Authors

  • Mumtozbegim Ne’matjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.75478

Keywords:

o‘lim jazosi yashash huquqi inson huquq va erkinliklari konstitutsiya sud xalqaro hujjat Konstitutsiyaviy huquq.

Abstract

Ushbu maqolada o’lim jazosining o’ziga xos xususiyatlari aytib o’tildi. Ammo ko’p davlatlarda o’lim jazosining joriy qilinishi ko’plab muhokamalarga sabab bo’ldi, ushbu jazoni qo’llashdan maqsadlar va sabablar aytib o’tildi. Ko’p mamlakatlarda esa bu jazo turi inson huquq erkinliklarini buzish deb qaralgan. Milliy huquq tizimida o’lim jazosining ahamiyati haqida so’z boradi va taklif beriladi. Yashash huquqining kafolatlarini ta’minlovchi xalqaro tajribalar, shartnomlar, hujjatlar muhokama qilindi. Odil sudlovda o’lim jazosining bekor qilinishiga doir dalillar, fikrlar keltirildi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1040

O‘ZNEKISTON RESPUBLIKASIDA O‘LIM JAZOSINI BEKOR QILISH INSON

HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATIDIR: MILLIY VA XORIJIY

DAVLATLAR

Ne’matjonova Mumtozbegim Baxromjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi

+998-94 152-05-26.

mumtoz441@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15115780

Annotatsiya

. Ushbu maqolada o’lim jazosining o’ziga xos xususiyatlari aytib o’tildi.

Ammo ko’p davlatlarda o’lim jazosining joriy qilinishi ko’plab muhokamalarga sabab

bo’ldi, ushbu jazoni qo’llashdan maqsadlar va sabablar aytib o’tildi. Ko’p mamlakatlarda esa bu

jazo turi inson huquq erkinliklarini buzish deb qaralgan. Milliy huquq tizimida o’lim jazosining

ahamiyati haqida so’z boradi va taklif beriladi. Yashash huquqining kafolatlarini ta’minlovchi

xalqaro tajribalar, shartnomlar, hujjatlar muhokama qilindi. Odil sudlovda o’lim jazosining bekor

qilinishiga doir dalillar, fikrlar keltirildi.

Kalit so‘zlar

: o‘lim jazosi, yashash huquqi, inson huquq va erkinliklari, konstitutsiya, sud,

xalqaro hujjat, Konstitutsiyaviy huquq.

THE ABOLITION OF THE DEATH PENALTY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

IS A GUARANTEE OF HUMAN RIGHTS AND FREEDOMS: NATIONAL AND

FOREIGN STATES.

Abstract.

This article describes the specific features of the death penalty. However, the

introduction of the death penalty in many countries caused a lot of discussion, the goals and

reasons for the use of this punishment were mentioned. In many countries, this type of punishment

is considered a violation of human rights and freedoms. The importance of the death penalty in

the national legal system is discussed and suggested. International experience, contracts, and

documents guaranteeing the right to life were discussed. Evidence and opinions on the abolition

of the death penalty were presented at the trial.

Key words

: death penalty, right to life, human rights and freedoms, constitution, court,

international document, Constitutional law.

ОТМЕНА СМЕРТНОЙ КАЗНИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН – ГАРАНТИЯ

ПРАВ И СВОБОД ЧЕЛОВЕКА: НАЦИОНАЛЬНЫХ И ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1041

Аннотация.

В данной статье рассмотрены особенности применения смертной

казни. Однако введение смертной казни во многих странах вызвало много дискуссий,

упоминались цели и причины применения этого наказания. Во многих странах этот вид

наказания считается нарушением прав и свобод человека. Обсуждается и предлагается

значение смертной казни в национальной правовой системе. Обсуждался международный

опыт, контракты и документы, гарантирующие право на жизнь. На суде были

представлены доказательства и мнения об отмене смертной казни.

Ключевые слова

: смертная казнь, право на жизнь, права и свободы человека,

конституция, суд, международный документ, конституционный закон.

Kirish.

Oʻlim jazosi

— sud tomonidan

qotillik

deb ataladigan amaldagi jazo sifatida shaxsni

qasddan oʻldirish boʻyicha davlat tomonidan qo'llanilinadigan jinoiy jazo chorasi hisoblanadi.

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik va huquqiy davlatning asosiy belgilari

hisoblanadi. Ushbu huquqlar esa bosh qomusimizda ham belgilab o’tilgan. Fuqarolarning eng

muhim konstitutsiyaviy huquqlardan biri bu yashash huquqidir. Bu erkinlik bevosita amalga

oshiriladi, shu bilan birga bir qatorda cheklash mumkin emas. Konstitutsiyamizning 25-moddasida

ham aytib o‘tilganidek: Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan

muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. O‘zbekiston Respublikasida

o‘lim jazosi taqiqlanadi. Xo’sh, bu davrgacha nechta bosqichlarini bosib o‘tdi.

Tarixdan ma‘lumki, qadimgi misrda ham shunday jazo turlari amalda bo‘lganki, kishini

hayratga solidi. Davlat sirini oshkor qilgani uchun shaxsni tili kesib tashlangan, soxta hujjatlar,

buyumlar tayyorganlagan insonlar ham qattiq jazolangan.

Bundan tashqari, odam oldirish o‘lim jazosi bilan jazolangan. Chunki, bir insonni jonini

olgandan keyin unga ham o‘lim jazosi muvofiq deb hisoblashgan..

Bir necha davlatlarda quyidagi harakatlar uchun o‘lim jazosi bilan bog‘liq bo‘lishi

mumkin: jins bilan bog‘liq jinoyatlar, davlatga qarshi aharaktlar terrorizm, davllat sirini oshkor

qilish, davlatga xoinlik qilish yoki insonga qarshi qaratilgan jinoyatlar ya’ni genotsid, urushni

targ’ib qilish va boshqalar. Bundan tashqari, ayrim hollarda, giyohvand moddalar savdosi va

giyohvand moddalarni saqlashdan tashqari uni iste’mol qilinishi, yoki takroran jinoyat sodir etish,

odam savdosi, odam oʻgʻirlash kabi jinoyatlar ham jiddiy jinoyat hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1042

Tadqiqot materiallari va tahlili.

Shunday boʻlsada oʻlim jazosi ayrim rivojlangan mamlakatlarda saqlanib qolgan,

ayrimlarida esa yoʻq. Statistikalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, oʻlim jazosi hozirda

58

mamlakatda

bekor qilingan, 31 davlat qonunida koʻzda tutilgan boʻlsada, keyingi 15 yil

davomida ularning aksariyatida hech kim bu jazoga hukm qilinmagan. Oʻlim jazosi

77

mamlakatda,

shu jumladan, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va AQShning

38

shtatida

qoʻllanmoqda. Pokiston, Kongo, Nigeriya va Yamanda voyaga yetmaganlar ham Oʻlim

jazosiga hukm etilishi mumkin. So‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra quyidagi davlatlarda o‘lim jazosi

eng ko‘p qo‘llanilgan: birinchi o‘rin Xitoy davlatiga, keyingi o‘rinlar esa Eron, Saudiya

Arabistonda, Pokiston, AQSH davlatlariga tegishli. Oʻlim jazosining bekor qilinishining ham

yaxshi ham yomon tomonlari mavjud. O‘lim jazosi Angliyada 1969 yildan, Fransiyada 1981

yildan, G‘arbiy Germaniyada 1949 yildan, GDRda 1987 yildan, Ispaniyada 1975 yildan,

Rossiyada 1996 yildan buyon qo‘llanilmaydi. Portugaliya 1867 yilda, Yevropada birinchi bo‘lib

o‘lim jazosini bekor qilgan. Belarus davlat bu jazo turini qo‘llab kelayotgan ohirgi davlat

hisoblanadi.

Oʻlim jazosi bekor boʻlishining yaxshi tomonlari:

Birnchidan

noqonuniy hukm qilish xavfi kamayadi ya’ni o'lim jazosini tayinlashdagi

xatoni shaxs allaqachon qatl qilinganidan keyin tuzatib bo'lmaydi hamda ushbu jazoning bekor

qilinishi adolatsizlikdan saqlaydi. Bunga misol sifatida ushbu hodisani keltirishimiz mumkin:

1993-yil avgust oyida qatl etilgan Aqshning Texas shtatida yashovchi 26 yoshli Ruben Kantning

hikoyasi ham Amerikani hayratda qoldirdi. U qurolli talonchilik va qotillikda ayblangan va oʻlim

jazosiga mahkum etilgan Faqat 2005 yildagina shubhali faktlar asosida begunoh odam qatl etilgani

ma'lum bo'lgan va bunga misol sifatida boshqa bir qancha holatlar mavjud.

Ikkinchidan

oʻlim jazosining bekor qilinishi gumanizm hamda demokratizm gʻoyalarini

keng rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. oʻlim jazosi yoʻq mamlakatlarda inson hayoti va qadr-

qimmatiga hurmat aks ettiriladi, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat muhimligi ta’kidlanadi.

Uchinchidan

mahkumga oʻz qilgan qilmishini oqibatlarini koʻrsatish hamda qonunlarga

rioya etish ruhida tarbiyalash uchun oʻlim jazosidanda samaraliroq jazo turlari mavjud masalan,

uzoq muddatli va umrbod ozodlikdan mahrum qilish. Fikrimcha, jazoning maqsadi ham

jinoyatchini tarbiyalash, axloqan tuzatish boʻladigan boʻlsa jinoyatchi oʻlim jazosiga mahkum

etilishidan qanday mantiq mavjud? Aybdor o‘zining jazosini o‘tab chiqqandan keyin ham

jamiyatga qo‘shilishi lozim. Bu esa bir qancha vaqt o‘tgandan keyin ro‘y berishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1043

Oʻlim jazosini bekor qilinmasligining sabablariga toʻxtaladigan boʻlsak

:

Birinchidan

, bu koʻplab jinoyatlarning potensial oʻsib borishiga to’sqinlik qilishi mumkin.

O'lim jazosi jamiyatni xavfli jinoyatchilardan himoya qilishga yordam beradi beradi.

Ayrim insonlar qattiq jazo choralarini qoʻllab, jinoyat uchun qat’iy va ogʻir javkbgarlik

tizimi joriy etilganida odamlar oʻzlarida qonun kuchini sinab koʻrishga jur’at eta olishmaydi deb

hisoblashadi

Ikkinchidan

, Jabrlanganlarning qarindoshlari o‘z yaqinining hayotiga zomin bo‘lgan

jinoyatchiga oʻlim jazosi berilmasa oʻziga nisbatan adolatsizlik va jinoyatchiga nisbatan esa

yetarlicha jazolanmaganlik hissini his qilishlari mumkin.

Uchinchidan

, ushbu masalaning moliyaviy tendensiyasi ham mavjud chunki jinoyatchini

qamoqda saqlab turush, uni oziq-ovqat kiyim-kechak bilan ta’minlash bevosita iqtisod bilan

bogʻliq. Hukumatga umrbod qamoqqa olinganlarni oʻlim jazosiga mahkum qilishdan ko'ra uy-

joyga joylashtirish qimmatroqqa tushishi mumkin.

Garchi shunday boʻlsa ham oʻlim jazosining saqlanib qolishi insonparvarlik va gumanizm

prinsiplaridmga zid. Ushbu masalaning diniy omillari ham bor sababi Alloh bergan jonni faqat

Alloh olishi mumkin hamda o‘lim jazosini qo‘llash jinoyatchilikka qarshi kurashishda

malakali yoki samarali yechim hisoblanmaydi.

Yana bir jihati, ko‘plab davlatlarda o‘lim jazosi belgilangan. Ammo jinoyatchilik kamayib

qolgani yo‘q. Aksincha, ko‘paygan holatlar ham bo‘ladi. Maisol uchun, ayrim davlatlar

korrusiyaga qat'iy kurashgan holda, bu jinoyatni assodir etga shaxsga nisbatan o'lim jazosini ustun

ko‘rishadi. Eng muhim masala jazoning qattiqligi emas, Jinoyat kodeksida prinsip sifatida e’tirof

etilgan jazoning muqarrarligidir. Shuningdek huquqshunos Farhod Primovning fikricha

“Jinoyatchilikning oqibati emas, balki sabablariga qarshi kurash olib borish - insonparvar prinsip

hisoblanadi. Negaki, shaxsning jinoyat sodir etishini kutib o‘tirib, holat yuz bergandan keyin

javobgarlikka tortish adolatdan bo‘lmaydi. Biz shaxsni jinoyat sodir etish yo‘liga qadam qo‘ygan

paytidayoq qaytarishimiz kerak. Ana shunda bizda jinoyatchilar paydo bo‘lmaydi” degan.

Fikrimcha ham shunday sababi oʻlim jazosining saqlanib qolishi rivojlangan mamlakat

hisoblangan AQSh hamda boshqa davlatlarda ham jinoyat sodir etilish darajasini pasaytirgani

yoʻq.

Qadimgi Yunoniston

:

Protagor

(uning fikri

Platon

tomonidan bildirilgan) qasos

tamoyilini tanqid qiladi, chunki zarar yetkazilganidan keyin uni hech qanday harakat bilan bekor

qilib boʻlmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1044

Shunday qilib, agar oʻlim jazosi jamiyat tomonidan qoʻllanilishi kerak boʻlsa, u faqat

ikkinchi jinoyatni oldini olish yoki undan voz kechish uchundir

[4]

. Shuning uchun Protagor

biladigan yagona huquq bu inson huquqidir, u suveren jamoa tomonidan oʻrnatilgan va

tasdiqlangan, oʻzini ijobiy yoki davlatning amaldagi qonuni bilan belgilaydi. Aslida, u oʻz

kafolatini oʻlim jazosida topadi. Hurmat qilmaydiganlarning hammasiga tahdid soladi“

[5][6]

Platon

, oʻz navbatida, oʻlim jazosini poklanish vositasi sifatida koʻrdi, chunki jinoyatlar

„ifloslanish“dir. Shunday qilib, qonunlarda u tasodifan odamning oʻlimiga sabab boʻlgan hayvonni

yoki obyektni yoʻq qilishni zarur deb hisoblaydi. Shunday qilib, qotillik ruhning kasalligi boʻlib,

uni iloji boricha qayta tarbiyalash kerak va agar reabilitatsiya imkoni boʻlmasa, oxirgi chora

sifatida oʻlimga hukm qilish kerak

[7]

.

Aristotelning

fikricha, iroda erkinligi insonga tegishli boʻlsa, fuqaro oʻz harakatlari uchun

javobgardir. Agar jinoyat sodir etilgan boʻlsa, sudya uning oʻrnini qoplash orqali jinoyatni bekor

qilishga imkon beradigan jazoni belgilashi kerak

[8]

.

Bu falsafa bir tomondan jamiyatni himoya qilishga, ikkinchi tomondan sodir etilgan jinoyat

oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. U XVII asrgacha, yaʼni oʻlim jazosini bekor qilish haqidagi

ilk mulohazalar paydo boʻlgan vaqtgacha Gʻarb jinoiy qonunchiligini ilhomlantirib kelgan

[9]

.

Xitoy: Xitoy Xalq Respublikasida hozirgi kunga qadar o‘lim jazosi qo‘llanilinib kelsada,

Tan sulolasidan bo‘lmish Syuan Szyan amalga oshirgan

O‘zbekiston milliy huquq tizimi: Oʻlim jazosini jazolash tizimidan butkul chiqarib tashlash

choralari koʻrilmoqda. Mustaqillikka erishganimizdan keyin yurtimizda o‘lim jazosi qo‘llanishi

mumkin bo‘lgan jazolar ro‘yxati 33 tadan 2 tagacha qisqartilidi. Ayni paytda Oʻzbekiston

qonunchiligida faqat terrorchilik va ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirganlik

uchungina Oʻlim jazosi berilishi koʻzda tutilgan, xotin-qizlarga, voyaga yetmaganlar va 60

yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan Oʻlim jazosi qoʻllanilishi man etilgan. „Oʻzbekiston

Respublikasida oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

farmoni (2005-yil 1 avgust)ga koʻra,

2008-yilning

1-yanvaridan Oʻlim jazosi oʻrniga umrbod yoki

uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy qilinishi nazarda tutilgan. Ushbu farmon

orqali insonning yashash huquqi kafolatlanadi va himoya qilinadi. Zero, yasash huquqi har bir

inson eng muhim huquqidir.

Xulosa:

Ushbu maqoladan xulosaga keladigan bo’lsak, o‘lim jazoning qo‘llanishi har

doim ham to‘g‘ri yo‘l bo‘lavermaydi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining

7-moddasida keltirlgan insonparvarlik prinsipiga ham zid hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1045

Yashash huquqi har bir insonning tabiiy huquqi va tug‘ilganidan boshlab beriladigan

huquqi hisoblanib, bularning cheklanishi demokratik tamoyillarini buzilishiga olib kelishi

mumkin. Shunday bo’lsada, ayrim huquqshunoslar, quyidagi jinoyat turlariga o‘lim jazosi

qo‘llanishi kerak deb hisoblaydilar. Misol uchun: 97, 118, 155-moddalar. Bu moddalar o‘z

tarkibiga qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish, terrorizmlarni qamrab oladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi https://lex.uz/uz/docs/-6445145

2.

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

3.

Jean-Marie Carbasse 2002, s. 15

4.

Neschke, Ada Babette; Follon, Jacques

. Platonisme politique et théorie du droit naturel: Le

platonisme politique dans l'antiquité

, 1995. ISBN 9789068317688.

5.

Neschke, Ada Babette; Follon, Jacques

. Platonisme politique et théorie du droit naturel: Le

platonisme politique dans l'antiquité

, 1995. ISBN 9789068317688.

6.

„La peine de mort“. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-

aprel.

7.

„Jean-Marie Carbasse“. 2023-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-

aprel.

8.

„1700 BC – 1799“.

References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi https://lex.uz/uz/docs/-6445145

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

Jean-Marie Carbasse 2002, s. 15

Neschke, Ada Babette; Follon, Jacques. Platonisme politique et théorie du droit naturel: Le platonisme politique dans l'antiquité, 1995. ISBN 9789068317688.

Neschke, Ada Babette; Follon, Jacques. Platonisme politique et théorie du droit naturel: Le platonisme politique dans l'antiquité, 1995. ISBN 9789068317688.

„La peine de mort“. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.

„Jean-Marie Carbasse“. 2023-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.

„1700 BC – 1799“.