1564
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM – JAMIYAT BARQARORLIGIGA
TAHDID
Dilmurodov Diyorbek Bobomurodovich
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universtiteti xalqaro huquq fakulteti 1-bosquch talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15102609
Annotatsiya.
Mazkur maqolada bugungi kunda ekstremizm va terrorizmning jamiyat
barqarorligiga ta’siri hamda ekstremistik va terrorchilik faoliyatlariga qarshi kurashishda
O‘zbekistonning tutgan o‘rni hamda Oʻzbekistonda 2021-2026-yillarga moʻljallangan
ekstremizm
va
terrorizmga
qarshi
kurashish
boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi
Milliy strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, bu
boradagi salbiy oqibatlarni oldini olish bilan bog‘liq takliflar keltirilgan.
Kalit
so‘zlar:
aqidaparastlik, ekstremizm,
terrorizm, vijdon erkinligi, preventiv,
konvensiya, Milliy strategiya.
RELIGIOUS EXTREMISM AND TERRORISM – A THREAT TO SOCIAL STABILITY
Abstract.
In this article, today's impact of extremism and terrorism on the stability of
society and the role of Uzbekistan in combating extremist and terrorist activities and in
Uzbekistan The main priorities of the National Strategy of the Republic of Uzbekistan to fight
against extremism and terrorism for 2021-2026 are discussed. There are also suggestions for
preventing negative consequences in this regard.
Key words:
fanaticism, extremism, terrorism, freedom of conscience, prevention,
convention, National strategy.
РЕЛИГИОЗНЫЙ ЭКСТРЕМИЗМ И ТЕРРОРИЗМ – СТАБИЛЬНОСТЬ ОБЩЕСТВА
УГРОЗА
Аннотация.
В данной статье рассматривается сегодняшнее влияние
экстремизма и терроризма на стабильность общества и роль Узбекистана в борьбе с
экстремистской и террористической деятельностью и в Узбекистане.
Обсуждаются основные приоритеты Национальной стратегии Республики
Узбекистан по борьбе с экстремизмом и терроризмом на 2021-2026 годы. Есть также
предложения по предотвращению негативных последствий в этой связи.
Ключевые слова:
фанатизм, экстремизм, терроризм, свобода совести,
профилактика, конвенция, Национальная стратегия.
Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga
munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay
olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi.
1565
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan
1
.
Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining
o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi
bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini
anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.
Afsuski, kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti
g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga
bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining
ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol
namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko‘plab xalqlarning
boshiga fojiali kunlarni solmoqda.
So‘nggi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq mamlakatlarida
turli noqonuniy qurolli tuzilmalar tomonidan islomiy davlat qurish shiori ostida insoniyatga
qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda. Oqibatda, Iroq, Suriya, Liviya kabi aslida ulkan iqtisodiy
salohiyatga ega mamlakatlar chuqur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tanazzulni boshidan
kechirmoqda.
Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar
Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir
o‘tkazishga harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-
siyosiy guruhlar, shuningdek, “Xizbut tahrir” diniy-ekstremistik guruhi respublikamizda faol
harakat qilishga urinmoqdalar.
So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi
mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari,
yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-
ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda
amalga oshirmoqda.
Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli
ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib
bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod,
shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga
jalb qilinmoqda. Muayyan siyosiy kuchlarning nog‘orasiga o‘ynayotgan diniy-ekstremistik va
terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni o‘tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan,
1
Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.
1566
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi
zombi jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda
foydalanish maqsadi bugun ko‘pchilikka ayon haqiqatdir.
Ekstremizm va terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan, eng xavfli
ijtimoiy illatlardan biridir. Diniy rangbaranglikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyotining
muhim tarixiy omili boʻlgan fuqarolararo hamjihatlikka rahna solishiga, aqidaparastlar
nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar yetkazishi, balki
jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim oʻtkazib, eng mudhish oqibatlarga olib
kelishiga hamda dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy
barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olishda
barchamizning oldimizda turgan hayotiy muhim masalalardan biridir.
Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va meʼyorlarga zid qarashlarni ilgari surish,
keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Ekstremizm va terrorizm dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarda shaxs, jamiyat va
davlatning hayotiy muhim manfaatlariga tahdid solmoqda. Albatta, bu jarayonlar
barchamizni ogohlikka chaqiradi. Boisi, tinchlik boʻlmagan joyda taraqqiyotga yoʻl yoʻq.
Yurtimizda
turli
sohalarda
erishilayotgan
barcha
ulkan
yutuqlarimizning
zamirida jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning ahamiyati kattadir.
Ekstremistik va terroristik tuzilmalarning asosiy maqsadi aslida jamiyatni qoʻrquv va
vahimada tutib turish va shu yoʻl bilan omma ongida noilojlik, ertangi kunga ishonchsizlik
tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan. Bu esa oʻz navbatida ijtimoiy hayotning turli
jabhalarida
barqarorlikka
erishishni
soʻndirish
va jamiyat taraqqiyotini jiddiy
shikastlanishiga olib keladi. Eʼtiborlisi shundaki, ekstremistik va terroristik ruhdagi
tuzilmalarning hech biri biror bir shaklda oʻzlari jar solayotgan, oʻzlari “intilayotgan”
jamiyat qurilishi modelini taklif etolmaydi. Yana tan olish kerakki, ommaviy axborot
vositalarining rivoji va axborot omili taʼsirining kuchayishi ham bugungi kunda ekstremizm va
terrorizmning hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydigan darajada koʻzga tashlanadigan
ijtimoiy hodisaga aylanishiga olib kelmoqda.
Ekstremizm va terrorizm illatining soʻnggi paytlarda tobora kuchayib borayotgani
mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini koʻrsatadi. Bugungi kunda ekstremizm va
terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga
jiddiy tahdid uygʻotayotgan omilga aylanib ulgurgan. Umumbashariy muammoga aylangan
ekstremizm va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy
manfaatlardan voz kechgan holda harakat qilibgina yenga olishi mumkinligi aksariyat
davlatlar tomonidan tan olingani ayni haqiqatdir.
1567
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu borada: “Ayni vaqtda dunyoning baʼzi
mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, oʻz
navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan
biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz,
aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng
ustuvor vazifaga aylanib bormoqda”
2
deya taʼkidlaganlar.
Aytish joizki, turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar Markaziy Osiyo
davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan faoliyatini davom
ettirmoqda. Shu nuqtai-nazardan, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev jahon
hamjamiyati eʼtiborini Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida
amaliy
hamkorlikni
yanada
mustahkamlash,
terrorizm
va
ekstremizm,
transmilliy
jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi samarali kurashishni BMT preventiv
diplomatiya usullaridan foydalangan holda, shuningdek, MDH, SHHT, YEXHT va boshqa
nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida taʼminlash mumkin
ekaniga, xavfsizlikka tahdidlarni “oʻziniki va oʻzgalarniki” deb ajratishdan voz kechish,
“yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga qaratmoqda.
Bizning xalqimiz terrorizm dahshatini oʻz boshidan bir necha bor kechirgan, bu
buzgʻunchilik harakatining aziyatlarini juda yaxshi tushunadi. Jumladan, Toshkentda roʻy
bergan
fevral
voqealari,
Surxondaryo
viloyatining
Sariosiyo,
Uzun
tumanlaridagi
xunrezliklar, poytaxtimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalarida terrorchilik akti sodir etishga
boʻlgan urinishlar, Andijon voqealari va boshqa terroristik harakatlarning bari ana shu
yovuz kuchga birikkan jangarilarning konstitutsiyaviy tuzumga qarshi xurujlari edi.
Yurtimizda ushbu illatlarga qarshi kurashish, uning sabablarini oldini olish boʻyicha
jahon
hamjamiyatiga namuna boʻla oladigan darajada oʻziga xos tajriba shakllangan.
Respublikamizda Prezidentimiz boshchiligida hukumatimiz tomonidan ekstremizm
va
terrorizmga qarshi kurash borasida jahon hamjamiyati uchun namuna boʻlishi mumkin
boʻlgan samarali ishlar qatorida quyidagilarni qayd etish mumkin:
-toʻgʻri yoʻldan adashganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni sogʻlom hayotga
qaytarish maqsadida mazkur shaxslar bilan keng jamoatchilikni jalb etgan holda
tushuntirish-profilaktika ishlarini tizimli tashkil qilish, ularni maxsus roʻyxatdan chiqarish
boʻyicha mexanizm yaratildi. Mazkur mexanizmning samarasi sifatida aqidaparastlik
gʻoyalari taʼsiriga tushgan 16 mingdan ziyod fuqarolarning ichki ishlar organlarining
maxsus hisobidan chiqarilishi jamiyatda katta ijobiy rezonans berdi;
2
O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22.12.2017-y.
1568
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
-yoshlarni ilm-maʼrifatga oʻrgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati,
islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish, maʼrifiy islom taʼlimoti, buyuk
ajdodlarimizning ulkan maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, jamiyatda diniy va milliy
bagʻrikenglik va hamkorlikni mustahkam qaror toptirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlarda
aqidaparast gʻoyalarga nisbatan mustahkam maʼnaviy himoya qobigʻi shakllantirish
maqsadida Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati
yoʻlga qoʻyildi. Samarqandda hadis va kalom ilmi maktabi, Buxoroda tasavvuf maktabi,
Qashqadaryoda aqida maktabi, Fargʻonada islom huquqi (fiqhi) ilmiy maktablari ochildi.
Shuningdek, Davlat Rahbari darajasida respublikada mavjud diniy konfessiya
rahbarlari bilan muloqotlar uyushtirilib, barcha din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib
berilmoqda;
-har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining diniy ekstremizmga
qarshi kurash, millatlararo
va konfessiyalararo hamkorlikni yanada
kuchaytirishga
yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Ushbu dastur doirasida davlat va
jamoat tashkilotlari, mahalla yigʻinlarida, aholining turli qatlamlari orasida ekstremizm va
terrorizm bilan bogʻliq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan seminar, uchrashuv va davra
suhbatlari oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan;
-aqidaparastlik gʻoyalari tarqalishini oldini olish uchun OAV va boshqa axborot
yetkazish vositalaridan samarali foydalanishga urgʻu berilmoqda. Xususan, “Diniy
ekstremizm – kelajakka tahdid”, “Ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot kushandasi”, “Ogoh
boʻling “Sekta”, “Din niqobi ostidagi axborot xurujlari” nomli bukletlar tayyorlanib,
mahallalarga, turli vazirlik, tashkilot va idoralar orqali aholiga yetkazilmoqda;
-xorijdagi
mehnat
migrantlari,
talabalar
va
vaqtincha
istiqomat
qilayotgan
vatandoshlarimizni ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish yuzasidan
zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizning taniqli ulamolari Rossiya
Federatsiyasining
Moskva,
Sankt-Peterburg,
Yekaterinburg,
Novosibirsk
va
Qozon
shaharlari, Chuvash Respublikasi, Sibir oʻlkasi, Sverdlovsk va Omsk viloyatlariga
Ukrainaning Kiyev shahriga xizmat safariga yuborilib, mazkur tashriflar davomida
oʻtkazilgan diniy-maʼrifiy uchrashuvlarda maʼrifiy islom taʼlimoti hamda hozirda
buzgʻunchi oqimlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinayotgan “hijrat”, “jihod”, “shahidlik”
kabi tushunchalarning asl mohiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda.
Dunyoda ekstremizm va terrorizm tahdidlari, ayniqsa, soʻnggi yillarda kuchayib
borayotgani ularga qarshi, asosan, kuch ishlatish yoʻli bilan kurashish usuli oʻzini
oqlamayotganidan dalolat beradi.
1569
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Prezidentimizning
BMT
Bosh
Assambleyasi
72-sessiyasidagi nutqida xalqaro
terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik
tashkil etishi, shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu
tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekaniga eʼtibor
qaratildi
3
. Bu borada koʻp hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar
bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda.
Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini
maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Ayni paytda
aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm (xalqaro terrorizm) dunyo ahlining xavfsizligiga
jiddiy tahdid solayotgani koʻpchilikka sir emas. Yovuz niyatli ekstremistik va terrorchi
oqimlarning tarafdorlari xalqimizning tinch-totuv hayotiga raxna solishga,
ayniqsa,
kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarimizni yoʻldan ozdirishga harakat qilmoqdalar. Bu
yovuz niyatlilarning farovon hayotimizni koʻra olmaslik kayfiyati, tuzumimizga qarshi
tajovuzdan iborat urinishlari barcha taraqqiyparvar kishilarni gʻazablantirmoqda.
Ularning
bunday
xatti-harakatlarini
qonun
ham
qattiq
qoralaydi. Jumladan,
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarida ekstremistik, boshqa
taʼqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etganlik uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan. Shunday ekan, qabih va razil toʻdalar har qancha
urinishmasin, bizni oʻz tanlagan yoʻlimizdan chalgʻita olmaydi. Davlatimiz muntazam
ravishda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash va uni oldini olish borasida izchil
siyosatni yuritib kelmoqda. Shu nuqtai-nazardan, Prezidentimizning ikki global ahamiyatga ega,
yaʼni
yoshlarga
oid
siyosatni
shakllantirish
va
amalga
oshirishga
qaratilgan
umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi
xalqaro konvensiya”sini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va
diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi takliflari
barcha mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va qoʻllab-quvvatlandi.
Darhaqiqat, jadal suratda oʻzgarayotgan bu zamonda eskicha yondashuv oʻz
samarisini bermaydi. Yoshlarni oʻzimiz tarbiya qilmasak, ota-bobolarimiz yurgan yoʻldan
yurmasak, ular erishgan yutuqlarga yeta olmaymiz. Respublikamizda soʻngi yillarda
ekstremizm va terrorizmga qarshi maʼrifiy yoʻl bilan kurash olib borishga alohida eʼtibor
qaratilmoqda. Bu yoʻlda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ekstremistik oqimlar
safiga adashib kirib qolgan, qoʻli qonga botmagan va qilgan ishidan chin dildan pushaymon
boʻlganlarga nisabatan kechirimlilik siyosatini olib borish, yosh avlodning turli buzgʻunchi
3
Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi
72-sessiyasida so‘zlagan nutqi. 20.09.2017-y.
1570
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
oqimlar safiga kirib qolishining oldini olish boʻyicha muntazam targʻibot ishlarini olib
borish dolzarb vazifalar etib belgilangan. Oʻz navbatida, mamlakatimizning ekstremizm va
terrorizmga qarshi maʼrifiy yoʻl bilan kurash olib borayotgani koʻplab davlatlar va xalqaro
tashkilotlar hamda mustaqil ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Bu borada
targʻibot-tashviqot ishlari muhim oʻrin tutmoqda. Ommaviy axborot vositalaridagi
chiqishlar,
barcha ta’lim muassasalarda,
mahallalarda, huquqni
muhofaza
qilish
idoralarining
rahbar
xodimlari,
qishloq
va
mahalla
fuqarolar yigʻinlari
raislari,
masjidlarning imomlari, ota-onalar vakillari, oʻqituvchi va oʻquvchilar ishtirokida suhbat va
uchrashuvlar, “Ekstremizm va terrorizm – insoniyat dushmani” mavzuida yigʻilishlar,
ushbu mavzudagi videofilmlar, profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash davlatlarning doimiy eʼtiborini, uning
oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan koʻp qirrali siyosatni amalga oshirishda sabrlilik va
sobitlikni talab etadi. Shakllanib, keng tarmoq otgan ekstremizm va terrorizmga qarshi
kurashmagan davlatlar zaiflashib, oʻz xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror
rivojlanishini xavf ostida qoldiradi. Darhaqiqat, ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan
bogʻliq boʻlgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Shunday ekan,
ekstremizm va terrorizm global miqyosga chiqqan hozirgi sharoitda, davlat unga qarshi
kurashda ichki va tashqi omillarning taʼsirini hisobga olgan holda, muvozanatlashtirilgan
strategiyani ilgari surishi kerak. Ayni paytda ekstremizm va terrorizm bilan bogʻliq taʼqiqlangan
har qanday faoliyat
Markaziy Osiyoda asosiy tahdidlarlan biri boʻlib qolmoqda. Bunda
birinchi galdagi vazifalardan
biri
mintaqa
davlatlari
va
xalqaro
hamjamiyatning
saʼy-harakatlarini birlashtirishni taqozo etmoqda. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonda “2021-
2026-yillarga moʻljallangan
ekstremizm
va
terrorizmga
qarshi
kurashish
boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi”ni (keyingi o‘rinlarda Milliy strategiya) qabul
qilinishi mazkur noqonuniy faoliyatni mamlakatimiz va qoʻshni davlatlarda nafaqat avj
olishini balki,
ushbu
faoliyatga
qarshi
kurashishga
qaratilagan
chora-tadbirlarni
oʻzida mujassamlashtiradi hamda bir qator ustuvor yoʻnalishlar va asosiy vazifalarni
amalga oshirish zarurligini talab etadi.
Quyidagilar
qabul
qilingan
Milliy
strategiyaning
ustuvor
yoʻnalishlari etib
belgilangan:
-vatanlarvarlik, anʼanaviy qadriyatlar va bagʻrikenglik mafkurasini targʻib qilish;
-voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremizm va terrorizm gʻoyalari
tarqalishining oldini olish;
-ayollar huquqlarini himoya qilish hamda ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi
kurashishdagi rolini kuchaytirish;
1571
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
-uzoq muddat xorijda bulgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm gʻoyalari
taʼsiridan himoya qilish;
-Internet jahon axborot tarmogʻidan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarda
foydalanishga qarshi kurashish;
-fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborotvositalarini ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish;
-ekstremistik
va
terrorchilik
harakatlarini
sodir
etganlik
hamda
ularni
moliyalashtirganlik
uchun
huquqiy
taʼqib
va
javobgarlikka
tortish
choralarini
takomillashtirish;
-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ- huquqiy bazani
takomillashtirish;
-ushbu sohadagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish
4
.
Fikrimizcha, Oʻzbekistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda xalqaro
hamkorlikni mustahkamlash hamda ushbu noqonuniy faoliyat taʼsirida yuzaga kelishi
mumkin boʻlgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga
oshirilishi lozimdir:
-ekstremizm va terrorizm tahdidlarini oldini olishning xalqaro-huquqiy asoslarni
takomillashtirish va har qanday taʼqiqlangan faoliyatni amalga oshirganlik uchun
javobgarlikning muqarrarlik tamoyilini keng targʻib qilish;
-ekstremizm va terrorizm tahdidlariga ogoh turish borasida ijobiy natijaga erishgan
davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mazkur sohada hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy
asoslarini kengaytirish;
-chet el davlatlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan ekstremizm va
terrorizmga
qarshi
kurashish
boʻyicha olib borilayotgan profilaktik choralarning
samaradorligini oshirish;
-nafaqat O‘zbekiston balki, butun Markaziy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga
qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi harakatlar doirasida axborot almashinuvi va
hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro tashabbuslarni kengaytirish.
Yuqorida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida ekstremizm va
terrorizmning jamiyat barqarorligiga ta’sir etuvchi tahdidlarni oldini olish boʻyicha
huquqiy, tashkiliy
va mafkuraviy mexanizmlarning samarali tizimini shakllantirishga
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi “2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PF-6552-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y., 06/21/6255/0638-son.
1572
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
hamda jamiyatning turli qatlamlarida ekstremistik va terrorchilik gʻoyalarining tarqalishiga
toʻsqinlik qilishda davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishiga erishish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, mintaqa va umuman dunyodagi vaziyatning
murakkabligiga qaramay, mamlakatimizning yangi islohotlar va rivojlanish davrida Prezident
Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirib kelinayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat
hamda xalqimizning kuchli irodasi, mehnatsevarligi, bag‘rikengligi va ma’rifatparvarligi tufayli
mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik ta’minlanib kelinmoqda.
Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning
mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda
yashayotgan turli millat va din vakillarining eng asosiy vazifalaridan bo‘lmog‘i lozim.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 5 iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi O‘RQ-699-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-
y., 03/21/699/0635-son;
3.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi “Terrorizmga qarshi kurash
to‘g‘risida”gi 167-II-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son;
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi “2021 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6552-son Farmoni.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y., 06/21/6255/0638-son;
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi
72-sessiyasida so‘zlagan nutqi. 20.09.2017-y;
6.
O‘zbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. 22.12.2017-y.
Internet saytlari
7.
8.
www.uza.uz
