2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
335
“AYOLLAR DAFTARI” RO‘YXATIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHLASH VA O‘ZINI O‘ZI BAND QILISH
UCHUN KERAK BO‘LGAN ASBOB-USKUNA, MEHNAT QUROLLARI XARID
QILISH UCHUN 10 MLN SO‘MGACHA SUBSIDIYA BERILADI
Tojiboyev Abdulfayoz Ulug‘bek o‘g‘li
Bektemir tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15099405
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.2022 yildagi 145-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda
hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, “Ayollar
daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-
qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch
turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq
mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda
ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha Aholini
tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki “Ayollar
daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida
“Ayollar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Bunda “Ayollar daftari” jamg‘armasi orqali asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish
maqsadida subsidiya ajratish uchun ariza beruvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun kerak
bo‘ladigan asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va turi, soni, taxminiy xarid narxi va boshqa
qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rsatgan holda mahalladagi xotin-qizlar faoliga murojaat qiladi.
Xotin-qizlar faoli arizani “mahalla yettiligi”ning kollegial yig‘ilishiga kiritadi. Ariza
beruvchining qolgan barcha ma’lumotlari xususan, elektron shakldagi fuqarolik pasporti yoki
identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, tadbirkor sifatida davlat xizmatlari markazida davlat
ro‘yxatidan o‘tganligi yoki o‘zini o‘zi band qilgan sifatida faoliyat turlari bo‘yicha soliq xizmati
organlarida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari axborot tizimi orqali inson omilisiz
aniqlab olinadi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan fuqaroning murojaati 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan
muddatda o‘rganib chiqiladi hamda “mahalla yettiligi”ning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi
kollegial qarori qabul qilinadi va 1 ish kuni ichida Vasiylik kengashiga taqdim etadi.
Arizani ko‘rib chiqish natijasida hujjatlar to‘liq taqdim etilgan va unda kamchiliklar yoki
yolg‘on ma’lumotlar aniqlanmagan taqdirda, murojaat qiluvchiga o‘z faoliyatini boshlashiga kerak
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
336
bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida Vasiylik
kengashining qarori rasmiylashtiriladi. Vasiylik kengashi qarorida asbob-uskuna, mehnat
qurollarining nomi va ularni xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori ko‘rsatiladi.
Vasiylik kengashining ishchi organi — Oila va xotin-qizlar bo‘limi Vasiylik kengashi
qarori rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimi
orqali qarorda ko‘rsatilgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini belgilangan tartibda xarid qilish
choralarini ko‘radi hamda buyurtma asosida asbob-uskuna va mehnat qurollari yetkazib
berilganda, bu haqda Vasiylik kengashining ishchi organi qabul qilib olgan kundan boshlab 1 ish
kunidan kechiktirmay “mahalla yettiligi” orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchiga ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskuna yoki mehnat
qurollaridan samarali va maqsadli foydalanayotganligi, ularning texnik holati sozligi “mahalla
yettiligi” tomonidan doimiy o‘rganib boriladi.
Demak, ta’kidlash joizki, mazkur qaror bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning hayoti, ijtimoiy holatini ijobiy tomonga o‘zgartirish
va moddiy jihatdan ko‘maklashish hamda hozirda davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek,
siyosatimizning asosiy bosh g‘oyasi sifatida muhim ro‘l o‘ynaydi desak, aslo mubolag’a
bo‘lmaydi.
