2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
359
MEDIA TA’LIMNING O‘ZBEK MODELI
Musajonova Durdonabonu
Farg'ona davlat universiteti
1-kurs jurnalistika mutaxassisligi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15099517
Annotatsiya.
Media ta’lim tizimining shakllanishi va o‘zbek modeli sifatidagi rivoji
to‘g'risida.
Kalit so‘zlar:
Mediasavodxonlik, raqamli transformatsiya, axborot xurujlari.
Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida ta’lim jarayonida media
ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Media ta’lim insonlarning media vositalardan oqilona
foydalanishi, tanqidiy fikrlashi va media kontentni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi,
“yosh avlodni media savodxonlikka o‘rgatish uchun maxsus metodikalar ishlab chiqilishi
lozim”.[1] O‘zbekiston sharoitida media ta’limning o‘ziga xos modeli va rivojlantirish
yo‘nalishlari muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu jarayon milliy qadriyatlar, madaniyat va
zamonaviy raqamli texnologiyalar uyg‘unligida amalga oshirilmoqda.
Media ta’limning ahamiyati ta’lim tizimidagi o‘rni shu qadar kuchliki, undan har soha
vakillari ilm fan taraqqiyoti rivoji uchun foydalanish mumkin.Media ta’lim jamiyatdagi quyidagi
muammolarni hal qilishga xizmat qiladi:
1.Axborot xurujlariga qarshi immunitetni shakllantirish;
2.Yoshlarning media savodxonligini oshirish;
3.Ijtimoiy tarmoqlarda mas’uliyatli va tanqidiy yondashuvni rivojlantirish;
4.Media orqali inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risida tushunchalarni kengaytirish.
“O‘zbekistonda media ta’limni rivojlantirishda xalqaro tajriba va milliy xususiyatlar
uyg‘unligini ta’minlash muhimligi, bu jarayonda davlat siyosati va nodavlat tashkilotlarning
hamkorligi muhim ahamiyatga ega”[2]. O‘zbekistonning mediata'lim modeli xususiyatlarining
o‘ziga xos jihatlari haqida avvalo uni rivojlantirish jarayoni bilan kuzatish mumkin. Media ta’lim
jarayonida milliy qadriyatlar va madaniyatlar inobatga olinmoqda. Bu o‘zbek xalqining axloqiy
mezonlarini saqlab qolgan holda, global media ta’sirini tahlil qilish imkonini beradi. Media ta’lim
maktab va oliy o‘quv yurtlari dasturlariga bosqichma-bosqich kiritilmoqda. Jumladan, “Axborot
texnologiyalari”, “Mediasavodxonlik” kabi fanlar orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va
axborotni tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda. O‘zbekistonda raqamli platformalar orqali
mediata’limni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
360
Jumladan, “Milliy ta'lim portal” va boshqa onlayn platformalar orqali mediata’lim kurslari
tashkil etilmoqda. “Media ta’limni o‘qitishda interaktiv usullardan foydalanish samaradorligi
media ta’limda tanqidiy fikrlash, faktlarni tekshirish va soxta axborotni aniqlash ko‘nikmalarini
shakllantirishni asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanadi”[3].Media ta’limni rivojlantirish
jarayonida davlat tashkilotlari, jurnalistika fakultetlari va nodavlat tashkilotlarning hamkorligi
muhim ahamiyatga ega. Masalan, O‘zbekistonda UNICEF va UNESCO kabi xalqaro tashkilotlar
ko‘magi bilan mediasavodxonlik loyihalari amalga oshirilmoqda. Ammo shunga qaramay, Media
ta’lim sohasida bir qancha muammolar ham mavjudligini inobatga olish zarur.
1.Kadrlar yetishmovchiligi: Media vositalarni o‘rganish bo‘yicha qo‘llanmalar va
resurslarning cheklanganligi bu borada ta’lim olishda noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
2.Ayrim hududlarda raqamli texnologiyalarga yetarlicha kirish imkoniyatining yo‘qligi
hozirgi rivojlangan zamonda ham muammo sifatida turibdi. Media ta’limni rivojlantirish uchun
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
1.Media ta’lim bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari va qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
2.O‘qituvchilarni media ta’limga o‘qitish va ularni qayta tayyorlash.
3.Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda mediata’lim bo‘yicha kontentlarni
targ‘ib qilish.
4.Media ta'lim bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish.
5.Media savodxonlik kurslarini keng joriy etish.
6.Pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
7.Media ta'lim bo‘yicha maxsus platforma va resurslarni yaratish.
Media ta’lim O‘zbekistonning axborotlashgan jamiyatga integratsiyalashuvi va yosh
avlodning raqamli madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek modeli milliy
qadriyatlarni saqlab qolgan holda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan bo‘lib, bu
boradagi sa'y-harakatlarni kuchaytirish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat
qiladi.
REFERENCES
1.
To‘raqulov U. “Media savodxonlik va ta’lim”.2021
2.
Xasanov D. “O‘zbekiston sharoitida media ta’limni rivojlantirish yo‘llari” maqolasi.2023
3.
Abdullayev O. “Zamonaviy media savodxonlik metodlari” maqolasi.2021
