BXSR bilan Leningrad “Sevzapkino” tashkiloti o‘rtasidagi

shartnoma asosida shu yilning 21-aprelida tashkil qilindi. Bu tashkilot badiiy-tashviqiy, ijtimoiy-

xronikal filmlar ishlab chiqarish, ularni ijaraga olish, sotib olish, kinoteatrlar qurish va ishlatish

kabi masalalar bilan shug‘ullangan. 1925 yilda rus va Buxoro kinomotografiyasi “Sevzapkino”

bilan hamkorlikda Buxoroda suratga olingan “O‘lim minorasi” kinosi ekranlarga chiqarilgan.


background image


Mart, 2025-Yil

636

Bu film Buxoro dehqonlarining amir tuzimiga qarshi kurashi xaqida bo‘lib dunyoning

ko‘plab mamlakatlarida namoyish etilgan. Film rejissyori mashhur kinorejissyor V.Viskovskiy

edi. Buxkino o‘z faoliyati davomida respublikada bo‘layotgan muhim voqealarni aks ettiruvchi

“Buxoro madaniy qurilish yo‘lida”, “O‘rta Osiyo bo‘ylab”, “Moskvada Buxoro ma’rifat uyi” ,

“Butun Buxoro qurultoyi” kabi hujjatli-xronika, “Musulmon qiz” (D.Bassaligo) kabi to‘lametrajli

badiiy filmlar chiqardi. Badiiy filmlari ancha bo‘sh bo‘lsada, tushunarli va soddaligi bilan ajralib

turadi. Rollarni asosan chetdan taklif etilgan aktyorlar (N.Vendelin, V.Baranova, O.Frelix,

O.Tretyakova, G.Levkoev, X.Roxatova, R.Saidalieva va boshqalarijro etdi). 1940-yilga kelib

Buxoro viloyatida 36 ta kino oladigan apparatlar bor edi. 1925- yilda Buxkino (“Turkiston davlat

kino tashkiloti”) bilan birlashtirilib, O‘zbek davlat kino tashkiloti tashkil etildi1. BXSR hukumati

o‘zining qisqa tarixiy davrida ma’naviy madaniyatning eng nafis sohalaridan biri bo‘lgan teatr

san’atini takomiliga ichki muammolarning ko‘pligiga qaramay mumkin qadar e’tibor karatdi. O‘z

vaqtida respublikaning o‘zbek tilidagi yakka-yu yagona matbuot organi bo‘lgan “Buxoro axbori”

va “Ozod Buxoro” ( 1923-yil oxirida) sahifalarida teatr sanati sohasidagi kamchilik va

foydalanilmagan imkoniyatlarni keskin tanqid ostiga oluvchi maqolalar e’lon kilindi.

Buxoroda teatr va sahna ishlari “Sirli”, “So‘nggi so‘zim”, “O‘rtoq Qilichzodaga javob”,

“Cho‘lpon”, “Sahna”, “Abu Varaja” “Sahnamiz bolalar uyni bo‘lmasin”, “Rafiq”

“Tomoshaxonalarimiz ahvoli” (Said Ahroriy) kabi kamchiliklardan voqif bo‘lamiz. Sadriddin

Ayniy nomidagi davlat musiqali drama va komediya teatri-to‘ng‘ich o‘zbek professional

teatrlaridan. 1921- yil F.Xo‘jaev tashabbusi bilan havaskorlar guruhi asosida tashkil qilinib, 1922-

yil “Tuhmatchilar jazosi” (Hamza)spektakli bilan ochilgan. Ikkinchi spektakli “Turkiston tabibi”

(M.Uyg‘ur, 1923). Tashkilotchisi va badiiy rahbari – Mannon Uyg‘ur, H.Latipov, L.Nazrullaev,

N.Rahmonov, L.Latipov, S.Habibullaev, N.G‘aniev va boshqalar teatrning ilk ijodkorlari bo‘lib,

teatr taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. 1924 yilda teatrning bir guruh aktyorlari Moskvadagi

o‘zbek drama studiyasiga o‘qishga yuborildi.

1930 yilning oxirigacha kichik pesa va konsert dasturlari bilan kifoyalandi. Drama

studiyasini tugatgan aktyorlar (B.Xo‘jaev, S.Abdullaev, A.Olimova, B.Jamolov, M.Musaev va

boshqalar.) qaytgach teatr tom ma’noda professional teatr maqomiga ega bo‘ldi. Ular

sahnalashtirgan “Isyon” (D.Furmanov va S.Polivanov), “Zo‘raki tabib” (J.Moler), “Qon va suv”

(L.Sayfullina) spektakllari teatrning professionallik darajasini yanada mustahkamladi. 1931- yil

Ya.Bobojonov badiiy rahbar, Sh.Shorahimov esa bosh rassom etib tayinlandilar. 30-yillarning

o‘rtalari teatr ijodiy faoliyatida burilish davri bo‘ldi. Realizm uslubini chuqur egallash, erishilgan

ijodiy muvaffaqiyatlarni mustahkamlash borasida jiddiy ish olib borildi. Shu ijodiy jarayon


background image


Mart, 2025-Yil

637

davomida o‘zbek dramaturgiyasi, rus va chet el mumtozasarlari aktyorlarning ijro mahoratini

oshishida, teatr jamoasining o‘z ijodiy yo‘nalishiga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynadi.

1936-yildan teatr “musiqali drama teatri”ga aylantirildi. Shu yillari teatr jamoasi

A.Xo‘jaeva, S.Yarashev, A.Oxunov, N.Ne’matova, A.Atoev, Z.Solieva kabi ijodkorlar bilan

boyidi. Urush yillari o‘zbek xalqining mardonavor kurashi aks ettirilgan asarlar sahnalashtirilgan

bo‘lsa, tinch qurilish davrida repertuar mavzu jihatdan boyidi. Asosiy e’tibor davrning dolzarb

muammolariga qaratildi, xalqimizning fidokorona mehnati, ahloqiy va ma’naviy go‘zalligi,

tinchlik, insonparvarlik g‘oyalariga intilish spektakllarda o‘z ifodasini topdi. “Layli va Majnun”

(Xurshid, T.Sodiqov, R.Glier musiqasi), “Ravshan va Zulxumor” (K.Yshin, T.Sodiqov musiqasi),

“Qurbon Umarov” (S.Abdulla, Chustiy, T.Jalilov musiqasi), “Oltinko‘l” (Uyg‘un, M.Leviev

musiqasi), “Shohi so‘zana”, “Og‘riq tishlar” (A.Qahhor), “Yurak sirlari” (B.Rahmonov),

“Oftobxon” (K.Yashin, X.To‘xtasinov musiqasi), “Boy ila xizmatchi” (Hamza), “Alisher Navoiy”

(Uyg‘un, I.Sulton), “Iymon” (I.Sulton) va boshqa spektakllar sahnalashtirildi.

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar

1.

Рашидов У. Бухоро Россия билан иқтисодий ва сиёсий муносабатлар тарихидан. –

Бухоро: Бухоро, 2013. –Б.105.

2.

Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.81.

3.

Ражабов Қ. Иноятов С. Бухоро тарихи. –Тошкент: Tafakkur, 2016. -Б.190- 218.

4.

Муминов Х. Музаффаров А. Бухарская область. Тошкент: Ўзбекистон,1976. –С. 54-

55.

5.

Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарвараqларида. 1-китоб. –Т.: Lessor Press, 2016.

6.

Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарвараqларида. 2-китоб. –Бухоро: Дурдона нашриёти,

2018.

References

Рашидов У. Бухоро Россия билан иқтисодий ва сиёсий муносабатлар тарихидан. –Бухоро: Бухоро, 2013. –Б.105.

Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.81.

Ражабов Қ. Иноятов С. Бухоро тарихи. –Тошкент: Tafakkur, 2016. -Б.190- 218.

Муминов Х. Музаффаров А. Бухарская область. Тошкент: Ўзбекистон,1976. –С. 54-55.

Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарвараqларида. 1-китоб. –Т.: Lessor Press, 2016.

Мирзақулов Б. Бухоро тарих зарвараqларида. 2-китоб. –Бухоро: Дурдона нашриёти, 2018.