Mart, 2025-Yil
638
GOLUBIKANING BLUECROP NAVI MIKRONIHOLLARIDA BAP VA IBA
O‘STIRUVCHI GORMONLARINING TA’SIRI
Axatov Habibulla
Axmedov Shuhrat
Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot
instituti, Toshkent, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.15106669
Annotatsiya
. Ushbu tadqiqotda golubika (Vaccinium corymbosum L.) Bluecrop navining
mikronihollarida BAP va IBA o‘stiruvchi gormonlarining MS, DKW va WPM ozuqa muhitlaridagi
ta’siri o‘rganildi. Natijalar WPM ozuqa muhitida BAP konsentratsiyasining 1,75 mg/l bo‘lganda
eng yuqori murtaklanish foizi (37,9%)ni ko‘rsatdi, bu golubika navining muvaffaqiyatli
ko‘paytirilishi uchun optimal sharoitlar ekanligini bildiradi.
Kalit so‘zlar
: golubika, Bluecrop, murtaklanish, o‘stiruvchi gormonlar, BAP, IBA, ozuqa
muhitlari, MS, DKW, WPM.
Abstract
. This study investigates the effect of BAP and IBA growth regulators on the
micropropagation of blueberry (Vaccinium corymbosum L.) Bluecrop cultivar in MS, DKW, and
WPM media. The results showed the highest rooting percentage (37.9%) at 1.75 mg/l BAP in the
WPM medium, suggesting optimal conditions for successful propagation.
Keywords
: blueberry, Bluecrop, rooting, growth regulators, BAP, IBA, culture media, MS,
DKW, WPM.
Аннотация
. В данном исследовании изучено влияние регуляторов роста BAP и IBA
на микроклональное размножение голубики (Vaccinium corymbosum L.) сорта Bluecrop в
средах MS, DKW и WPM. Результаты показали наибольший процент укоренения (37,9%)
при концентрации BAP 1,75 мг/л в среде WPM, что указывает на оптимальные условия для
успешного размножения.
Ключевые слова
: голубика, Bluecrop, укоренение, регуляторы роста, BAP, IBA,
среда культуры, MS, DKW, WPM.
Golubika (
Vaccinium corymbosum
L.) – yuqori sifatli, shifobaxsh mevalar beruvchi
rezavor o‘simlik bo‘lib, o‘simlikning bozor qiymati oxirgi yillarda tobora ortib bormoqda.
Golubikani ko‘paytirilishi va yangi navlarining ishlab chiqarishga kengroq joriy qilinishida
mikroko‘paytirish (
in-vitro
) usullari, jumladan, murtaklanish jarayoni muhim o‘rin tutadi.
Murtaklanishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi esa o‘sishni boshqaruvchi gormonlar
Mart, 2025-Yil
639
yordamida o‘tadi. Ushbu gormonlar, xususan, BAP (6-benzilaminopurin) va IBA (indolil-3-moy
kislotasi), o‘simlikning bo‘linishi va ildiz o‘sishini tezlashtiradi hamda murtaklanishning
samaradorligini oshiradi [1-3].
Golubika navlarini ko‘paytirish jarayonida ozuqa muhitining to‘g‘ri tanlanishi va o‘stirish
gormonlarining aniq dozalarida foydalanish o‘simliklarning o‘sish sur’atini va sifatini
yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. MS, DKW va WPM ozuqa muhitlari turli o‘simlik
turlarini ko‘paytirish uchun keng qo‘llaniladi, shu bilan birgalikda, har bir ozuqa muhitining o‘ziga
xos afzalliklari ham bor. O‘simliklarning murtaklanishiga ta’sir qiluvchi omillardan biri bo‘lgan
BAP va IBA gormonlarining konsentratsiyasi va ozuqa muhitiga ta’sirini o‘rganish, golubika
navining muvaffaqiyatli ko‘paytirilishi uchun zarur bo‘lgan eng optimal sharoitlarni aniqlashga
yordam beradi. Tadqiqot Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va
vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida o‘tkazildi, unda MS, DKW va WPM ozuqa muhitlarida turli
konsentratsiyalardagi
BAP
va
IBA
gormonlarining
golubika
Bluecrop
navining
mikronihollarining murtaklanish jarayoniga qanday ta’sir qilishi aniqlangan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, golubikaning Bluecrop navi murtaklanishiga BAP va IBA
o‘stiruvchi gormonlarining turli ozuqa muhitlarida ta’siri aniqlangan. MS, DKW va WPM ozuqa
muhitlarida BAP konsentratsiyasining ortishi murtaklanish tezligini oshiradi, ammo yuqori
konsentratsiyalar murtaklanish foizining kamayishiga olib keladi. MS ozuqa muhitida BAP
konsentratsiyasining ortishi murtaklanishning tezligini oshirdi. Masalan, 1,75 mg/l BAP
konsentratsiyasida murtak bo‘rtishi 12-15 kunga qisqardi va murtaklanish foizi 35,7% gacha yetdi.
Bu faqat MS ozuqa muhitida yuqori samarali natijalarni berdi. Biroq, 3,25 mg/l BAP
konsentratsiyasida murtaklanish foizi 1% gacha kamaydi, bu esa juda yuqori BAP
konsentratsiyalarining salbiy ta’sirini ko‘rsatib turibdi.
Shuningdek, DKW ozuqa muhitida BAP konsentratsiyasining 1,75 mg/l bo‘lganida
murtaklanish foizi 32,6% ga yetdi. Ushbu konsentratsiya yaxshi natija bo‘lib, 3,25 mg/l BAP
konsentratsiyasida esa murtaklanish umuman sodir bo‘lmadi, bu yuqori konsentratsiyalarning
o‘simliklar uchun zararli ekanligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, WPM ozuqa muhitida eng
yuqori murtaklanish foizi (37,9%) 1,75 mg/l BAP konsentratsiyasida kuzatildi. Bu muhitda murtak
bo‘rtishi 10-14 kunni tashkil etib, eng yaxshi natijalar aynan shu sharoitda aniqlandi. WPM ozuqa
muhiti golubika navining murtaklanishi uchun eng samarali sharoitlarni yaratdi.
Yuqori konsentratsiyalardagi BAP va IBA moddalari golubika o‘simliklari uchun zarur
bo‘lgan o‘sish jarayonlarini tezlashtirsa-da, juda yuqori konsentratsiyalar o‘simlikning o‘sishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.
Mart, 2025-Yil
640
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Altman, A. (2001). Plant Biotechnology: A Tool for the Future of Global Agriculture.
Agriculture and the Environment, 24, 25-30.
2.
Driver, J. A., Kuniyuki, H. (1984). In Vitro Propagation of Blueberry and Cranberry.
HortScience, 19(3), 455-457.
3.
Wood, L. G., Preece, J. E. (1996). Effect of Media and Growth Regulators on the In Vitro
Propagation of Highbush Blueberry (
Vaccinium corymbosum
). HortScience, 31(1), 122-
125.
