Mart, 2025-Yil
662
TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELINI DIVERSIFIKATSIYALASH
DARAJASINI OSHIRISH
Sultanov Erkin Toshmurodovich
O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Biznesni boshqarish (Master of Business
Administration-MBA) «Banking» mutaxassisligi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15121001
Annotatsiya.
Ushbu tezisda tijorat banklarining kredit portfelini diversifikatsiyalashning
ahamiyati va usullari muhokama qilinadi. Kredit portfelini diversifikatsiyalash, banklar uchun
risklarni kamaytirish va daromad olishning barqarorligini ta'minlash maqsadida muhim
ahamiyatga ega. Tezisda kredit turlari, mijozlar bazasi, geografik joylashuv va kredit siyosatini
diversifikatsiya qilish orqali risklarni boshqarish va bankning moliyaviy barqarorligini oshirish
usullari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali kredit
portfelini boshqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari ham taqdim etilgan.
Kalit so’zlar:
Kredit portfeli, diversifikatsiya, tijorat banki, risk boshqaruvi, geografik
diversifikatsiya, mijozlar bazasi, kredit turlari, kredit siyosati, axborot texnologiyalari,
barqarorlik.
Tijorat bankarining kredit portfelining birinchi navbatda tarmoq xususiyatiga ko’ra
diversifikatsiya darajasini oshirish lozim.
Buning uchun har bir tijorat bankida kreditlanayotgan tarmoq korxonalariga nisbatan
kreditlash limitlari joriy etilishi lozim. Kreditlash limitlari kreditlarning asosiy kismini ma’lum
tarmoqda tuplanib qolishiga yo‘l kuymaydi.
Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, bankning boshqaruv organlari har bir kredit arizasi
buyicha qarorlar kabul kilishda ishtirok eta olmaydi, shu sababli kreditlash limitlarini belgilash
banklarning kredit amaliyotida muhim urin tutadi.
Banklar limitlarni aniqlash masalasiga turlicha yondashadilar. Lekin ularning amaliyotda
qullanilayotgan limitlarni umumiy mazmuniga kura ikki guruhga bulish mumkin:
Tarmoq limitlari.
Bitta mijozni kreditlash limitlari.
Banklar uzlarining kredit portfeli sifatini yaxshilash maqsadida mijozlarni kreditlashning
nafaqat individual risklarini, balki risklarning bir qator umumiy kategoriyalarini ham tahlil
qilishlari shart. Shuning uchun ham alohida mijozlarni kreditlash limitlari bilan bir qatorda kredit
riskiga uchrash darajasi bir xil bulgan mijozlar guruhi uchun kreditlash limitlari o’rnatiladi.
Mart, 2025-Yil
663
Bu limitlar bitta tarmoqqa mansub korxonalarga bankni bog‘liq bulib qolmasligini oldini
olish maqsadida o’rnatiladi. Amaliyotdan ma’lumki, ayrim tarmoqqa mansub korxonalarda
rentabellik darajasi ma’lum bir vakt oralig‘ida yuqoriligicha qoladi, ayni vaqtda boshqa tarmoqqa
mansub korxonalarda rentabellik darajasi ancha past buladi. Bank amalietida bunga kuplab
misollar keltirish mumkin.
Masalan, hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligi, aviatsiya sanoati
korxonalarining rentabellik darajasi past. Bunday tarmoq korxonalarida bank kreditlarining yuqori
darajada tuplanishi banklarga sezilarli zarar keltirishi mumkin.
Tarmoq limitlarini belgilashda tahlil qilinayotgan tarmokning joriy holatini, rivojlanish
istiqbollarini, texnologik uzgarishlarning barqarorlik darajasini, tarmokda asosiy xarajat turlarini
uzgarishi kabi holatlarni baholash zarur.
Tarmoq risklarini baholash usullarini ishlab chiqishda banklar ssudalarini berishda yuzaga
keladigan, yukorida ta’kidlangan risklarga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilishlari zarur. Bunday
tahlil natijasida ushbu omillarni ta’sirini hisobga olish uchun tegishli tizim qabul qilinadi. Xalqaro
bank amaliyotida bunday tizim sifatida ballarni hisoblash tizimidan keng foydalaniladi.
Ta’sir qiluvchi omillarning har birini alohida kurib chiqish asosida tarmoq uchun riskning
umumiy reytingi aniqlanadi. Tarmoq riskining limiti berilgan ssuda summasiga nisbatan mutloq
summada eki ma’lum foizda belgilab quyilishi lozim. Masalan, bank risk limitini qishloq
xo’jaligiga nisbatan berilgan kreditlarning 10 foiz mikdorida belgilab qo’yilishi mumkin.
Tarmoq riski aniqlangandan sung bank tarmoq limitlari asosida kreditlar berish tug‘risida
qaror kabul qilishi mumkin. Bankni bitta mijozga nisbatan kreditlash limitini aniklashda quyidagi
omillarni hisobga olishi shart deb hisoblaymiz:
Mijoz-korxona rahbarining reputatsiyasi;
Mijozning aktivlari va passivlari tarkibi;
Mijozning moliyaviy barqarorligi;
Mijoz-korxonaning rivojlanish istiqbollari;
Bankning mijoz bilan uzaro munosabatlari;
Milliy iktisodietning umumiy joriy holati;
Mijoz-korxona mansub tarmoqning umumiy joriy holati.
Markaziy bankning tijorat banklarini kreditlash amaliyotiga nisbatan quyilgan direktiv
talablari kredit riskini minimallashtirishga xizmat kiladi.
Mart, 2025-Yil
664
Shu sababli tijorat banklarida Markaziy bank tomonida urnatilgan mazkur normativlarni
bajarilishi ustidan nazorat urnatish tijorat banklarining kredit riskiga uchrash darajasini
pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida o‘z aksini topgan amaliy takliflar va tavsiyalar respublikamiz tijorat banklarining
kredit siesatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi deb umid qilamiz.
Respublikamizning barcha banklarida kreditlash shakllaridan to’laqonli tarzda
foydalanishni yo‘lga quyish lozim.
Kreditlashning har bir shakli o’ziga xos afzalliklarga ega bulib, mijozlar uchun bank
kreditlarining jozibadorligini oshiruvchi omil hisoblanadi. Masalan, overdraft kreditlari
mijozlarning shunday toifasiga muljallanganki, ular ishlab chikarish eki mahsulotlarni sotish sikli
juda qiska bulgan korxonalar bulib, fakatgina joriy hisobvarag‘idagi vaktinchalik va kutilmaganda
yuzaga keladigan etishmovchilikni koplash maqsadida bank kreditiga ehtiej sezadilar.
Bunday mijozlar uchun muddatli kreditlar olish maqsadga muvofik emas. Agar bank
mijozlarga overdraft kreditlari berish imkoniga ega bulmasa, u holda mijozlar boshqa banklarning
overdraft kreditlaridan foydalanishga majbur bulishadi. g‘ki kreditlashning forfeyting shaklini
olaylik.
Forfeyting mol etkazib beruvchilarning pul mablag‘iga bulgan ehtiejlarini qondirishning
samarali usullaridan biri hisoblanadi.
Respublikamiz tijorat banklarining yirik kreditlar berish imkonini oshirish lozim.
Bizga ma’lumki, respublikamiz tijorat banklarining yirik kreditlar berish imkoniyati
Markaziy bankning iqtisodiy me’yorlari orqali tartibga solinadi:
Bankning bitta mijozga beradigan ta’minlanmagan kreditining maksimal mikdori birinchi
darajali bank kapitalining 5 foizidan oshmasligi kerak.
Bankning bitta mijozga beradigan ta’minlangan kreditining maksimal mikdori birinchi
darajali bank kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Bankning barcha yirik kreditlari uning regulyativ kapitalidan 8 martadan oshib ketmasligi
kerak.
Demak, bankning yirik kreditlar berish imkoniyati uning kapitaliga va birinchi navbatda,
birinchi darajali kapitalining mikdoriga bog‘liq. Agar bankning kapitali kichik mikdorda bulsa, u
holda bank mijozlarining yirik kreditlarga bulgan ehtiejini kondirolmaydi. Bu esa yirik
mijozlarning boshqa banklarga utib ketishiga sabab bulishi mumkin.
Mart, 2025-Yil
665
Birinchi kayd etilgan me’yorning darajasi qanchalik kichik bulsa, kredit portfelining
diversifikatsiya darajasi shunchalik yuqori buladi. Mazkur me’yor talablarining buzilishi banklar
faoliyatini jiddiy kredit riskiga duchor kiladi.
Respublikamiz tijorat banklari faoliyatiga nisbatan qullanilayotgan bitta mijozga eki
mijozlar guruhiga tug‘ri keladigan riskning maksimal mikdori ta’minlanmagan ssudalar deb
ataladi. Bu me’yor ham birinchi darajali kreditga nisbatan urnatilgan bulib, uning maksimal
darajasi 0,05 qilib belgilangan. Mazkur me’yorning bajarilishi bankning kredit riskidan sezilarli
darajada himoyalanish imkonini beradi.
Chunki mijozlarning pul okimiga tashqi ta’sirlar kuchli tarzda ta’sir etib turgan hozirgi
sharoitda ta’minlanmagan ssudalarni bitta mijozga eki mijozlar guruhiga yirik mikdorda berilishi
bankni jiddiy tarzda kredit riskiga duchor qilishi mumkin.
Mamlakatimiz tijorat banklarining kredit operatsiyalariga nisbatan belgilangan uchinchi
me’yor barcha yirik kreditlar uchun riskning maksimal mikdori deb ataladi. Mazkur normativ
birinchi darajali kapitalga nisbatan belgilangan bulib, uning maksimal mikdori 8,00 qilib
belgilangan, ya’ni bank tomonidan berilgan barcha kreditlar mikdori birinchi darajali bank kapitali
summasidan 8 martadan oshib ketmasligi lozim.
Yirik kredit deganda bitta mijozga beriladigan bank kapitalining 15 foizidan oshadigan
kreditga aytiladi.
Yirik kreditlarga nisbatan urnatilgan mazkur me’yor xalqaro andozalardan kelib chikkan
holda urnatilgan. Masalan, Germaniyada ham yirik kreditlarning umumiy summasi uchun
kapitalga nisbatan 8 martalik limit belgilangan.
Fransiyada bitta mijozga beriladigan kreditlar summasi bank aksionerlik kapitalining 40
foizidan oshmasligi va yirik kreditlarning umumiy summasi bank kapitalidan 8 martadan oshib
ketmasligi lozim.
Biz kredit portfelining iqtisodiy mazmunini urgangan holda tijorat banklari kredit
siesatining mazmun moiiyatini, shuningdek tijorat banklari kredit portfelini boshqarishning
optimal yunalishlarini kurib chikdik.
Xulosa kilib aytadigan bulsak, kredit - bu mamlakat iqtisodietining barkarorligini
ta’minlovchi, banklar daromad manbaining asosini tashkil etuvchi iktisodiy kategoriyadir.
Kreditlash jarayoni tijorat banklarining asosiy faoliyat turini tashkil etib, mamlakat
iktisodiyotida tijorat banklari faol va etakchi sohalardan hisoblanadi.
Mart, 2025-Yil
666
Ular xalk xujaligining barcha soha va tarmoqlariga hamda aholi qulida mavjud bulgan bush
pul mablag‘larini tuplab, ularning moliyaviy resurslariga ehtiejmand bulgan soha va tarmoqlar
urtasida samarali taisimlash vazifasini bajarmokdalar.
Bu jaraen manfaatlar uyg‘unligi asosida olib boriladi, ya’ni birinchidan tijorat banklari
arzon bush pul mablag‘larini tuplab, ularni qimmatga sotadilar; ikkinchidan pulga extiejmand
bulgan korxonalar qushimcha pul mablag‘lari bilan moliyalashtirilib, ular faoliyatining
uzluksizligi ta’minlanadi va ularning daromadlari ortadi.
Bu esa, uz-uzidan mamlakat iktisodiyotining ravnaki uchun xizmat qiladi. SHuning uchun
ham hukumatimiz tomonidan boshqa sohalar singari bank sohasiga ham katta e’tibor
karatilmokda.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalarda kreditlash amaliyoti yuqori urinni egallaydi.
Chunki, bank jami aktivlarining asosiy qismini kredit resurslari tashkil etadi va bu
resurslarni taksimlash orqali tijorat banklari yuqori daromadga ega buladilar. SHunday ekan,
tijorat banklari tomonidan kreditlash jarayonini tug‘ri tashkil etish lozimdir.
Bu esa bevosita ularning kredit siyosatiga bog‘likdir, ya’ni ularning kredit siyosati
kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi riskni boshkarishda bank rahbariyati tomonidan kabul
kilingan chora-tadbirlar hamda bank rahbariyati va xodimlarini kredit portfelining samarali
boshqarishga doir kursatmalarni uz ichiga oladi.
Tijorat banki faoliyatidan olinadigan foydaning 60-65 foizigacha bulgan kismini uning
kredit faoliyatidan olinadigan foydasi tashkil etadi. Shu sababli har qanday bank uzining aniq va
yunaltirilgan kredit siyosatiga, kredit portfelini samarali boshqarish mexanizmiga ega bulishi
lozim. Bu esa, bank tomonidan beriladigan kreditlarning uz vaqtida tuliq sundirilishi va bank
foydasining kafolatidir.
REFEENCES
1.
Финансы Подредакцией В.М. Родиновой. М.: Финансы и статистика, 1995.
2.
Д. Шим и Д. Сигел. Финансовый менеджмент. М.,1996.
3.
Д. Шим и Д. Сигел. Методы управления стоимостью и анализа затрат. М., 1995.
