1516
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
JINOYAT ISHLARI BO’YICHA BIRINCHI INSTАNTSIYA SUDLАRIDA АDVOKАT
ISHTIROKI VА АHАMIYATI
Sh.A. Abdijemilova
Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura 1-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15102541
Annotatsiya.
Ushbu maqola birinchi instansiya jinoyat sudlarida advokat ishtiroki
institutining protsessual jihatlarini har tomonlama ilmiy tahlil qilingan, advokat ishtiroki
tizimini takomillashtirish, birinchi instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladigan ishlarda
himoyachining ishtirok etishi institutini rivojlantirish, shuningdek, jinoyat ishlarida
himoyachining holati, roli va huquqiy tartibga solinishini o‘rganish, himoyachining jinoiy
jarayonda samarali ishlash mexanizmlarini yaratish bilan bog‘liq tavsiyalar bo‘yicha ilg‘or
xorijiy tajribalari va ko‘nikmalarni o‘z qonunchiligimizga implementatsiya qilish bo‘yicha taklif
va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
advokat, protest, shikoyat, himoyachi, vakolatlar, murojaat, protsessual
rol, birinchi instansiya, konstitutsiya.
PARTICIPATION AND IMPORTANCE OF LAWYERS IN CRIMINAL COURTS OF
FIRST INSTANCE
Abstract.
This article provides a comprehensive scientific analysis of the procedural
aspects of the institution of lawyer participation in criminal courts of first instance, develops
proposals and recommendations on improving the system of lawyer participation, developing the
institution of the participation of the defense attorney in cases heard by the court of first
instance, as well as studying the status, role and legal regulation of the defense attorney in
criminal cases, and implementing advanced foreign experiences and skills into our legislation.
Keywords:
lawyer, protest, complaint, defense attorney, powers, appeal, procedural role,
first instance, constitution.
УЧАСТИЕ И ЗНАЧЕНИЕ АДВОКАТОВ В УГОЛОВНЫХ СУДАХ ПЕРВОЙ
ИНСТАНЦИИ
Аннотация.
В статье дается комплексный научный анализ процессуальных
аспектов института участия адвоката в уголовных судах первой инстанции,
разрабатываются предложения и рекомендации по совершенствованию системы
участия адвоката, развитию института участия защитника в делах, рассматриваемых
судом первой инстанции, а также исследуются статус, роль и правовое регулирование
деятельности защитника по уголовным делам, создание механизмов эффективной
деятельности защитника в уголовном процессе, внедрение передового зарубежного
опыта и навыков в отечественное законодательство.
1517
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Ключевые слова:
адвокат, протест, жалоба, защитник, полномочия, апелляция,
процессуальная роль, первая инстанция, конституция.
KIRISH
Jinoyat protsessida shaxs huquqlarini taʼminlashning mexanizmlari mazmunini shaxs
huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalar va vositalar
hamda shaxs huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga maʼsul bo‘lgan davlat organlari hamda
alohida shaxslarning faoliyati tashkil qiladi. Jinoyat ishi yurituvi bosqichlarida, xususan jinoyat
ishini qo‘zg‘atishdan boshlab, uni tergov qilish, sudda ko‘rishga tayinlash, ishni mazmunan
sudda ko‘rish va natijasi bo‘yicha sud hujjatlarini (hukm, ajrim) qabul qilish, hukm (ajrim, qaror)
ustidan shikoyat kirirtish hamda ularning ijro etilishini taʼminlovchi subyektlar shaxs huquqlarini
taʼminlash mexanizmi tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan institutsional asoslar hisoblanadi.
Taʼkidlash
lozimki,
himoyalanish
huquqini
taʼminlash
jinoyat-protsessual
qonunchilikning asosiy tamoyillaridan biri sifatida belgilanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Zotan, huquqning maʼmuriy, fuqarolik, xo‘jalik va boshqa sohalariga qaraganda jinoyat
protsessida insonning huquq va qonuniy manfaatlariga ko‘proq taʼsir o‘tkaziladi. Chunki, jinoyat
sudlov ishlarini yuritish orqali fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini cheklash ehtimoli
yuqoridir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
Maqolada olib borilgan tadqiqotning mazmuni jinoyat sudlarining birinchi instansiyasida
himoyachi ishtiroki hamda ushbu sohadagi mavjud muammolar, vakolatlarini kengaytirishning
ayrim masalalarini aniqlashdan iborat. Maqolaning metodologik asosi jinoyat sudlarida
himoyachi ishtiroki, va mazkur jarayonda himoyachi ishtirokini takomillashtirish sohasida
obyektiv voqelikni bilishning umumiy falsafiy va xususiy huquqiy usullari hisoblanadi.
Maqolada umumiy ilmiy usullar (tizimli, tuzilmaviy-funksional, mantiqiydeduksiya va
induksiya), maxsus usullar (Statistik, qiyosiy-huquiy) va xususiy ilmiy usullardan (rasmiy)
foydalanilgan.
N.
S. Chuvashov
[1]
, A. D. Boykov
[2]
, М.О. Баев
[3]
, V. Y .Melnikov
[4]
kabi olimlar
shuningdek, Bazarova D.
[5]
, Toʻlaganova G.
[6]
, Inogʻomjonova Z
.[7]
shaxslarning jinoyat
protsesida himoyalanishini ta’minlash, amalga oshirish va himoya qilish mexanizmining
xususiyatlari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar.
MUHOKAMA HAMDA NATIJALAR
Mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlarning bosh maqsadi – inson, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini
yaratishga qaratilgan.
1518
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Advokatura institutining yanada isloh qilinishi fuqarolik jamiyati institutlarini
rivojlantirishga hamda inson huquqlari va erkinliklarining samarali himoya qilinishini har
tomonlama taʼminlashga qaratilgan sud-huquq tizimi sohasidagi islohotlarning bugungi kundagi
eng muhim vazifasi sifatida belgilandi.
Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi sifatida 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Taraqqiyot strategiyasining 19-
maqsadi sifatida advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining
malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish belgilangan
[8]
.
Huquqshunos olimlar – A. Vorobyev, A. Polyakov, Y. Tixonravovlarning fikricha,
“advokaturaga boʻlgan zarurat aslida advokatning oʻziga xos oʻrni boʻlgan odil sudlov tizimidagi
ishtirokini joriy etish yoʻli bilan davlat tomonidan belgilanadi
” [9]
.
Eng avvalo, “inson huquqlariga sodiqlik”, “demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat”,
“Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taʼminlash”, “insonparvar demokratik
huquqiy davlat barpo etish” kabi g‘oyalar oliy maqsad sifatida Asosiy Qonunimizning
Muqaddimasida konstitutsiya darajasida mustahkamlandi hamda uning butun mazmunida, shu
orqali barcha qonun normalari ruhiyatida aks ettirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-moddasida O‘zbekiston
Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish
va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi qayd etilgan. 2023-yil 30-aprel kuni referendum
asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida advokaturaning mavqeyi
va nufuzini tubdan oʻzgartiruvchi normalar belgilandi. Konstitutsiyaga “Advokatura” nomli
XXIV alohida bob kiritildi. Ushbu bobda advokaturaning mazmuni, faoliyat prinsiplari bilan
birga, advokatning kasbiy kafolatlari qatʼiy mustahkamlandi. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki,
yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “advokat” soʻzi 4 ta, “advokatura”
soʻzi esa 3 ta, “yuridik yordam” jumlasi 3 ta huquqiy normada oʻz aksini topgan. Xususan, 29-
moddada advokatning jinoyat protsessidagi ishtirokiga oid norma keltirilgan boʻlib, uning
yordamidan har kim foydalanish huquqiga egaligi mustahkamlangan.
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 122-moddasida
advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, shu
jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek, sudda
ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya etish Advokatlar palatasining
asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2022-yil 20-iyunda Konstitutsiyaviy
komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga “...
1519
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
kuchli advokatura tizimini yaratish asosiy vazifamizdir”
(10)
, deb taʼkidlagan edi. Yangi
tahrirdagi
Konstitutsiyaning 142-moddasida
advokat
oʻz kasbiy vazifalarini amalga
oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyildi. Yaʼni oʻz
kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda advokatning faoliyatiga aralashishga yoʻl
qoʻyilmasligi konstitutsiya darajasida mustahkamlandi. Bu esa jismoniy va yuridik shaxslarga
koʻrsatiladigan yuridik yordam sifati va samaradorligini toʻliq taʼminlaydi. Endilikda davlat
advokatga oʻz himoyasidagi shaxs bilan toʻsqinliksiz va xoli uchrashishi, maslahatlar berishi
uchun shart-sharoitlarni taʼminlashi nazarda tutildi. Bu esa advokatlarga oʻz himoyasidagi shaxs
bilan u ushlangan paytdan boshlab miqdori va muddati cheklanmagan xoli uchrashuvlar
oʻtkazishiga imkon beradi. Advokatlarning oʻz himoyasidagi shaxslar bilan audio va
videokuzatuv qurilmalari boʻlmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz
oʻz vaqtida va hech qanday toʻsiqlarsiz uchrashishi taʼminlanadi.
V.Y.Melnikov “jinoyat protsessi orqali shaxs huquqlarini taʼminlash, amalga oshirish va
himoya qilish mexanizmi” tushunchasiga butun jinoyat protsessining maqsadiga muvofiq
muayyan ketma-ketlikda ishlashini taʼminlaydigan protsessual- huquqiy elementlar, vositalar va
usullar majmui sifatida taʼrif bergan.
Shu bilan birga, ushbu olimning fikricha “shaxs huquqlarini taʼminlash, amalga oshirish
va himoya qilish mexanizmi” kategoriyasining o‘zi quyidagi elementlardan iborat: shaxs huquq
va erkinliklarini mustahkamlovchi huquqiy normalar; ushbu huquq va erkinliklarning paydo
bo‘lishi va tugatilishining huquqiy faktlari; shaxs huquqlarining kafolatlarini taʼminlash bilan
shug‘ullanadigan jinoyat protsessi ishtirokchilarining faoliyati; shaxs huquq va erkinliklarni
taʼminlash, amalga oshirish va himoya qilish uchun mo‘ljallangan maxsus huquqiy tartiblar;
huquqiy javobgarlik instituti
[11].
Firkni davom ettirgan xolda shuni taʼkidlash lozimki, advokat jinoyat ishlarini sudda
ko‘rish jarayonining shunday bir ishtirokchisi hisoblanadiki, uning ishtirokisiz sud, yaʼni davlat
hokimiyati to‘laqonli faoliyat ko‘rsata olmaydi. Bu holat advokatura institutining alohida
maqomini isbotlaydigan qo‘shimcha dalildir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasida gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga egaligi belgilangan.
Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon
qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish
hamda u o‘ziga qo‘yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita
va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo‘lishiga qaratilgan chora-tadbirlar
ko‘rish majburiyati bilan taʼminlanadi. Sudda ishning hal etilishida advokatning ahamiyati
kattadir.
1520
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Sudda advokatning ishtirokini uning sud muhokamasining tayyorlov qismida ishtirok
etishdan boshlanadi. Sud muhokamasinining tayyorlov qismi jinoyat protsessida muhim o‘rin
egallaydi, chunki uning to‘g‘ri tashkil etilishi butun sud jarayonining olib borilishiga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Sud muhokamasi ochilishida himoyachi shaxsan sud tarkibining to‘liqligini, sud
zaliga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning kelgan-kelmaganligini aniqlashi lozim, chunji
bularsiz sud muhokamasini boshlashning imkoni yo‘q. Himoyachi ayniqsa guvohlar va
ekspertlarni kelgan-kelmaganligini shaxsan aniqlashi shart, chunki ularning ko‘rsatuvlari jinoyat
ishi bo‘yicha muhim ahamiyatga ega. Agar tekshirish davomida ulardan birortasi kelmaganligi
aniqlansa, himoyachiishni davom ettirish yoki ularni keltirishga qadar ishni to‘xtatib turish
yuzasidan sudga o‘z fikrini bildiradi.
Himoyachi guvohlarning ko‘rsatuvlari o‘ta muhim ekanligini unutmasligi va shuning
uchun guvohlar sud zalidan chiqarilishi va ko‘rsatuv bergan guvohlar ko‘rsatuv bermagan
guvohlar bilan so‘zlashmasligi to‘g‘risidagi qonun talablarini nazorat qilishi kerak.
Birinchi instansiya sudida advokat tomonidan rad etish haqidagi arz taqdim etish ham
muhim va ushbu arz rad qilish asoslantirilish bo’lishi kerak. Mazkur advokatning harakatlari
orqali sud tegishli xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvisiz va adolatli o‘tkazilishini
ta’minlaydi.
Himoyachi jinoyat protsessiga kirishar ekan, himoyasi ostidagi shaxs bilan muloqotda
bo‘lib, himoya taktikasini tanlagan holda protsess ishtirokchisi sifatida himoya funksiyasini to‘la
va mustaqil amalga oshiradi. To‘g‘ri himoya taktikasini tanlash va qanday yangi dalillar
zarurligini aniqlash uchun ish qat’iylik va izchillik bilan o‘rganilishi kerak. Ishni o‘rganishda
tahliliy baholash quyidagi holatlarga yo‘naltiriladi:
1.
Ishning umumiy tarkibidagi ayblov mohiyatiga ega bo‘lgan har bir faktning
ayblanuvchining shaxsi va taxminiy himoya taktikasi bilan munosabatdagi ahamiyatini aniqlash.
2.
Ikkinchi darajali faktlardan asosiylarini ajratish.
3.
Faktlarni kamroq yoki ko‘proq aniqlaganlarga, shubhalilarga ajratish, shuningdek, har
bit fakt manbayining ishonchliligi va to‘g‘riligini tanqidiy tekshirish.
Himoyachi iloji boricha ish materiallari bilan ayblanuvchi ishtirokida tanishishga harakat
qilishi zarur. Ayniqsa voyaga yetmagan yoki biron jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bor
ayblanuvchilarning ishi bo‘yicha bu holat juda muhim ahamiyatga ega. Tanishish uchun barcha
ish materiallari to‘laligicha ayblanuvchi va himoyachiga taqdim etilishi zarur.
Qonun buni kafolatlash maqsadida ish materiallari tikilgan va nomerlangan holda taqdim
etilishi zarurligini belgilagan.
Jinoyat protsessining eng muhim va asosiy bosqichi – sud muhokamasi bosqichi
hisoblanadi.
1521
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Ushbu bosqichda jinoyat ishi yuzasidan to‘plangan barcha dalillar oshkora, og‘zaki va
bevosita tekshiriladi hamda uzil-kesil baholanadi
[12].
.
Taraflar muzokarasi - sud muhokamasi bosqichining mustaqil qismi bo‘lib, unda taraflar
o‘zlarining nutqlari, replikalari orqali sud tergovidagi tekshiruv va tadqiqot predmeti bo‘lgan
barcha dalillarni baholaydilar, tekshiruvlar, undan tashqari sodir qilingan qilmishning ijtimoiy-
siyosiy va huquqiy jihatlarini e’tirof etishadi, sudlanuvchi shaxsni tavsiflash, e’lon qilingan
ayblovga o‘z fikrini bildirish, u yoki bu jazoni qo‘llash, jazodan ozod qilish yoki butunlay oqlash
to‘g‘risida fikrlar bildirishadi
[13].
. Taraflar muzokaralard faqat jinoyat ishida mavjud bo‘lgan
va sud muhokamasida tekshirilgan, o‘rganilgan dalillarga asoslanishlari, ularga baho berishlari
hamda sudning hukmda qaysi dalillarga asoslanishi lozimligi haqida fikr bildirishlari lozim.
Muzokaralar tugaganidan keyin taraflar o‘z mulohaza va e’tirozlari bilan so‘zga chiqish
huquqiga egadirlar. Biroq so‘nggi so‘z bilan chiqish huquqi hamisha sudlanuvchi va uning
himoyachisiga tegishli bo‘ladi. Taraflar muzokaralaridagi eng muhim jihat - davlat ayblovchisi
va himoyachining chiqishlaridir. Chunki protsessda qarama-qarshi manfaatni ifoda etuvchi va
turli xil funksiyalarni amalga oshiruvchi bu ikki subyekt protsessdagi asosiy masala yuzasidan
tortishuv olib boradilar. Aynan ushbu ikkala taraf - davlat ayblovchisi va himoyachi taraflar
muzokarasi jarayonida sudda ichki ishonchning shakllanishiga ko‘proq ta’sir eitsh imkoniga ega
hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har qanday islohotlarning,
xususan himoyalanish huquqini taʼminlash institutini yanada isloh etish yuzasidan olib
borilayotgan islohotlarning markaziy bo‘g‘inini inson, uning huquq va manfaatlari tashkil
etayotganlini taʼkidlash o‘rinlidir.
Zero, islohot – islohot uchun emas, islohot, avvalo, inson, uning manfaatlari uchun
xizmat qilmog‘i lozim.
Advokatning kasbiy burchi unga ish bo‘yicha barcha dalillarni obyektiv, har tomonlama
va sidqidildan tahlil qilish va baho berish, faktlarni ataylab buzib ko‘rsatmaslik, sud va tergovni
chalg‘itishga urinmaslik, tekshirilayotgan hodisalarga qonuniylik va axloq pozitsiyasidan turib
baho berish majburiyatini yuklaydi.
Himoyachi haqiqiy, o‘ziga ma’lum bo‘lgan dalillardan foydalanishi yoki unga ma’lum
bo‘lgan faktlarga zid keluvchi ishdagi maʼlumotlarni qo‘llashi mumkin emas.
Sudning birinchi instansiyasida advokatning o‘z himoyasi ostidagi shaxsning ishonchli
darajada himoya qila olishi, o‘z vazifasini sidqidildan bajarish, o‘zining oratorlik qobiliyati
asosida maqbul himoya nutqini namoyish etishi sud qarorinig adolatli ravishda himoyasi ostidagi
shaxs foydasiga hal etish yo‘lida eng muhim jihatlar hisoblanadi.
1522
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
REFERENCES
1.
Н.С. Чувашовой «Функция адвоката-защитника в апелляционной и кассационной
судебных инстанциях» (2003 г.) 22.
2.
Бойков А.Д. «Защита прав потерпевшего в уголовном процессе». М., 1993. С. 44
3.
Баев М.О. Баев О.Я. Участие защитника в производстве следственных действий
(тактический аспект) / Баев М.О. Баев О.Я. // Уголовно-правовые проблемы борьбы
с преступностью: сб. науч. тр. -Калининград: Изд-во Калининград, гос. ун-та., 1995.
С. 58 - 72.
4.
В.И. Новосельцев, В.М. Мельников Новосельцев В.И. Конфликтология: учеб.
пособие /. Воронеж: Рос. академия правосудия, 2004.-290с.
5.
Базарова Д.Б. Адвокат как участник в досудебных стадиях уголовного процесса.
Дисс. … канд. юрид. наук. –Т., ТГЮИ. 2011. -С. 20.
6.
Тўлаганова Г.З. Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси ва тортишув принципи.
Ўқув қўлланма. – Т. ТДЮИ, 2009., -Б. 6-7, 60, 78.
7.
Inog‘omjonova Z.F., To‘laganova G. Z. Jinoyat protsessi ishtirokchilari. O‘quv
qo‘llanma. -T.: TDYUU. 2006.-B. 45. (Inogomjonova Z.F., Tulaganova G. Z.
Participants in criminal proceedings. Study guide. -T .: TDYuU. 2006.-r. 45.)
8.
https://lex.uz/docs/5841063
9.
Воробьев А.В., Поляков А.А., Тихонравов Ю.В. Теория адвокатнра - М.: Гранть,
2002 -С. 176-177.
10.
Mirziyoyev Sh.M. Konstitutsiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi – inson qadri, xalq
manfaatini amalda taʼminlashdir. // Xalq soʻzi, 2022-yil 21-iyun.
11.
Мельников В.Ю. Характеристика механизма обеспечения, реализации и защиты
прав личности // https://sworld.com.ua/konfer27/91.pdf (Melnikov V.Yu. Characteristics
of the mechanism for ensuring, implementation and protection of individual rights//
https://sworld.com.ua/konfer27/91.pdf)
12.
To‘laganova G.Z., Kamalova.D.G., Tadjibayeva A.Y. Jinoyat ishlarida advokatning
ishtiroki. O‘quv qo‘llanma. -T.:2021. 66-6.
13.
To‘lagamova G.Z. Jinoyat protsessida himoyachining ishtiroki o‘quv qo‘llanma// - T.:
TDYU, 2005. 100-6.
